Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

25
Davlat xizmatlari ko'rsatish bo'yicha olib borilayotgan ishlar, yangi tartiblar mazmun mohiyati, ularni joriy qilish mexanizmlari to'g'risida seminar tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev huzurida 2022-yil 7-aprel kuni o`tkazilgan videoselektor yig`ilishi 28-sonli BAYONI 22-bandi ijrosi yuzasidan joriy yilning 2-choragi davomida davlat xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha 24.06.2022-yilda  O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligining Jizzax viloyat hududiy boshqarmasida Jizzax villoyat adliya boshqarmasi davlat xizmatlari markazi va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'limi boshlig'i V.Eshimov hamda Jizzax shahar adliya bo`limi yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti A.Rahmatov hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan tashkilotlar rahbar va xodimlari ishtirokida davlat xizmatlari ko'rsatish bo'yicha olib borilayotgan ishlar, yangi tartiblar mazmun mohiyati, ularni joriy qilish mexanizmlari to'g'risida, shuningdek, “Hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomini yanada kuchaytirish”, O‘zbekiston Respublikasining 445-son “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish, shuningdek, elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo'yicha seminar tashkil etildi.
Ushbu seminarda Davlat xizmatlari ko`rsatish bo`yicha olib borilayotgan ishlar, yangi tartiblar mazmun mohiyati, ularni joriy qilish mexanizmlari to`g`risida va xodimlarning mehnat huquqi, huquqbuzarliklarning oldini olish, shartnomalar va murojaatlar bilan ishlash bo`yicha bilimlarini kuchaytirishga qaratilgan takliflar ilgari surildi.
Muhokama va savol-javoblar ko‘rinishida o‘tgan davra suhbatida ishtirokchilar mazkur jarayonda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

24
Mingchinor mahallasida sayyor qabul bo'lib o'tdi.

"Jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlari to'g'risida "gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat organlarining rahbarlari yoki boshqa vakolatli shaxslari tomonidan sayyor qabullar tashkil etilishi belgilangan.
Mazkur Qonun ijrosini ta'minlash maqsadida Jizzax viloyat Adliya boshqarmasi,tuman Adliya bo'limi, Davlat xizmatlarini rivojlantirish Agentligi, tuman hokimligi va mutasaddi tashkilotlar hamkorligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlarini o'rganish maqsadida  Mingchinor mahallasi 5-maktab binosida sayyor qabul bo'lib o'tdi.
Tumanda o'tkazilgan sayyor qabulda ko'rilgan murojaatlarning sifatli o'rganib chiqilishini tashkil etish hamda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlashga doir ishlarni jadallashtirish "Mahallabay" qabullarni tashkil etish bunda, aholini murojaat qilishga eng ko'p majbur qilayotgan tizimli muammolar va ularni keltirib chiqaruvchi sabablarini mahallaning o'zida bartaraf etish hamda muddat va mablag' talab qilinadigan masalalar yozib olinib mutasaddilar nazoratiga berildi.

23
“Davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash va ular o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik munosabatlarini samarali yo‘lga qo‘yish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika institutida “Yuksalish” umummilliy harakati Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan viloyat adliya boshqarmasi hamkorligida “Davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash va ular o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik munosabatlarini samarali yo‘lga qo‘yish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda viloyat hokimligi, Adliya boshqarmasi rahbariyati, NNT vakillari, mahalliy Kengash deputatlari ishtirok etdi.

Tadbirni viloyat hokimining o‘rinbosari Latibjon Ahmadjonov kirish so‘zi bilan boshlab berdi.

Davra suhbatida ijtimoiy sheriklik munosabatlari hamda dolzarb masalalarni hal etishda davlat organlari va NNTlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish, respublikada barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarda NNTlarning tashabbuskorligi, faolligini oshirish zarurligi ta’kidlandi. Fuqarolik jamiyatini ilmiy-nazariy jihatdan chuqur o‘rganish, uning rivojlanishini doimiy tahlil qilib borish bo‘yicha takliflar bildirildi

22
Sharof Rashidov tumani faollar zalida huquqiy seminar tadbiri o‘tkazildi.

Jizzax viloyati ma'muriy sudining sudiyasi Sh.Boliyev Jizzax tumanlararo ma‘muriy sud raisi A.O'rinov ishtirokida Sharof Rashidov tumani adliya bo'limi foallar zalida bo'limi xodimlari bilan seminar o'tkazildi.

Dastlab, seminarda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta'minlash hamda aholining sudlarga bo'lgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 2022-yil 29-yanvarda qabul qilingan PQ-107-sonli qarori va boshqa qonunchilikdagi yangiliklar, kiritilgan oxirgi o'zgarishlar va sud muhokamasi oshkoraligi mavzularida tushuntirish berdi.
Ishtirokchilarning savollariga batafsil javob berdi.

