Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

01
Yoshlar muammolari o'rganib, joylarda ular bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda

Yoshlar bandligi – bu davlat ahamiyatiga molik masala.
Yoshlar muamolarini o'rganish va zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining dolzarb va uzoq muddatli vazifasi sanaladi.Yoshlar – bu mamlakat kelajagi ekanligi va butun jamiyatning istiqboldagi rivojlanishi ular faoliyatining boshlang'ich sharoitlariga bog'liqligi bilan belgilanadi.Tuman adliya bo'limlari tomonidan ham o'zlariga biriktirilgan yoshlar va ularning ota onalari bilan uchrashuv o'tkazib,  yoshlarning muammolarini o'rganib kelinmoqda xamda muammolarini bartaraf etish bo'yicha zarur chora- tadbirlar belgilab ushbu chora tadbirlar bosqichma bosqich amalga oshirib kelinmoqda.

31
Sayyor qabullar davom etmoqda

O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig'i birinchi o'rinboasri E.Maxammadiyev tomonidan joriy yilning 31-iyul kuni Arnasoy tumani, Yangibo'ston MFYda fuqarolar qabul qilindi. Qabul davomida jami 30 dan ortiq fuqarolar, shu jumladan tadbirkorlar ham qabul qilindi.

Qabul davomida 10 dan ortiq fuqarolarning (tadbirkorlarning) murojaatlari yuzasidan qonun normalarida belgilangan tartib bo'yicha tegishli tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, 15 nafar fuqarolarning turli mazmundagi murojaatlari ish yurituvga qabul qilindi.Bundan tashqari sayyor qabul davomida fuqarolarga va tadbirkorlarga jami 10 dan ortiq davlat xizmatlari ko'rsatildi.

Bundan tashqari, sayyor qabulda ishtirok etgan tadbirkorlarga va fuqarolarga ularga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar haqida batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi hamda O‘zbekiston joriy yilning 20-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan uchrashuvi o‘tkazilishi ma`lum qilindi.

28
Sayor qabul murojaatlarga ijobiy yechim topish mexanizimi...

Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda. Zero, Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak. Shu maʼnoda, Jizzax viloyat adliya boshqarmasi  boshlig'i o'rinbosari B.Pirxalov Zafarobod tumanidagi "Nurafshon" MFYda  fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabulini oʻtkazdi va sayyor tarzda fuqarolarga davlat xizmatlari ko'rsatildi.

Qabul davomida jami 40 dan ortiq fuqarolar, shu jumladan tadbirkorlar ham qabul qilindi.

Qabul davomida 10 dan ortiq fuqarolarning (tadbirkorlarning) murojaatlari yuzasidan qonun normalarida belgilangan tartib bo'yicha tegishli tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, 19 nafar fuqarolarning turli mazmundagi murojaatlari ish yurituvga qabul qilindi.

Bundan tashqari sayyor qabul davomida fuqarolarga va tadbirkorlarga jami 17 ta davlat xizmatlari ko'rsatildi.Murojaatlarning asosiy qismi huquqiy savodxonlikning yetishmasligi oqibatida yuzaga kelmoqda. Shu sabab har bir masalaga huquqiy tushuntirish berish, yo'l-yo'riq ko'rsatish orqali ham ularni bartaraf etish mumkin. Dastlab eng ko'p murojaat kelib tushadigan masalalarni tartibga solib beruvchi qonun hujjatlari yuzasidan ma'lumotlar berib o'tildi. Yechimi vaqt talab etadigan masalalar ish yurituviga olindi, mutasaddilar bilan birgalikda yechimini ta'minlash borasida ishlar tashkil etiladi.

27
Adliya aralashgach 8.806.472 so‘m miqdorida kam to'langan oylik ish haqi to'liq to'lab berildi

Zarbdor tuman tibbiyot birlashmasi “Boʼston” poliklinikasi xodimi M.Bning ish haqi va unga tenglashtirilgan toʼlovlarning qonuniyligini oʼrganib berishni soʼrab qilgan murojaati adliya boshqarma tomonidan oʼrganib chiqilganda quyidagilar aniqlandi.

Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 276-sonli Qarori bilan tasdilangan “Oʼzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʼlash tartibi va shartlari toʼgʼrisida”gi Nizomning 10-bandiga muvofiq oliy toifaga ega boʼlgan vrach xodimlarga tarif setkasi boʼyicha 10 razryadda ish haqi hisoblanishi belgilangan.

Zarbdor tuman tibbiyot birlashmasi Tez tibbiy yordamda ishlagan davri uchun uning 2022-yil 17-mart kuni olingan “Oilaviy shifokorlik” mutaxassisligi bo‘yicha oliy malaka toifasi berilganligi inobatga olinmagan va 7-razryad bilan ish haqi xisoblanib, M.Betuboyevaga 8.806.472 so‘m miqdorida kam olik ish haqi to‘langan.

