Yangiliklar
Mazkur yuzma-yuz muloqotlar aholining shu yo'nalishdagi muammolarini o'rganish, murojaatlarni tinglash asnosida uning echimini aniqlashdan iboratdir.
Sayyor qabul davomida adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashev tomonidan sohaga oid murojaatlar qabul qilinib, aksariyatiga huquqiy tushuntirishlar berildi, to'g'ri yo'l-yo'riq ko'rsatildi. Yechimi o'rganish talab etadigan murojaatlar ish yurituviga olindi.
Shu bilan birga, fuqarolarga davlat xizmatlaridan sayyor tartibda foydalanish imkoniyati yaratildi.
Ayni kunlarda Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyatidagi davlat xizmatlarini ko'rsatuvchi tashkilotlarda uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Tadbirdan ko'zlangan maqsad davlat xizmatlarini ko’rsatishda qonuniylikka erishish, sohada raqamlashtirishni yanada kuchaytirish orqali "qo'l usuli"dagi amaliyotga chek qo'yish, qonunbuzilishlarni viloyat, tuman, idora va xizmat turi kesimida real vaqt rejimida onlayn monitoring qilish imkonini yaratish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etish va shu kabi samarali mexanizmlarni joriy etish bo'yicha takliflar berishdan iboratdir.
Ishchi guruh tomonidan Davlat kadastrlar palatasi Jizzax viloyat boshqarmasi, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jalik boshqarmasi va viloyat, shahar, tuman kommunal idoralari xodimlari bilan bevosita joyiga chiqqan holda uchrashuvlar o'tkazilib, muammo va kamchiliklar yuzasidan fikr almashildi va amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar kelishib olindi.
Yangiobod tuman adliya bo‘limi binosidagi "Ziyo ulash" kutubxona burchagidan turli janrdagi kitoblar o'rin olgan. Bugunda hudud aholisiga beminnat xizmat qilib kelmoqda!
Ushbu loyiha katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib, undagi kitoblar boshqalarga bilim va ma’rifat ulashish imkonini yaratadi.
Ushbu loyihadan maqsad fuqarolar hamda adliya bo‘limi xodimlariga kitob mutola qilish imkoniyatini yaratish va ularning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iborat.
Barcha tumanlarda adliya bo‘limlari va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida viloyat Adliya boshqarmasi tashabbusi bilan an'anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan "Zukko kitobxon" tanlovining 2 davra bahslari o'tkazilmoqda. Tanlov "Ziyo ulash" aksiyasining mantiqiy davomi hisoblanib yoshlarni kitobxonlikka keng jalb qilish, aholi o'rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish kabi ezgu maqsadlarni o'zida mujassam etganligi bilan ahamiyatlidir.
Tashkil etilgan “Zukko kitobxon” tanlovining birinchi ya'ni tuman bosqichlari "Zakovat" savollari shaklida o'tkazilib, berilgan savollarga eng ko'p to'g'ri javob topa olgan yoshlar viloyat bosqichida ishtirok etish yo'llanmasini qo'lga kiritib kelmoqda.
Tuman bosqichida faol ishtirok etgan yoshlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanmoqda. Bu kabi tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga, ularni kitobga, bilimga oshno qilishga xizmat qilmoqda.
2025-yil 25-iyulda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-117-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Mirzacho‘l tumanida “Ijro intizomini mustahkamlash va korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Tadbirda Adliya bo‘limi vakili, tuman prokurori o‘rinbosari hamda “HET” AJ Jizzax hududiy filiali Ijro intizomi bo‘limi boshlig‘i qatnashdi.
Seminar davomida ijro intizomini kuchaytirish, korrupsiyaning oldini olish mexanizmlari, xatarlarni erta aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tajribalar muhokama qilindi.
Tadbir doirasida savol-javoblar ham o‘tkazilib, xodimlar bilmagan yoki tushunmagan jihatlar yuzasidan savollar berishdi va ularga batafsil javob oldilar. Shu orqali ular o‘z xizmat faoliyatida zarur bo‘ladigan ko‘nikma va amaliy bilimlarni mustahkamlashdi.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida tug'ilganlik haqida guvohnomani onlayn tartibda olish imkoniyati yaratilgan. Endilikda, fuqarolarimiz FHDY organlariga navbat olib, o'zlarini vaqtlarini sarflab borishlari uchun ehtijoy yo'q.
Fuqarolarimiz ushbu xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali foydalanishlari mumkin. Ya'ni, fuqarolarimizga tanish bo'lgan my.gov.uz portaliga kirib, ushbu xizmatdan foydalanishi uchun sahifani yaratishlari lozim. Bunda, tug'ilganlik haqida guvohnoma kaliti kiritilsa, yangi sahifa ochiladi.
FHDY organi ushbu buyurtmani qabul qilganidan keyin bir ish kuni davomida ushbu guvohnomani chop etadi hamda pochta xizmatiga taqdim etadi. Pochta xizmati tomonidan ko'rsatilgan manzilga yetkazib berilishi ta'minlanadi.
Shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo norentabel muntazam avtobus yo‘nalishlarida ko‘rilgan zararlar mahalliy budjetdan qoplab berilishidan xabardormisiz?
Arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) (https://my.gov.uz/uz/service/1166) orqali qabul qilinadi.
Ariza beruvchilar toifasi: tijorat asosida yo‘lovchilar tashish xizmatini ko‘rsatadigan va bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) bo‘lgan yuridik shaxslar.
Vakolatli organlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan komissiyalar.
Xizmat bepul ko‘rsatiladi.
Xizmat ko'rsatish muddati: 8 ish kuni.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 718-son qarori (https://www.lex.uz/uz/docs/-7190331).
Yangiobod tumani Shodlik MFY hududida Adliya bo‘limi, Soliq inspeksiyasi va Kadastr palatasi bilan hamkorlikda “Mening mahallamda jinoyat bo‘lmaydi” nomli targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-son Qonuni hamda Qonunni amalga oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori mazmun mohiyati atroflicha tushuntirildi.
Tadbir davomida aholiga ushbu qonun va qarorlar, ularda belgilangan tartib-taomillar, shuningdek, yer va mulkka oid huquqlarni qonuniylashtirish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tashkil etilgan mazkur targ‘ibot ishlari aholining huquqiy savodxonligini oshirish, jinoyatchilikka qarshi kurashishda fuqarolarning faolligini ta’minlash hamda mahallada huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qiladi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tizim xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlab “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda, boshqarmasi boshlig‘i A.Ergashev so'z olib, sohada faoliyat olib borayotgan xodimlarni bayram bilan muborakbod etdi.
Shundan so‘ng, tizimda o‘z xizmat vazifalarida tashabbus ko‘rsatib, fidokorona mehnati bilan xalqimizning ishonchi va hurmatini qozongan, soha rivojiga qo‘shgan hissasi uchun bir guruh xodimlar O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda viloyat adliya boshqarmasining esdalik sovg‘alari va “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlandi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Jizzax viloyatida faoliyat yurituvchi eng mashhur tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida “Hududning eng mashhur brendi – 2025” tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda 15 500 dan ortiq fuqarolarimiz ovoz berishdi.
Natijada “Jizzax somsa markazi” brendi 53 % bilan g‘olib bo‘ldi.
Ushbu brend egasi hisoblangan tadbirkorlik subyektini kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz.