Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

21
«Barcha sa’y-harakatlar inson qadri uchun»

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 16 maydagi “2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 259-sonli Qarori qabul qilingan. Mazkur qaror bilan 2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha Chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan. Ushbu qaror yuzasidan asosiy e’tibor: oilada va ta’lim muassasalarida huquqiy tarbiyani shakllantirish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish; davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish; aholi barcha qatlamlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha amalga oshiriladigan; jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targ‘ibotning innovatsion usullarini joriy qilish, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish; yuridik ta’limni, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish, huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etishga qaratilgan. Shuningdek, ushbu vazifalardan kelib chiqib, alohida yo‘nalishlar bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilab berilgan.
Ushbu qaror talbidan kelib chiqib,  Zafarobod tuman adliya bo‘limi tomonidan aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishi, mustahkam irodali, o‘z huquqlarini biladigan va qonunlarni hurmat qiladigan, huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay oladigan, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan va huquqbuzarlikka nisbatan murosasiz munosabatda bo‘ladigan fuqarolarni tarbiyalash borasida tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-27-sonli Farmoni qabul qilingan. Ma’lumki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlash hamda jamiyatimizda qonunga itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.  Xususan, jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishidagi ishlarni «Xalq manfaatlariga xizmat qilish» tamoyili asosida tashkil etishning mutlaqo yangi mexanizm va tartiblari joriy etilib, davlat organlarining jamoatchilik tuzilmalari bilan o‘zaro maqsadli hamkorligi yo‘lga qo‘yildi.
Shu bilan birga, jahonda kuchayib borayotgan turli xavf-xatar va ziddiyatlar, el-yurt tinchligi va osoyishtaligiga tahdidlar, pandemiya, tabiiy va texnogen ofatlar mas’ul davlat tuzilmalariga o‘z faoliyatini «Barcha sa’y-harakatlar inson qadri uchun» degan ustuvor g‘oya asosida yanada takomillashtirish vazifasini yuklamoqda.

21
ADLIYA-YOSHLAR QANOTI!

Joriy yilning 18-iyul sanasida Jizzax shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti Abdulaziz Raxmatov tomonidan "BRITISH SCHOOL" nodavlat ta'lim muassasasida yoshlarga "Adliya tizimida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar" mavzusida seminar mashg'uloti tashkil etildi.
Ushbu tadbirda Abdulaziz Raxmatov tomonidan yig'ilish ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.04.2018 yildagi "O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-3666-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.04.2018 yildagi "Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-5415-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2021 yildagi "Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-5168-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.03.2022 yildagi "Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-89-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  18.03.2022 yildagi "Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-173-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 31.01.2020 yildagi "Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-5930-son Farmonilari bilan yaqindan tanishtirildi.
Yig'ilishda ishtirok etgan yoshlarning barcha savollariga atroflicha tushuntirish berildi. Tadbir natijasida yoshlarning huquq sohasiga qiziqishlari yanada ortdi va kelgusida Toshkent davlat yuridik universitetiga o'qishga kirib, a'lo baholarga o'qib yakunda Adliya tizimida faoliyat ko'rsatishlari uchun yo'l-yo'riqlar ko'rsatildi.

20
Zafarobod tumanida Konstitutsiyaga Referendum asosida kiritilayotgan qo'shimcha va o'zgartirishlar bo'yicha seminar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 25-maydagi 106-um-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 259-son “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorda belgilangan vazifa va tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Zafarobod tuman adliya bo‘limi tomonidan majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishlarini oldini olish choralari va bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, majburiy mehnat uchun javobgarlik choralari bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Bundan tashqari ushbu seminar mashg'ulotida asosiy qomusimiz hisoblangan Konstitutsiyaga Referendum asosida kiritilayotgan qo'shimcha va o'zgartirishlar  bo'yicha batafsil tushunchalar berilib, bu borada keng jamoatchilikning fikrlari va takliflari eshitildi.

20
Korrupsiyaga yo'q deng!

Jizzax shahar adliya bo'limida joriy yilning 18-iyul sanasida korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbir o'tkazildi. Tadbirda Jizzax shahar adliya bo'limi boshlig'i Musaxon Asatullayev nutq so'zlab xodimlarni korrupsiyaga nisbatan murosasiz bo'lishga chaqirdi va korrupsiya-davlatlarning iqtisodiy o‘sishi va rivojlanishiga ulkan to‘siq ekanligini, mamlakat rivojlanishining bugungi bosqichida korrupsiya O‘zbekiston davlati va jamiyati taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekanligi korrupsiya holatlarining har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va unga qarshi ayovsiz kurashish kerakligini ta'kidlab o'tdi.O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining korrupsiyaga oid moddalari
birma-bir sharhlandi.


  210-modda. Pora olish

Pora olish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o‘zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bo‘lishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pora olish:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 211 yoki 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;

b) ko‘p miqdorda;

v) tamagirlik yo‘li bilan;

g) bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pora olish:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

211-modda. Pora berish

Pora berish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsiga mazkur mansabdor shaxsning o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib bevosita yoki vositachi orqali moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pora berish:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210 yoki 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;

b) ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —

besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pora berish:

a) juda ko‘p miqdorda;

b) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —

o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Basharti, shaxsga nisbatan pora so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda o‘ttiz sutka mobaynida o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod etiladi.

212-modda. Pora olish-berishda vositachilik qilish

Pora olish-berishda vositachilik qilish, ya’ni pora olish yoki berish xususidagi kelishuvga erishishga qaratilgan faoliyat, shuningdek manfaatdor shaxslarning topshirig‘i bilan porani bevosita berish, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakat:

a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210 yoki 211-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;

b) ko‘p miqdorda pora olish yoki berish vaqtida;
v) bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib pora olayotganligi vositachiga ayon bo‘lgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —

besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pora olish-berishda vositachilik qilish:

a) haq evaziga;

b) juda ko‘p miqdorda pora olish yoki berish vaqtida;

v) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —

o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Basharti, pora olish-berishda vositachilik qilgan shaxs jinoiy harakatlarni sodir etganidan keyin bu haqda o‘ttiz sutka mobaynida o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinishi xodimalarga tushuntirildi.

20
Zafarobod tumani adliya bo'limi tomonidan huquqiy tusdagi hujjatlarni "E-huquqshunos" elektron tizimiga biriktirish va ular bilan ishlash bo'yicha o'quv seminar mashg'uloti o'tkazildi

Davlat rahbarining  173-sonli  Qaroriga asosan  joriy yilning 1-avgustdan hududlardagi barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlari, umumta'lim maktablari, aholi bandligiga ko'maklashish markazi, davlat soliq inspeksiyasi hamda  yana bir nechta davlat tashkilotlariga yuridik markaz tomonidan xizmat ko'rsatish belgilangan.
Ushbu qaror asosida, Joriy yilning 15-iyul kuni Jizzax viloyat adliya boshqarmasi , Zafarobod tuman adliya bo'limi boshlig'i B.Ikromov hamda "UNICON-SOFT" MChJ ning "E-huquqshunos" elektron  hujjat almashish tizimiga ma'sul xodimlar ishtirokida elektron tizim bo'yicha yangidan qamrab olinishi nazarda tutilgan davlat tashkiotlari, umumiy ta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim muassasalari va oilaviy poliklinikalarning xodimlar ishtirokida o'quv seminar mashg'uloti o'tkazildi.

20
Jismoniy va Yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish bo'yicha reja-grafikka asosida adliya boshqarmasi rahbariyatining Yangiobod tumanidagi Musiqa va san'at maktabida sayyor qabul o'tkazildi.

Jizzax viloyati adliya boshqarmasi tomonidan  tasdiqlangan Jismoniy va Yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish bo'yicha reja-grafikka asosan joriy yilning 14-iyul kuni Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari E.Maxammadiyev rahbarligida boshqarma bo'lim boshlig'i B.Bozorov, Inson huquqlarini himoya qilish bo'limi bosh maslahatchisi J.Karimov, tuman adliya bo'limi boshlig'i J.Abduholiqov ishtirokida Yangiobod tumanidagi Musiqa va san'at maktabida sayyor qabul o'tkazildi.
Qabul davomida jami 13 nafar fuqarolar qabul qilinib, ushbu murojaatlarning 4tasi fuqarolik pasportini olish masalasida, 2 tasi kadastr hujjatini rasmiylashtirish masalasida, 1 tasi nikoh tuzulganligi haqidagi guvohnoma olish va 5 tasi boshqa masalalarni tashkil etadi.
Shuningdek, 2 ta fuqaroning murojaati joyida hal etildi. 1 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berilib, 10 nafar fuqaroning murojaati ish yurituvga qabul qilinib, tegishli mutassaddilarga tegishli topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.  

20
Zafarobod tumani adliya bo'limi tomonida "Odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risida"gi qonun hamda huququbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurash borasida seminar bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 15-iyul kuni  Zafarobod tuman adliya bo'limining tashabbusi bilan adliya bo'limi binosida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda, "Odam savdosiga qarshi kurash to'g'risida"gi qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish, hamda huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurash borasida seminar mashg'uloti o'tkazildi.
Xususan, tadbirda "Odam savdosiga qarshi kurash to'g'risida"gi qonun loyihasi tadbir qatnashchilariga batafsil tushuntirib berildi va qonun loyihasi yuzasidan fikr almashildi.
Ushbu tadbirga tumanning "Uzun","Bo'ston" hamda "Samarqand" mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi fuqarolar, Yoshlar ishlari agentligi Zafarobod tuman bo'limi xodimlari, barcha mahalladagi yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari, mahalla raislari va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlar ishtirok etdi.

20
“30-iyul Odam savdosiga qarshi kurashish butunjahon kuni” munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.

oriy yilning 14-iyul kuni Yangiobod tuman adliya bo`limi hamda tuman hokimligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda tumandagi 9225-“K”-son harbiy qismiga qarashli Xo’jamushkent chegara postida "O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun hamda “30-iyul Odam savdosiga qarshi kurashish butunjahon kuni” munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.
Seminar davomida "Huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy: Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning zaruriyati va ularning umumiy mazmuni", "O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlanadi – yangi Konstitutsiyada inson huquqlari qadri eng asosiy qadriyatlardandir","Yangilanayotgan Konstitutsiyada murojaat qilish huquqi institutining takomillashtirilishi" mavzular hamda yangi Konstitutsiya loyihasi yuzasidan berilgan takliflar yuzasidan harbiy xizmatchilar bilan keng muhokamalar qilindi.
Shuningdek, harbiy xizmatchilarga sohaga oid qonunchilik hujjatlarini mazmun-mohiyat yuzasidan ham huquqiy tushuntirishlar berildi.

19
Yuridik xizmatning faoliyati doirasi kengaymoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.03.2022 yildagi 173-sonli qarori asosida Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyati kengaymoqda.

Joriy yilning 14 iyul kuni Jizzax viloyati adliya boshqarmasi, Mirzacho'l tuman adliya bo`limi hamda "UNICON-SOFT" MChJ ning "E-huquqshunos" elektron hujjat almashish tizimiga ma`sul xodimlari ishtirokida elektron tizim bo'yicha yangidan qamrab olinishi nazarda tutilgan davlat tashkilotlari, umumiy ta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim muassasalari va oilaviy poliklinikalarning xodimlari ishtirokida o'quv seminar mashg'uloti o'tkazildi.
Seminar mashg'uloti davomida Adliya bo`limi va “UNICON-SOFT” MChJ ning mas'ul mutaxassislari tomonidan davlat tashkilotlari, ularning quyi tizimi tomonidan qabul qilinayotgan huquqiy tusdagi hujjatlarni “E-Huquqshunos” elektron tizimiga biriktirish, ular bilan ishlash, ular bo'yicha huquqiy hulosalar olish tartibi va masalalari haqida batafsil tushunchalar berildi.

18
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati yanada kengaymoqda.

Joriy yilning 15-iyul sanasida Jizzax shahar adliya bo'limi majlislar zalida Jizzax shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko`rsatish markazi tomonidan "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  18.03.2022 yildagi "Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" PQ-173-sonli qarori ijrosi bo'yicha seminar tashkil etildi.
  Ushbu yig'ilishda qarorda ko'rsatilgan barcha tashkilot xodimlarining ishtirok etishi ta'minlandi.

  Seminar mashg‘uloti davomida “UNICON-SOFT” MChJning mas’ul mutaxassislari davlat tashkilotlari, ularning quyi tizimi tomonidan qabul qilinayotgan huquqiy tusdagi hujjatlarni “E-Huquqshunos” elektron tizimiga biriktirish, ular bilan ishlash, ular bo‘yicha huquqiy xulosalar olish tartibi va masalalari haqida batafsil tushuncha berildi.

  Viloyat Adliya boshqarmasi mas’ul xodimi A.Shermatov tomonidan mazkur tizimning qulayliklari va ahamiyati xususida atroflicha yoritib berildi.

  Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollar yuzasidan batafsil javob oldilar.