Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

22
RADIO VIKTORINA

Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi FM 105,5 hamda 106.2 toʻlqinlarida "Yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlar" yuzasidan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan jonli efir tashkil etildi.

Shuningdek, jonli efir davomida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi mas'ul hodimi Iroda Ablakulova fuqarolarning  qiziqtirgan savollariga javob berdi.

21
Bosma nashrlarda huquqiy targ'ibot

"Jizzax haqiqati" gazetasining 21-dekabr sonida  Zarbdor tuman adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi I.Ismatovning "Elektron tijorat nima?" nomli maqolasi chop etildi.

20
ADLIYA ARALASHUVI BILAN...

Zarbdor tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli maktablardagi kadr bo‘yicha inspektorlar tomonidan razryad bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari hozirgi kungacha to‘lab berilmaganligi sababli ushbu pul mablag‘larini to‘lab berishda amaliy yordam ko‘rsatishni so‘rab yozgan birgalikdagi murojaatlari mutaxassislar ishtirokida o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.09.2019 yildagi 743-son qarorining 4-ilovasiga asosan, oliy ma’lumotli mutaxassislar, mutaxassislar va inspektorlarga 6 razryad yagona tarif setkasi bo‘yicha razryad belgilangan bo‘lsada, Zarbdor tuman Xalq ta’lim bo‘limiga qarashli 30 nafar umumta’lim maktablari kadrlar bo‘yicha inspektorlarga 3 razryad bo‘yicha hisoblanib 2020-2021 yillar davomida 463 429,0 ming so‘m hisoblanib to‘lanishi o‘rniga 367 595,1 ming so‘m hisoblanib to‘lanishi natijasida 95 833,9 ming so‘m kam hisoblanib to‘langan.

Mazkur holat yuzasidan tuman Xalq ta’limi bo‘limiga to‘lab berish yuzasidan taqdimnoma kiritilib 29 nafar xodimlarga 95 833,9 ming so‘m ish haqi to‘lab berildi.

Shuningdek, Zarbdor tumani adliya bo‘limi tomonidan Zarbdor tumani SJO va JSBda ishlovchi 20 nafar xodimlarning ushbu tashkilotdagi 2016-2018 yillardagi va undan oldingi mehnat faoliyati uchun foydalanilmay qolgan mehnat ta’tillari uchun kompensatsiya undirish to‘g‘risidagi murojaatlari o‘rganib chiqildi.

O’rganish natijasiga ko‘ra mutaxassislarning xulosalari olinib, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudiga ushbu xodimlarning manfaatida 20 ta arizalar kiritildi.

Sud qarorlariga asosan, har bir xodim uchun foydalanilmay qolgan mehnat ta’tillari uchun kompensatsiyalar undirilishi belgilandi va to‘lab berildi.

19
Sayyor qabul xalq manfaati uchun

Yangiobod tuman adliya bo'limi boshlig'i J.Abduxoliqov, Fuqarolik ishlari bo'yicha Zarbdor tumanlararo sudi raisi J.Esanov tomonidan Yangiobod tumani Yangiobod SHFYda sayyor qabul bo'lib o'tdi. Sayyor qabul davomida fuqarolar o'zlarining qiynab kelayotgan muammolari bilan murojaat qilishdi.Sayyor qabul yakunida Yangiobod tuman Balandchaqir MFY Saxovat ko'chasida yashovchi fuqaro Sh.Bekmurodov manfaatida Yangiobod tuman adliya bo'limi tomonidan “Tug'ilganlik faktini belgilash” haqidagi Fuqarolik ishlari bo'yicha Zarbdor tumanlararo sudiga kiritgan da'vo arizasi Sayyor sud tartibida ko'rib chiqilib qanoatlantirildi.

19
"Siz qonunni bilasizmi?"

Prezident ta'lim muassalari agentligi Jizzax viloyat hududiy bo'limi va Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hamkorligida Prezident ta`lim muassasalari tasarrufiga kiruvchi maktab, maktab internatlari va ijod maktabi o'quvchilari o'rtasida ularning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida "Siz qonunni bilasizmi?" ko'rik tanlovi tashkil etildi.

