Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008
03.11.2022

Targ'ibot tadbirlari

Jizzax davlat pedagogika instituti akademik litseyida Davlat test markazi Jizzax viloyati bo'limi hamda viloyat Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda "Korrupsiya - rivojlanishimizga to'siq" mavzusida o'quvchi yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi. Tadbirda Korrupsiya tushunchasi, uning turlari, korrupsiyaviy jinoyatlarga olib keluvchi omillar, yoshlar o'rtasida sodir etilayotgan korrupsiyaviy jinoyatlar va ularni bartaraf etish choralari hamda O'zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurash to'g'risida"gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi "O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5729-sonli farmonining mazmun-mohiyati haqida Jizzax viloyat Adliya boshqarmasi huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi boshlig'i J.Ishonqulov batafsil tushunchalar berdi.

Рўйҳатга қайтиш