Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

01
Zafarobod tumanida "Yer uchastkalarini xususiylashtirish" bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

Zafarobod tumani adliya bo’limi tashabbusi bilan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 71-sonli qonunga asosan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib, qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish masalasida tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Targ‘ibot tadbirida tadbirkorlar tomonidan ko‘plab savol-javoblar bo‘ldi. Tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tuman "Adliya" bo‘limi boshlig‘i B.Ikromov va mutaxasislar tomonidan javoblar olishdi.

31
Har bir qalbda bayram shukuhi

Mustaqilligimizning 31 yillik shodiyonalarini barcha mehnat jamoalari qatori Jizzax viloyat adliya tizimi xodimlari ham munosib qarshi olishmoqda. Ayniqsa bu yil adliya idoralari faoliyatida tub islohotlar yili bo'ldi. Mana shu islohotlar jarayonida sohamiz kengaydi, huquqiy xizmat ko'rsatish va davlat xizmatlarini ko'rsatish sohasi bir muncha soddalashtirildi va natijada jamoamiz qamrovi ham oshdi. Mana shunday mas'uliyatli sohada namunali faoliyat olib borayotgan insonlar mehnati doimo e'tirofda.
O'z vazifasini sitqidildan bajarib adliya sohasiga munosib hissa qo'shgani uchun bir guruh xodimlar tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Shu bilan birga "Adliya ayoli" Respublika ko'rik tanlovida munosib ishtirok etib, Jizzax viloyat adliya boshqarmasi sharafini himoya qilgan Nargiza Fayzieva ham boshqarma boshlig'ining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
Jizzax viloyat hokimining fahriy yorlig'i bilan taqdirlangan xodimlar ham muborakbod etildi.
Adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashev barchani mustaqillik bayrami bilan samimiy tabriklab, bu jamoa bir oila ekanligi, adliya tizimi rivoji uchun barcha birdek, hamjihatlikda harakat qilishi lozimligini alohida ta'kidlab o'tdi. Barchaga sihat-salomatlik, xonadoniga hotirjamlik tiladi.

30
Ochiq eshiklar kunida intellektual mulk himoyasi

Ochiq eshiklar kunida intellektual mulk himoyasi                                                                                                                                                                                                                                                                          
Bugungi texnologik taraqqiyotda intellektual mulk har bir mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda, davlatning global iqtisodiyotdagi raqobatbardoshligini belgilab bermoqda. Jizzax viloyat adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo'limi, Jizzax shahar adliya bo'limi hamda Savdo sanoat palatasi Jizzax viloyati hududiy filiali  hamkorligida ochiq eshiklar kuni doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-221-son qarorining ijrosini taʼminlash hamda Eksportni ragbatlantirish mavzusida tadbirkorlar ishtirokida mahsus seminar bo'lib o'tdi.Shuningdek, seminarda intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish, sohada sodir etilayotgan huquqbuzarliklarga o‘z vaqtida chora ko‘rish, xorijiy kompaniyalarning intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarini himoya qilish, intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish, kontrafakt mahsulotlarga murosasiz kurashish, shuningdek, Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalar muhokama qilindi.

