Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

07
Barchasi inson manfaatlari uchun

Prezidentimizning joriy yil 17 martdagi “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko`rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi farmoniga ko`ra yuridik xizmat ko`rsatish markazlari, shahar, tuman davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari hamda FHDYo organlari barcha huquq va vakolatlarini saqlagan holda shahar, tuman adliya bo`limlari tuzilmasi va bo`ysunuviga o`tkazildi.
Jizzax viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan brifingda shu haqida batafsil ma’lumot berildi. – Davlatimiz rahbarining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to`g`risida” gi farmonida ixcham, professional, adolatli, yuqori natijadorlikka xizmat qiladigan davlat boshqaruvi tizimini joriy qilish belgilangan, – deydi viloyat adliya boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari Bekzod Pirxolov. – Bu tom ma’noda taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish borasidagi ilk qadamlardan biridir. Prezidentimizning mazkur qarori ham tizimdagi ishlar samardorligini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Brifingda “Adliya – shonli 30 yil!” deb nomlangan videorolik namoyish etildi.

06
Pedagoglar huquqlari tiklandi: Moddiy ragʻbat ish sifatini oshiradi

15-martdan 15-mayga qadar Adliya vazirligi tomonidan “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” oyligi deb e'lon qilingan. Mazkur oylik doirasida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ham keng koʻlamli amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jizzax viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi “Umid” maktab-internati direktorining rag'batlantirish pullari to'lab berilmayotganligidan norozi bo'lib yozgan murojaati o'rganib chiqildi. Natijada “Umid” maktab-internati direktoriga 2020-2021-o’quv yilida bitiruvchi o’quvchilarning 90 foiz qismi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o’qishga kirish hamda ishga joylashishi ko’rsatkichlari asosida jamg’arma mablag’lari hisobidan mehnatga haq to’lashning eng kam miqdorida bir martalik rag’batlantirish, shuningdek shahar kesimida tuzilgan reytingda maktab-internati 1-o’rinni egallagani uchun 2022-o’quv yili davomida lavozim okladiga nisbatan mos ravishda har oylik 30 foiz ustama hamda lavozim okladiga nisbatan 200 foiz miqdorda bir martalik moddiy rag‘batlantirish pullari to'lanmaganligi aniqlandi. Boshqarmaning Inson huquqlari boʻlimi aralashuvi bilan mazkur masala ijobiy tomonga hal etilib, toʻlanmay qolgan ustama va rag'bat pullari toʻlab berilishi ta'minlandi.

05
Jizzaxda “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” oyligi doirasidagi tadbirlar

Adliya vazirligining “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” yuzasidan joriy yilning 15-mart - 15-may kunlari sog‘liqni saqlash va ta`lim tizimi xodimlarining huquq va manfaatlariga rioya etish ahvolini o‘rganish yuzasidan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari rahbarligida ishchi guruh tuzilib, aksiya doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi.

I. Sog‘liqni saqlash va ta`lim tizimi xodimlarining huquqlarini tushuntirish bo‘yicha tashkil etilgan targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Aksiya doirasida boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan sog‘liqni saqlash va ta`lim tizimi xodimlari uchun belgilangan imtiyozlar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan 9 ta targ‘ibot materiallari to‘plami (2 ta slayd, 7 ta infografika) tayyorlandi.Sog‘liqni saqlash va ta`lim tizimi xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish boʻyish adliya organlari tomonidan 50 dan ortiq targʻibot tadbirlari amalga oshirildi.

Jumladan, joriy yilning mart oyida Zafarobod va Mirzacho‘l tuman tibbiyot birlashmalari xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha seminarlar o‘tkazildi. (Telekanallarda 2 ta, radioda 5 ta chiqishlar qilindi hamda 36 marotaba seminar va davra suhbatlari oʻtkazildi, veb-sahifa va ijtimoiy tarmoqlarda 100 marotabadan ziyod ma`lumotlar joylashtirildi)Murojaatlar bilan ishlash yoʼnalishi bo‘yicha

Adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga aksiya davomida fuqarolar tomonidan jami 84 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, mazkur murojaatlarning 76 tasi ko‘rib chiqilgan bo‘lib, shundan, 71 ta murojaat qanoatlantirilgan hamda 8 ta murojaat hozirgi kunda o‘rganib chiqilmoqda.