21
Zarbdor tumanida "E-huquqshunos" elektron tizimi yuzasidan o'quv amaliy tushuntirish ishlari olib borildi.

Jizzax viloyati Zarbdor tumanida joylashgan barcha maktab kadrlari bilan ishlash mutahassislari bilan birgalikda Zarbdor tumani adliya bo'limi bosh maslahatchisi I.Qayumov va Yuridik xizmat ko'rsatish markazi hodimlari A.Abduvaitov, F.Eshaliyevlar targ'ibot tadbirida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2021-yildagi "Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko'rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori va 2021-yil 1-oktabrdan boshlab Zarbdor tumanidagi davlat tashkilotlariga yuridik xizmat ko'rsatish bilan bog'liq barcha ma'lumot va jarayonlarni to'liq elektron ravishda yig'ish, qayta ishlash, tahlil qilish va amalga oshirish imkonini beruvchi "E-huquqshunos" elektron tizimi yuzasidan o'quv amaliy tushuntirish ishlari olib borildi.

Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi "Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi qarori yuzasidan yig'ilish ishtirokchilariga oddiy va sodda qilib seminar treyning o'tkazildi.Bunda,"E-huquqshunos"elektron tizimi quydagi asosiy imkoniyatlari to'g'risida Zarbdor tuman adliya bo'limining Yuridik xizmat ko'rsatish markazi hodimi F.Eshaliyev tomonidan batafsil tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, elektron tizimga ichki buyruq, shartnomalar va boshqa yuridik tusdagi hujjatlarning namunalarini kiritish hamda mavjud hujjatlar loyhalari namunalaridan erkin foydalanish va elektron tizimdan foydalanuvchi tashkilotlar tomonida shaxsiy kabinetga kirish, har qanday hujjat loyhasi va unga tahliliy materiallarni tayyorlash, qayta ishlash va xulosa olish uchun Yuridik xizmat ko'rsatish markaziga yuboriladi. Yuridik xizmat ko'rsatish markazining ma'sul hodimlari tomonidan, tegishli xulosa tayyorlash hujjatlarni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda, elektron tizimga biriktirish hamda o'zaro hujjat almashish bilan bog'liq ishlarni amalga oshirishi yuzasidan chuntirishlar berib o'tildi.
Yuqoridagi masalalar yuzasidan seminar ishtirokchilariga aniq va qiziqarli qilib savol-javob tariqasida fikr almashish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

20
"Adliyadan gapiramiz" loyihasi

"Adliyadan gapiramiz" loyihasining ilk soni e'tiboringiz markazida. Mazkur dastur yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati hamda tizim xodimlarining faoliyati haqida so'z yuritadi. Bugun adliya boshqarmasi Nodavlat notijorat tashkilotlari bo'limi yetakchi maslahatchisi Abdurauf Abdushukurov. Mavzu esa Vazirlar Mahkamasining "Mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlarning xalqaro grant loyihalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvi organlari bilan o'zaro hamkorlik qilish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori.

17
Aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish nima beradi?

Har qanday davlatning tarixi – bu, birinchi navbatda, unda yashaydigan xalqning tarixi, aholisining soni va tarkibi, uning iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarida o‘z ifodasini topadi. Aholi soni bo‘yicha aniq va yaxlit ma’lumotlar aholini ro‘yxatga olish asosida olinadi.
Aholini ro‘yxatga olish yakunlariga qarab o‘tmish va hozirgi davr haqida fikr va mulohazalar yuritish hamda kelajakni prognoz qilish mumkin bo‘ladi.
Qator holatlarda aholini ro‘yxatga olish – aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma’lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari haqida ma’lumotlar olishning yagona manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.
Xo‘sh, respublikamizda aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish bizga nima beradi?
Birinchidan, ma’lum bir sanada aholining aniq soni (yoshi va jinsi tarkibi, fuqaroligi, milliy tarkibi (keng qamrovli), barcha aholi punktlari bo‘yicha soni, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi, mehnat resurslari, iqtisodiy faol aholi, aholi bandligi (kasbi va mutaxassisligi) va ishsizligi, daromad olish manbalari, nogironligi bo‘yicha batafsil ma’lumot olinadi.
Ikkinchidan, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblashda (yalpi ichki mahsulot, aholi daromadlari, sanoat mahsuloti hajmi, iste’mol mahsulotlari hajmi, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari) ishlatiladi.
Uchinchidan, aholi migratsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantiriladi.
To‘rtinchidan, Respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot sifatida foydalaniladi.
Beshinchidan, statistika idoralari tomonidan tashkil etiladigan tanlama kuzatuvlarni tashkil etishda ma’lumotlar bazasi sifatida qo‘llaniladi.
Oltinchidan, Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish ko‘rsatkichlarini shakllantirish va monitoringini yuritishda xizmat qiladi.
Yettinchidan, aholi punktlarining infratuzulmasini yaxshilashda, mehnat resurslaridan foydalanish va joylashtirish bo‘yicha qisqa, o‘rta
va uzoq muddatli prognozlar, dasturlarni ishlab chiqishda foydalaniladi.
Sakkizinchidan, Xalqaro tashkilotlar va foydalanuvchilar tomonidan amalga oshiriladigan tahlillar uchun keng qamrovli axborotlar manbai hisoblanadi.
Bunday ma’lumotlar ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni prognoz qilish, bandlik sohasidagi siyosatni belgilash, ijtimoiy siyosat va aholi salomatligi bo‘yicha dasturlarni yaratishda, shuningdek davlat hokimiyati organlarining vazifalarini bajarishi, fan va jamiyatni axborot bilan ta’minlash uchun zarurdir.

