Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

15
Zarbdorda harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Zarbdor tumanida rahbarlar hamda muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Bekzod Tashpulatov, DXX  tuman bo‘limi boshlig‘i Umid Rahmatov, tuman prokurori Ravshan Masharipov, tuman IIB boshlig‘i Uyg‘un Sultonov, tuman Adliya bo‘limi rahbari Muzaffar Abdualimov hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari va yoshlar qatnashdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning kelgusidagi rejalari, ularni ish bilan ta’minlash, munosib bandlik yaratish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratish, yer olish tartibi hamda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda mavjud imtiyozlardan foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbirda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi va takliflari qo‘llab-quvvatlandi.

“Vatan oldidagi burchini sharaf bilan ado etib qaytgan har bir yigit jamiyatimizning tayanchi va yoshlarimiz uchun haqiqiy o‘rnakdir”, — deya ta’kidlandi.

Mazkur uchrashuv yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kelajagini ta’minlash hamda jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

14
Yashil makon

Ko‘chat ekish shunchaki tashabbus yoki bir kunlik aksiya emas. Uning tag zamirida inson va tabiat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni anglash, kelajak avlod oldidagi mas’uliyatni his etish kabi yuksak qadriyatlar, har bir ekilgan ko‘chat ortida yashil makon yaratish, tabiatni asrab-avaylash va inson salomatligini muhofaza qilishga bo‘lgan ezgu intilish mujassam.

Muhtaram Prezidentimizning 25.03.2026-yildagi “Yashil makon” umummilliy loyihasi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-47-son Farmoniga ko‘ra, amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi ezgu maqsadlarni o‘zida jam qilgan holda, bugungi kunda butun mamlakat miqyosida keng quloch yozmoqda.

Jumladan, Doʻstlik tuman adliya bo‘limi tomonidan "Saritepa" MFYda joylashgan otaliqqa olingan  3-sonli umumta’lim maktabi hovlisida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

13
Davlat xizmatlari markazi xalq xizmatida!

Paxtakor tuman Davlat xizmatlari markazi direktori T.Bektemirov tomonidan tuman markazidan 27 km uzoqlikda joylashgan Mingchinor mahallasida 10 ga yaqin fuqarolarga jami 2 turdagi 10 dan ortiq davlat xizmatlari sayyor tartibda ko'rsatildi.

Shuningdek, firibgarlikni oldini olish va unga qarshi kurashish, mahallada xavfsiz muhitni yaratish borasidan e'tibor berish kerak bo'lgan PQ 1-son qarorining mazmun mohiyati fuqarolarga tushuntirildi.

Fuqarolar qonunchilik tizimidagi yangiliklardan ham xabardor qilindi. Ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

10
#Markaziy_harbiy_okrug

Bugun Jizzax garnizoni harbiy qism harbiy xizmatchilari, SCHR batalyoni va adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda "Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni" doirasida "Mudofaa vazirligi delegatsiyasining chet el xizmat safarida boʻlishi xa chet el vakillarining vazirlik qoʻshinlariga tashrifi chogʻida maxfiylik rejimini taʼminlash" mavzusida profilaktik tadbir oʻtkazildi

Erkin muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda so‘zga chiqqanlar jahonning ba’zi davlatlarida sodir bo‘layotgan siyosiy notinchliklar, ularning asl mohiyati, shuningdek, yurtimizdagi tinchlikning qadriga yetish, fuqarolarni xavfsizligini ta’minlash, sodir etilayotgan huquqbuzarliklarga va maxfiylik rejiminiga alohida to‘xtalib, ularning oldini olish choralari  haqida zarur ma’lumotlar berishdi.

09
#Yoshlar_kuni

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hamda O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi tomonidan “Yoshlar o'rtasida vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirish kuni” doirasida bir guruh uyushmagan yoshlar bilan birgalikda vatanparvarlik ruhidagi “Buyuk Amir Temur” filmi tomosha qilindi. Mazkur filmning g'oyasi tarixchilar va psixologlar ishtirokida o'qituvchilar bilan birgalikda muhokama qilindi.

Shundan so'ng, o‘quvchilar viloyat adliya boshqarmasidagi bo‘limlar faoliyati va ulardagi ish jarayonlari, xodimlarga yaratib berilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Adliya boshqarmasining tarkibiy bo'limlari xodimlari tomonidan o'z yo'nalish faoliyatlari doirasida tushunchalar berildi. Har bir yo'nalish huquqiy sohaga qiziqadigan talabalarning e'tiboridan chetda qolmadi. Shu bilan birga yoshlar qonunchilikdagi yangiliklar va o'zgarishlar bilan ham yaqindan tanishishdi.

