Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

21
MAMLAKATNING ERTANGI KUNI - QONUNGA ITOATKOR YOSHLAR QO'LIDA!

Mirzacho'l tumanidagi 5 va 14-sonli maktab o'quvchilari bilan  tuman adliya bo'limi hodimlari tomonidan "Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan" shiori ostida keng qamrovli huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi:
• Yoshlarda qonunga hurmat va huquqiy madaniyatni shakllantirish
• O'quvchilarda huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatni tarbiyalash
• Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
• Huquqiy bilimlarni mustahkamlash orqali huquqbuzarliklarning oldini olish

Tadbir davomida:
• Yoshlarga huquqiy maslahatlar berildi
• Huquqshunoslik kasbi haqida ma'lumotlar taqdim etildi
• O'quvchilarning savollariga javoblar berildi
• Huquqiy o'yinlar va viktorinalar o'tkazildi

Alohida e'tibor qaratilgan masalalar:
• Yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish
• Qonunga itoatkorlik tuyg'usini shakllantirish
• Yoshlarning huquq va majburiyatlari
• Huquqiy bilimlarni amaliyotda qo'llash ko'nikmalari

Ishtirokchilarga huquqiy mavzudagi bukletlar, yoshlar uchun maxsus qo'llanmalar va esdalik sovg'alari topshirildi.

Bunday tadbirlarni muntazam o'tkazib borish rejalashtirilgan bo'lib, bu orqali yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularda qonunga hurmat tuyg'usini shakllantirish ko'zda tutilgan.

Mazkur loyiha yoshlarni huquqiy bilimlar bilan qurollantirish, ularda qonun ustuvorligi tamoyillariga sodiqlik tuyg'usini kamol toptirish va yurtimiz kelajagini ishonchli qo'llarga topshirishga xizmat qilmoqda.

20
“HUQUQIY MAHALLA” LOYIHASI DOIRASIDA TARG'IBOT TADBIRI

Jizzax shahar adliya bo’limi tomonidan “Bobur” MFY hududida joylashgan xonadonlarda uyma-uy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyalarini o‘tkazish orqali fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Jizzax shahar “Bobur” MFY “Huquqiy mahalla” deb etirof etilganligi hamda yanvar oyi davomida ushbu mahallada istiqomat qiluvchi aholining huquq va manfaatlarini ta‘minlashga qaratilgan normalar va standartlarning ishlashini monitoring qilish hamda aholining huquqiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan  amalga oshiriladigan ishlar xususida yig'ilganlarga tushuntirishlar berildi.

Adliya bo‘limi tizimi xodimlari tomonidan Farmon talablarida belgilanganidek, uyma-uy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyalarini o‘tkazish orqali “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilishini ta’minlash, yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik subyektlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi haqida xabardor qilish, huquqiy muammolarini aniqlash ishlari boshlab yuborildi.

17
Sport sogʻlik garovi

Hamkasblar bilan sport mashgʻulotlarida ishtirok etish nafaqat sogʻlomlikka, balki oʻzaro oqibat tushunchalarining qaror topishiga ham xizmat qiladi. Azaldan sport bilan shugʻullanish kishilarga tetiklik bagʻishlab kelgan. Bu esa ishda deysizmi yoki oiladami ish unumdorligini oshirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda koʻplab tashkilotlarda xodimlarning sport bilan shugʻullanishiga munosib sharoitlar yaratilmoqda. Xususan, adliya organlari va muassasalarida ham.

Jizzax viloyat adliya tizimi xodimlari uchun ham har payshanba kuni sport kuni etib belgilangan. Xodimlar oʻrtasida sportni ommalashtirish, sogʻlom va ishchan kayfiyatda boʻlishlari uchun bunday tashabbuslarning oʻrni katta. Bugun sohada faoliyat olib borayotgan 300 nafarga yaqin xodimlarga turli sport yoʻnalishlarida shugʻullanishlari uchun yetarli sharoitlar yaratilgan.

16
“HUQUQIY MAHALLA” LOYIHASI DOIRASIDA TARG'IBOT TADBIRI KENG KO'LAMDA DAVOM ETMOQDA

G'allaorol va Do'stlik tuman adliya bo'limlari tomonidan mahallalarda targ'ibot tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirlar davomida “HUQUQIY MAHALLA” konsepsiyasi doirasida avvalo fuqarolarga birlamchi huquqiy ko'mak ko'rsatish masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bundan tashqari muammolar aniqlanib ularninh huqiqiy echimi borasida ishlar tashkil etilmoqda.  

Shu biln birga, Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami jumladan, yoshlar qonunchilikda yaratilgan imtiyozlardan xabardor qilinib, ishsizlikdan himoyalanish hamda imtiyozlardan foydalanish tartiblari to'g'risida ma'lumotlar berildi.

Tadbir qatnashchilariga qonunchilik yangiliklari aks etgan tarqatma materiallar ham tarqatildi.

15
“HUQUQIY MAHALLA” LOYIHASI DOIRASIDA TARG'IBOT TADBIRI KENG KO'LAMDA DAVOM ETMOQDA

Jizzax shahar, G'allaorol, Sharof Rashidov, Forish tuman adliya bo'limlari tomonidan mahallalarda targ'ibot tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirlar davomida “HUQUQIY MAHALLA” konsepsiyasi doirasida avvalo fuqarolarga birlamchi huquqiy ko'mak ko'rsatish masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bundan tashqari muammolar aniqlanib ularninh huqiqiy echimi borasida ishlar tashkil etilmoqda.  

