Yangiliklar
Saylovlar xalqning xohish-irodasini o'zida aks ettirib, davlat boshqaruvining demokratik tamoyillarga asosolangan odilona siyosatidan darak beradi. Bugun barcha joylarda bo'lgani kabi Jizzax viloyatida ham Fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o'tkazish borasidagi tayyorgarlik ishlari qizg'in olib borilmoqda. Bu jarayonda esa adliya boshqarmasi, tuman, shahar adliya bo'limlari xodimlari saylovni o'tkazishning huquqiy asoslari borasida yaqindan ko'mak berib kelmoqda. Joylarda tashkil etiliyotgan uchrashuvlarda saylovni tashkil etish va o'tkazishga mas'ul bo'lgan ishchi guruhlariga bu borada batafsil tushunchalar berib borilmoqda.
Milliy matbuot markazida Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashabbusi bilan, Yoshlar ishlari agentligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamkorligida oʼtkazilgan "Аssalom, Navroʼz — yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!" tanlovi gʼoliblarini tantanali taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi.
Tanlovda Jizzax viloyati yuridik texnikumi Sud huquqiy faoliyati 1-bosqich 8-21 guruh o'quvchisi Begimova Malika Doniyor qizi "Eng yaxshi she'r ijrosi" nominatsiyasi bo'yicha ishtirok etib, faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritdi va 5.000.000 mln so'm pul mukofoti bilan taqdirlandi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarma va bo'limlarining asosiy vazifasi qabul qilingan hujjatlarni mas'ullarga yetkazish, tushuntirish, amaliyotda qo'llashga ko'maklashish va nazorat qilishdan iborat bo'lishi belgilab berildi hamda sohani tartibga soluvchi huquqiy baza yaratilib, Davlat rahbari topshiriqlari ijrosini tashkil etish va nazorat qilishning mutlaqo yangi tizimi amaliyotga joriy etildi.
Shu munosabat bilan hamda joylarda Davlat rahbari topshiriqlari ijro holati yuzasidan Jizzax viloyat hokimligida O'zbekiston Respublikasi adliya vaziri o'rinbosari Muxammadiev Aktam Zayniddinovich tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini samarali tashkil etilishi yuzasidan seminar o'tkazildi.
O'tkazilgan seminarda viloyat hokimligi kotibiyatlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari hamda tuman (shahar) hokimliklarining ijro intizomiga mas'ul bo'lgan mutaxassislari ishtirok etdi.
Tahliliy-tanqidiy ruhda o'tkazilgan seminar yig'ilishi mobaynida Jizzax viloyati hokimligi va mutasaddi idoralar tomonidan bajarilishi lozim bo'lgan va "Ijrogov.uz" tizimida nazoratga olingan 997 ta Prezident hujjatlarida jami 7167 ta topshiriqlar mavjud ekanligi, shundan 5321 ta topshiriq bajarilganligi, shundan 1032 tasi muddatidan kech bajarilganligi hamda 8 ta topshiriqlar ijro muddati o'tgan bo'lsada bajarilmaganligi va tizimda nazoratdan olinmaganligi ta'kidlandi.
Bajarilmagan 8 ta topshiriqlar yuzasidan bajarilmaslik sabablari va omillari bo'yicha mutasaddi idoralar rahbarlarining izohlari eshitildi.
Shuningdek, seminar davomida adliya organlari tomonidan topshiriqlarning ijrosi ta'minlanishi bo'yicha huquqiy-uslubiy ko'mak berib borilishi hamda aniqlangan ijro intizomi buzilishi holatlari yuzasidan tegishli ta'sir choralari ko'rib borilishi alohida aytib o'tildi. Seminar ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.
Xulosa o'rnida aytishimiz mumkinki, davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek «Qonunlarni qabul qilish — bu ishning bir qismi, xolos. Asosiy masala — qonunlarning mazmun-mohiyatini xalqimizga va mas'ul ijrochilarga o'z vaqtida yetkazish, ularning ijrosini to'g'ri tashkil etish hamda qonun talablariga qat'iy amal qilishni ta'minlashdan iboratdir».
O’zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o'rinbosari Muxammadiev Aktam Zayniddinovich Sharof Rashidov tuman Ravot va Olmachi MFY hududidagi fermerlar bilan yuzma-yuz suhbat olib bordi. Uchrashuv davomida fermer xo‘jaliklari tomonidan yer bilan bog‘liq muammolari mavjudligi bildirib, ushbu masalaga amaliy yordam berishini so‘rab murojaat qilishdi.
Mazkur murojaatlar va takliflar inobatga olinib, fermerlar manfaatini himoya qilishga qaratilgan barcha choralarni ko‘rish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Mazkur uchrashuvdan so‘ng Aktam Zayniddinovich va boshqa mas’ullar ushbu hududdagi fermerlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida fermer va dehqon xo'jaliklarida bo'lishdi.