08
#Ochiq_adliya

Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

???? Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash instituti;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

08
"Yashil makon"

Ko‘chat ekish shunchaki tashabbus yoki bir kunlik aksiya emas. Uning tag zamirida inson va tabiat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni anglash, kelajak avlod oldidagi mas’uliyatni his etish kabi yuksak qadriyatlar, har bir ekilgan ko‘chat ortida yashil makon yaratish, tabiatni asrab-avaylash va inson salomatligini muhofaza qilishga bo‘lgan ezgu intilish mujassam.

Muhtaram Prezidentimizning 25.03.2026-yildagi “Yashil makon” umummilliy loyihasi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-47-son Farmoniga ko‘ra, amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi ezgu maqsadlarni o‘zida jam qilgan holda, bugungi kunda butun mamlakat miqyosida keng quloch yozmoqda.

Jumladan, Doʻstlik tuman adliya bo‘limi tomonidan "Saritepa" MFYda joylashgan otaliqqa olingan  3-sonli umumta’lim maktabi hovlisida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

07
Forish tuman adliya bo'limi tomonidan biriktirilgan maktab o'quvchilari ishtirokida Forish tuman o'lkashunoslik muzeyiga sayohat tashkil etildi.

Forish tuman o'lkashunoslik muzeyi Jizzax viloyatining boy tarixi, madaniyati va tabiatini o'zida aks ettiruvchi madaniy-ma'rifiy maskandir. Muzeyda hududning arxeologik topilmalari, etnografiyasi, qadimgi an'analar va tumanning rivojlanish tarixiga oid eksponatlar saqlanadi.

Mana shunday tarixiy topilmalar bilan yoshlarni tanishtirish ular qalbida o'tmishimizga bo'lgan xurmat tuyg'ularini shakllantirish, ota-bobolarimizning turmush tarzi va yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. Bunday madaniy-ma'rifiy tadbirlar o'quvchilarni yot g'oyalar ta'siriga tushmasligi, Vataniga sadoqati va yurtga bo'lgan mehrini yanada oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

06
“Yashil makon bilan yangi nafas”

Ko‘chat ekish shunchaki tashabbus yoki bir kunlik aksiya emas. Uning tag zamirida inson va tabiat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni anglash, kelajak avlod oldidagi mas’uliyatni his etish kabi yuksak qadriyatlar, har bir ekilgan ko‘chat ortida yashil makon yaratish, tabiatni asrab-avaylash va inson salomatligini muhofaza qilishga bo‘lgan ezgu intilish mujassam.

O‘tgan 2025-yilda Jizzax shahar adliya bo‘limi tashabbusi bilan Adliya vazirligi tomonidan otaliqqa olingan shahrimizdagi 2-son umumta’lim maktabi hovlisida “Adliya bog‘i” tashkil qilinib, 50 tupga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgan edi.

Muhtaram Prezidentimizning 25.03.2026-yildagi “Yashil makon” umummilliy loyihasi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-47-son Farmoniga ko‘ra, amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi ezgu maqsadlarni o‘zida jam qilgan holda, bugungi kunda butun mamlakat miqyosida keng quloch yozmoqda.

Shu sababli, shahar adliya bo‘limi tashabbusi bilan joriy yilda ham otaliqqa olingan 2-son umumta’lim maktabi hovlisiga 45 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

03
Eng yaxshi xodimlar aniqlandi

Adliya organlari xodimlari o‘rtasida 2025-yil yakunlariga ko‘ra tashkil etilgan kasbiy tanlov yakunlandi. Mazkur tanlov adliya tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini baholash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda eng munosib nomzodlarni aniqlashga qaratildi.  

Tanlov yuqori saviyada tashkil etilib, unda respublikaning barcha hududlaridan saralab olingan ishtirokchilar qatnashdi. Ishtirokchilar 4 ta nominatsiya — eng yaxshi adliya bo‘limi xodimi, davlat xizmatlari markazi xodimi, FHDY organi xodimi hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimi yo‘nalishlarida bellashdilar.

Mazkur tadbir orqali tizimda fidokorona mehnat qilayotgan xodimlar e’tirof etilib, ularning faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.