Shu biln birga, Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami jumladan, yoshlar qonunchilikda yaratilgan imtiyozlardan xabardor qilinib, ishsizlikdan himoyalanish hamda imtiyozlardan foydalanish tartiblari to'g'risida ma'lumotlar berildi.

Tadbir qatnashchilariga qonunchilik yangiliklari aks etgan tarqatma materiallar ham tarqatildi.

14
“HUQUQIY MAHALLA” LOYIHASI DOIRASIDA TARG'IBOT TADBIRI

Jizzax shahar adliya bo’limi tomonidan “Bobur” MFY hududida joylashgan xonadonlarda uyma-uy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyalarini o‘tkazish orqali fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Jizzax shahar “Bobur” MFY “Huquqiy mahalla” deb etirof etilganligi hamda yanvar oyi davomida ushbu mahallada istiqomat qiluvchi aholining huquq va manfaatlarini ta‘minlashga qaratilgan normalar va standartlarning ishlashini monitoring qilish hamda aholining huquqiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan  amalga oshiriladigan ishlar xususida yig'ilganlarga tushuntirishlar berildi.

Adliya bo‘limi tizimi xodimlari tomonidan Farmon talablarida belgilanganidek, uyma-uy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyalarini o‘tkazish orqali “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilishini ta’minlash, yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik subyektlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi haqida xabardor qilish, huquqiy muammolarini aniqlash ishlari boshlab yuborildi. Bundan tashqari, “mahalla yettiligi”ga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazish va mahalla fuqarolar yig‘inida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda metodik yordam ko‘rsatilishi ta’minlandi.

13
Adliya aralashgach...

Jizzax shahar adliya bo'limi tomonidan D.Normatovaning homiladorlik va tug’ruq ta’tilidan qaytganligi biroq tashkilot tomonidan buyruq rasmiylashtirilmaganligi hamda ish haqlari to’lab berilmayotganidan norozi bo‘lib, yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, D.Normatova 2024 yil 4-sentabr sanasida homiladorlik va tug‘ruq ta’tilidan Jizzax shahar sanitariya epidimiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limiga ishga qaytgan bo‘lsada, biroq uni ishga qaytarish to‘g‘risida buruq rasmiylashtirilmaganligi oqibatida sentabr-oktabr oylari uchun ish haqlari to‘lab berilmasdan qolgan.

Jizzax shahar sanitariya epidimiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limiga taqdimnoma ta’sir chorasi kirititildi va natijada D.Normatovaning sentabr-oktabr oyi ish haqlari undirib berildi.

10
Zarbdor tuman FHDY bo'limi tomonidan tuman tug'ruq bo'limiga joyiga chiqqan holda tug'ilganlik haqida guvohnoma tantanali ravishda topshirildi

Xalqqa xizmat qilishni o‘z oldimizga oliy maqsad sifatida qo‘ygan xolda ishlarni tashkil qilish, fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini, mamlaktimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini oshirishga zamin yaratadi.

09
"Huquqiy mahalla" konsepsiyasi doirasida 2025-yilda amalga oshiriladigan ishlar belgilandi

Zarbdor tumanining "Taraqqiyot" mahallasida namuna sifatida tashkil etilgan "Huquqiy mahalla" loyihasi endilikda butun respublika miqiyosida davom etmoqda. Bu borada Jizzax viloyatida katta tajriba to‘plandi, endilikda ana shu amaliyot keng qamrovli tadbirlar misolida davom etmoqda. "Huquqiy mahalla" konsepsiyasi doirasida 2025-yilda amalga oshirilishi belgilangan ishlar yuzasidan tashkil etilgan seminar trening davomida har bir yo‘nalish bo‘yicha qilinishi kerak bo‘ladigan ishlar batafsil tushuntirib o‘tildi.

Eng asosiysi mazkur loyihada bevosita ishtirok etadigan xodimlar tomonidan fikr-mulohazalar va takliflar o‘rtaga tashlandi. Fuqarolarga birlamchi huquqiy ko‘mak berish, huquqiy muammolarni aniqlash va bartaraf etish, qonunchilik hujjatlari bilan tanishtirish orqali aholining huquqiy savodxonligini oshirish  borasidagi ishlarni yanada samaraliroq tashkil etish yuzasidan fikrlar bildirildi.

Yo‘nalishlar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olinib, kelgusidagi vazifalar ijrosi nazoratga olindi.

08
YANGIOBOD TUMANIDA “HUQUQIY MAHALLA” LOYIHASI DOIRASIDA TARG'IBOT TADBIRLARI OLIB BORILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Yangiobod tumani “Balandchaqir” MFY “Huquqiy mahalla” deb etirof etilganligi hamda yanvar oyi davomida ushbu mahallada istiqomat qiluvchi aholining huquq va manfaatlarini ta‘minlashga qaratilgan normalar va standartlarning ishlashini monitoring qilish hamda aholining huquqiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan  tushuntirishlar