Ular faoliyati bilan bevosita tanishdi, amalga oshirilgan ishlarga guvoh bo'lishdi. Mazkur uchrashuvlardan ko'zlangan maqsad tadbirkor va fermerlarga huquqiy masalalarda yaqindan ko'mak berish, muammolarini bartaraf etish hisoblanadi.
Fuqarolarimiz turmush farovonligini yanada yaxshilash uchun ularning muammolarini joyiga chiqib bevosita oʻrganish va ijobiy hal qilish masalasi bugun har bir davlat organi vakili oldidagi muhim vazifa hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o'rinbosari Muxammadiev Aktam Zayniddinovich va viloyat adliya boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan birga Zarbdor tumanining olis hududlaridan bo'lgan "Adirobod" MFYda sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida 30 ga yaqin murojaat tinglandi. Xalqning o'z muammolari yechimini topishiga ishonch bilan kelganligi ularning ko'zlarida aks etib turibdi. Har bir muammo diqqat bilan tingladi. Mutasaddi idora vakillari bilan birgalikda muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish ishlari olib borildi.
Yangihayot ko'chasida yashovchi Mahfuza Jumaboeva nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma olishda amaliy yordam so'rab qilgan murojaati FHDYo idorasi tomonidan joyida ijobiy hal etildi.
Murojaatchilarning 10 nafarga yaqini tibbiyot sohasiga, 7 nafari bandlik masalasida, 4 nafari kadastr sohasiga, 8 nafari davlat xizmatlari sohasiga dahldor masalalar bilan yuzlandilar.
Bundan tashqari tadbirkorlik, bank-kredit, ijtimoiy himoya masalalarida o'z muammolari bilan kelgan fuqarolar murojaatlari ham tinglandi.
Barcha masalalarni ijobiy hal etish uchun yo'l bor. Ammo bu yo'l mas'uliyat, fidoyilik va mehnatni talab etadi. Kimki o'z dardi bilan emas balki xalq dardi bilan yashar ekan ana shu haqiqiy rahbardir.
Jizzax mintaqaviy o'quv markazida tahsil olayotgan tinglovchilar va markaz doimiy shahsiy tarkibi ishtirokida Ma'naviyat va ma'rifat mashg'ulotlari tashkil etildi. Unda Milliy gvardiya tizimida qabul qilinayotgan qonunchilikdagi o'zgarishlar, amalga oshirilayotgan huquqiy islohatlar yuzasidan va Milliy gvardiya xodimlariga qonunosti hujjatlar ijrosini ta'minlash majburiyatlari to'g'rida tushunchalar berish maqsadida Jizzax shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi yuristlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Mana shunday huquqiy targ'ibot tadbirlarini o'tkazishda doimiy ravishdagi amaliy hamkorlik uchun Jizzax viloyat addiya boshqarmasi rahbariyatiga tashakkurnoma taqdim etildi
Jizzaxda "Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) saylovini o'tkazishning tashkiliy va huquqiy asoslari" mavzusida seminar bolib o'tdi. Unda viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i Sh.Saidov tomonidan mazkur jarayonlarning huquqiy asoslari saylovni tashkil etishga mas'ul bo'lgan ishchi guruhlarga batafsil tushuntirib o`tildi.
G`allaorol tuman hokimligi majlislar zalida 4 ta sektor rahbarlari, sud raislari va adliya bo'limi boshlig`i ishtirokida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatiga oid qonunchilikdagi yangiliklar va o'zgartishlar muhokamasiga doir davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida sohaga oid qonunchilik hujjatlari muhokama qilindi.
Adliya vazirligi tomonidan eʼlon qilingan 15-martdan-15-maygacha “Sogʻliqni saqlash va taʼlim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiya doirasida Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi orqali “Eʼtiboringiz markazida” tok shousi tasvirga olindi. Dasturga adliya tizimi xodimlari va har ikkala soha vakillari taklif etildi. Koʻrsatuv 1-may kuni efirga uzatiladi.
Saylovlar xalqning xohish-irodasini o'zida aks ettirib, davlat boshqaruvining demokratik tamoyillarga asosolangan odilona siyosatidan darak beradi. Bugun barcha joylarda bo'lgani kabi Jizzax viloyatida ham Fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o'tkazish borasidagi tayyorgarlik ishlari qizg'in olib borilmoqda. Bu jarayonda esa adliya boshqarmasi, tuman, shahar adliya bo'limlari xodimlari saylovni o'tkazishning huquqiy asoslari borasida yaqindan ko'mak berib kelmoqda. Joylarda tashkil etiliyotgan uchrashuvlarda saylovni tashkil etish va o'tkazishga mas'ul bo'lgan ishchi guruhlariga bu borada batafsil tushunchalar berib borilmoqda.