Yangiliklar
Tasdiqlangan reja grafikka asosan, shahar hamda tuman hokimlari bilan adliya boshqarmasi boshlig‘ining hamkorlikdagi sayyor qabullari davom etmoqda. Navbatdagi sayyor qabul Jizzax shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi binosida o‘tkazildi.
Shahar hokimi K.Xolmurodov bilan birgalikda o‘tkazilgan sayyor qabulda murojaat etgan fuqarolarning shahar darajasidagi muammoli masalalari o‘rganilib, joyida hal etilishi ta’minlandi.
Sayyor qabul davomida uy-joy uchun ajratiladigan subsidiya tartibi, ta’lim krediti, bankdan kredit olish, “Yoshlar daftari”ga kirish tartibi kabi masalalar bo‘yicha qilingan murojaatlarga tegishli qonunchilik hujjatlari bilan asoslangan holda adliya boshqarmasi boshlig‘i Sh.Saidov tomonidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Sayyor qabulda 40 dan ortiq fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar shahar sektorlari bilan birgalikda atroflicha muhokama qilindi. 12 ta fuqaroning murojaati qanoatlantirildi. 28 nafar fuqarolarning murojaatlari tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun nazoratga olindi. Muddat talab qiladigan masalalar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.
Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi
Uchastka saylov komissiyalari a’zolari bilan o‘tkazilayotgan seminar-treninglarning sifatli o‘tkazilishi viloyat adliya boshqarmasi tomonidan alohida nazoratga olindi.
Rejaga muvofiq, 14-15 sentyabr kunlari ushbu seminar- treninglar 524 ta saylov uchastkalarida tashkil etilib, unda 6452 nafar tinglovchilar ishtirok etishi belgilandi. O‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarning tasdiqlangan dars jadvali asosida sifatli o‘tkazilishi ustidan sektorlar kesimida sektor rahbarlari bilan birgalikda nazorat o‘rnatildi.
Arnasoy tumanidagi 18 ta saylov uchastkasida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarni samarali o‘tishini kuzatish maqsadida, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Shokir Saidov dars jarayonlarida ishtirok etdi.
Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi
2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari huzuridagi texnikumlarni o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha turdosh oliy ta’lim hamda tarmoq tashkilotlariga biriktirish, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida:
“Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori imzolandi.
Viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan ushbu qarorning mazmun-mohiyati yuzasidan davra suhbati tashkil etildi. Suhbatda Jizzax shahar adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Jo‘rabek Kulbekov hamda kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi Abdurauf Mamatqulov ishtirok etdi.
Davra suhbati Jizzax teleradiokompaniyasining “TV sharh” ko‘rsatuvi orqali 19 sentyabr, yakshanba kuni, soat 19.30da efirga uzatiladi.
Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi
“Ayollar daftari”... Ijtimoiy himoya, uy-joy ta’miri, tibbiy himoya, huquqiy yordam, psixologik maslahatga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, noturar joyda istiqomat qilayotgan, qaramog‘ida nogiron farzandlari bor yolg‘iz ayollar ro‘yxati kiritilgan daftarni varaqlaymiz. Xo‘sh, bugungi kungacha ro‘yxatda qayd etilgan xotin-qizlarga qanday ko‘maklar berildi? Buni Zomin tuman adliya bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan amaliy ishlarda ko‘rish mumkin. Tuman adliya bo‘limi, IIB hamda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari hamkorlikda ko‘makka muhtoj ayollarni murojaatlarini qabul qildi. Tuman adliya bo‘limi boshlig‘i M.Alimqulov so‘nggi yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar yurtimizning barcha jabhalarini qamrab olganligi, jamiyat va davlat boshqaruvini modernizatsiyalash hamda yangilash, huquqiy-demokratik davlat qurish va erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda eng muhim e’tibor, avvalo, inson huquqlari himoyasiga qaratilganligini qabul davomida alohida ta’kidlab o‘tdi.
Zomin tumanining “Taraqqiyot”, “Birlik”, “Bog‘ishamol” va “Qo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘inlarida manzilli qabullar bo‘lib o‘tdi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan 25 nafar ayollarning murojaatlari o‘rganib chiqildi. Ayollarga nikoh shartnomasi, aliment, uy-joy hujjatlarini rasmiylashtirish, mol-mulk, meros masalalari, pensiya va nafaqalar hamda kredit olish tartibi to‘g‘risida huquqiy maslahatlar berildi.
Muddat talab qiladigan muammolar nazoratga olindi. Xotin-qizlarni muammolarini bartaraf etish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar va chora tadbirlar mutasaddilar tomonidan belgilab olindi.
Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi
Yurtimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj, qo‘llab-quvvatlashga zarurati bo‘lgan fuqarolarga davlat tomonidan manzilli ko‘maklashish bo‘yicha yangicha tizim joriy qilindi.Bu yo‘nalishda manzilli, har bir shaxs bilan individual va tizimli ravishda muntazam ish olib borishni tashkil qilish maqsadida moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalar bo‘yicha yangi — “Temir daftar”, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb-hunar o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan xotin-qizlar va yoshlar bo‘yicha tegishlicha «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari» tizimlari hayotga tatbiq etildi. Yangiobod tuman adliya bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan amaliy ishlarda buni yaqqol misolini ko‘rish mumkin.
Yangiobod tuman adliya bo‘limi tashabbusi bilan joriy yilning 9 sentyabr kuni tuman IIB va mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash xodimlari hamkorlikda Yangiobod SHFYdagi “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi huquqiy yordam olishga muhtoj ayollar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Ehtiyojmand ayollarning muammolari o‘rganilib, bazi murojaatlar joyida hal etildi. Hamda ularga huquqiy maslahatlar, qonunchilikdagi yangiliklar tushuntirib berildi. Vaqt talab qilgan muammolar nazoratga olindi.
Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi
Adliya vazirligi tashabbusi bilan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi xodimlari o‘rtasida “Mehr ulash” shiori ostida xayriya qon topshirish aksiyasi viloyat qon quyish stansiyada tashkil etildi. Mazkur aksiya aholi o‘rtasida beg‘araz donorlik tizimini rivojlantirish, insonlarda olijanoblik va bag‘rikenglik tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Aytib o‘tish kerak, Prezidentning 2020 yil 10 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida gematologiya va transfuziologiya xizmatlarini rivojlantirish hamda onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan shaxslarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida beg‘araz donorlik va uni rivojlantirish alohida qayd etilgan.
Shu o‘rinda, kimlar qon topshirishi mumkin?
18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan, vazni 55 kilogrammdan yuqori har bir shaxs qon topshirishi mumkin. Yiliga har bir shaxs 4 marta qon topshirsa bo‘ladi.
– Biz ham bemorlarga yordam berish maqsadida ushbu aksiyada faol qatnashib, qon topshirdik, –dedi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i J.Ishonqulov. – Beg‘araz yordamimiz kimningdir sog‘lig‘ini saqlashga, hayotini uzaytirishga ko‘mak berishiga ishonamiz.
izzax viloyat adliya boshqarmasi jamoasi ushbu hayrli aksiyaga barchani chorlaydi!
Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi
Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi - ayollar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuzilgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” ko‘plab oilalarning kambag‘allikdan chiqishlariga xizmat qilmoqda. Bu ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida Arnasoy tumani adliya bo‘limi tomonidan amaliy ishlar qilinmoqda.
Tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tizimli o‘rganishlar davomida ushbu daftarlarga kiritilgan ayollar va yoshlarning muammoli masalalari birma-bir ko‘rib chiqilmoqda.
Bobur mahallasida o‘tkazilgan qabul davomida har bir ayolning, yoshlarning qiyinchiliklari nimalardan iborat ekanligi ularning mutaxassisligi, qiziqishi, imkoniyatlari hisobga olinib, huquqiy maslahatlar, tushuntirishlar berildi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda aholi, shu jumladan, xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va kasb-hunarga ega bo‘lmagan, huquqiy va ma’naviy-psixologik qo‘llab-quvvatlashga zarurati bo‘lgan fuqarolarga davlat tomonidan manzilli ko‘maklashish bo‘yicha mutlaqo yangicha tizim joriy qilindi.
Xususan, koronavirus pandemiyasining aholi turmush darajasiga salbiy ta’sirini yumshatish, aholini ijtimoiy himoya qilish va ko‘makka muhtoj oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu ma’noda, Vazirlar Mahkamasining “Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorning mazmun-mohiyati yuzasidan uyma-uy ayollar murojaatlarni tinglash va ko‘mak berish jarayonida tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tushuntirishlar berildi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda aholi, shu jumladan, xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va kasb-hunarga ega bo‘lmagan, huquqiy va ma’naviy-psixologik qo‘llab-quvvatlashga zarurati bo‘lgan fuqarolarga davlat tomonidan manzilli ko‘maklashish bo‘yicha mutlaqo yangicha tizim joriy qilindi.
Xususan, koronavirus pandemiyasining aholi turmush darajasiga salbiy ta’sirini yumshatish, aholini ijtimoiy himoya qilish va ko‘makka muhtoj oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu ma’noda, Vazirlar Mahkamasining “Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorning mazmun-mohiyati yuzasidan uyma-uy ayollar murojaatlarni tinglash va ko‘mak berish jarayonida tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tushuntirishlar berildi.
Tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Hosilmurod Kushmatov ayollarga nikoh shartnomasi, aliment, uy-joy hujjatlarini rasmiylashtirish, mol-mulk, meros masalalari, pensiya va nafaqalar olish tartibi to‘g‘risida huquqiy maslahatlar berdi. Uyma uy yurish davomida murojaatlarni tinglash, muammolarni tezroq bartaraf qilish va ularning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda. Har bir murojaat e’tiborda. Ularning aksariyati joyida hal qilindi. Vaqt va mablag‘ talab qiladigan masalalar nazoratga olindi.
Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi
Жиззах вилоят адлия бошқармаси ташаббуси билан "Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида"ги ( 2021 йил 25 август,
ЎРҚ-711-сон) Қонуни мазмун-моҳияти юзасидан давра суҳбати ташкил қилинди.
Суҳбатда Бахмал туман адлия бўлими бошлиғи Набижон Қодиров ҳамда Жиззах вилоят суди Фуқаролик ишлари бўйича судяси Луиза Халитова иштирок этди.
Суҳбат Жиззах вилоят телерадиокомпаниясининг "Диёр интервью"кўрсатувида, чоршанба куни, соат 19.30да эфирга узатилди.
Mazkur tadbir doirasida ayni damda Jizzax viloyat adliya boshqarmasining Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish maqsadida tanlov bo‘lib o‘tmoqda. Tanlov jarayonini ushbu havola orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 29 iyundagi PQ-5168-son qarori bilan adliya organlari huzurida Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etilgan. Markaz xodimlari adliya organlari xodimlari hisoblanadi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi yuridik xizmat ko`rsatish markazlariga ishga qabul qilish tanlovi
Tuman kengashi deputatlari, sektorlar, tashkilot va korxonalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Viloyat adliya boshkarmasi boshlig‘i Shokir Saidov so‘z avvalida, davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar bilan hamoxang holda davlat va jamiyat qurilishi tizimini yanada takomillashtirish borasida ham keng ko‘lamli siyosiy islohotlar amalga oshirilayotganligini alohida e’tirof etdi.
Xususan, milliy saylov qonunchiligimiz umume’tirof etilgan xalqaro prinsip va normalarga to‘la mos holda huquqiy jihatdan yanada rivojlantirildi, liberallashtirildi va saylov amaliyotini modernizatsiyalash yo‘lida yangi bosqich boshlanganligini ta’kidladilar.
Sessiya yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi