Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

25
Tumanning eng olis hududlarida sayyor davlat xizmatlari

Mirzacho'l tuman adliya bo’limi xodimlari ishtirokida Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari B.Pirxalov tomonidan tasdiqlangan reja grafikka asosan 2025-yil 21-noyabr kuni bevosita Gulzor MFYga tashrif buyurgan xolda sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.

Sayyor davlat xizmatlarini ko'rsatish davomida, Davlatimiz rahbarining 03.01.2025-yildagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktabrdagi “Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–322-son Qarorlarining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.

24
“IDROK” intelektual o‘yini o‘tkazildi

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hamda Jizzax viloyati yuridik texnikumi hamkorlikda joriy yilning 20-noyabr kuni texnikumda “IDROK” intelektual o‘yini o‘tkazildi.

Intellektual o‘yinda ishtirokchilarga jami 10 ta umumiy,  qiziqarli va huquqiy savollar berildi hamda quyidagi guruhlar o‘zaro bellashdilar: Algaritm avlodlari, X jamoasi, Senatorlar, Kosmos, Al-Xorazmiy, Temurbeklar, Zukkolar, Quda taraf, Yuristlar va Sudyalar.

“Idrok” intelektual o‘yini natijalariga ko‘ra:

1️⃣ Temurbeklar
2️⃣ Kosmos
3️⃣Yuristlar
jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Tanlov g'oliblari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi!

21
“Sayyor qabul” orqali fuqarolar muammolari o'rganilmoqda.

Davlatimiz rahbarining PF-80-son Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Ravalliq MFY “Huquqiy mahalla” deb e'tirof etilganligi sababli, ushbu mahalla fuqarolari uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda tegishli tashkilotlar jalb qilinib, ishtirok etgan 45 nafardan ortiq fuqarolardan 18 nafari muammolari bilan murojaat qilishdi, ushbu murojaatlarning 13 tasiga joyida tushuntirish berilgan bo‘lsa, 5 tasi qonunchilik talablariga muvofiq o‘rganib chiqish uchun ish yurituvga qabul qilindi hamda fuqarolarga qonunchilikdagi yangiliklarga oid tarqatma materiallari tarqatildi hamda Davlat xizmatlari markazi mas’ul xodimlari tomonidan shu joyning o‘zida 12 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ta’minlandi.

Shu bilan birga, “mahalla yettiligi”gi a’zolariga Davlatimiz rahbarining 03.01.2025-yildagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qaroriga asosan mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan manzilli chora-tadbirlarning “Yo‘l xaritasi”da har bir mas’ul tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar va vazifalarning mazmuni haqida ham huquqiy tushuntirish berildi.

Bundan tashqari, “mahalla yettiligi”ga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazish va mahalla fuqarolar yig‘inida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda metodik yordam ko‘rsatilishi ta’minlandi.

20
FIRIBGARLIKDAN EHTIYOT BO‘LING!

Bugun tuman Adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Mingchinor MFYda, 16-sonli va 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida firibgarlik jinoyatlarining oldini olish mavzusida keng qamrovli ma’naviy-huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

???? TADBIR DOIRASIDA:

???? Telefon va internet orqali sodir etiladgan firibgarlik turlari bilan tanishuv
???? Firibgarlarning qo‘llaydigan usullari to‘g‘risida ma’lumot
???? O‘zini va oilasini himoya qilish yo‘llari
???? Savol-javob orqali aholi va o‘quvchilar bilan muloqot

???? ASOSIY MAQSAD:

Aholi, ayniqsa, yoshlar va keksaroq fuqarolarni firibgarlik hollaridan ogohlantirish va ularni bunday jinoyatlardan himoya qilish choralarini o‘rgatish.

???? Ogohlik – xavfsizlikning kaliti!

Tadbirda ishtirok etgan  o‘quvchilar qiziqarli savollar bilan murojaat qildilar va kerakli tushuntirishlarni oldilar.

19
#Adliya_xabari

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy axborot sho‘basi boshlig‘i Sh.Sulaymonov Jizzax viloyat televideniyasining “Munozara maydoni” dasturida qatnashdi.

Dastur davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 03.11.2025-yildagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-207-sonli Farmoni mazmun-mohiyati yoritildi.

Xususan, Farmonga muvofiq uyushgan narkojinoyatchilikka jinoiy-huquqiy mexanizmlar orqali qarshi kurashish faoliyatini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Jinoyat kodeksiga “Aholi salomatligi va millat genofondiga qarshi jinoyatlar” nomli alohida yangi boʻlim kiritish nazarda tutilgan.

18
#Bayroq_kuni

"Bir Vatan, bir el, bir bayroq” shiori ostida Yangiobod tuman  hokimligi, tuman adliya bo‘limi, tuman davlat va jamoat tashkilotlar bilan hamkorlikda mamlakatimiz boʻylab keng targʻib etilayotgan sogʻlom turmush tarzi gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” aksiyasi oʻtkazildi.

Mazkur yurish marafonida davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, oʻquvchi yoshlar hamda keng jamoatchilik faol ishtirok etdi. Tadbir nafaqat jismoniy faollikni oshirish, balki yoshlar oʻrtasida bayrogʻimizga, milliy qadriyatlarimizga hurmat tuygʻusini mustahkamlashga xizmat qildi.
Milliy bayrogʻimiz — Vatanimiz timsoli, yagonalik va birdamligimiz ramzidir.

18
Davlat bayrog'i haqida 10 ta test

18-noyabr – O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kun munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan o'tkazilayotgan test sinovida faol ishtirok eting.

???? 10 ta test savoliga javob toping! Uni ishlash uchun bir necha daqiqa kifoya. O'z bilimingizni sinovdan o'tkazing.

➡️ Test savollarini ishlash uchun:  havola  (https://t.me/QuizBot?start=vnkqk8rG)

17
QIMMATBAHO METALLAR KUYMALARI SOTILISHI VA QAYTA SOTIB OLINISHI TARTIBI BELGILANDI

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2025 yil 14 oktabrdagi 25/6-son qarori bilan banklar tomonidan qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.

Nizom banklar tomonidan qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish mexanizmlarini belgilaydi. Unda o‘lchovli oltin quymalarini sotish va qayta sotib olish, shuningdek, elektron (naqdsiz) shakldagi operatsiyalarni amalga oshirish tartibi belgilangan.

Nizomga muvofiq, banklar hamda mikromoliya tashkilotlariga Markaziy bank tomonidan ishlab chiqarilgan o‘lchovli oltin kuymalarini sotish va qayta sotib olish operatsiyalarini amalga oshirish huquqi berildi. Kuymalarni sotish va qayta sotib olish operatsiyalari Markaziy bankning hududiy boshqarmalari, shuningdek, tijorat banklarining mobil ilovalari orqali amalga oshiriladi.

Mijozlar raqamli identifikatsiyadan o‘tgandan so‘ng, masofadan turib kuymalarni xarid qilish yoki sotishlari mumkin. To‘lov operatsiyalari bank kartasi yoki elektron hamyon orqali amalga oshiriladi. Xarid amalga oshirilgandan keyin mijozga kuymaning unikal kodi taqdim etiladi va u besh ish kuni ichida kuymani shaxsan qabul qilib olish yoki bankda mas’ul saqlashga joylashtirish huquqiga ega bo‘ladi.

Banklar kuymalarni sotish va qayta sotib olish narxlarini mustaqil ravishda belgilaydi, bu borada London qimmatbaho metallar bozori assotsiatsiyasi (LBMA) kotirovkalari va bozor talabidan kelib chiqadi.

Metallar qoldiqlari bo‘yicha hisob va kunlik qayta baholash Markaziy bankning rasmiy kursi hamda LBMA kotirovkalari asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, buxgalteriya hisobi, korrespondentlik metall hisobvaraqlarini yuritish hamda mijoz hisoblarini yopish bo‘yicha yagona qoidalar o‘rnatilgan.

Hujjat mamlakatda qimmatbaho metallar ichki bozorini rivojlantirish, aholi uchun oltin va kumushga investitsiya kiritish imkoniyatlarini oshirish, shuningdek, bank tizimida zamonaviy raqamli vositalarni joriy etishga qaratilgan.

Jizzax tumanlararo ma’muriy
sudi sudyasi                                                                                  A.S.Aminov




13
“Rahbar va yoshlar” loyihasi doirasida “Yoshlar yurt kelajagi” mavzusida ochiq muloqot oʻtkazildi.

Jizzax shahar adliya bo'limiga biriktirilgan 2-sonli umumta'lim maktabida “Rahbar va yoshlar” loyihasi doirasida “Yoshlar yurt kelajagi” mavzusida ochiq muloqot oʻtkazildi.

Jizzax viloyat adliya boshqarmasiga 13 ta mumta'lim maktablari biriktirilgan bo'lib, bugunda o'quvchi yoshlar bilan samarali hamkorlik yo'lga qo'yilgan. Mazkur tadbirga tuman adliya bo'limlariga biriktirilgan maktablarning yuqori sinf o'quvchilari ham zoom platformasi orqali bog'landilar.

Uchrashuvda adliya boshqarmasi boshlig'i Akmal Ergashev hamda mehmon sifatida adliya vazirligining Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig'i Bekzod Yusupov ishtirok etib mamlakatimizda yoshlarning huquq va erkinliklarini taʼminlash, orzu-umidlarini roʻyobga chiqarish masalasiga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilayotgani, oʻz iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilganligini alohida ta'kidladilar. Shu bilan birga, boshqarma boshlig'i tomonidan huquqshunos mas'uliyati, adliya organlari va muassasalari faoliyat turi va maqsadlari hamda tizimdagi raqamlashtirish jarayonlari bo'yicha  batafsil ma'lumot berib o'tildi.

Shuningdek, tadbirga yoshlarning ta'lim-tarbiyasida mas'ul bo'lgan hamkor tashkilot vakillari ham taklif etilib, o'z sohalari bo'yicha kerakli va qiziqarli ma'lumotlar bilan o'rtoqlashdilar. Rasmiyatchilikdan xoli, erkin muloqot shaklida oʻtgan uchrashuvda yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga boshqarma boshlig'idan aniq javoblar olishdi. Qonunchilikda yoshlarga berilgan imtiyozlar haqida batafsil tushunchalarga ega bo'lishdi.

Ochiq muloqot davomida yoshlarning fikrlari, taklif va mulohazalari tinglandi. Tadbir so'ngida viktorina o'yini tashkil etilib, huquq fani doirasida o'quvchilarning bilimlari sinovdan o'tkazildi. Faol ishtirokchilarga esdalik sovg'alari ulashildi.

12
Intellektual mulk himoyasi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi hamda viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida tadbirkorlar uchun seminar-trening tashkil etildi.

Bugungi kunda Jizzax viloyati bo'yicha 150 mingdan ortiq tadbirkorlar faoliyat olib bormoqda. Ularning erkin va qulay sharoitlarda ishlashi, qonunchilikdagi imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanishlari uchun mutasaddi tashkilotlar doimo ko'makka tayyor. Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish borasida ham soha mutaxassislari tomonidan samarali ishlar olib borilmoqda. Mazkur yo'nalishda amalga oshirilayotgan o'zgarishlar, yangiliklar, raqamlashtirish jarayonlari sabab bugunda tadbirkorlarning vaqti tejalishiga, ovoragarchiliklarga uchramasligiga imkon yaratilmoqda.

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning intellektual mulk sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, bu jarayonda “Intellektual mulk markazi”ning o‘rni va mas’uliyatiga to‘xtalib o‘tildi.

Tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, sohaga aloqador masalalar bo'yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.