Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

05
Hech_bir_shaxs_hujjatsiz_qolmaydi

Zomin tuman adliya bo'limi FHDY bo'limi tomonidan "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi doirasida 45 yoshli fuqaroga ma'lum sabablarga ko'ra olinmay qolgan tug'ilganlik guvohnomasi rasmiylashtirilib berildi.

Zarbdor tuman FHDY bo'limi tomonidan etmoqda yillar davomida sha‘riy nikohda yashab kelayotgan fuqarolarning nikohi qayd etilib, guvohnoma  rasmiylashtirib berildi.

G'allaorol tuman FHDY bulimi tomonidan aksiya doirasida fuqaro M.Toshpo'latovaga ishonchnoma asosida hamda fuqaro F.Elmuratovaga takroriy nikoh guvohnomasi rasmiylashtirib berildi.

Barcha tuman FHDY bo'limlari tomonidan xizmat ko'rsatilayotgan fuqarolarga hamda uyma-uy yurgan holda mazkur sohada onlayn xizmatlardan foydalanish mumkinligi, bunda turli ovoragarchiliksiz, uydan turib ham ma'lum bir xizmat turlari bo'yicha yechim olish mumkinligi bo'yicha aniq tushunchalar berilmoqda.

04
Mahalla raislari metodik jihatdan o‘qitildi

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi va O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Zomin tuman bo‘limi bilan hamkorlikda mahalla raislarining huquq va majburiyatlarini, qonunchilikda mavjud vakolatlarini tushuntirishga qaratilgan seminar tashkil etildi.

Ushbu seminarda mahalla raislarining qonunchiligimizdagi vakolatlari to‘liq tushuntirilib, huquqiy jihatdan qurollantirildi.

Mahalla raislariga PQ-1-son qaror va PF-80-son Farmonlarida belgilangan vazifalar, adliya organlari bilan hamkorlik masalalarida nimalarga e’tibor qaratish lozimligi batafsil tushuntirildi.

Seminar davomida mahallalarning jamiyatdagi o‘rni va rolini kuchaytirish, mahalla raisi hamda “mahalla yettiligi” a’zolarining asosiy vazifalari haqida batafsil tushuntirishlar va ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Shuningdek, mahalla raislariga metodik qo'llanmalar tarqatildi.

03
O'zimiz keldik...

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi, G'allaorol tumani adliya bo'limi xodimlari hamda intellektual mulk huquqini himoya qilish yo'nalishi mas'ullari hamkorligida tuman dehqon bozori va unga yondosh savdo do'konlarida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Suhbat davomida fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlari tushuntirildi. Muammolar o'rganilib echimi bo'yicha maslahatlar berildi.

Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan talabga ko'ra davlat xizmatlari ko'rsatish uchun sharoit yaratildi.

02
Zarbdor tumanida oilaviy qadriyatlarini mustahkamlash masalasi muhokama qilindi

Zarbdor tumani prokurori R. Masharipov mas’ullar bilan birgalikda tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-iyundagi 380-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan “Oilaviy qadriyatlarini mustahkamlash komissiyasi” faoliyati bilan tanishdi.

Unda ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni asrash, buzilgan oilalarni tiklash va oila qadriyatlarini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Shu bilan birga, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, mavjud muammolar muhokama etildi va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Mas’ullarga notinch oilalar ro‘yxatini qayta shakllantirish, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, muammolarini hal etish, profilaktika ishlarini kuchaytirish hamda bandligini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish topshirildi.

01
Targ'ibot tadbirlari davom etmoqda

Zarbdor tumani adliya bo'limi xodimlari tomonidan aholiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarori va PQ-133-sonli qarori mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o'tkazilmoqda.

Markazga tashrif buyurgan fuqarolarga elektr energiyadan oqilona foydalanish, tejamkor uskunalarni o'rnatish, energiya tejamkor uskunalar o'rnatgan shaxslarga qo'llaniladigan soliq imtiyozlari haqida batafsil tushunchalar berilib, targ'ibot flayerlari tarqatilmoqda.

28
Sayyor qabullar - aholi muammolarining samarali yechimi

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari B.Pirxalov tomonidan Zafarobod tuman "Yorqin" MFYda sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida jami 40 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi, 19 ta murojaat sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatish orqali ijobiy hal etildi, 10 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berildi, qo‘shimcha o‘rganish talab qilgan murojaatlar ish yurituviga olindi.

27
Mehnat jarayonlarida stressga qanchalik chidamlimiz?

Ish jarayonlarida yuqori samaradorlikka erishish va sog'lom ish muhitini ta'minlashda stressni boshqarish juda muhimdir. Shu maqsadda bu galgi ma'naviy tadbir “Mehnat jarayonlarida stressga chidamlilik” mavzusiga bag'ishlandi va tajribali mutaxassislar tomonidan trening tashkil etildi.

Treningda ishtirokchilar:
• stressning sabab va oqibatlari;
• ish muhitida ruhiy barqarorlikni saqlash usullari;
• samarali kommunikasiya va jamoaviy ishlash ko'nikmalari;
• ishchi-xodimlar salomatligi uchun psixologik gigiena qoidalari haqida bilimlarga ega bo'ldilar.

Tadbirga taklif etilgan psixologlar amaliy mashg'ulotlar va interaktiv usullar orqali qatnashchilarga o'z hissiyotlarini to'g'ri boshqarish, ishdagi muammolarga barqaror yondashish zarurligini tushuntirib o'tishdi.

26
Do’stlik tuman adliya boʻlimi tominidan “Mevazor” mahalla fuqarolar yigʻinida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolarning muammolari o'rganildi va murojaatlari eshitildi.
Adliya bo‘limi tomonidan sohaga oid murojaatlar qabul qilinib, ayrim murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi, o‘rganish talab qilingan murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.
Qabul davomida ishtirokchilarga aholining kundalik hayotida ko‘p uchraydigan huquqiy masalalar sodda, xalqchil tilda tushuntirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli va 2025-yil 1-apreldagi PQ-133-sonli Qarorlarining mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, mahalla aholisi firibgarlik jinoyati qurboniga aylanishni oldini olish maqsadida, bu kabi jinoyatlarning yangi turlari va sodir etish usullari haqida ogohlantirildi hamda ulardan himoyalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

25
Jizzax viloyatida yana 142 nafar fuqaroning uy-joyiga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi.

2025-yil 19-avgust kuni Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdagi o‘n to‘rtinchi sessiyasida qabul qilingan qarorga muvofiq, viloyatning bir qator tuman va shaharlarida yashovchi fuqarolarning mulk huquqlari qonuniy tartibda e’tirof etildi.

Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarning mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Endilikda mazkur hujjat egalik huquqi uchun asos bo‘lib, kelgusida yashash joyiga doimiy ro‘yxatga qo‘yish, meros va boshqa notarial xatti-harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.

21
Avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish mumkinligidan xabardormisiz?

Avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish mumkinligidan xabardormisiz?

Arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) (https://my.gov.uz/uz/service/640) orqali qabul qilinadi.

Ishonchnoma Adliya vazirligining “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ro‘yxatga olinadi.

Ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish uchun davlat boji “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunda (https://lex.uz/docs/-4680944) belgilangan davlat bojiga nisbatan quyidagi foizlarda undiriladi:

- 1 oygacha bo‘lgan muddatga — 10 foiz;
- 1 oydan ortiq va 6 oygacha bo‘lgan muddatga — 50 foiz;
- 6 oydan ortiq va 3 yilgacha bo‘lgan muddatga — 100 foiz.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 613-son qarori (https://lex.uz/docs/-6672128).