Yangiliklar
Mazkur loyihadan koʻzlangan asosiy maqsad Davlat xizmatlari markazlarida kutubxona burchagi tashkil etish, bu orqali fuqarolar va adliya organlari xodimlariga kitob mutolaa qilish imkoniyatini yaratish va ularning kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini oshirish, buni ragʻbatlantirib borish.
Bunda, adiya tizimida faoliyat olib boruvchi barcha xodimlar, shuningdek aholi tomonidan ixtiyoriylik asosida kitoblar taqdim etiladi. Markazlarda tashkil etilgan kitob javonlari toʻldirilgach, ortgan kitoblar “Ziyo-ulash” loyihasi doirasida ehtiyojmand oilalarga, maktablar, bogʻchalarga sayyor tarzda yetkazib beriladi, shuningdek FHDY boʻlimlarida nikohini qayd etgan yosh oilalarga taqdim etiladi.
Mazkur aksiyadan kutilayotgan natija esa aholi va adliya tizimi xodimlarining kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini oshirish, aksariyat hollarda aholi xonadonlarida oʻqib boʻlingan va foydalanilmasdan kelinayotgan kitoblarni ixtiyoriylik bilan jalb qilib foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, loyiha davomida toʻplanib ortib qolgan kitoblarni imkoniyati cheklangan, oʻqish imkoni bor fuqarolarga tarqatish orqali “Ziyo-ulash” loyihasi davomiyligini taʼminlashdan iboratdir.
Oila – azaldan yurtimizda muqaddas qo‘rg‘on sifatida yuksak qadrlangan. Uni asrash, buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik doim dolzarblik kasb etgan va bu bugungi kunda ham o‘z kuchini yo‘qotmagan.
Prezidentimiz rahbarligida olib borilayotgan jamiki islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad ham jamiyatimizda yashayotgan har bir oilaning baxtli yashashini ta’minlashga qaratilgan. Bu borada misli ko‘rilmagan, ulkan ishlar amalga oshirilayotir.
Yashash uchun qulay shart-sharoit yaratish, oilalarni uy-joylar bilan ta’minlash, ularga turli ijtimoiy yordam va imtiyozlar berish davom etmoqda.
Inson baxtli yashashini ta’minlashning yana bir muhim omili –ma’naviyat, axloq masalasi ham borki, bu butun jamoatchilikning e’tiborida bo‘lishi lozim. Zero, adib Tohir Malik qayd etganidek, “… baxt tushunchasining moddiy tomonidan ko‘ra ma’naviy tomoni ortiqroq“dir.
Albatta, jamiyatda baxtli oilalar bilan birga bundan mosuvo oilalar ham mavjud. Shu o‘rinda, oila baxtli bo‘lishi siri nimada-yu, baxtsizligining sabablari nimada, degan savol tug‘ilishi tabiiy.
Oilasidan ajrashib, farzandlari mehr-muhabbatidan judo bo‘lgan boy odam va uning oila a’zolarini baxtli, deb bo‘lmaganidek, faqir bo‘lsa-da farzandlari qobil, o‘zaro mehr-oqibatli oila a’zolarini baxtsiz, deya olmaymiz.
Ayni paytda aka-uka, ota-bola yoki er-xotin o‘rtasida turli nizolarning vujudga kelayotganligi, hatto nizo orqasida biri ikkinchisining joniga qasd qilayotganligining, ona o‘z farzandidan voz kechib, norasida go‘dagini pullamoqchi bo‘layotganligining asl sababi nimada?
Yoki “boy o‘g‘il”ning mulk ilinjida o‘z otasini ruhiy bemorlar shifoxonasiga joylashtirganligini, shifoxonadan chiqqach bir xonali uyda boshqa farzandi (qizi)ga ko‘rsatmasdan saqlaganligiga yoki boshqa bir “boy o‘g‘il”ning esa bir nechta uyi bo‘la turib, o‘z onasini uydan haydab yuborganligini qanday tushunish lozim?
Yoki, risoladagidek turmush o‘rtog‘i va farzandlari bo‘la turib, farzandlarini yo‘lga solish, uyli-joyli qilish o‘rniga, oilasini sababsiz tashlab, o‘zi boshqa qizga uylanib ketgan otaga, oilasiga xiyonat qilib, farzandlarini tashlab, boshqa erning qo‘lini tutib ketayotgan ayolga nima bo‘lgan?
Nega oila a’zosi bo‘lgan er-xotin yoki farzandlar o‘z joniga qasd qilish orqali hayotiga yakun yasamoqda? Oilaviy nizolarning sababi nimada?
Ushbu savollarning birontasiga sabab moddiy tomonda, deb javob bera olmaymiz va shuningdek, muammoni moddiy jihatdan, ya’ni pul va boylik bilan hal etib ham bo‘lmasligi barchaga ayon.
Muammo – boy o‘g‘ilning ma’naviy qashshoqligi, ya’ni uning o‘z vaqtida olmagan mehri va tarbiyasidagi bo‘shliqda, ajrashayotgan ota-onaning mas’uliyatsizligida, ya’ni, bir so‘z bilan aytganda, muammo shaxs ma’naviyati va axloqi bilan bog‘liq ekanligini ko‘rish mumkin.
Hech kimga sir emas, jamiyatda ma’lum bir masalada o‘zgarishga erishishda jamoatchilikning fikri, munosabati va sa’y-harakati juda muhim omil hisoblanadi.
Oilalarda ma’naviy muhitni yaxshilash, ota-onalar mas’uliyati va oiladagi munosabatlar masalasiga, ayniqsa, muammoli, notinch oilalar bilan ishlashga xotin-qizlar qo‘mitalari, «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, mahalla faollari, nuroniylar hamda Yoshlar ittifoqi vakillari, ya’ni keng jamoatchilik tomonidan alohida e’tibor qaratilishi lozim.
To‘g‘ri, bu birgina uchrashuv o‘tkazib, “yaxshi yashash kerak”, deb uqtirish bilan birdan hal bo‘lib qoladigan masala emas.
Shuning uchun, fikrimizcha, birinchidan, mustahkam, risoladagidek oilalar vujudga kelishi masalasiga doimiy e’tibor qaratish, lozim bo‘lsa xotin-qizlar qo‘mitalari, «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi xamda mahalla faollari tomonidan jiddiy jamoat nazorati o‘rnatilishi kerak.
Bunda, asosiy e’tiborni maktab, kollej va oliy o‘quv yurtlarida yoshlar ma’naviyatini shakllantirish hamda ularni oilaga tayyorlash masalasiga qaratib, ayni paytda bu borada olib borilayotgan ishlar, darslarni tahliliy o‘rganib, uni yaxshilash borasida tegishli choralar ko‘rish zarur.
Shuningdek, oila qurish istagida bo‘lgan yoshlar bilan ishlash, ularga amaldagi oila qonunchiligi talablari bilan birga er-xotining burchi, xotinning erdagi haqqi, erning xotindagi xaqqi, ularning bo‘lajak farzandlari oldidagi burchini keng tushuntirish lozim.
Ikkinchidan, odob-axloq, nafs tarbiyasi, yaxshilik va yomonlik, gunoh va savob hamda inson va uning mas’uliyati borasida tegishli mutaxassislar, yozuvchilar, olim va faylasuflar, imom-xatiblar ishtirokida keng qamrovli va tizimli hamda ta’sirchan tarbiyaviy ish olib borish lozim.
Bunda ommaviy axborot vositalari, internet saytlari imkoniyatlaridan keng foydalanish kerak.
Tinch va ahil yashab, farzandlarini yaxshi tarbiyalab, umrguzaronlik qilib kelayotgan ota-onalar, ularning hayot yo‘li hamda boshqalar baxti uchun xolis yordam qo‘lini cho‘zayotgan insonlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib borilishi ham jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar ma’naviyati va axloqiga ijobiy ta’sir etuvchi muhim omil bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun bugun ommaviy axborot vositalari, internet saytlari orqali jamoatchilik sodir etilayotgan oilaviy nizo va jinoyatlardan xabardor qilib borilayotganligi kabi oilalardagi ijobiy holatlarni ham yoritib borish lozim. Zero, o‘quvchi, xususan, yoshlarning masalaga munosabatini shakllantirishda birgina salbiy holatlarni ko‘rsatish emas, balki o‘rnak oladigan holatlarni ham ular hukmiga havola qilish maqsadga muvofiqdir.
Bunda asosiy e’tiborni oila mustahkamligi nimaga olib kelishi, shuningdek, ajralishlar oqibati inson hayotiga qanday ta’sir etishini aniq misollarda, masalan, ajrashgan oila a’zolari, ota-ona va farzandlarning jinoyat ko‘chasiga kirib ketganligi kabi holatlarni ko‘rsatish lozim.
Qachonki, oila a’zolari o‘zaro totuv va inoq bo‘lsa, ular o‘rtasidagi munosabatlar azaliy qadriyatlarimizga asoslangan bo‘lsa, u oila baxtli bo‘ladi. Jamiyat tayanchiga aylanadi, baxtsiz, notinch-nosog‘lom oila esa jamiyat uchun muammolar manbaidir.
Agar har qanday oila muammosiga “bu mening muammom emas, menga nima” qabilida emas, aksincha, “bu bizning muammomiz”, deb qarasak, kimgadir moddiy va kimgadir ma’naviy ko‘mak qo‘limizni cho‘zsak, adashganga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatsak yoki bir og‘iz dalda bersak, natija o‘ta ijobiy bo‘lishi muqarrar.
Shunda bu yuqorida qayd etilgan, bugun ommaviy axborot vositalarida bot-bot yoritilayotgan oilaviy nizolar, bir-birini urib jarohatlash, joniga qasd qilish holatlari, qolaversa, butun jamiyatda huquqbuzarlik va jinoyatlar keskin kamayishiga olib keladi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax
tumanlararo sudi sudyasi A.A.Baybekov
Do'stlik tuman adliya bo'limi tomonidan joriy yilning 28-yanvar kuni tumanning “Mevazor” mahallasi yettiligiga
2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli Qarori mazmun-mohiyati batafsil yetkazilib, tarqatma materiallar tarqatildi.
Shuningdek, tadbirda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, ularning oqibatlar va qilmish uchun jazo muqarrarligi masalalarini yetkazilib, "Mahalla yettiligi" lavozim majburiyatlari tushuntirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo'yicha Jizzax viloyat Prokuraturasi, Ichki ishlar boshqarmasi, Adliya boshqarmasi mas'ul xodimlaridan iborat Birinchi Ishchi guruh joylarda huquqiy targ'ibot ishlari olib borilmoqda.
Jizzax viloyat Prokuraturasi Birinchi Ishchi guruhi Jizzax shahar “Zilol” MFY binosida “Mahalla yettiligi” a'zolariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli Qarorining mazmun-mohiyati, ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda tushuntirishlar berildi.
Huquqbuzarliklarning ijtimoiy profilaktikasi samaradorligi oshiriladi
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan xodimlarning ma’naviy salohiyatini hamda ularning jamoada o‘zaro munosabatlari va ishchanlik kayfiyatini oshirish maqsadida manaviy-ma'rifiy tadbirlar tizimli tashkil etib borilmoqda.
Ushbu yo'nalishdagi navbatdagi tadbir yozuvchi va shoirlar ishtirokida tashkil etildi.
