Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i
Ergashev Akmal Mamarasulovich
Телефон:
0-372-223-52-00
0-372-221-50-50 (3500)
Ergashev Akmal Mamarasulovich 1989 yilda Qashqadaryo vilotida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2010 yilda Toshkent davlat yuridik institutini bakalavr bosqichini, 2012 yilda magistratura bosqichini tamomlagan. U mehnat faoliyatini 2013 yilda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish bosh boshqarmasi Toshkent shahar hududiy bo‘limi Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari, prokuratura organlari faoliyatida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish sektori yetakchi maslahatchisi lavozimidan boshlagan. 2014-2015 yillarda Toshkent viloyati adliya boshqarmasi Tashkiliy nazorat va tahlil sho‘‘basi yetakchi maslahatchisi, 2015-2016 yillarda Toshkent shahar adliya boshqarmasi Xorijiy investitsiyalar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish bo‘limi bosh maslahatchisi, 2016-2017 yillarda Toshkent shahar adliya boshqarmasi Tadbirkorlik sub’ektlari va xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilish bo‘limining bosh maslahatchisi, 2017-2018 yillarda Toshkent shahar adliya boshqarmasi Tadbirkorlik sub’ektlari va xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilish bo‘limining boshlig‘i, 2018-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlari agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2022 yil 27 iyuldagi 626-sht-sonli buyrug‘i bilan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
Ikromov Bunyod Baxriddinovich
Телефон:
(0-372) 221-50-50 (3601)
Ikromov Bunyod Baxriddinovich 1983-yil 9-mart kuni Jizzax viloyati, Jizzax tumanida tugʻilgan, maʻlumoti oliy, 2011-yilda (bakalavr bosqichi) Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
U mehnat faoliyatini 2000-yilda Jizzax viloyat prokuraturasi noziri vazifasida boshlab, 2011-2013-yillarda Jizzax plastmassa aksiyadorlik jamiyati huquq boʻlimi boshligʻi, 2013-2014-yillarda Jizzax viloyati, Zafarobod tuman davlat soliq inspeksiyasi Maʼmuriy amaliyotni tashkil etish va nazorat qilish shoʻbasi huquqshunos maslahatchi, maʼmuriy amaliyotni tashkil etish boʻyicha bosh mutaxassis, 2014-2015-yillarda Sharof Rashidov tuman davlat soliq inspeksiyasi maʼmuriy amaliyot Maʼmuriy amaliyotni tashkil etish va nazorat qilish shoʻbasi huquqshunos maslahatchi, maʼmuriy amaliyotni tashkil etish boʻyicha bosh mutaxassis, 2015-2016-yillarda Jizzax viloyat davlat soliq boshqarmasi Maʼmuriy amaliyot boʻlimi boshligʻi, 2016-2017-yillarda Jizzax shahar davlat soliq inspeksiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, 2017-2018-yillarda Jizzax viloyati Arnasoy tumani prokurorining yordamchisi lavozimida ish oʻrganuvchi, 2018-yilda Jizzax viloyati Doʻstlik tuman prokurorining yordamchisi lavozimida ish oʻrganuvchi, tuman prokurorining yordamchisi, 2018-yilda Jizzax viloyat prokuraturasi qishloq xoʻjaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻlimi prokurori 2018-2019-yillarda Jizzax viloyat prokuraturasi Soliq va bojxona islohotlarini amalga oshirish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻlimi katta prokurori,2019-2020-yillarda Arnasoy tuman prokuraturasi tergovchisi, 2020-yilda Jizzax viloyat prokuraturasi Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻlimi katta prokurori, prokurori, 2020-2021-yillarda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tuman prokuraturasi tergovchisi, 2021yilda Jizzax viloyat prokuraturasi Ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻlimi katta prokurori, 2021-2023-yillarda Jizzax viloyat Zafarobod tuman adliya boʻlimi boshligʻi, 2023 - 2024 -yillarda Jizzax viloyat Do‘stlik tuman adliya bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2024-yil 20-iyundagi 175-sht-sonli buyrugʻi bilan boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.
Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
Pirxalov Bekzod Tursunovich
Телефон:
(0-372) 221-50-50 (3600)
Pirxalov Bekzod Tursunovich 1983 yil 4 yanvar kuni Jizzax viloyati, G’allaorol tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 2013 yilda (bakalavr bosqichi) Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
U mehnat faoliyatini 2013 yilda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi binosiga umumiy xizmat ko‘rsatuvchi ishchisi vazifasida boshlab, 2014-2015 yillarda Jizzax viloyat G’allaorol tuman 1-son notarial idorasi notariusi kotibi, notarius yordamchisi, 2015-2016 yillarda Huquqiy ekspertiza va qonun hujjatlarini turkumlash sho‘‘basi katta maslahatchisi, 2016-2017 yillarda Targ‘ibot va huquqiy ma’rifat bo‘limi yetakchi maslahatchisi, 2017-2018 yillarda Jizzax viloyat G’allaorol tuman 2-son davlat notarial idorasi notarius stajyori, 2018-2019 yillarda Jizzax viloyati G’allaorol tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi, Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish bo‘limi bosh maslahatchisi, 2019-2021 yillarda Huquqiy ekspertiza va yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i, 2021-2022 yillardada Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2022 yil 28 fevraldagi 90-sht-sonli buyrug‘i bilan boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.