Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

23
Huquqiy bilim muvaffaqiyat kaliti

Huquqiy savodxonlik mehnat faoliyatidagi har qanday to'siqlarga qarshi tura oladigan kuchli quroldir. Shu sabab o'z huquqlarimizni yaxshi bilishimiz foydadan holi emas. Bugunda yuridik markazlar o'zlari xizmat ko'rsatadigan tashkilotlarning xodimlari o'rtasida mana shunday targ'ibot tadbirlari olib bormoqdaki, natijada ular orasida ish faoliyatida yuzaga kelayotgan turli muammoli vaziyatlar, savollarga shu yerda javob topilmoqda.

Zomin tuman tibbiyot birlashmasida tuman yuridik xizmat ko'rsatish bosh yuriskonsulti S.Ummatqulov tomonidan targ'ibot tadbiri o'tkazildi? Unda amaldagi sohaviy qonunchilik talablari bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, yaqinda qabul qilingan “Aholiga tibbiy xizmatlar koʻrsatish sifatini yaxshilash va sogʻliqni saqlash sohasida kadrlar salohiyatini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori mazmun-mohiyati haqida ham atroflicha tushuncha berildi.

22
"YIL AYOLI" milliy tanlovining viloyat bosqichida

Jizzax yuridik texnikum o'quvchisi 
Sadoqat Bekmurodova “Yilning eng ilg‘or tadbirkor ayoli” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi.

“Yil ayoli” milliy tanlovining 
Jizzax viloyat bosqichida shahar hamda tumanlardan 13 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Mana shuday tashabbuskor ayollardan biri Sadoqat Anarqulovna Bekmurodova Jizzax viloyat yuridik texnikumi 2-bosqich o‘quvchisi. Sadoqat Bekmurodova ushbu dargohda o‘zining bilimdonligi, tirishqoqligi, o‘z ustida tinmay izlanishi bilan ajralib turadi.
Sadoqat Anarqulovna o‘qib kelayotgan  Davlat-huquqiy faoliyat yoʻnalishi bo‘yicha bir qator maqolalar muallifi.
"Kelajakda xalqimizning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan yangi loyihalar, yosh tadbirkorlar uchun qo'llanmalar, o'quv dasturlari, maktab tashkil qilmoqchiman, eng asosiysi malakali yuridik kadr bo‘lib, elimizga xizmat qilish niyatidaman",-dedi Sadoqat Bekmurodova.

19
Tezkor, qulay va samarali targʻibot

Jizzax teleradiokanali “Diyor yangiliklari” informatsion dasturining bugungi-22 noyabr, soat 7:00, 13:00, 17:00, 19:00, 21:30 dagi sonlarida yuguruvchi titrlar orqali 15 noyabr kuni Prezident tomonidan imzolangan “Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to'g'risida”gi Qonunning aholi uchun dolzarb va qiziq boʻlgan asosiy jihatlari berib boriladi.

18
“Motivatsiya bekatida” rahbarlar va yoshlar uchrashuvi

Jizzax davlat pedagogika institutida 17-noyabr Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan “Motivatsiya bekati” tadbiri tashkil etildi. Unda DXA Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig‘i Bobur Umurzakov va viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Akmal Ergashev ishtirok etdi. Talabalar bilan uchrashuv avvalida mehmonlar institut rektori  Sh.Sharipov boshchiligida “Talabalar do‘stligi uchun” deb nomlangan bannerga o‘z dil izhorlarini yozib qoldirishdi. 
Shundan so‘ng “Yashil makon” loyihasi doirasida institut hovlisiga ko‘chatlar ekildi.


17
Bayrogʻim faxrim

Jizzax viloyatining barcha hududlarida Bayrogʻimiz qabul qilingan sana katta shodiyona sifatida nishonlanmoqda. Milliy gʻururimiz hosoblangan davlat ramzi-bayrogʻimizni vatanimizning dunyo hamjamiyatida oʻz oʻrnina ega boʻlishida munosib hissasi bor. Yuksaklarda xilpirab turgan bayrogʻimiz oʻzbek millatining togʻdey gʻururiga uxshaydi. Shu sabab u faxr-iftihorimiz ramzidir. Viloyat Adliya boshqarmasi hamda yuridik hizmat ko'rsatish markazlari xodimlari bilan birgalikda #bayrogʻimfaxrim xeshtegi ostida Jizzax shahri boʻylab turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Unda yoshlarning milliy ramzlarimizga boʻlgan hurmat-ehtiromi yuqori ekanligi bevosita namoyon boʻlmoqda.

16
TV sharx

Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi orqali efirga uzatiladigan “TV sharx” koʻrsatuvining bu galgi soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga tibbiy xizmatlar koʻrsatish sifatini yaxshilash va sogʻliqni saqlash sohasida kadrlar salohiyatini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori  mazmun-mohiyatiga bagʻishlanadi. Ushbu koʻrsatuv 21-noyabr kuni soat 19:30 da efirga uzatiladi.

