Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

29
#Diqqat_kontrafakt

Siz ko‘rib turgan tasvirda "Berlin-Xemi" AJning  NIMESIL brendining originali va ularning kontrafakt nusxalari keltirilgan.  

Mahsulot nomini diqqat bilan o‘qisangiz kontrafakt mahsulot nomi ataylab o‘zgartirilganini ko‘rish mumkin. Bu uning kontrafakt ekanligini bildiradi.

Kontrafakt mahsulotlarni ruxsat berilmagan tarzda tayyorlash, qo'llash, olib kirish, savdoga taklif etish, sotish, o'zgacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish yoki ularni shu maqsadda saqlash yoxud ular bilan adashtirib yuboradigan darajada aynan o'xshash bo'lgan bir xildagi tovarlarni belgilash tovar belgisiga doir mutlaq huquqni buzish deb e'tirof etiladi.

Bunday huquqbuzarliklarni sodir etish – O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 177 - moddasida belgilangan ma'muriy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

28
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi”

Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining "Subhidam" tongi dasturi orqali Adliya vazirligi tashabbusi bilan o'tkazilayotgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi haqida tizim hodimlari tomonidan ma'lumotlar berildi.

27
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida xatlov o‘tkazilmoqda

Adliya tizimida start olgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi fuqarolarning bu boradagi huquqiy muammolariga yechimdir. Aksiya davomida tug‘ilish, yaqin qarindoshining o‘limi qayd etilmagan shaxslar, nikoh, ajrim, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ko‘chmas mulklarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan shaxslarga huquqiy ko‘maklashish maqsad qilingan.

Sharof Rashidov tumanining barcha mahallalarida xatlov ishlari olib birilmoqda. Shu bilan birga rasmiylashtirilgan hujjatlar fuqarolarga topshirilmoqda.

22
#Adliya_hisobot_beradi

“Hammasi bir joyda” tamoyilini hayotga tadbiq etish bo‘yicha ishlar davom ettirilib, davlat xizmatlari markazlarida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari turlari soni 335 taga yetkazildi.

Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish davlat xizmatini ko‘rsatish imkoniyatiga ega davlat xizmatlari markazlari soni 134 taga, haydovchilik guvohnomasini almashtirish davlat xizmatini ko‘rsatish imkoniyatiga ega davlat xizmatlari markazlari soni 26 taga hamda ID-karta rasmiylashtirish davlat xizmatini ko‘rsatish imkoniyatiga ega davlat xizmatlari markazlari soni 25 taga yetkazildi.

Kompozit davlat xizmatlari, ya'ni bitta ariza orqali bir nechta xizmatdan foydalanish imkoniyatini beruvchi davlat xizmatlarining turi 31 taga yetkazildi.

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 13 mln 220 mingdan (12 foizga ko‘p) ortiq xizmatlar ko‘rsatildi, 88 mingdan ortiq yuridik shaxs va 130 mingdan ortiq yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

22
HUQUQIY AXBOROT KUNI

Viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi adliya bo‘limlari tomonidan haftaning har chorshanba kuni yoshlarni huquqiy bilimini oshirishga qaratilgan “Huquqiy axborot kuni” loyihasi doirasida targʻibot tadbirlari tashkil etib kelinmoqda.

Bugun Jizzax viloyati adliya boshqarmasi hamda Jizzax shahar adliya bo'limi masʼul xodimlari tomonidan Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari oʻrtasida targʻibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda yoshlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar, Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuntirish berildi.

Shuningdek, viktorina va testlar oʻtkazilib, gʻolib boʻlganlarga boshqarma tomonidan esdalik sovgʻalar tarqatildi.

21
ADLIYA YOSHLAR BILAN BIRGA

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi, tuman, shahar adliya bo'limlari tomonidan yoshlar bilan olib borilayotgan huquqiy targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.

