Yangiliklar
Doʻstlik tumanida viloyat adliya boshqarmasi hamda viloyat intelektual mulk himoyasi markazi hamkorligida seminar boʻlib oʻtdi.
Butun dunyoda intellektual mulk qimmatli narsa, deb eʼtirof etiladi. Mashhur brend egalari, bestseller asar mualliflari, ixtirochilarning milliarder ekani haqida koʻp oʻqiganmiz. Intellektual mulk insonning ijodiy tafakkuri bilan yaratiladigan narsa hisoblanadi. Ular turli sanoat mulki obyektlari yoki mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan asarlar boʻlishi mumkin. Intellektual mulkning ahamiyati yildan yilga oshib bormoqda.
Boʻlib oʻtgan yigʻilishda ishtirok etgan hududdagi tadbirkorlarga intelektual mulk, uning ahamiyati, mohiyati haqida tushuncha berildi.
Tadbirkorlarga mahalliy brendlarni yaratib, xalqaro roʻyxatdan oʻtish, xalqaro bozorga chiqish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Doʻstlik tuman adliya boʻlimi bilan hamkorlikda tadbirkorlar uchun intellektual mulkni yaratish va himoya qilish boʻyicha amaliy koʻmak va huquqiy maslahatlar berishga kelishib olindi.
Berdinazar Abirqulov Samarqand veterinariya instituti talabasi edi. Ammo bir oylik safarbarlik rezerviga harbiy xizmatga uni institutda oʻqib yurgan vaqtida olib ketishdi. Ketishdan oldin Baxmal tuman mudofaa boʻlimini talaba ekanligi, institut rahbariyatini esa harbiy xizmatga chaqiruv kelgani haqida xabardor qildi. Ammo harbiy xizmatdan qaytishi bilan unga talabalar safidan chiqarilgani haqida maʼlum qilishdi. Ikki oʻrtada qolib ketgan Berdinazar oʻqishini tiklash maqsadida murojaat qilmagan joyi, taqillatmagan masʼul tashkilot eshigi qolmadi. Ammo masala hal boʻlmadi, chunki Oliy taʼlim vazirligi va Mudofaa vazirligi vakillari ham qonuniy yoʻl tutishgani dalillarini keltirishdi. Oʻrtada esa bir yosh taqdir hech kimni qiziqtirmadi. Oʻqishdan umidini uzgan Berdinazar Prezident maslahatchisi sayyor qabul oʻtkazayotganini eshitgach, u yerga ham murojaat qilib koʻrish istagi paydo boʻldi. Murojaatdan soʻng ushbu holatni Jizzax viloyat adliya boshqarmasi oʻz nazoratiga oldi va masala koʻp oʻtmay oʻz yechimni topdi. Adliya boshqarmasi Inson huqulari boʻlimi yordamida sudga davo arizasi kiritildi va ish fuqaro foydasiga hal qilindi. U yana talabalar safidan joy oldi.
Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi orqali efirga uzatiladigan "TV sharx" ko'rsatuvining bu galgi sani O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ta'lim darajasi yuqori bo'lmagan maktablarga malakali o'qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora tadbirlari to'g'risida"gi Qarori mazmun-mohiyatiga bag'ishlandi. Ushbu ko'rsatuv 31 oktyabrь kuni soat 19:30 da efirga uzatildi.
"Forish tongi" gazetasining 23 oktyabrь kungi sonida tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi yuristkonsulьtlari Qodir Shaharov va O'tkir Mahammatovlarning "Qoror va ijro" rukni ostida "Byudjet tashkilotlariga yuridik xizmat ko'rsatiladi" deb nomlangan maqolasi chop etildi.
Jizzax shahar Yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari 2021 yil 28 oktyabrь kuni Jizzax shaxar hokimligi xuzuridagi Obodonlashtirish boshqarmasida targ'ibot ishlarini olib bordilar.
