Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

20
Mas'ullar mas'uliyati oshirildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini muddatida va sifatli ijrosini ta'minlash “Yangi O'zbekiston”da olib borilayotgan islohotlarning eng muhim asosi hisoblanadi.
Jizzax viloyat hokimligi, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyat adliya boshqarmasi hamkorligida Zoom platformasi orqali «Hududda «Ijro.gov.uz» tizimida Prezident topshiriqlari ijrosini uyushqoqlik bilan ta'minlash» mavzusida tashkiliy va amaliy vebinar tashkil etildi.Vebinarda viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlari, muassasalaridagi ijro intizomi faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas'ul bo`lgan xodimlar tinglovchi sifatida qatnashdilar.Vebinarda mazkur yo'nalish bo'yicha bevosita faoliyat olib borayotgan mas'ul xodimlar tomonidan elektron tizimda ishlash tartiblari batafsil tushuntirib o'tildi.
Adliya vazirligining O`zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi bo`lim boshlig`i Raxmetov Alibek Raxmatullayevich tomonidan viloyatimizda ijro intizomini tashkil etish yuzasidan olib borilayotgan ishlarga tahliliy baho berildi. Ishtirokchilar tomonidan yo'llangan savollarga batafsil javoblar qaytarildi.

19
Maqsadimiz huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish

Zarbdor tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan tumandagi bir nechta davlat tashkilotlarida huquqiy targ'ibot tadbirlari tashkil etildi. Dastlab, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabrdagi “2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo'shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko'chirish to'g'risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati va ahamiyati to'g'risida ma'lumot berib o'tildi.Xodimlar tomonidan mehnat, ijtimoiy himoya, bank va moliya sohalari bo'yicha ko'shimcha savollarga ham huquqiy tushuntirish berib o'tildi.Davlat tashkilotlarida mehnat qilib kelayotgan xodimlarning huquqiy bilimi va savodxonligi oshsa yuristlar uchun ular bilan birga ishlash, muammolarni hal etish va faoliyatini to'g'ri yo'lga qo'yish ham bir muncha oson kechadi.


18
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

G‘allaorol tumani yuridik xizmat markazi xodimi I.Haydarov tomonidan tumandagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.01.2022 yildagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81-son Qarorining mazmun mohiyati tushuntirib berildi.

Shuningdek Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi joriy etilishi, bunda reyting baholash 5 ta yo‘nalish bo‘yicha belgilangan indikatorlar asosida amalga oshirilishi, reyting baholash tizimi 2022 yil 1 fevraldan boshlab, eksperiment tariqasida, o‘z faoliyatida korrupsiyaga qarshi menejment tizimini joriy etayotgan 26 ta davlat tashkilotlari faoliyatiga, 2022 yil 1 iyuldan barcha davlat tashkilotlari faoliyatiga joriy etilishi batafsil tushuntirib berildi.

17
“TV sharh ” koʻrsatuvi

Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi orqali efirga uzatiladigan “TV sharh ” koʻrsatuvining bu galgi soni “Hunarmandchilik faoliyatini qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ–77-son, 30.12.2021 y.)  mazmun-mohiyatiga bagʻishlanadi. Zarbdor tumani adliya bo’limi bosh maslahatchisi Inomjon Qayumov va "Hunarmand" uyushmasi Jizzax viloyat boshqarmasi ma'sul xodimi Marg'uba Ashurova va mahalliy hunarmand makzur Qaror  yuzasidan o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Ushbu koʻrsatuv  16-yanvar kuni soat 19:30 da efirga uzatiladi.

14
Yuristlar malakasi oshirilmoqda

Adliya boshqarmalari huzuridagi yuridik xizmat koʻrsatish markazlari xodimlarining malakasi oshirilmoqda.
Bugun Yuristlar malakasini oshirish markazining malakali professor-oʻqituvchilari tomonidan Jizzax viloyati adliya boshqarmasi huzuridagi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari uchun masofaviy (onlayn) shaklda oʻquv kurslari boʻlib oʻtmoqda.
Oʻquv jarayonida tinglovchilar mehnat munosabatlarini tartibga solishda Yuridik xizmat markazlarining ishtiroki, xizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish masalalari kabi mavzular boʻyicha oʻz bilimlarini oshirmoqdalar.

13
Har bir murojaat ortida insonlar taqdiri bor

Ayni paytda Jizzax viloyat hokimligi, viloyat Xalq qabulxonasi hamda viloyat Adliya boshqarmasi hamkorligida “Zoom”platformasi orqali “Davlat organlari tomonidan murojaatlarni qabul qilish va ko'rib chiqish tartibi” mavzusida vebinar tashkil etilmoqda. Har bir fuqaroning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini yanada to'liq ta'minlash maqsadini o'zida mujassam etgan mazkur tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Uzoqov Bayrambek Uzoqovich, Viloyat Adliya boshqarmasi boshlig'i Saidov SHokir Kamalovich, Viloyat hokimligi murojaatlar bo'limi boshlig'i Abdulhakimov Farxod Abdulhakimovichlar ishtirok etmoqda.
Jizzax viloyatidagi barcha tashkilot va muaassalarning fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo'yicha mas'ul vakillari, yuristlar ishtirok etayotgan mazkur vebinarda Adliya boshqarmasi boshlig'i Sh.Saidov murojaatlar bilan ishlashning qonuniy asosolari, tartiblari va muddatlarini yuzasidan atroflicha tushuntirish bermoqda.Vebinar davomida ishtirokchilar tomonidan sms tarzida savollar yo'llanmoqda. Ularning barchasiga huquqiy tushuntirishlar berib o'tilmoqda.