Shunga asosan o‘rganish natijasida adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro M.Bning manfaatida fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudiga to‘lanishi lozim bo‘lgan ish haqini undirish to‘g‘risida da’vo ariza kiritilib, da’vo ariza to‘liq qanoatlantirildi.

26
Adliyada faxriylar safi yana bittaga ko'paydi ❇️Adliya tizimida 30 yillik ish faoliyatiga ega, bugungi kunda ko'plab shogirdlarning malakali ustozi Alimkulov Mamaraiim Egizovich adliya faxriylar safidan o'rin egalladi. ❇️Mamaraiim Egizovichga sihat sal

Adliyada faxriylar safi yana bittaga ko'paydi

Adliya tizimida 30 yillik ish faoliyatiga ega, bugungi kunda ko'plab shogirdlarning malakali ustozi Alimkulov Mamaraiim Egizovich adliya faxriylar safidan o'rin egalladi.

Mamaraiim Egizovichga sihat salomatlik, oilaviy hotirjamlik va keksalik gashtini mazmunli o'tkazishini tilab qolamiz.

25
Yoshlarning muammolari ijobiy hal etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida joriy yilning 11-aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishning 18-son topshiriqlar
bayonida har bir vazirlik va idora rahbarlari, ularning o‘rinbosarlariga e’tiborga muhtoj yoshlar biriktirilib, har oyda kamida ikki marotaba ular bilan uchrashish va muammolarini hal etish vazifasi belgilangan.

Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Sharof Rashidov tuman adliya bo‘limi boshlig‘iga biriktirilgan yoshlar bilan o‘tkazilgan manzilli uchrashuvda, tumanning Rovot mahallasida yashovchi fuqaro nogironlar aravachasiga muhtoj ekanligi aniqlangandi.

Mazkur masala tez fursatda o'z echimini topdi. Adliya bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaroga nogironlar aravachasi etkazib berilishi ta'minlandi. Bu boradagi ishlar bo‘lim tomonidan davom ettirilmoqda.

24
"Qimor va tavakkalchilikka asoslangan o'yinlarda ishtirok etish-jinoyatga yetaklovchi illat" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Jizzax viloyati mudofaa ishlari boshqarmasida Jizzax shahar adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Raxmatov tomonidan Jizzax viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo'ycha tayyorlash markazida shaxsiy tarkibning qalbi va ongida vatanparvarlik hissini singdirish, tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish hamda jinoyatchilikning oldini olish maqsadida "Qimor va tavakkalchilikka asoslangan o'yinlarda ishtirok etish-jinoyatga yetaklovchi illat" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

21
O'zimiz keldik...

G'allaorol t. G'ulchambar QFY hududida joylashgan  "G‘ALLAOROL TUMAN PAYSHANBA DEHQON BOZORI" MCHJ da aholiga huqiqiy targ'ibot va sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi

20
Zafarobod tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Zafarobod tumanidan o‘ziga biriktirilgan yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Zafarobod tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i Bunyod Ikromov Zafarobod tumanidagi o‘ziga biriktirilgan yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida yoshlar va ularning ota-onalari tomonidan aytilgan muammolarni ijobiy hal etish bo‘yicha nazorat urnatildi.

19
Adliya aralashgach...

Jizzax shahar hokimining 2015-yil 23-martdagi 459-sonli Qaroriga binoan Siddikova Dilorom hamda uning farzandlariga tegishli bo‘lgan Jizzax shahri, Kimyogar MFY, A.Navoiy ko‘chasida joylashgan avtomobillarni ta’mirlash ustaxonasi (noturarjoy) buzilib, yer maydoni shahar hokimligining zahira fondiga qaytarib olinishi belgilanmagan bo‘lsada, 2015-yil sentabr oyida mazkur ustaxona buzilib, 877,60 m2 (0,09 ga) yer maydoni hokimiyatning zahira fondiga qaytarib olingan.

Shu sababli, D.Siddikova buzilgan ustaxonasi uchun kompensatsiya berilishi bo‘yicha bir necha marta shahar hokimiyatiga murojaat qilgan bo‘lsada, shu kunga qadar unga kompensatsiya pullari to‘lab berilmagan. Shundan so‘ng, fuqaro buzilgan ustaxonasi uchun kompensatsiya undirib berilishi yuzasidan shahar adliya bo‘limiga murojaat qildi.

Jizzax shahar adliya bo‘limi tomonidan D.Siddikovaning murojaati o‘rganib chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi 911-son qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida kompensatsiya to‘lovlarini undirish uchun Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining tegishli hal qiluv qaroriga asosan, D.Siddikovaga 216.378.000 so‘m miqdordagi kompensatsiya pullari javobgar Jizzax shahar hokimiyati hisobidan undirib berilishi ta’minlandi.