29
SHAXMAT-AQL BILAN DUNYONI ZABT ET

Sportning shaxmat turi aql gimnastikasi hisoblanib, inson kamoloti uchun eng foydali va kerakli jihatlarni shakllantirishga qodir. Shu sababli bu sport turini ommalashtirish, yoshlar orasida keng targ'ib etish, davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxmatni yanada ommalashtirish va rivojlantirish” hususidagi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, shaxmat bo'yicha "Jizzax viloyat adliya boshqarma boshlig'i kubogi" musobaqalari hududlardagi 7 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida tashkil etildi.Musobaqa mahalla, tuman, viloyat bosqichlaridan iborat bo'lib, unda viloyat bo'yicha jami 2000 ga yaqin yoshlar ishtirok etdi. Musobaqalarning tuman va mahalla bosqichlari olimpia yo'nalishda, hakamlar nazorati ostida bo'lib o'tdi. Turnirning final ya'ni, viloyat bosqichiga "Yoshlar innovatsion markazi"da start berildi. Har bir tumandan 3 tadan, jami 39 nafar saralangan ishtirokchilar finalda o'z imkoniyatlarini sinab ko'rdilar.
9 bosqichda bo'lib o'tgan o'yinlar murosasiz va qizg'in bahslarga boy bo'ldi. Shaxmatchilarga mativatsiya berish maqsadida hozirda Birlashgan Arab Amirliklarida turnirda ishtirok etayotgan Olimpiada chempioni Javohir Sindorov jizzaxlik havaskor shaxmatchilar bilan onlayn bog'landi va ularga tabrik yo'lladi. Eng hayajonli onlar, g'oliblar va sovrindorlar nomi aniqlandi. Dastlab "Eng yosh shaxmatchi", "Eng faol ishtirokchi", "Eng faol ayol ishtirokchi" nominasiyalarini qo'lga kiritgan ishtirokchilar taqdirlandi. Shundan so'ng g'oliblar birma-bir pillapoyalarga ko'tarilishdi. 1-o'rinni Zomin tumanidan Shoxjahon Usmonov, 2-o'rinni Baxmal tumanidan Shavkat Abduxalikov, 3-o'rinni Zomin tumanidan Sanjar Eshpo'latovlar qo'lga kiritishdi. Bu kabi turnirlar yoshlarda o'ziga bo'lgan ishonchni shakllantirib, ular qalbida g'alabaga bo'lgan umidni yuzaga chiqaradi. Yurtimiz bayrog'ini jahon arenalarida baland ko'tarishga chorlaydi. Mazkur musobaqani tashkil etishdan ko'zlangan asosiy maqsad ham shaxmat o'ynab, aql bilan dunyoni zabt etadigan yoshlarimiz soni ko'payishigi hissa qo'shishdan iboratdir.

27
Shaxmat–aql bilan dunyoni zabt et!

Xabaringiz bor, shaxmat bo'yicha "Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i kubogi" e'lon qilingan edi. Mazkur musobaqada 7 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan havaskor shaxmatchilar ishtirok etishmoqda.                                                                                                         Musobaqaning mahalla va tuman bosqichlari o'z yakuniga yetdi. 27-avgust kuni Jizzax shahridagi "Yoshlar innovatsion markazi"da turnirning viloyat bosqichi bo'lib o'tadi. Kun davomida o'tkazib boriladigan mazkur jarayonlarda ishtirok etish uchun viloyatimizdagi barcha ijtimoiy tarmoq faollari, jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.                                                                                                                
Eng murosasiz bahslarga, eng quvonchli daqiqalarga, eng hayajonli onlarga guvoh bo'ling!

26
Kadrlar salohiyati ish samarasini belgilaydi

Adliya vazirligi, BMT Taraqqiyot Dasturi va Yevropa Ittifoqining “Oʼzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va mahalliy boshqaruv darajasini oshirish” qoʼshma loyihasi doirasida kadrlar salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro ekspert - Aleksandrs Antonovsning Jizzax viloyatiga tashrifi Jizzax shahar adliya bo'limi davlat xizmatlari markazidan boshlandi. Viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashev hamrohligida dastlab markazda yaratilgan sharoitlar bilan tanishar ekan Aleksandrs Antonovs fuqarolarga yaratilgan sharoitlar bilan qiziqdi. Shu bilan birga, xodimlarni zamonaviy texnologiyalar, elektron tizim va yangi dasturlarni samarali o'zlashtira olganligi, xizmat ko'rsatish darajasiga ham alohida e'tibor qaratdi.

Shundan so'ng xalqaro ekspert boshqarmaning Inson resurslari bo'limi xodimlari bilan ochiq muloqotga kirishdi. Rivojlangan davlatlarda mazkur soha rivoji yo'lida amalga oshirilgan ishlar birma-bir tushuntirib o'tildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida zamonaviy HR menejmentining muhim bosqichlari bo'lmish - lavozimga tayinlangan yangi xodimlarni moslashtirish, xodimlar faoliyatini baholash (KPI), motivatsiya va rag'batlantirish hamda o'qitish va rivojlantirish sohalarini rivojlantirish bo'yicha fikr almashildi.