11
#Shonli_30yil

Sana munosabati bilan Jizzax viloyati adliya tizimida mehnat qilayotgan soha xodimlari, faxriylar Adliya vazirligining 30 yilligi esdalik nishoni bilan taqdirlandi. Davlat xizmatlari agentligi Jizzax viloyati boshqarmasining majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining shonli 30 yilligi munosabatini bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.Marosimda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Shokir Saidov o‘tgan shonli 30 yil mobaynida Adliya tizimidagi muhim islohotlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, soha fidoiylarini muborakbod etdi.Shundan so‘ng, DXA Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig‘i Akmal Ergashev hamda Zomin tuman hokim yordamchisi Bobur Umrzoqovlar viloyatdagi tizimda mehnat qilayotgan adliya boshqarmasidagi huquqshunoslar, davlat xizmatlati agentligi xodimlari, FHDYO organlari xodimlari, notariuslar hamda faxriylarga Adliya vazirligining 30 yilligi esdalik nishoni hamda pul mukofotlarini tantanali topshirishdi.Tantanali tadbir davomida Zomin tumani hokim yordamchisi Bobur Umrzoqov bugungi kun bilan barchani tabriklab, Adliya vazirligiga o‘z minnatdorchiligini aytib o‘tdi.Marosimda faxriylar so‘zga chiqib, Adliya vazirligi tomonidan tizim faxriylariga berilayotgan eʼtibor, turli bayramlar arafasida va ularning qutlugʻ tavallud ayyomlarida tabriklash hamda taqdirlash, moddiy yordam koʻrsatishni anʼanaga aylangangini mamnuniyat bilan e‘tirof etdi.Tadbir yakunida adliya tizimida huquqiy demoktartik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini qurish, inson huquq va erkinliklarini samarali himoya qilish yo‘lidagi  fidokorona xizmatlari uchun boshqarmaning ilg‘or xodimlari viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining  faxriy yorliq hamda estalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

10
Adliya_shonli 30 yil

Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi “Jizzax” radiosida “Soʻrang, javob beramiz!”, “Intervyu” eshittirishlari, “Huquqiy darsxona” radiooʻyini tashkil etilgani adliya xodimlari bilan bizni yanada yaqinlashtirdi. Yuzlab fuqarolarimiz oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi. Minglab tinglovchilarimiz radiooʻyin ishtirokchisiga aylanib, oʻz haq- huquqlarini oʻrganishga astoydil kirishdilar! Bu barchamizning yutugʻimiz! 30 yil ozmuncha vaqt emas. Bu davr mobaynida ne-ne oʻzgarishlar roʻy bermadi, deysiz! Adliya vazirligi tashkil topganda bor kuchini, bilimi va mahoratini shu sohaga bagʻishlagan qonun himoyachilari bugun ustoz darajasiga erishdilar! Shogirdlar ardogʻida hurmat ehtiromda tizimda yoshlar bilan barobar mehnat qilmoqdalar. Qonunni himoya qilish sharafli va masuliyatli. “Qilni qirq yoradigan” huquqshunoslar adolat yoʻlidan ogʻishmay, haqiqat manzili tomon shahdam qadam tashlamoqdalar! Qadamlaringiz doim dadil boʻlsin adolat himoyachilari!

30 yillik bayramingiz bilan butun ijodiy jamoamiz nomidan muborakbod etaman!

07
Taraqqiyot strategiyasi umumxalq muhokamasida

G‘allaorol tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi F.Suvonov, etakchi maslahatchisi M.Haydarov va tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti I.Haydarovlar tomonidan tumandagi Maktabgacha ta’lim bo‘limida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Targ‘ibot tadbirida bo‘lim va Markaz xodimlari tomonidan tashkilot xodimlariga Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi mazmun mohiyati tushuntirib berildi.

Shuningdek, tashkilot xodimlariga Strategiyaning asosiy yo‘nalishlari va mazkur strategik tadbirlarning izchillik bilan amalga oshirilishi natijasida xalqparvar davlat barpo etish, adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash, milliy iqtisodiyotni zamon talablari darajasida rivojlantirish, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, sifatli ta’lim va ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi islohotlar, yurtimizning harbiy qudratini oshirish kabi o‘ta dolzarb masalalarning hal etilishi ko‘zda tutilganligi hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi mamlakatimiz rivojining muhim asoslarini o‘zida mujassam etganligi, davlat boshqaruv organi, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish tizimi, qolaversa barcha-barcha faoliyatning ustuvor vazifalarini belgilab berishi  ma’lum qilindi.

Tadbirda davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga adliya bo‘limi va Markaz xodimlari tomonidan javoblar berildi.


06
"Mirzacho'l ovozi" gazetasining bugungi sonida

"Mirzacho'l ovozi" gazetasining 30-dekabr sonida Mirzacho'l tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti U.Siddiqovning "Jamiyatimizda oila instituti tuzilishining huquqiy asoslari" deb nomlangan maqolasi chop etildi.