Yangiliklar
Konstitusiyamiz mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimizning tinch-osuda, farovon hayotini ta'minlashning muhim asosidir. Uning hayotimizdagi o'rni va ahamiyatini keng targ'ib etish, aholi, ayniqsa, yoshlar ongu shuurida Vatanga sadoqat, qonunlarimizga hurmat tuyg'usini mustahkamlash maqsadida o'tkazilayotgan tadbirlar davomida fuqarolarning huquq va burchlari batafsil tushuntirib borilmoqda.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan turli hududlarda aholi orasida o'tkazilayotgan viktorinalar ham ularning Konstitutsiyamiz haqidagi bilimlarini yanada oshirmoqda.
Baxmal tumanidagi dehqon bozorida tashkil etilgan tadbir hudud aholisi tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi. Bosh Qomusimizdan o'rin olgan moddalar mazmun-mohiyati yuzasidan tashkil etilgan viktorina o'yinlarida yoshu-qari birdek faollik bilan ishtirok etdi.
Savollarga eng ko'p javob topa olgan ishtirokchilarga Konstitusiya kitobi va estalik sovg'alari taqdim etildi.
Shaxsiy kutubxonamizda Konstitusiyasi kitobining bo'lishi juda muhim. Huquq va erkinliklarimiz kafolati, majburiyatlarimiz va burchlarimizni har dam yodimizga solib turuvchi bunday ko'makchi bizning erkin va farovon hayotimiz asosidir.
Zarbdor tumanidagi 30-sonli o'rta ta'lim maktabi o'qituvchisi lavozimida ishlagan Xoliqova Saodat To'lqinovna tuman adliya bo'limiga ishdan bo'shatilgani va ish haqini undirish yuzasidan murojaat qildi.
Ushbu murojaat bo'yicha ko'rib chiqilib, S.Xoliqova bilan mehnat qonunchiligiga zid ravishda u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingani va ish haqlari asossiz ravishda berilmagani holati yuzasidan taqdimnoma kiritildi.
Taqdimnoma natijasiga ko'ra S.Xoliqova o'z ishiga tiklandi va noqonuniy bo'shatilganligi natijasida to'lanmay qolgan 1 oylik ish haqlari to'lab berilishi ta'minlandi.
To'lanmagan ish haqi undirib berildi
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 460-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasiga o'qishga qabul qilish va uni tashkil etish tartibi to'g'risida”gi Nizomning 9-bandiga muvofiq, magistraturada ishlab chiqarishdan ajralgan holda o'qish davrida magistratura tinglovchilarining egallab turgan ish o'rinlari (lavozimlari) va o'rtacha oylik ish haqi saqlab qolinishi belgilangan.
Zarbdor tumanidagi 3-sonli o'rta ta'lim maktabi ingliz tili o'qituvchisi Axmedov Abrorbek Raimqul o'g'li 2022 yil iyun oyda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchisi safiga qabul qilingan, biroq o'rtacha ish haqi saqlanmagan va to'lanmagan.
A.Axmedovning tuman adliya bo'limiga yozgan murojaati ko'rib chiqilib, kiritilgan taqdimnoma natijasiga ko'ra, unga 14.486.466 so'm ish haqi to'lab berilishi ta'minlandi.
Jizzax shahar adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsultilari N.Fayziyeva hamda A.Raxmatovlar tomonidan "Jamiyatda xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish chora tadbirlari to'g'risida" Jizzax viloyatining G'allaorol, Baxmal, Zomin, Sharof Rashidov, Forish tumanlari hamda Jizzax shahridagi mahallalarning "Xotin-qizlar faoli" lavozimida faoliyat ko'rsatayotgan xodimlar ishtirokida o'quv seminar tashkil etildi. Mamlakatimizda xotin-qizlarning o‘z imkoniyatlarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish, ularning haq-huquqlarini himoya qilish, ular uchun barcha shart-sharoitlarni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanganligi hamda qonunchilikda yaratilgan imkoniyatlar to'g'risida yig'ilish qatnashchilariga atroflicha tushuntirish berildi. Gender tenglikni ta’minlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish mamlakatimizda xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlar to'g'risida ham to'xtalib o'tildi. Jizzax shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti N.Fayziyeva tomonidan huquqiy maslahatlar berildi. O’zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida” Qonuni 16-17-moddalarida Davlat xizmati sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni, jumladan Davlat xizmatidagi lavozimlarni, shu jumladan rahbarlik lavozimlarini egallash uchun tanlovda xotin-qizlar va erkaklarning teng ravishda ishtirok etishini ta’minlash mustahkamlab qo‘yilganligiga alohida to'xtalib o'tildi. Yig'ilish qizg'in savol-javoblarga boy bo'ldi.
"Jizzax haqiqati" gazetasining 16-noyabr sonida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashevning "Qonun va ijro" rukni ostida "Davlat xizmatchilarining huquqiy kafolati" nomli maqolasi chop etildi.
Yangiobod tuman Adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan markazdan 15 km uzoqlikda joylashgan Balandchaqir MFY hududida sayyor qabul va targ'ibot ishlari olib borildi va bo'lim xodimlari tomonidan 12 ta davlat xizmatlari ko'rsatilib tushuntirishlar berildi.