Jumladan, Sh.Rashidov tuman adliya bo‘limiga fuqaro L.Julbekova va boshqalarga birlashma tomonidan 2022-yilning 1-yanvar kuni navbatchilikka jalb qilingan bo‘lsalarda, birlashma tomonidan bayram kuni uchun qo‘shimcha pul mablag‘i to‘lab bermaganligidan norozi bo‘lib murojaat qilgan.

Vaholanki, Mehnat kodeksining 157-moddasida “Ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanishi, to‘lanadigan haqning aniq miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, — ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishishi belgilangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasiga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritilib, jami 103 nafar tibbiyot xodimlariga 30 mln

51 ming 444 so‘m pul mablag‘i to‘lab berilishi taminlandi.III. Qo‘llanilgan taʼsir choralari bo‘yicha

Adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan aksiya doirasida sog‘liqni saqlash va ta`lim tizimi xodimlarining huquq va manfaatlariga rioya etish ahvolini o‘rganish yuzasidan muntazam ravishda monitoringlar o‘tkazilib, monitoring natijasida aniqlangan qonun buzilish holatlari bo‘yicha tegishli ta`sir choralari kiritilmoqda.

Xususan, xalq ta`limi tizimi xodimlarining manfaati yuzasidan 6 ta taqdimnoma hamda sudlarga 80 ta 270,4 mln so‘mlik daʼvo arizalari kiritildi.

Jumladan, Zarbdor tuman adliya bo‘limi tomonidan Zarbdor tuman xalq ta’lim bo’limiga qarashli 32 ta umumiy o’rta ta’lim maktabining kadrlar bo’yicha menejerlarining, kadrlar bo’yicha menejer lavozimi uchun ish haqi 6-raziryad bo’yicha berilishi lozim bo’lsada 3-raziryad bo’yicha berilganligidan norozi bo’lib qilgan murojaatlari o’rganib natijasi yuzasidan ish haqini undirish to’g’risida Fuqarolik ishlari bo’yicha Zarbdor tumanlararo sudiga 39 ta jami 176,0 mln so‘mlik da`vo arizalari kiritildi.

Xuddi shu yo‘nalish bo‘yicha Zafarobod tuman adliya bo‘limi tomonidan

2 ta 2 mln 88 ming so‘mlik da`vo arizalari kiritildi.

Shuningdek, Zarbdor tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman tibbiyor birlashmalari xodimlariga to‘lanmasdan kelgan safar harajatlarini undirish bo‘yicha 11 ta 14,4 ming so‘mlik da`vo arizalari kiritildi.

Bundan tashqari, Zafarobod tuman adliya bo‘limi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 21.12.2005-yil “Tibbiyot xodimlari mexnatiga xaq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 276-sonli Qarori talablariga rioya qilinmaganligi natijasida 2 nafar tibbiyot xodimiga to‘lab berilmagan 2 mln. 081 ming 013 so‘m ustama mablag‘i tuman adliya bo‘limining taqdimnomasi asosida to‘liq undirilishi ta'minlandi.

Xuddi shunday, ta'lim tizimi xodimlarining manfaati yuzasidan 1 ta taqdimnoma kiritildi.IV. Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va o‘tkazilgan so‘rovnomalar boʼyicha

Olis va chekka hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan Oliy ma’lumotli sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlariga belgilangan ustamalarning o‘z vaqtida to‘lanishi ahvolini o‘rganish yuzasidan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga so‘rov xatlari chiqarilgan.

Аdliya organlari tomonidan o‘tkazilgan huquqiy monitoring sohada bir qator muammo va kamchiliklar borligini ko‘rsatdi.

Xususan, Vazirlar Mahkamasining 30.09.2019-yildagi 823-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 32-bandi, “Prezident maktablariga tanlov asosida qabul qilingan har bir o‘quvchi uchun tegishli umumta'lim muassasasining mos (tanlov, musobaqa, imtihon fanlari) fan o‘qituvchisi mazkur Nizomning 29-bandidan tashqari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan bazaviy tarif stavkasining ikki baravari miqdorida bir yo‘la mukofot puli to‘lash yo‘li bilan rag‘batlantirilishi mumkin” deb ko‘rsatilgan.

Jumladan, Zafarobod tuman xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 3-sonli umumta`lim maktabining yuqori natijaga erishgan 2 nafar pedagog xodimi rag‘batlantirilmagan.

Ya`ni, Zafarobod tuman xalq ta`limi bo‘limiga qarashli 3-sonli umumta'lim maktabining 4 nafar o‘quvchilari (X.Qo‘chqorov, R.Rustamov, M.Nuriddinov), 9 “a” – sinf o‘quvchisi M.Muhiddinovalar “Prezident maktabi”ga o‘qishga qabul qilingan bo‘lsada, sinf rahbari rag‘batlantirilmagan.

Mazkur holat bo‘yicha tuman xalq ta'limi bo‘limiga tuman adliya bo‘limi tomonidan taqdimnoma kiritilib, 2 nafar pedagog xodimning rag‘batlantirilishi ta'minlandi.

Aksiya doirasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha kelgusida qo’shimcha axborot berib boriladi.

04
Shaffoflik va ochiqlik nazorat va tartibni talab etadi

Jizzax viloyati prokuraturasida viloyat prokurori rahbarligida, viloyat ichki ishlar va viloyat adliya boshqarmalari boshliqlari, Bosh prokuratura huzuridagi IJQKD va MIB viloyat boshqarmasi boshliqlari, tuman (shahar) prokurorlari va ichki ishlar boʻlimi boshliqlari va boshqalar ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.02.2022-yildagi “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-138-son qarorining ijrosi, yer uchastkalaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini taʼminlash, yer qonunchiligiga rioya qilmaslikka barham berish, yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, jumladan noqonuniy qurilmalar qurish, shuningdek, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash holatlariga chek qoʻyish kabi masalalar tanqidiy-tahliliy koʻrib chiqildi.Viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Sh.Saidov oʻz maruzasida yer konunchiligidagi yangiliklar, bugungi kunda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bu borada hali hanuz noqonuniy qarorlar qabul qilish xolatlarining davom etayotganligi xususida toʻxtalib oʻtdi.

01
61 yoshida fuqarolik pasportiga ega boʻldi

Zafarobod tumani “Lolazor” mahallasida yashovchi 1961-yilda tugʻilgan fuqaro Umrzak Jurayevich Kenjayev 61 yildan buyon fuqarolik pasportiga ega boʻlmagan. Uning fuqarolik pasportini olish haqida turli idoralarga yoʻlgan murojaati rad etib kelingan. Zafarobod tuman Adliya boʻlimining bevosita aralashuvi bilan holat har tomonlama oʻrganilib, fuqaro U.Kenjayevning manfaatida tugʻilganlik faktini belgilash haqida fuqarolik ishlari boʻyicha Jizzax tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritildi. Natijada, sudning hal qiluv qaroriga asosan Umrzak Jurayevich Kenjayevning Samarqand viloyatida, 1961-yil 17-yanvarda - millati oʻzbek, Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan Norxol Ermanovadan tugʻilganlik fakti belgilandi. Fuqaroning yillar davomida hal etilmasdan kelayotgan muammosi qonuniy hal etilishi taʼminlandi.

31
“Baxmal hayoti” gazetasining 28-mart soni

“Baxmal hayoti” gazetasining 28-mart sonida tuman yuridik markazi bosh yuriskonsulti A.Ergashevning “Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy” sarlavhali maqolasi chop etildi. Bugunda jamiyatda ayollarga boʻlgan eʼtibor, xotin-qizlarning hayotda oʻz oʻrinlarini topib olishlariga qaratilgan koʻmak, bir soʻz bilan aytganda qonunchilikda ularga yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar hususida batafsil bayon etilgan.

30
Uy-joyingiz buzilishga tushdimi?

Bugungi kunda Respublikamizning barcha viloyat va shaharlarda ko‘p qavatli ko‘rkam binolar qurilishlari jadal olib borilmoqda. Qurilish bor joyda, buzilish xam bor.
X.Sulaymonova nomli Respublika sud ekspertizasi markazining (RSEM) Jizzax viloyat bo‘limida, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2018 yil 31 oktyabr kunidagi №337-um-son buyrug‘iga ko‘ra
2018 yil 1-noyabrdan boshlab korxona va tashkilotlarning hamda fuqarolarning arizalariga asosan buzilishga tushgan turar-joy va noturar joylarni baholash xizmati (mutaxassis fikri berish) yo‘lga qo‘yilgan.
Agarda sizning uy-joyingiz buzilishga tushgan bo‘lsa, bugungi kunda ish faoliyati olib borayotgan X.Sulaymonova nomli Respublika sud ekspertizasi markazining Jizzax viloyat bo‘limiga murojat qilishingiz mumkin.
Murojatning tartibi juda xam oson!
Kadastr xujjatingiz va pasportingiz bilan kelasiz, mutaxassis (sud ekspert) tomonidan kadastr xujjatingizdagi mavjud binolar yuzasidan o‘rganishlar olib boriladi va pullik xizmat narxi belgilanadi. Pullik xizmat narxi aniqlanishi binolarning soniga qarab belgilanadi, oddiy, o‘rta va murakkab. Turar va noturar binolarni baxolash bo‘yicha mutaxassis fikri uchun to‘lov o‘zaro kelishilgandan so‘ng esa Siz tomoningizdan ariza yoziladi, belgilangan to‘lovni murojatchi xoxlagan bankidan to‘lovni amalga oshirib to‘lov pattasini mutaxassisga topshiradi. Buzilishga tushgan turar yoki noturar joyni mutaxassis shaxsan ko‘zdan kechirishi uchun murojatchi tomonidan to‘siqsiz kirib ko‘rishiga barcha sharoitlar yaratilishi kerak. Mutaxassis va murojatchi ishtirokida ko‘zdan kechirish bayonnoma rasmiyldashtiriladi va mutaxassis fikri berish jarayoni boshlanadi. Mutaxassis fikri oddiy, o‘rta va murakkablik darajalariga qarab 10, 20 va 30 kun ichida amalga oshiriladi va murojatchiga topshiriladi.
Bu - muhim! Baholash tashkilotlarining hisobotlari RSEM bo‘limlari tomonidan berilgan mutaxassis fikri va ekspertizalarning o‘rnini bosa olmaydi.
Ekspertiza qat’iy prosessual qoidalar asosida, oldindan bila turib yolg‘on so‘zlaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilgan mustaqil shaxs tomonidan o‘tkaziladi.

X.Sulaymonova nomli RSEMning
Jizzax viloyat bo‘limi yetakchi eksperti B.T.Zulfiqorov

29
Vatanim_jondan_aziz

Joriy yilning 25-mart kuni bevosita Zafarobod tuman Adliya boʻlimining aralashuvi hamda USAID moliyaviy koʻmagida “WINROCK international”, viloyat “Istiqlol avlodi” ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy qoʻllab-quvvatlash markazi hamkorligidagi loyiha doirasida Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridan aldanish orqali odam savdosidan jabrlanib, qaltis hayotiy vaziyatga tushib qolgan 2 nafar Zafarobod tumanida yashovchi vatandoshlarimiz A.A. va J.A lar muvaffaqiyatli Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarildi.

28
Tezkor, qulay va samarali targʻibot

Jizzax teleradiokanali “Diyor yangiliklari” informatsion dasturida yuguruvchi titrlar orqali yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning aholi uchun dolzarb va qiziq boʻlgan asosiy jihatlari berib boriladi.
28-mart, soat 7:00, 13:00, 17:00, 19:00, 21:30 larda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori yuzasidan kerakli ma'lumotlar joylandi.

25
OCHIQ ADLIYA

#OchiqAdliya xeshtegi ostida Jizzax viloyat adliya boshqarmasida yoshlar uchun ochiq eshiklar kuni tadbiri tashkil etildi. Jizzax viloyat yuridik texnikumi oʻquvchilari, Yoshlar agentligi viloyat boshqarmasi yetakchilaridan iborat yoshlar jamoalari adliya tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Dastlab adliya boshqarmasi boshlig'i Sh.Saidov bilan ochiq davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbatida o'quvchilarda Adliya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma'lumotlar berildi va boshqarma boshlig'i tomonidan o'quvchilarning takliflari va savollari tinglanib atroflicha javob berildi.
Shundan so'ng, o‘quvchilar viloyat adliya boshqarmasidagi bo‘limlar faoliyati va ulardagi ish jarayonlari, xodimlarga yaratib berilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.Адлия бошқармасининг таркибий бўлимлари ходимлари томонидан ўз йўналиш фаолиятлари доирасида тушунчалар берилди. Ҳар бир йўналиш ҳуқуқий соҳага қизиқадиган ўқувчиларнинг эътиборидан четда қолмади. Шу билан бирга ёшлар қонунчиликдаги янгиликлар ва ўзгаришлар билан ҳам яқиндан танишишди. Shu bilan birga ishtirokchilarda adliya organlari haqida aniqroq tushunchalar hosil qilish uchun adliya tarixi bo'yicha videorolik hamda adliya organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar bo'yicha taqdimot namoyish etildi.