15
Diyor intervyu

2 - noyabr kuni Hukumat qarori bilan Oʻzbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi konsullik muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasining eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish tartibi boʻyicha vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi yangisiga almashtirish uchun:
- BHMning 70 foizi miqdorida toʻlov; 
- 20 AQSH dollari miqdorida konsullik yigʻimi;
- 20 AQSH dollari miqdorida haqiqiy harajatlarning oʻrnini qoplash uchun yigʻim undiriladi.

Ushbu Nizomning mazmun-mohiyati yuzasidan Huquqiy targibot va ma‘rifat bo‘limi boshlig‘i Jahongir Ishonqulov Jizzax radiosining " Diyor intervyu" eshittirishida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

12
TV sharx

Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi orqali efirga uzatiladigan “TV sharx” koʻrsatuvining bu galgi soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori  mazmun-mohiyatiga bagʻishlanadi. Unda Paxtakor tumani yuridik hizmat koʻrsatish markazi boshligʻi D.Joʻraboyeva hamda viloyat bojxona boshqarmasi xodimi F.Suyunov ishtirok etdi. Ushbu koʻrsatuv 14-noyabr kuni soat 19:30 da efirga uzatiladi.

11
Har bir noqonuniy harakat ortida javobgarlik bor

Sharof Rashidov tumani yuridik xizmat koʻrsatish markazi tomonidan tumandagi 11 ta davlat tashkilotlariga “Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari toʻgʻrisida”gi Nizom asosida xizmatlar koʻrsatib kelinmoqda. Qonunchilikka koʻra, markazlarga yuridik xizmat koʻrsatiladigan tashkilotlarga sifatli va malakali yuridik yordam koʻrsatish, shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazishi hamda ular boʻyicha eʼtiroz va takliflar boʻlmasa, viza qoʻyishi belgilab berilgan. Shu sabab “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali kelib tushgan tuman maktabgacha taʼlim boʻlimining 2021-yil 22-oktyabr kungi “Jizzax maxsus savdo grand” MCHJ bilan 13/13-sonli jami 124 682 010 soʻmlik hamda 13/32-sonli jami 36 769 530 soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari oldi-sotdi shartnomalari loyihalari koʻrib chiqildi.

Ushbu loyihalarga “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 71 moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-sentyabrdagi PQ 3953 Qaror talablari boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish vakolati yoʻqligi sababli viza quyilishi rad etildi. Maktabgacha taʼlim boʻlimiga Vazirlar Mahkamasining 2019-yildagi 626-sonli, 2021-yil 30-iyundagi №407-sonli Qaror talablariga muvofiq ishlash lozimligi koʻrsatib oʻtildi.

Biroq, MTB shartnomalarga markazning ijobiy xulosasini olmasdan, oʻzining yuqori turuvchi organi yuristkonsultidan shartnomaga viza olib Sharof Rashidov tumani Gʻaznachilik boʻlinmasidan oʻtkazishga erishgan.

Vaholanki, qonunchilik talablariga koʻra, yuridik xizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar tomonidan Markazlar bilan kelishilmagan holda, qabul qilingan buyruqlar, farmoyishlar, shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar haqiqiy emas deb topish uchun asos hisoblanadi.

Shunga ko'ra, aniqlangan ushbu qonun buzilish holati yuzasidan tuman prokuraturasiga mazkur tashkilotga nisbatan tegishli ta'sir chorasi koʻrilishi boʻyicha taklif kiritildi.

 

To'ra Tashqulov

Sharof Rashidov tuman yuridik

xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i

10
Aholi murojaatlari yechim topmoqda

Aholi muammolarini o‘rganish va hal etishda viloyat adliya boshqarmasi, shahar hamda tuman bo‘limlarining harakatlari o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. Sh.Rashidov tuman adliya bo‘limi mas'ullari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi. Navbatdagi qabul Nurafshon MFY da bo‘lib o‘tdi. Qabulda 10 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. 6 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi va 4 nafar fuqarolarning murojaatlari ish yurituviga qabul qilindi.

Bundan tashqari, "Aholini ijtimoiy himoya  qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi Vazirlar Mahkamasining Qarori hamda "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarini amalga oshirishni izchil davom ettirish orqali hududlarning yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikasiya tarmoqlari hamda ijtimoiy soha ob'ektlarini rivojlantirish va shu asosda aholining farovonligi hamda turmush darajasini yanada yuksaltirish maqsadida, "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi Prezident Qarori mazmun-mohiyati yuzasidan Sh.Rashidov tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Ilg‘orjon Rashidov sayyor qabul davomida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.



Huquqiy targ‘ibot va ma'rifat bo‘limi