Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

07
Huquqiy targ'ibot!

Jizzax shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari A.Mamatov va M.Yokubjonova tomonidan Jizzax shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 7-sonli umumta’lim maktabida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi "Yoqilg'i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi 204-sonli qarori mazmun mohiyatini tushuntirish bo'yicha huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Qaror mazmuni bo'yicha tarqatma materiallar tarqatildi

06
#Adliya_faxriylari_e'zozda

Adliya tizimida shunday an'ana bor, sohada ko‘p yillar samarali mehnat qilib, hozirgi kunda keksalik gashtini surayotgan faxriylar holidan doimo xabar olinadi, shu bilan birga ularning tajribalari soha xodimlariga va yoshlariga o'rnak sifatida tanishtirib boriladi.

Jizzax viloyat yuridik texnikumida tadhkil etilgan uchrashuv ayni shu maqsadlarni ko'zlagani bilan ahamiyatlidir. Tadbirga tizimda uzoq yillar mehnat qilgan va hozirda keksalik gashtini surayotgan faxriylar taklif etildi. Ular bosib o'tgan yo'l, sohaviy va hayotiy bilim haqiqiy tajriba maktabidir.  O'quvchilar tomonidan berilgan savollarga javob berishar ekan o'sha davrdagi ishlash tizimi, kamchiliklar va qiyinchiliklar haqida to'xtalib o'tildi. Yoshlarning bugungi kundagi imkoniyatlardan samarali foydalanishi lozimligi xususida ta'kidlandi.

Bir piyola choy ustida faxriylar bilan dildan suhbat kurildi.

02
#Bilasizmi

Isitish mavsumida kompensatsiyalar beriluvchi ehtiyojmand oila sifatida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” tizimiga kiritilgan oilalar tushuniladi.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” tizimiga kiritilmagan oilalar “Mahalla yettiligi”ga murojaat qilishlari mumkin. “Mahalla yettiligi” tomonidan Yagona reyestrga kirmagan ehtiyojmand oilalarning qoʻshimcha roʻyxati shakllantiriladi.

02
Yoshlar bilan ishlash tizimining samarali bosqichi amalda

Adliya boshqarma boshlig'i A.Ergashevning Zarbdor tumanidagi "Nurafshon" MFYda sayyor qabuli tashkil etildi. Tuman hokimi, sektor rahbarlari, profilaktika inspektori, mahalla, xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo'yicha mas'ullar hamda davlat organlari va tashkilotlari vakillari ishtirokida bo'lib o'tgan qabul davomida 50 nafarga yaqin fuqarolar bilan suhbatlashildi.

 Aksariyat murojaatlarga huquqiy maslahat berish orqali masalaning echimiga to'g'ri yo'nalish ko'rsatilgan bo'lsa, bevosita sohaga aloqador murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.

Shu bilan birga hudud aholisiga sayyor davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Ziyo ulash” aksiyasi doirasida yoshlar uchun tashkil etilgan kutubxonaga boshqarma boshligʻi tomonidan kitoblar sovgʻa qilindi.

01
Sayyor qabullar xalq bilan muloqotning samarali yo'li

Adliya boshqarma boshlig'i A.Ergashevning Zarbdor tumanidagi "Nurafshon" MFYda sayyor qabuli tashkil etildi. Tuman hokimi, sektor rahbarlari, profilaktika inspektori, mahalla, xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo'yicha mas'ullar hamda davlat organlari va tashkilotlari vakillari ishtirokida bo'lib o'tgan qabul davomida 50 nafarga yaqin fuqarolar bilan suhbatlashildi.

 Aksariyat murojaatlarga huquqiy maslahat berish orqali masalaning echimiga to'g'ri yo'nalish ko'rsatilgan bo'lsa, bevosita sohaga aloqador murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.

Shu bilan birga hudud aholisiga sayyor davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Ziyo ulash” aksiyasi doirasida yoshlar uchun tashkil etilgan kutubxonaga boshqarma boshligʻi tomonidan kitoblar sovgʻa qilindi.