17
Xalq ishonchi muammolarga yechim

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari S.Raximov, Yangiobod tuman hokimi I.Qarshiboev, sektor rahbarlari bilan birgalikda "Yangiobod" ShFYda yashovchi fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi. Mahalladagi bilim va kasb o'rganishga ehtiyoji bor bo'lgan ishsiz yoshlar va xotin-qizlarga “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” asosida ishga joylashtirish hamda ijtimoiy yordam berish, uy-joy olishga ehtiyoji bor fuqarolarga uy-joy olish tartibi tushuntirilib va huquqiy maslahatlar berildi. Ishsizlik ortidan keladigan salbiy oqibatlar nafaqat bir inson taqdiri bilan bog'liq, balki jamiyat rivojiga ham salbiy ta'sir etuvchi omildir. Shu sabab yoshlarni va xotin-qizlarni o'qitish, shu bilan birga kasbga yo'naltirish uchun amaliy ishlarni yanada jonlantirish lozim. Viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari S.Raximov va bir guruh faollar uyma-uy kirgan holda aholi bilan yuzma-yuz muloqotlarga kirishdi. Kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga viloyat adliya boshqarmasining oziq-ovqat mahsulotlari va sovg'alari topshirildi. Xalq minnatdorligi va roziligiga erishish eng katta baxt.

17
Bozorlarda "Huquqiy profilaktika" tadbirlari amalga oshirilmoqda

Xalq orasiga yaqinroq kirib borish va ularga beminnat xizmat ko'rsatish bugun eng samarali tizim hisoblanadi.  Jizzax viloyat adliya boshqarmasi, Forish tuman adliya bo'limi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Forish tumanidagi "Osmonsoy" dehqon bozorida "Huquqiy profilaktika" tadbiri amalga oshirildi. Ushbu profilaktika tadbiri davomida fuqarolarga jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, unga qarshi kurashish, jinoyatni sodir etilishga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish, salbiy illatlarning huquqiy oqibatlari yuzasidan ma’lumotlar berildi. Shuningdek, xalqning uzog'ini yaqin qilish, mablag'i va vaqtini tejash maqsadida tadbir davomida davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi. Olis hududlarda bunday loyihalarning amalga oshirilishi aholi uchun ayni muddao.

16
Konstitutsiya-mustaqillik ramzi

Konstitutsiya mustaqilligimiz ramzidir. Konstitustsiya yurtimizdagi har bir fuqaroning huquqiy kafolati hisoblanadi. Konstitutsiyani o'rganish esa o'z huquqlarimizdan foydalana olishdir.
Shu sababdan, Konstitutsiyaga kiritilayotgan o'zgartirish va qo'shimchalar shuningdek, qonunchilikdagi yangiliklar haqida fuqarolarni xabardor qilish yuzasidan joriy yilning 14-dekabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyat hududiy boshqarmasida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'lim boshlig'i J.Karimov tomonidan huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Shuningdek seminarda fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun talablari bo‘yicha ham tushuntirish ishlari olib borildi va fuqarolarning seminar yuzasidan qiziqtirgan savollariga javob berildi.

15
Bosma_nashrlarda_huquqiy_targ'ibot

"Darakchi" gazetasining navbatdagi sonida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi Inson resurslari bo'limi bosh maslahatchisi Sherzod Qaynarovning "Yer uchastkalarini rasmiylashtirish tugatildimi?" nomli maqolasi chop etildi.

14
Sayyor qabul: xalq manfaati uchun

Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.
Shu jumladan, Jizzax viloyati adliya boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish bo‘yicha reja-grafikka asosan Mirzacho‘l tumani Paxtazor SHFYda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Raximov tomonidan sayyor qabul tashkil etilib shu hududda yashovchi fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Sayyor qabul davomida ko'plab fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning asosiy qismi huquqiy savodxonlikning yetishmasligi oqibatida yuzaga kelmoqda. Shu sabab har bir masalaga huquqiy tushuntirish berish, yo'l-yo'riq ko'rsatish orqali ham ularni bartaraf etish mumkin. Shu sabab dastlab eng ko'p murojaat kelib tushadigan masalalarni tartibga solib beruvchi qonun hujjatlari yuzasidan ma'lumotlar berib o'tildi.
Yechimi vaqt talab etadigan masalalar ish yurituviga olindi, mutasaddilar bilan birgalikda yechimini ta'minlash borasida ishlar tashkil etiladi.