B.Mamayusupova,
Viloyat statistika boshqarmasi
Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi

17
Qonun hujjatlarini hayotga tatbiq etish mexanizmlari

2020 yil 12-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilingan edi.

Mazkur qaror bilan Jizzax viloyati bo'yicha ham “Ishga marhamat” monomarkazlarini tashkil etish ko'zda tutilgan bo'lib, Qaror ijrosi va monomarkaz faoliyati bilan to'liq tanishish maqsadida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Jizzax shahrida tashkil etilgan monomarkaz faoliyati o'rganildi.

Monomarkaz 2021-yilning 1-iyun sanasidan faoliyatini boshlagan bo'lib, mazkur monomarkazda ishsiz, band bo'lmagan aholini 4 ta soha bo'yicha 22 ta kasb-hunarga va 3 ta xorijiy tillar va 3 ta IT sohasi bo'yicha o'qitish tashkil etildi.

Monomarkazning yillik o'qitish quvvati 1575 nafar, bir vaqtning o'zida tinglovchilar sig'imi 490 nafarni tashkil qiladi. Monomarkaz faoliyat boshlagandan boshlab jami 3822 nafar fuqarolar jalb qilinib, 2768 nafari (68%) ayollar, 1054 nafari (32%) erkaklar. SHundan, ayollar daftaridagilar 302 nafar, yoshlar daftaridagilar 65 nafar, temir daftardagilar 4 nafar. Jami 1334 nafar tinglovchi monomarkazni bitirgan. Ushbu bitiruvchilarning 884 nafari (66%) 30 yoshgacha, 345 nafari (25%) 30-45 yoshgacha va 105 nafari (6%) 45-60 yoshgacha.

Mazkur qaror bilan mehnat organlari yo‘llanmasi bilan yuborilgan ishsiz fuqarolarni o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari; boshqa fuqarolar uchun — fuqarolarning o‘z mablag‘lari yoki o‘z ishchilarini kasbiy malakasini oshirish uchun (kasbiy o‘qitish, qayta o‘qitishga) yuborgan ish beruvchilar yoki yangi ishchilarni kasbga tayyorlash uchun buyurtma bergan tashkilotlar mablag‘lari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan to'lanishi belgilangan.

Monomarkazda xozirgi kunda 718 nafar fuqarolar o'qishni davom ettirishmoqda. Ayni paytda turkiyalik mataxassislar 3 yunalish bo'yicha mashg'ulot olib borishmoqda. Xalq manfaati va inson qadri uchun qabul qilingan shu kabi qonun hujjatlari amaliyotga joriy etilishi ortidan aholi uchun juda katta imkoniyatlar yaratilishi bugungi tanishuv davomida yanada yorqinroq namoyon bo'ldi.

16
Jizzax shahar DXMda ID-kartalari rasmiylashtirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF–6269-son Farmoniga muvofiq, 2022-yilning 1-yanvaridan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish va berish xizmati Davlat xizmatlari markazlari orqali ham amalga oshirilishi belgilangan. 14-iyun kuni Jizzax shahar davlat xizmatlari markazida ID-kartasini rasmiylashtirish va berish xizmati yo'lga qo'yildi. Endilikda mazkur xududda istiqomat qiluvchi fuqarolar bevosita ushbu xizmatdan foydalanishlari mumkin bo'ladi.

15
Xodimlar mahoratini oshirish asosiy maqsadimiz

Hozirgi kunda yosh kadrlarga bo'lgan ehtiyoj katta. Vaholanki yosh avlod kelajagimiz poydevoridir. Bugun esa kadrlar salohiyatini oshirish, har tamonlama bilimli, yetuk xodimlarni tayyorlash uchun barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu chora-tadbirlar yuzasidan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi yetakchi maslahatchisi Sh.Sulaymonov tomonidan Elektromagnit moslashuv xizmatida xodimlarning huquqiy savodxonligi bo`yicha bilim va salohiyatini oshirish maqsadida targ'ibot ishlari olib borildi.