Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

18
"Yoshlar kelajagimiz poydevori" shiori ostida "Adliya kubogi" sport musobaqalari tashkil etildi.

Zafarabod tuman adliya bo'limiga hududdagi "Lolazor" mahallasida yashovchi 565 nafar yoshlar biriktirilgan. Bugunda ular bilan bevosita manzilli ishlar olib borilmoqda. Har bir yosh adliya e'tiborida, maqsadlariga etish uchun yaqindan ko'mak ko'rsatimoqda. Ayniqsa yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning vatanparvarlik tuyg‘usini yanada oshirish, sportga keng jalb qilish, ular o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

"Adliya kubogi" sport musobaqalarining ochilish marosimida tuman hokimi G'ayratjon Eshpulatov so'zga chiqib, hozirgi vaqtda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, imkoniyatlar va yangiliklar haqida to‘xtalib o‘tdi va barcha yoshlarga omad tiladi.

Tadbirning badiiy qismida Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo'yicha harbiy xizmatchilari tomonidan harbiy chiqishlar namoyish etildi. Shu bilan birga harbiy hizmatchilarning ish faoliyatiga doir anjomlar yarmarkasi ham yoshlarda katta qiziqish uyg'otdi.

"Adliya kubogi" doirasida sportning futbol, voleybol, stol tennisi, arqon tortish, engil atletika, kamondan o'q otish va shaxmat turlari bo'yicha bahslarga start berildi. Keskin va murosasiz o'tgan o'yinlarda sport bilan muntazam shug'ullanadigan yoshlar saralandi. Ular yakkalik va jamoaviy o'yinlarda ham yaxshi natijalarni ko'rsata olishdi.

Bundan tashqari "Adliya kubogi"da o'quvchi yoshlar uchun "Zakovat" intellektual o'yini ham tashkil etildi. Qiziqarli bahslarga boy bo'lgan tadbirda, g'olib bo'lgan o'quvchi yoshlar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

17
Navbatdagi huquqiy dars

Jizzax shahar adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi  boshlig'i N.Fayziyeva tomonidan Jizzax shahar Shodlik MFYda joylashgan 15-sonli maktabning 10-sinf o'quvchilari bilan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda  yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, yoshlarda vatanparvarlik hissini shakllantirishga oid tushuntirishlar hamda yoshlarning huquqiy savodxonlik darajasini oshirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi 406-sonli Qonuni hamda O’zbekistonda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va boshqa qonunchilik hujjatlari doirasida tushuntirishlar berildi.

Tadbir so'nggida, o'quvchilarning savollariga atroflicha javob berildi.

16
#Xon_atlas_milliy_festivali #BIZ_BIR_JAMOAMIZ

Milliyligimizning goʻzal jilosi atlasu adraslarimizda oʻz aksini topgan. Oʻzining koʻp yillik tarixi va oʻtmishiga ega boʻlgan bu matolar xalqimizning anʼanalariga hamohang tarzda hali-hanuz ehtiromda.

“Xon atlas” milliy matolar festivali bugun mamlakatimizdagi minglab xotin-qizlarni milliylik targʻibotchisi sifatida birlashtirmoqda. Jizzax viloyat adliya tizimida faoliyat yuritayotgan ayollar bugun har doimgidanda goʻzalroq, sababi ular atlasu adraslarda oʻz faoliyatlarini olib borishmoqda.

Bu kabi ezgu tashabbuslar har bir ayol siymosida jamiyatda va oilada oʻz oʻrnini topgan davr qahramonlarini yaratadi.

15
Adliya vaziri A.Toshqulov Baxmal tuman adliya boʻlimida tumandagi sektor rahbarlari bilan uchrashdi

Bugunda adliya tizimiga biriktirilgan yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini oʻrganish va yechim topish maqsadida olib borilayotgan amaliy harakatlar boʻyicha suhbatlashdi.

Baxmal tumanida 4 mingga yaqin yoshlar bilan tizimli ishlar olib borilayotgani eʼtirof etildi. “Fayzobod” mahallasida tashkil etilgan 500 ga yaqin kitoblar bilan taʼminlangan kutubxona faoliyati haqida maʼlumot berildi.

Shu bilan birga Jizzax shahar adliya boʻlimi davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi. Markazda bir kunda 400-500 nafar fuqaroga davlat xizmati koʻrsatiladi. Ayni paytda xizmat turlari 335 dan ortiqni tashkil etmoqda. Adliya vaziri tomonidan DXM binosida fuqarolarga qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida binoda “VIP zona” tashkil etish yuzasidan topshiriq berildi.

Shu bilan birga, yuridik xizmat koʻrsatish markazi xodimlari, Madad NNT, Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ularning  tizim faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha fikr-mulohazalari tinglandi.

15
#Adliya_xabari

Adliya vaziri jizzaxlik tadbirkorlar, oʻzini-oʻzi band qilgan fuqarolar bilan  uchrashdi

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Jizzax viloyatiga xizmat safari davomida mahallalarda tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari, oʻzini-oʻzi band qilgan aholi bilan  uchrashmoqda. Jizzax shahridining “Nurliobod” mahallasida 1568 nafar aholi istoqomat qiladi.