Zafarobod tumanida tashkil etilgan viloyat hokimi sayyor qabulida viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari B.Pirxalov, tuman adliya bo'limi va DXM xodimlari ishtirok etishib, sohaga bog'liq bo'lgan murojaatlarni qabul qilishdi. Muammoli masalalarning yechim topilishi uchun fuqarolarga dastlab huquqiy tushuntirish berildi. Sababi huquqiy savodxonlikning yetishmasligi ham ko'pgina sarsongarchiliklarni yuzaga keltiradi. Yechimi vaqt talab etadigan va boshqa sohalar bilan bog'liq bo'lgan masalalar ish yurituviga olindi.
Sayyor qabul davomida hudud aholisiga 25 dan ortiq davlat xizmatlari
ko'rsatildi (suv hisoblagichini qiyoslovdan o'tkazish, bolani maktab
ta'lim muassasasiga navbatga qo'yish, elektron imzo kalitini olish,
fuqarolarni MOBIL-ID tizimidan ro'yhatdan o'tkazish, keksalar va
nogironligi bo'lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun
yo'llanmalar berish va xokazolar...) va fuqarolarga qonunchilikdagi
yangiliklar bo'yicha ham tushuntirishlar berildi.
Baxmal tuman adliya bo‘limi tomonidan Buloqboshi qishlog‘ida yashovchi fuqaro Y.Yaxshiboyevning oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lganligi sababli xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning oila a’zolariga moddiy yordam ajratilashi to‘g‘risida eshitganligi, shu sababli bir martalik yordam ko‘rsatishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati o'rganildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.03.2022 yildagi “Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-149-sonli qarorning 1-bandida 2022 yil 1 iyundan boshlab Rossiya Federatsiyasi, Turkiya Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasining ko‘rsatib o‘tilgan hududlarida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakillik instituti joriy qilinganligi, qarorning 1-ilovasida vazirlik huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakillari faoliyati tashkil etiladigan xorijiy davlatlar hududlari ro‘yxati belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra Rossiya Federatsiyasining 20ta viloyat(oblast)i ko‘rsatilgan.
Mazkur qarorning 8-bandida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining mablag‘lari hisobidan mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning oila a’zolariga yordam pullari va yo‘llanmalar berilishi nazarda tutilgan bo‘lib unga ko‘ra, yordam pullari berish uchun dastlab yordam pullari va yo‘llanmalar mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolar «Labor migration» dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi belgilangan.
O’rganish natijasiga ko‘ra, murojaatchining o'g'li Qarshiboyev Sirojiddin «Labor migration» dasturiy majmuasidan ro‘yxatdan o‘tganligi, tuman adliya bo’limi ko’magi bilan yordam pullari va yo‘llanmalarni olish uchun talabgorlar tuman Aholi bandligiga ko’maklashish markazidan mazkur dasturiy majmuasi orqali elektron tarzda murojaat qilishi ta’minlandi.
Shunga ko‘ra, bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilishi yuzasidan tegishli hujjatlar O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga yuborilganligi hamda yordam pullari Federatsiyaning jamg‘arma mablag‘lari hisobidan to‘lab berilishi ta'minlandi.
Ruslanbek Davletov Prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga asosan adliya vaziri Davletov Ruslanbek Quroltayevich Prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Ruslanbek Davletov 1980 yil 1 iyunda Xorazm viloyati Shovot tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, to‘rtta oliy ta’lim muassasasi, jumladan 2001 yilda Buyuk Britaniya Varvik universitetini, 2003 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini (magistratura), 2007 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
U mehnat faoliyatini 2001 yilda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi yetakchi mutaxassisi lavozimida boshlagan. Keyinroq mazkur qo‘mitaning bosh mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimlarida ishlagan.
2004—2012 yillarda Vazirlar Mahkamasining huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, 2012—2014 yillarda — Oliy sud qoshidagi sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish, sud tizimi mustaqilligini ta’minlash tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari, direktor v. b. lavozimlarida faoliyat olib borgan.
2014—2016 yillarda Prezident devonining Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik xizmatining Senat va Qonunchilik palatasi tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish sektori mudiri bo‘lgan.
R.Davletov Adliya vazirligi rahbariyatini 2017 yil avgustdan buyon boshqarib kelayotgandi.
Adliya vazirligi jamoasi Davletov Ruslanbek Quroltayevichni ushbu mas’uliyatli tayinlov bilan muborakbod etadi. Uning kelgusi ishlarida muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilaydi!
Joriy yilning 14 noyabr kuni Sharof Rashidov tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan Sharof Rashidov tuman moliya bo‘lumi, tuman G‘aznachilik bo‘limi tuman Qurlish bo‘limi hodimlariga O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 259-son Qarori, “Huquqiy axborot kuni” doirasida qonunchilikdagi yangiliklar, o‘zgartirishlar, fuqarolarga yaratilayotgan yengilliklar, imtiyozlar, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, huquqiy savodxonolikni oshirish, “Giyohvandlik” moddasi bilan bog‘liq jinoyatning oldini olish, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 595-sonli qarorlarning mazmun-mohiyati referendum bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari dasturi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
O‘tkazilgan targibot tadbiri davomida Sharof Rashidov tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan ishtirokchilarning savollariga huquqiy asoslantirilgan holda javoblar berildi.