Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

13
Adliya sayli

Вилоятимиз аҳли ва шаҳримиз мехмонлари диққатига!
13-май  куни соат 16:00-19:00 га қадар Жиззах шаҳридаги марказий “Ўрда” истироҳат боғида ташкил этилаётган   Аҳолининг ҳуқуқий онги ва ҳуқуқий маданиятини юксалтиришга қаратилган “Адлия сайли”га таклиф этамиз.
Ушбу сайилда Сиз:
Ҳуқуқий билимларингизни янада оширишингиз;
Ҳуқуқий маслаҳатлар олишингиз;
Очиқ суд жараёнида иштирок этишингиз;
Меҳнат ярмаркасида ўзингизга муносиб иш топишингиз;
Давлат хизматларидан фойдаланишингиз;
Спортчиларнинг чиқишларини томоша қилишингиз;
Гўзал куй-қўшиқлар оҳангидан маданий хордиқ олишингиз;
Харбийларнинг кўргазмали чиқишларини кузатишингиз;
Ҳуқуқий заковат ўйинида иштирок этиб қимматбахо совғалардан бирини қўлга киритишингиз мумкин.
Тадбирда иштирок этиш  мутлақо бепул.
Барча юртдошларимизни сайлда кутамиз!

"АДЛИЯ САЙЛИ"ГА МАРҲАМАТ!

13
Tayinlov: Biz xalq xizmatidamiz

Jizzax viloyati adliya tizimida ichki tanlov asosida lavozimlariga tayinlangan xodimlarni tantanali tarzda tanishtiruv tadbirlari davom etmoqda. Navbatdagi manzil Zafarobod va Mirzacho'l tumanlari.

O'zbekiston Respublikasi adliya vazirining tegishli buyrug'iga asosan quyidagi xodimlar mazkur lavozimlarga tayinlandi: Ikromov Bunyod Baxriddinovich Zafarobod tuman adliya bo'limi boshlig'i etib, Norxo'jaev Hamidulla Haydarovich Zafarobod tuman davlat xizmatlari markazi boshlig'i etib tayinlandi.

Tuman hokimi N.Radjapov lavozimlarga tayinlanganlarni tabriklab, kelgusida birgalikda, hamfikr ish olib borishlarini ta'kidlab o'tdi. Tuman sektor rahbarlari va tizim xodimlari ham bu islohotlarga o'zlarining ijobiy munosabatlarini bildirishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining tegishli buyrugʻiga asosan Mirzacho'l tuman adliya boʻlimi boshligʻi etib Aminov Aziz Salimovich, Mirzacho'l tuman davlat xizmatlari markazi boshlig'i etib Esanov Bobir Raxmonberdiyevich tayinlandi. Shu munosabat bilan viloyat adliya boqarmasi boshlig'i o'rinbosari A.Ergashev, Mirzacho'l tuman xokimi, sektor rahbarlari va tizim xodimlari ishtirok etgan tadbirda lavozimga tayinlanganlar jamoaga tanishtirildi.

Tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan adliya boʻlimi faoliyati, ularning tuman hokimligi va boshqa xizmatlar bilan huquqiy sohadagi hamkorligi ijobiy eʼtirof etilib, kelajakda ham mana shunday hamkorlikda ishlash boʻyicha kelishib olindi. Ulkan ishonchni oqlashda soha xodimlariga omad va zafarlar tiladi.

/Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi/

12
Hotira ulug' qadr muqaddas

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug' fazilatlaridan. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog'idadir. Ayni kunlarda yurtimizda keng nishonlanayotgan Hotira va qadrlash kuniga bag'ishlangan tadbirlarda, ona diyorimizni, xalqimizning ozodlik va istiqlolini, erkin va farovon hayotini mardlik va shijoat bilan himoya qilgan fidoyi yurtdoshlarimizga ko'rsatilayotgan g'amxo'rlik, hurmat-ehtirom yanada yaqqol namoyon bo'lmoqda. Bugunda Jizzax viloyati bo'yicha 8 nafar 2-jaxon urushi qatnashchilari istiqomat qilishmoqda. Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ular xolidan xabar olinib, sovg'alar va oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

11
Sayyor qabul

Sh.Rashidov tuman adliya bo'limi tomonidan (davlat xizmatlari markazi, tuman FHDYo organi va MFY raisi ishtirokida) tuman markazidan uzoq bo'lgan "Havastlik" mahallasida uyma-uy yurib sayyor qabul tashkil qilindi. Mazkur mahalla aholisining muammolari oldindan o'rganilganda adliya organlari vakolatida bo'lgan bir nechta masala yuzasidan yordam berilishi kerakligi aniqlangan edi. Shu sabab aynan sayyor qabul jarayonida 13 nafar fuqarolarga nikohni qayd etish guvohnomasi va 5 nafar fuqarolarga tug'ilganlik guvohnomalari berilishi ta'minlandi.

Mazkur jarayonlar "Zamon" informasion dasturi orqali yoritiladi.

10
Huquqiy targ'ibot

Jizzax mintaqaviy o'quv markazida tahsil olayotgan tinglovchilar va markaz doimiy shahsiy tarkibi ishtirokida Ma'naviyat va ma'rifat mashg'ulotlari tashkil etildi. Unda Milliy gvardiya tizimida qabul qilinayotgan qonunchilikdagi o'zgarishlar, amalga oshirilayotgan huquqiy islohatlar yuzasidan va Milliy gvardiya xodimlariga qonunosti hujjatlar ijrosini ta'minlash majburiyatlari to'g'rida tushunchalar berish maqsadida Jizzax shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi yuristlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Mana shunday huquqiy targ'ibot tadbirlarini o'tkazishda doimiy ravishdagi amaliy hamkorlik uchun Jizzax viloyat addiya boshqarmasi rahbariyatiga tashakkurnoma taqdim etildi

09
Tayinlov: Ishonchni oqlash asosiy maqsad

Jizzax viloyati adliya tizimida ichki tanlov asosida lavozimlariga tayinlangan xodimlarni tantanali tarzda tanishtiruv tadbirlari davom etmoqda. Navbatdagi manzil Paxtakor tumani.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining tegishli buyrugʻiga asosan Paxtakor tumani adliya boʻlimi boshligʻi etib Kushmatov Xosilmurod Namazovich tayinlandi.

Paxtakor tuman yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi etib Mirzayev Farrux Yuldashevich tayinlandi.

Paxtakor tuman davlat xizmatlari markazi boshligʻi etib Bekmurodov Nasim Salaxitdinovich tayinlandi.
Mazkur tadbirda adliya boshqarmasi rahbariyati, tuman hokimi, sektor rahbarlari, tizim xodimlari ishtirok etib lavozimga tayinlanganlarning barchasini samimiy tabriklashdi. Kelgusidagi ishlariga omad va zafarlar tilashdi.

/Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi/

06
Hashar hamkasblarga yarashar

Hasharning elga yarashishi bor gap. Shu bilan birga, mana shunday ahil va inoqlikda uzi faoliyat yuritayotgan tashkilot hamda uning atrofini obod etish hamkasblarga ham juda yarashadi, ularning bir-biriga bo'lgan mehr-oqibatini oshiradi, eng asosiysi toza, ozoda joyga fayzu baraka yog'iladi.

Bugun respublikamiz bo'ylab “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari o'tkazilmoqda. Jizzax viloyat adliya tizimi xodimlari ham faoliyat olib borayotgan bo'lim binosi va uning atrofida  obodonlashtirish va ko'kalamzorlash ishlarini olib borishib, mazkur umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etishmoqda.

Bu kabi ezgu amallar yurtimizga ko'rk va chiroy baxsh etishi bilan birga xodimlarda ishchanlik, faollik kabi sifatlarni oshiradi.

05
Kadrlar salohiyati ish sifati va samarasini belgilaydi

Mamlakatimizda adolat va huquq ustuvorligini mustahkamlash, aholiga professional xizmat qiladigan ixcham va samarali boshqaruvni yaratish va yana bir qator mana shunday ezgu maqsadlarni oʻzida mujassam etgan Prezidentimizning “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda huquqiy xizmat koʻrsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosi yuzasidan Jizzax viloyat adliya tizimi tomonidan ham amaliy chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari, tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari hamda FHDYo organlari barcha huquq va vakolatlarini saqlagan holda tuman (shahar) adliya boʻlimlari tuzilmasiga va boʻysunuviga oʻtkazildi. Shu maqsadda mazkur boʻlimlarga yuksak tajribaga ega, professional, salohiyatli va bilimli kadrlarni tanlash borasida ichki tanlov asosida tuman, shahar adliya boʻlimlari boshliqlari tanlab olindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining tegishli buyrugʻiga asosan Asatullayev Musaxon Neʼmatullayevich Jizzax shahar adliya boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi. Viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati, Jizzax shahar xokimi, sektor rahbarlari, hamda tizim xodimlari ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvda Musaxon Asatullayev boʻlim boshligʻi sifatida barchaga tanishtirilib, mana shunday yuksak ishonchga loyiq koʻrilgani, endilikda masʼuliyat bilan ish olib borib aʼlo natijalarga erishishida omadlar tilandi.

04
“Eʼtiboringiz markazida”

Adliya vazirligi tomonidan eʼlon qilingan 15-martdan-15-maygacha “Sogʻliqni saqlash va taʼlim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiya doirasida Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi orqali “Eʼtiboringiz markazida” tok shousi tasvirga olindi. Dasturga adliya tizimi xodimlari va har ikkala soha vakillari taklif etildi. Koʻrsatuv 1-may kuni efirga uzatiladi.

03
Tuman hokimligida davra suhbati tashkil etildi

G`allaorol tuman hokimligi majlislar zalida 4 ta sektor rahbarlari, sud raislari va adliya bo'limi boshlig`i ishtirokida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatiga oid qonunchilikdagi yangiliklar va o'zgartishlar muhokamasiga doir davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati davomida sohaga oid qonunchilik hujjatlari muhokama qilindi.