Mahallada joylashgan “LUKS TURON SAVDO” MCHJ rahbari Sanjar Ergashev kasanachilikning “Rotang mebel” yoʻnalishida 1.5 milliard soʻmlik loyihani amalga oshirdi. 30 nafar hudud aholisi ish bilan taʼminlangan mazkur loyiha orqali 30 ta xonadonga mebel toʻqishni amalga oshiruvchi texnikalar yetkazib berildi.

Shu bilan birga 50 ta xonadonni ish bilan taʼminlashga hissa koʻshgan gul koʻchatlarini yetishtirish loyihasi orqali 50 ming dona koʻchatlar yetishtirish maqsad qilingan.

Yana bir ajoyib loyiha sifatida faoliyat olib borayotgan vanna ishlab chiqarish tashabbusi orqali ustoz-shogird anʼanasi yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, bu tizim dastlabki bosqichlardanoq oʻzining samarali natijalarini koʻrsatmoqda. Loyiha doirasida mahallaning 50 nafar yoshlari ish bilan taʼminlandi.

Uchrashuv davomida adliya vaziri  tadbirkorlik subyektlari, oʻzini-oʻzi band qilganlarga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va imkoniyatlar haqida tushuntirish berdi. Ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha huquqiy tavsiyalar berildi.

13
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga yer ajratish orqali ularni daromadini oshirish to'g'risidagi qarori qabul qilindi

“Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta'minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o'zlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-153-son, 05.04.2024 y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qo'yilib,  yoshlarga ijaraga beriladi hamda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha bo'lgan zanjirni qamrab oluvchi quyidagi yangi tizim joriy etiladi:

✅ 60 ming gektar yer maydonini ijaraga berish bo'yicha elektron onlayn auksion savdolari “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali “mahalla yettiligi”ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan ro'yxatga kiritilgan yoshlar (talabgorlar) o'rtasida o'tkaziladi.

Bunda:

yer maydonlarini ijaraga berish bo'yicha elektron onlayn auksion savdolari g'oliblariga yer uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo'lib-bo'lib to'lashga ruxsat beriladi;

zakalat puli BHMning 1 baravari (340 ming so'm) miqdorida belgilanadi.

08
Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslar qo'llab-quvvatlanadi

“Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-59-son, 04.04.2024 y.) qabul qilindi

Farmonga ko'ra, quyidagilar tashkil etiladi:

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (Agentlik);

Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida 4 shtat birligidan iborat bo'lgan Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo'limi (Bo'lim);

Shuningdek, quyidagilar kiritiladi:

kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirining o'rinbosari – Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi direktori lavozimi;

O'zbekistonning Buyuk Britaniya, BAA, Vengriya, Germaniya, Latviya, Polsha hamda Yaponiya davlatlaridagi diplomatik va konsullik muassasalari shtat jadvaliga qo'shimcha ravishda 1 ta shtat birligidan iborat mehnat migratsiyasi masalalari bo'yicha attashe lavozimi.

03
Aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirish takomillashtiriladi

"Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirishni takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-149-son, 02.04.2024 y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-apreldan 2024-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar o'zini o'zi band qilgan jismoniy shaxslarga (asosiy ish joyiga ega shaxslar bundan mustasno) quyidagicha ajratiladi:

33 million so'mgacha, bir yildan so'ng ushbu qarz oluvchining tadbirkorlik faoliyati samaradorligi, qarzning maqsadli ishlatilganligi hamda zaruratga qarab guruh kafilligi (kamida 3 nafar fuqaro) bilan qo'shimcha 50 mln so'mgacha revolver asosida;

ushbu kreditlardan tomorqani rivojlantirishning bir nechta yo'nalishlarida (parrandachilik, quyonchilik, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik va ixcham issiqxona) foydalanishi uchun;

yer maydoni 10 sotixdan ortiq bo'lgan tomorqa yer egalariga va ijarachilarga 50 mln so'mgacha garovsiz;

10 sotixli ixcham issiqxonalarni barpo etish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun 100 mln so'mgacha garovsiz.

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi vakolatli banklar bilan birgalikda 2024-yil 1-iyuldan mahallalarda dasturlar doirasida ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanilishi monitoringini va ularning samaradorligini baholash mexanizmini joriy etadi.

29
"Zamonaviy taʼlim-rahbarlar nigohida"

Jizzax viloyat direktorlar kengashi tomonidan "Zamonaviy taʼlim-rahbarlar nigohida" shiori ostida oʻquv seminar trening oʻtkazildi!

28
Huquqiy targ’ibot!

Sayyor qabul tashkil etildi!
Jizzax shahar adliya bo'limi hamda Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Jizzax shahar Ravalliq mahallasida xotin-qizlarning muammolarini aniqlash hamda ularning huquqlarini tushuntirish, zarur hujjatlarni rasmiylashtirishga qaratilgan sayyor qabul tashkil etildi.
✅Sayyor qabulga mahallaning mas'ul xodimlari jalb etildi. Qabul davomida xotin-qizlarning huquqlari, davlatimizda ularga yaratilgan imkoniyatlar hamda qonunchiligimizdagi ohirgi o'zgarishlar to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.
✅Mahalla xotin-qizlari tomonidan berilgan huquqiy masalalarga oid savollariga huquqiy tushuntirishlar berildi.