30
Yoshlar bilan ishlash tizimining samarali bosqichi amalda

“O‘zbekiston - 2030” strategiyasida belgilangan keng ko‘lamli islohotlarni samarali amalga oshirishda yoshlar bilan muloqot qilish, ularning muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni hayotda o‘z-o‘zini topishi, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga har tomonlama ko‘maklashish samarali natijalarni beradi.

Jizzax viloyat adliya tizimiga 178 nafar yoshlar biriktirilgan bo'lib, bugunda ular bilan yaqin hamkorlik, ishonchli aloqalar o'rnatilishiga erishildi.

Joylarda otaliqqa olingan yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, bilim olish, jamiyatda o' z o'rniga ega bo'lishga harakat qilish yoshlarning asosiy vazifasi ekanligi takidlanmoqda. Ularning muammolari o'rganilib, hal etish choralari ko'rilmoqda. Eng asosiysi yoshlarni ish bilan ta'minlash masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda.

30
Adliya yoshlarni tadbirkorlikka chorlaydi.

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatda faoliyat yurituvchi deraza va eshik yasash faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar bilan tizimga biriktirilgan tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

Yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida “Mening startap loyiham” dasturi doirasida tashkil etilgan uchrashuv davomida, tadbirkorlik faoliyatiga doir qonunchilik hujjatlari mazmun mohiyati, intellektual mulk, xususan, tovar va xizmat koʻrsatish belgisidan foydalanish tartibi tushuntirildi, ularninh muammo va takliflari tinglandi..

29
Adliya aralashgach...

Yangiobod tuman adliya bo’limiga Yangiobod ShFYda yashovchi fuqaro G.Axmedova murojaat yo'llagan.

Murojaatda fuqaro 1967-yilda Sirdaryo viloyatida tug’ulganligi, 1993-yil Yangiobod ShFYda yashovchi fuqaro N.Xayitov bilan qonuniy nikohdan o’tganligi, mazkur nikohdan 4 nafar qiz farzandlari borligi, ayrim sabablarga ko’ra hozirgi kunga qadar tug’ulganlik to’g’risidagi guvohnoma olishni imkoni bo'lmaganini ma’lum qilib, guvohnoma olishda amaliy yordam berishni soʼragan.

Fuqaroning murojaati yuzasidan oʼtkazilgan o’rganishlar asosida Fuqarolik ishlari bo’yicha Zarbdor tumanlararo sudiga fuqaro G.Axmedova manfaatida “Tug’ilganlik faktini belgilash to’g’risida” da’vo arizasi kiritildi.

Sud arizani qanoatlantirib, natijada tuman FXDY bo'limida fuqaroga tug’ilganlik haqida guvohnoma rasmiylashtirib berildi

26
Huquqiy targ'ibot

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaror qabul qilindi.

Unga koʻra, 2024–2025-yillarda yoqilgʻi-energetika resurslari narxlarini bosqichma-bosqich oʻzgartirish belgilandi, shuningdek, 2024-yilning 1-may sanasidan elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining bazaviy meʼyorlari tasdiqlandi.

Birinchi navbatda taʼkidlab oʻtish joizki, nafaqat aholi uchun balki respublikamizdagi barcha isteʼmolchilar uchun sifatli, uzluksiz va adolatli tariflarda elektr energiyasi yetkazib berilishi lozim.

Xuddi mana shu tushunchalarni aholiga yetkazish va mazkur qaror mazmun-mohiyatini keng aholiga toʻgʻri va aniq tushuntirish maqsadida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi, tuman, shahar adliya boʻlimlari xodimlari tomonidan joylarda tarhibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

25
Isitish mavsumida kompensatsiyalar beriluvchi ehtiyojmand oilalarga kimlar kiradi?

Isitish mavsumida kompensatsiyalar beriluvchi ehtiyojmand oila sifatida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” tizimiga kiritilgan oilalar tushuniladi. (https://lex.uz/docs/6884060)



“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” tizimiga kiritilmagan oilalar “Mahalla yettiligi”ga murojaat qilishlari mumkin. “Mahalla yettiligi” tomonidan Yagona reyestrga kirmagan ehtiyojmand oilalarning qo‘shimcha ro‘yxati shakllantiriladi.