????Jumladan Baxmal, G'allaorol, Paxtakor, Forish tuman adliya boʻlimi xodimlari uyma-uy yurgan holda hududlardagi 50 nafardan ortiq yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashdilar. Uchrashuvlar davomida yoshlarni qiynayotgan masalalar o'rganilib, ularning yechimi yuzasidan huquqiy tushintirishlar berildi. Shuningdek mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan ham ma'lumotlar berildi.
????Forish tuman adliya bo'limiga biriktirilgan yoshlardan bir nafari shar'iy nikoh asosida yashab kelayotganligi aniqlanib, "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi doirasida yoshlarga nikoh guvohnomasi rasmiylashtirib berildi.

20
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi”

Zarbdor tumanida yashovchi fuqaro A.Xazratovaning farzandi 1991-yilda vafot etgan. Aksiya doirasidagi xatlovlar jarayonida o'lim holati  eʼtiborsizlik tufayli oʻz vaqtida qayd ettirilmaganligi aniqlandi. Tuman FHDY boʻlimi tomonidan fuqaroning o'limi qayd etildi hamda "O'lim haqidagi guvohnoma" rasmiylashtirib, A.Xazratovaga topshirildi.

Xuddi shunday 2024-yil 7-fevral kuni xatlovda aniqlangan yana bir nafar fuqaroning qayd etilmagan oʻlim guvohnomasi uning yaqin qarindoshiga topshirildi

19
#Adliya_huquqiy_aksiya

Adliya vazirligi tashabbusi bilan fuqarolarning "Huquqiy madaniyatini  yuksaltirish huquqiy aksiyasi" o'tkazilmoqda!
  
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish fonida:  

????aholini qiynab kelayotgan dolzarb kundalik muammolarni aniqlash hamda ularga huquqiy tushuntirish berish;
????xotin-qizlar va yoshlarga berilayotgan imtiyozlardan xabardor qilish;
????mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va huquqiy yangiliklarni taqdim etib borish kabi amaliy ishlar olib boriladi.  

⏳Mazkur aksiya Fevral oyi oxirigacha davom etadi.

16
#ziyo_ulash

Adliya vazirligi tashabbusi bilan #ziyo_ulash aksiyasi davom etmoqda.

Bugun “14-fevral -Xalqaro kitob hadya qilish kuni” munosabati bilan viloyatimizdagi 8 ta mahallada yoshlar uchun kutubxonalar tashkil etildi.

Kutubxonalarga 2 mingga yaqin Prezident asarlari, oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalari, bolalar va huquqiy adabiyotlar sovg'a qilindi.

#ziyo_ulash aksiyasiga start berilgandan buyon respublikamiz bo'ylab 100 ta mahallada kutubxonalar tashkil qilinib, 31 mingga yaqin kitoblar, 66 ta kompyuter va 1100 dan ortiq  mebel jihozlari sovgʻa qilindi.

Kelgusida aksiya doirasida yana 5 ta mahallada kutubxonalar tashkil qilish rejalashtirilgan.

Barcha yurtdoshlarimizni #ziyo_ulash aksiyasida ishtirok etishga taklif qilamiz!

15
#ziyo_ulash

Adliya vazirligi tashabbusi bilan #ziyo_ulash aksiyasi hududlarda davom etmoqda.

Bugun “14-fevral -Xalqaro kitob hadya qilish kuni” munosabati bilan 34 ta mahallada yoshlar uchun kutubxonalar tashkil etildi.

Kutubxonalarga 6,7 mingdan ziyod Prezident asarlari, oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalari, bolalar va huquqiy adabiyotlar, 26 ta kompyuter va 451 ta mebel jihozlari sovgʻa qilindi.

Shu bilan birga, 40 ming kitobni oʻzida jamlagan elektron kutubxonadan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Aksiyamizga Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi hamda Notarial palata ham qoʻshildi.

#ziyo_ulash aksiyasiga start berilgandan buyon 100 ta mahallada kutubxonalar tashkil qilinib, 31 mingga yaqin kitoblar, 66 ta kompyuter va 1100 dan ortiq  mebel jihozlari sovgʻa qilindi.

Kelgusida aksiya doirasida yana 108 ta mahallada kutubxonalar tashkil qilish rejalashtirilgan.

Barcha yurtdoshlarimizni #ziyo_ulash aksiyasida ishtirok etishga taklif qilamiz!