Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

11
Mirzachoʻl tuman dehqon bozoirida sayyor davlat xizmati koʻrsatildi

Xalq orasiga yaqinroq kirib borish va ularga beminnat xizmat ko‘rsatish borasida adliya tizimi turli tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda. Ayniqsa davlat xizmatlari markazlari tomonidan olis hududlarda bunday loyihalarning amalga oshirilishi aholi uchun ayni muddao. “O’zimiz keldik” loyihasini ham xalqning uzog‘ini yaqin qilish, mablag‘i va vaqtini tejash maqsadida amalga oshirilayotgan eng samarali tadbirlardan biri deb ayta olamiz.  
“O’zimiz keldik” loyihasining bu galgi manzili Mirzacho'l tumani  dehqon bozorida sayyor davlat xizmati koʻrsatildi. Ish, oila tashvishlaridan ortib ehtiyoji bo‘lsada davlat xizmatlari markazlariga borishga vaqt topa olmayotgan xodimlarga juda katta qulaylik yaratildi. Bunday imkoniyat fuqarolarning roziligiga hamda minnatdorligiga sabab bo‘ladi albatta. Xizmat koʻrsatish jarayonida 15 fuqaroga davlat xizmati koʻrsatilib 60 dan ortiq fuqarolarga tushuntirishlar berildi.

Tuman markazidan olis hududlarda istiqomat qilayotgan aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq bu kabi sayyor xizmat ko‘rsatish jarayonlarlari aholiga qulaylik va yengillik yaratish maqsadida viloyatning barcha xududlarida davom etmoqda.

10
Ish stajlari qo'shilib pensiya qayta tayinlandi.

Zomin tumani "Qo'rg'on" MFYda istiqomat qiluvchi bir nechta fuqarolar pensiya tayinlashda mehnat daftarchasida ko’rsatilgan ish staji to’liq hisobga olinmaganligidan norozi bo’lib tuman adliya boʼlimiga murojaat qildi.

Taqdim etilgan hujjatlar asosida murojaat o'rganib chiqilib, fuqarolarning mehnat daftarchasida ko’rsatilgan ish stajlarini qoʼshib pensiya tayinlashga erishildi.

Kostitutsiyani_o'rganamiz
Eslatib o'tamiz  Konstitutsiyaning 46-moddasiga ko'ra

Har kim qariganda, mehnat qobiliyatini yoʻqotganda, ishsizlikda, shuningdek boquvchisini yoʻqotganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy taʼminot huquqiga ega. Qonunda belgilangan pensiyalar, nafaqalar va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari rasman belgilangan eng kam isteʼmol xarajatlaridan oz boʻlishi mumkin emas.

09
Adliya faxriylari e'zozda

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan. Umri dovamida ko‘plab xayrli ishlarni qilib hozirda qarilik yoshiga yetgan nuroniy otaxonlarimizni, aziz momolarimizni qancha ulug‘lab, e’zozlasakda oz.

Shu sababli Jizzax viloyat adliya boshqarmasi va tizimdagi hodimlar 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan adliya mehnat faxriylarining holidan habar olib ularga sovg'a salomlar ulashdi.

08
Zafarobod tuman adliya boʻlimi tomonidan Yoshlar yetakchilariga oʻquv-seminar tashkil etildi

Zafarobod tumani Adliya boʻlimi tomonidan viloyat hokimining 23.03.2023-yil tasdiqlangan “Jizzax viloyatida 2023-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar” Dasturi asosida tumandagi yoshlar yetakchilariga oʻquv-seminar tashkil etildi.

Oʻquv-seminar mashgʻulotida yoshlar yetakchilariga ularning huquqiy savodxonligini oshirish, sohaga tegishli normativ hujjatlarning mazmun mohiyatini yetkazish bilan birga, kasbiga sadoqat va fidoyilik bilan ishlash, yoshlar bilan ishlashda natijadorlikka alohida etibor qaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratilib, tegishli yoʻnalishlar berildi.

05
"Street law" loyihasi davom etmoqda

Jizzax viloyati yuridik texnikumining "Street law" loyihasi volontyorlari  D.Farxotova va S.Ibragimova  kordinator X.Muxamadiyevalar  Jizzax shahridagi 29-18-umumiy o'rta ta'lim maktablarida mashg‘ulot olib bordi.

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar Iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan  "Agarda siz nuqsonli tovar sotib olsangiz, nima qilish kerak?" mavzusida tashkil etilgan iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid bir qancha muammolarni o‘quvchilar bilan interaktiv o‘yinlar orqali muhokama qilishdi.

04
Zafarobod tuman Adliya boʻlimining navbatdagi xalq manfaati yoʻlidagi tashabbuskor ishlari

Zafarobod tumani, “Lolazor” QFY hududida yashovchi 3-guruh nogironligi boʻlgan, fuqaro S.X boshqa bir fuqaroga ishonib, 2023-yilning 5-yanvar kuni Turkiya davlatiga borib, aldov qurboniga aylangan.
Natijada fuqaro S.X Turkiya davlatida boshpanasiz, ishsiz qolgan.
Zafarobod tuman Adliya boʻlimining bevosita aralashuvi bilan fuqaro S.X 2023-yilning 16-mart kuni Turkiya davlatidan Oʻzbekistonga, oʻzining oilasiga qaytarib olib kelinishi taʼminlandi.

03
14 yillik staj tiklandi

Zarbdor tuman adliya aralashuvi bilan fuqaronning 14 yillik ish stajlari qoʼshib qayta pensiya tayinlandi.

Har kim qariganda, mehnat qobiliyatini yoʻqotganda, ishsizlikda, shuningdek boquvchisini yoʻqotganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy taʼminot huquqiga ega ekanligi konstitutsiyamizning
46-moddasida belgilab qo'yilgan. Qonunchiligimizga ko'ra erkaklar 60 yoshda - ish staji 25 yil bo‘lganda, ayollar esa 55 yoshda - ish staji 20 yil bo‘lganda pensiya olish huquqiga ega bo'lishi barchamizga ma'lum.

Zarbdor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Z.A ham belgilangan talablarga ega bo'lganida ushbu huquqlaridan foydalanish maqsadida tegishli tartibda  murojaat qiladi. Afsuski 1995 yildan 2009 yilgacha “Koinot” xususiy korxonasida ishlaganligini tasdiqlovchi yozuvlar qayd etilgan, biroq pensiya tayinlashda mazkur xususiy korxonadagi ish stajini sug‘urta badallari ko‘rsatilmaganligi sababli pensiya tayinlashda hisobga olinmaslikka qaror qilingan.

Fuqaro o'zining ushbu huquqidan to'liq foydalanishni maqsad qilib  pensiya tayinlanishini qayta hisoblab berishda amaliy yordam berishni so‘rab Zarbdor tuman adliya bo'limiga murojaat qiladi. Murojaat tegishli tartibda o'rganib chiqilib natijada 14 yillik staj qayta tiklandi va ish stajlarini qoʼshib qayta pensiya tayinlandi.

02
Mahallalarda huquqiy targ'ibot

Sharof Rashidov tumani "Xavastlik" mahallasi fuqarolariga qabul qilinayotgan normativ huquqiy xujjatlarning mazmun-mohiyatni tushuntirishga bag‘ishlangan huquqiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-829-sonli Qonuni va boshqa yangi qabul qilingan normativ huquqiy xujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Tadbir so‘ngida sayyor qabul o‘tkazilib, fuqarolarning 7 ta murojaatlariga huquqiy tushuntirish berildi va 4 ta murojaatlar ish yurituvga olindi.

01
Xotin-qizlar va bolalar huquqlari adliya himoyasida

To'liq to'lab berilmagan homiladorlik va tug‘ish ta’tillari uchun nafaqa adliya bo'limi aralashuvi bilan to'lab berildi.

Mamlakatimizda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish borasida bir qancha samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Bir necha kun avval bo'lib o'tgan referendum jarayonlarida ko'pchilik ovozi bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiyamizning 42-moddasi ham bunga yaqqol misol bo'la oladi. Aynan ushbu moddada "Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan boʻshatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi" deya qatiy belgilab qo'yildi.

Afsuski jamiyatimizda xotin-qizlarning huquqlariga bepisandlik bilan qarayotganlar ham uchraydi. Huddi shunday vaziyatga tushgan N.A o'zining Do‘stlik tumanidagi 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi vazifasida ishlab kelganligi ammo homiladorlik va tug‘ish ta’tillari uchun nafaqalar to‘liq to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib Do'stlik tuman adliya bo'limiga murojaat qildi.

Holatni o‘rganish natijasida homiladorlik va tug‘ish ta’tillari uchun to‘langan nafaqalar miqdoridan 4.051.000 so‘m nafaqa pullari to‘lab berilmaganligi aniqlandi va ushbu pullar fuqaroga Do'stlik tuman adliya bo'limi aralashuvi bilan to‘lab berilishi ta’minlandi.

28
Bosma nashrlarda huquqiy targ'ibot

"G'allaorol ovozi" gazetasining novbatdagi sonida "Savol bering javob beramiz " ruknida G'allaorol tuman adliya bo'limi xodimlarining maqolalari chop etildi