Tadbir jarayonida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyunь kunidagi PQ-5168-son Qarori bilan tasdiqlangan "Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari to'g'risida"gi Nizom va "Е-huquqshunos" elektron tizimidan foydalanish tartibi va Mehnat qonunchiligi normalari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Жиззах шахар ҳокимлиги хузуридаги Ободонлаштириш бошқармаси ходимлари семинар давомида фаолиятлари билан боғлиқ хуқиқий холатларга доир саволларга Марказ ходимлари томонидан батафсил жавоблар берилди ва семинар иштирокчилари ўзларига керакли бўлган маълумотларга эга бўлишди.
Yuridik markazlar qanday vazifalarni amalga oshiradi?
Ular qaysi tashkilotlarga xizmat ko'rsatadi?
Markazlarning tashkil etilishidan maqsad nima?
Mazkur savollar bugunda axoli orasida ko'p bora uchramoqda. Shu kabi savollarga Paxtakor tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i Dildora Juraboeva "Assalom, Jizzax" dasturi orqali javob beradi.
Sharof Rashidov tuman Yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari 2021 yil 27 oktyabrь kuni tuman tibbiyot bo'limida targ'ibot ishlarini olib bordilar.
Tadbir jarayonida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyunь kunidagi PQ-5168-son Qarori bilan tasdiqlangan "Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari to'g'risida"gi Nizom va "Е-huquqshunos" elektron tizimidan foydalanish tartibi, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida Konun va Mehnat qonunchiligi normalari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Tuman tibbiyot xodimlari o'zlariga kerakli bo'lgan ma'lumotlarga ega bo'lib, seminar ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga markaz xodimlari tomonidan batafsil javoblar berildi.
Markazlar tomonidan yuridik xizmat ko'rsatilishi belgilangan tashkilotlarning markazlar bilan kelishilmagan holda yuridik tusdagi xujjatlar qabul kilinishiga yo'l qo'yilmasligi, xujjatlar qabul qilingan paytdan e'tiboran xech qanday yuridik kuchga ega emasligi to'g'risida tushunchalar berildi.
Tumandagi davlat organlari va tashkilotlari tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazlaridan so'rashlari mumkin bo'lgan masalalar bo'yicha tarqatma materiallari tarqatildi.
Joriy yilning sentyabrь oyi davomida viloyatda faoliyat yuritayotgan NNTlar tomonidan chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarining fuqarolaridan yoki ularning topshirig'iga binoan boshqa shaxslardan ajratilgan pul mablag'lari va mol-mulklarni olinishida Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 oktyabrdagi 858-sonli qaror talablariga rioya etilishi ahvoli monitoring tartibida o'rganildi.
Monitoring davomida, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 3 ta nodavlat notijorat tashkilotiga taqdimnoma kiritilishi, shuningdek 37 ming AQSh dollari mablag'ini olishda kelishilmaganlik holati yuzasidan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma rasmiylashtirilib javobgarlikka tortilishi ta'minlandi.
Moxinur Raximova
NNT bo'limi
Jizzax viloyat Sh.Rashidov tuman Moliya bo'limi, Veterinariya bo'limi va Obodanlashtirish bosharmalarining mas'ul xodimlariga Jizzax viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi Sh.Rashidov tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i va xodimlari tomonidan Saylov qonunchiligi bo'yicha hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko'rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorining mazmun mohiyatini, ijrosinini ta'minlash hamda "E-huquqshunos" elektron dasturini ishga tushurish va shu orqali hujjatlar almashuvini yo'lga qo'yish yuzasidan o'quv amaliy seminar o'tkazildi.
Seminar yakunida Moliya bo'limi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi va Obodanlashtirish boshqarmalarining xodimlari o'zlariga kerakli bo'lgan ma'lumotlarga ega bo'lib, seminar ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga markaz xodimlari tomonidan batafsil javoblar berildi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi Sh.Rashidov tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi.