Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

06
Adliya yoshlar bilan birga

Mirzachoʻl tumani adliya boʻlimi tomonidan tumanning Do'stlik MFY hududidagi 9-10-11 sinf oʻquvchilari ishtirokida ekskursiya tashkil etildi.

Ekskursiya davomida o'quvchilar tuman tarix muzeyi, kosmonavtika muzeyi hamda tuman axborot kutubxonalarida bo'lib, u yerdagi eksponatlar, tarixiy asarlar, badiiy adabiyotlar va jahon adabiyoti na'munalari bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbir so'ngida yoshlarga qonunchilikdagi yangiliklar, mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar to'g'risida ma'lumotlar berildi.

05
Yoshlar bilan ishlashning samara usullari amalda

Doʻstlik tuman adliya boʻlimi hamda Jinoyat ishlari boʻyicha Doʻstlik tuman sudi bilan hamkorlikda oʻquvchilar ishtirokida sayyor sud majlisi tashkil etildi.

Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sud raisi A.Umirzakov hamda tuman adliya boʻlimi  tomonidan sudlov faoliyati boʻyicha batafsil tushunchalar berilib, oʻquvchi yoshlarning oʻzlari qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Eng asosiysi yoshlarni huquq sohasiga qiziqtirish orqali ularning huquqiy bilimlarini oshirish, jamiyatda sodir boʻlayotgan voqea-hodisalarga befarq boʻlmasliklarini tushuntirish, qonunchilikdan xabardorlik darajasini oshirish maqsadida yoshlar uchun sayyor sud jarayonlari tashkil etilmoqda.

Bunday targʻibot tadbirdari amaliyot va nazariyaning ajoyib uygʻunligi hisoblanib, yoshlar qalbida qonunlarga hurmat, huquqshunoslik kasbiga boʻlgan qiziqishni oshirishga xizmat qilishi tabiiy.

04
YOSHLAR BILAN ISHLASHNING SAMARALI USULI AMALDA

Mamlakatimizda yoshlarni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qoʻyishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Har bir yosh davlatimiz eʼtiborida ekanligi, ularning taqdiri, hayoti va kelajagiga xech kim befarq emasligi olib borilayotgan amaliy ishlarda yaqqol namoyon boʻlmoqda.

Adliya boshqarmasi boshlig'i B.Pirxalov tomonidan Do'stlik tumanidagi "Sanoatchilar" mahallasida adliya organlariga biriktirgan yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Yurt ertasi bo'lgan o'gil-qizlarning yaxshi ta'lim-tarbiya olishi bugunning asosiy vazifasi ekanligi, endilikda yoshlarning hayotda o'z o'rinlarini topishlari uchun adliya xodimlari tomonidan yaqindan ko'mak berilishi alohida ta'kidlab o'tildi.

01
Yoshlar bilan ishlashning samara usullari amalda

Yoshlar bandligini ta’minlash, ularni sohalarga, kasb-xunarga qiziqtirish, o‘z ustida ishlashi uchun amaliy mashg‘ulotlarga jalb etish bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Bugunda Jizzax viloyat adliya organlariga biriktirilgan 12 mingdan ziyod yoshlarning yashash sharoitlari, o‘qishi, qiziqishlari, orzulari va oldiga qo‘ygan maqsadlari o‘rganilmoqda va shu asosda ular bilan individual ish olib borish mexanizmi yaratilmoqda. Eng asosiysi yoshlarni huquq sohasiga qiziqtirish orqali ularning huquqiy bilimlarini oshirish, jamiyatda sodir bo‘layotgan voqea-xodisalarga befarq bo‘lmasliklarini tushuntirish, qonunchilikdan xabardorlik darajasini oshirish maqsadida yoshlar uchun sayyor sud jarayonlari tashkil etilmoqda.

Sud jarayonlaridagi halollik va odillik prinsiplari, qonunda belgilab qo‘yilgan normalar asosida qabul qilingan qarorlar eng adolatli hukm ekanligini bevosita jarayonlarda ishtirok etyotgan yoshlar amaliy tarzda guvohi bo‘lmoqda. Bunday targ‘ibot tadbirdari amaliyot va nazariyaning ajoyib uyg‘unligi hisoblanib yoshlar qalbida qonunlarga xurmat, huquqshunoslik kasbiga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qilishi tabiiy.

29
#Diqqat_kontrafakt

Siz ko‘rib turgan tasvirda "Berlin-Xemi" AJning  NIMESIL brendining originali va ularning kontrafakt nusxalari keltirilgan.  

Mahsulot nomini diqqat bilan o‘qisangiz kontrafakt mahsulot nomi ataylab o‘zgartirilganini ko‘rish mumkin. Bu uning kontrafakt ekanligini bildiradi.

Kontrafakt mahsulotlarni ruxsat berilmagan tarzda tayyorlash, qo'llash, olib kirish, savdoga taklif etish, sotish, o'zgacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish yoki ularni shu maqsadda saqlash yoxud ular bilan adashtirib yuboradigan darajada aynan o'xshash bo'lgan bir xildagi tovarlarni belgilash tovar belgisiga doir mutlaq huquqni buzish deb e'tirof etiladi.

Bunday huquqbuzarliklarni sodir etish – O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 177 - moddasida belgilangan ma'muriy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

28
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi”

Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining "Subhidam" tongi dasturi orqali Adliya vazirligi tashabbusi bilan o'tkazilayotgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi haqida tizim hodimlari tomonidan ma'lumotlar berildi.

27
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida xatlov o‘tkazilmoqda

Adliya tizimida start olgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi fuqarolarning bu boradagi huquqiy muammolariga yechimdir. Aksiya davomida tug‘ilish, yaqin qarindoshining o‘limi qayd etilmagan shaxslar, nikoh, ajrim, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ko‘chmas mulklarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan shaxslarga huquqiy ko‘maklashish maqsad qilingan.

Sharof Rashidov tumanining barcha mahallalarida xatlov ishlari olib birilmoqda. Shu bilan birga rasmiylashtirilgan hujjatlar fuqarolarga topshirilmoqda.

22
#Adliya_hisobot_beradi

“Hammasi bir joyda” tamoyilini hayotga tadbiq etish bo‘yicha ishlar davom ettirilib, davlat xizmatlari markazlarida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari turlari soni 335 taga yetkazildi.

Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish davlat xizmatini ko‘rsatish imkoniyatiga ega davlat xizmatlari markazlari soni 134 taga, haydovchilik guvohnomasini almashtirish davlat xizmatini ko‘rsatish imkoniyatiga ega davlat xizmatlari markazlari soni 26 taga hamda ID-karta rasmiylashtirish davlat xizmatini ko‘rsatish imkoniyatiga ega davlat xizmatlari markazlari soni 25 taga yetkazildi.

Kompozit davlat xizmatlari, ya'ni bitta ariza orqali bir nechta xizmatdan foydalanish imkoniyatini beruvchi davlat xizmatlarining turi 31 taga yetkazildi.

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 13 mln 220 mingdan (12 foizga ko‘p) ortiq xizmatlar ko‘rsatildi, 88 mingdan ortiq yuridik shaxs va 130 mingdan ortiq yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

22
HUQUQIY AXBOROT KUNI

Viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi adliya bo‘limlari tomonidan haftaning har chorshanba kuni yoshlarni huquqiy bilimini oshirishga qaratilgan “Huquqiy axborot kuni” loyihasi doirasida targʻibot tadbirlari tashkil etib kelinmoqda.

Bugun Jizzax viloyati adliya boshqarmasi hamda Jizzax shahar adliya bo'limi masʼul xodimlari tomonidan Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari oʻrtasida targʻibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda yoshlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar, Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuntirish berildi.

Shuningdek, viktorina va testlar oʻtkazilib, gʻolib boʻlganlarga boshqarma tomonidan esdalik sovgʻalar tarqatildi.

21
ADLIYA YOSHLAR BILAN BIRGA

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi, tuman, shahar adliya bo'limlari tomonidan yoshlar bilan olib borilayotgan huquqiy targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.

????Jumladan Baxmal, G'allaorol, Paxtakor, Forish tuman adliya boʻlimi xodimlari uyma-uy yurgan holda hududlardagi 50 nafardan ortiq yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashdilar. Uchrashuvlar davomida yoshlarni qiynayotgan masalalar o'rganilib, ularning yechimi yuzasidan huquqiy tushintirishlar berildi. Shuningdek mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan ham ma'lumotlar berildi.
????Forish tuman adliya bo'limiga biriktirilgan yoshlardan bir nafari shar'iy nikoh asosida yashab kelayotganligi aniqlanib, "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi doirasida yoshlarga nikoh guvohnomasi rasmiylashtirib berildi.