25
Profilaktika davr talabi

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari B.Pirxalov, Mirzacho'l tuman adliya boʻlimi, tuman IIB, tuman Mahalla va Nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi bilan hamkorlikda Vazirlar Mahkamasining 16.05.2022 yildagi 259-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda tumandagi sodir etilgan va aniqlangan jinoyatlar soni koʻrsatgichi boʻyicha "qizil" hududga kiritilgan hududlarda jinoyatlarning oldini olish, aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan seminar tashkil etildi.
Tadbir davomida oʻzbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻxshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi to'g'risida ham aytib o'tildi.
Ota-onalar o‘rtasida umumta’lim maktablariga bolalarni qabul qilish, bir maktabning o‘zida bolani bir sinfdan boshqasiga o‘tkazish yoki bir maktabdan boshqa maktabga ko‘chirish tartiblari hamda umumta’lim maktablari faoliyatiga doir boshqa qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borildi. Shuningdek, tadbirda mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami uchun berilgan imtiyozlar, moddiy yordam, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik bir martalik ish bilan band bo‘lish, ijtimoiy yordam olish tartibi, majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishlarining oldini olish choralari va bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, majburiy mehnat uchun javobgarlik choralari bo'yicha aholiga tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari bugungi kunda eng ko`p sodir etilayotgan jinoyatlardan biri bo`lgan firibgarlik jinoyatining kelib chiqish sabablari, mohiyati, yangi turdagi firibgarlik jinoyatlariga aldanib qolmaslik bo`yicha ham tushunchalar berib o`tildi.

24
Shaxmat aql bilan dunyoni zabt et!

Joriy yilning 22-avgust kuni Jizzax viloyati Zafarobod tumani Uzun, Bo'ston, Nurafshon, Samarqand mahallalarida "Aql bilan dunyoni zabt et" shiori ostida sportning shaxmat turi bo‘yicha "JIZZAX VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI BOSHLIG‘I KUBOGI" musoboqasining mahalla bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Qizg‘in o‘tgan bahslardan keyin g‘olib ishtirokchi aniqlandi va tuman bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

24
Chet el harbiy xizmatiga yollanganlik javobgarlik keltirib chiqarishi mumkin...

Forish tuman adliya bo'limi tomonidan joriy yilning 15-avgust kuni "Qizil" hududga kirgan "Egizbuloq" MFYda, 17-avgust kuni "Nurak" MFY 12-maktab binosida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, harbiy qismlarga yollanganlik javobgarlik keltirib chiqarishi mumkinligi, shuningdek, qonunchilikdagi yangiliklar, referendum o`tkazish tartibi va boshqa masalalar yuzasidan targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Targ'ibot tadbiri davomida Vazirlar Mahkamasining 16.05.2022 yildagi 259-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda tumandagi sodir etilgan va aniqlangan jinoyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish yuzasidan ham ma'lumotlar berib o`tildi.
Shuningdek, targ'ibot tadbiri davomida O‘zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, polisiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi to`g`risida ham tushuntirishlar berib o`tildi.

23
Shaxmat bo`yicha musobaqaning mahalla bosqichlari bo'lib o`tmoqda.

Joriy yilning 22-avgust kuni Jizzax viloyati Do‘stlik tumani Sanoatchilar mahallasida sportning shaxmat turi bo‘yicha "JIZZAX VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI BOSHLIG‘I KUBOGI" musoboqasining mahalla bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Qizg‘in o‘tgan bahslardan keyin g‘olib ishtirokchi aniqlandi va tuman bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Do‘stlik tumanidagi mahallalarda sportning shaxmat turi bo‘yicha "JIZZAX VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI BOSHLIG‘I KUBOGI" musoboqasi mahalla bosqichi o‘tkazilishi davom etmoqda.