Joriy yilning 23-yanvar kuni boshqarmada tashkil etilgan tadbirda mehmonlar tomonidan kitobxonlik madaniyatini oshirish, nasriy asarlar va sheriyat bilan bog'liq fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir mehmonlari boshqarmada tashkil etilgan "Adliya kutubxonasi" va "Adliya tarixi" fotogalareyasi bilan tanishishdi.
Bu kabi tadbirlar tizimli ravishda haftaning payshanba kuni tashkil etib borilishi rejalashtirilgan.
Zarbdor tuman adliya bo’limi tomonidan tumanning 15-sonli umumta’lim maktabi o’quvchilari uchun tuman adliya bo’limi binosida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil qilindi.
Tadbir davomida yoshlar tuman adliya bo’limi, davlat xizmatlari va yuridik xizmat ko'rsatish markazlari hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining ish faoliyati, xodimlarning mehnat sharoiti shuningdek tizimdagi yangiliklar bilan yaqindan tanishtirildi.
Bunday tadbirlardan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlar qalbida vatanparvarlik hissini shakllantirish, ularni yurtga sadoqat, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, shuningdek kelajak uchun to'g'ri maqsad qo'yish ko'nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
Mutaxasislarga berilayotgan uzluksiz savollardan yoshlarda ushbu sohalarga qiziqish uyg'onganini va sayohat ularda katta taassurot qoldirganini bilish mumkin.
OAV vakillari, blogerlar va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirokida bo'lib o'tgan tadbir davomida adliya boshqarmasi xodimlari o'z yo'nalishlari bo'yicha ko'rgazmali taqdimotlar qilishdi.
2024-yilda erishilgan yutuqlar va ularni bu yilda yanada takomillashtirish, faoliyatning asl maqsadi bo'lgan inson huquqlarini ta'minlash, uning qadr-qimmatini yanada yuksaltirish, fuqarolarning erkinliklari kafolatlangan yurtimizda ozod yashashlari uchun sharoit yaratish yo'lida xizmat qilish soha xodimlari uchun muqaddas burch ekanligi ta'kidlandi.
Savol-javob va erkin suhbat tarzida davom etgan uchrashuvda ijodkorlar hamda blogerlardan ko'plab takliflar o'rtaga tashlandi. Berilgan takliflar faoliyatni samarali tashkil etish uchun o'ta muhimdir.
Do'stlik, Zafarobod va Zarbdor tuman adliya bo'limlari tomonidan mahallalarda targ'ibot tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirlar davomida “HUQUQIY MAHALLA” konsepsiyasi doirasida avvalo fuqarolarga birlamchi huquqiy ko'mak ko'rsatish masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bundan tashqari muammolar aniqlanib ularninh huqiqiy echimi borasida ishlar tashkil etilmoqda.
Shu biln birga, Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami jumladan, yoshlar qonunchilikda yaratilgan imtiyozlardan xabardor qilinib, ishsizlikdan himoyalanish hamda imtiyozlardan foydalanish tartiblari to'g'risida ma'lumotlar berildi.
Tadbir qatnashchilariga qonunchilik yangiliklari aks etgan tarqatma materiallar ham tarqatildi.
Zomin tumanidagi 6-sonli maktab o'quvchilari bilan tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan "Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan" shiori ostida keng qamrovli huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi:
• Yoshlarda qonunga hurmat va huquqiy madaniyatni shakllantirish
• O'quvchilarda huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatni tarbiyalash
• Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
• Huquqiy bilimlarni mustahkamlash orqali huquqbuzarliklarning oldini olish
Tadbir davomida:
• Yoshlarga huquqiy maslahatlar berildi
• Huquqshunoslik kasbi haqida ma'lumotlar taqdim etildi
• Huquqiy o'yinlar va viktorinalar o'tkazildi
Mazkur loyiha yoshlarni huquqiy bilimlar bilan qurollantirish, ularda qonun ustuvorligi tamoyillariga sodiqlik tuyg'usini kamol toptirish va yurtimiz kelajagini ishonchli qo'llarga topshirishga xizmat qilmoqda.