Yangiliklar
Adliya tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarning sog'lom, ham ruhan ham jismonan tetik bo'lishlari juda muhim. Sababi ular fuqarolar bilan ishlashda, kun davomida o'zlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishda ko'p energiya va resursdan foydalanishadi. SHu bois sohada xodimlarning turli yo'nalishlarda tibbiy ko'riklarini tashkil etish muntazam ravishda amalga oshirib boriladi.
Bu galgi tibbiy ko'rik viloyat ko'z kasalliklari shifoxonasida tashkil etildi. Axborot texnologiyalari asrida kun davomida kompyuter, android va gajetlardan muntazam foydalanish ko'z bilan bog'liq ba'zi muammolarni yuzaga olib chiqmoqda. Har bir kasallikni davolagandan ko'ra uni oldini olgan yaxshi. Tibbiy ko'rikda ishtirok etgan xodimlar malakali mutaxassislar tomonidan zamonaviy tibbiy uskunalar orqali tekshirilib kerakli xulosalarga ega bo'lishdi. Davo muolajalari va optik anjomlar zarur xodimlarga aniq tashxislar qo'yildi.
Markaziy harbiy okrugiga qarashli Jizzax garnizonidagi ma’naviyat va ma’rifat markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi mas’ul xodimlari, Jizzax viloyat adliya boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Jizzax garnizonidagi harbiy qismlar, Respublika Ixtisoslashtirilgan Ruxiy Salomatlik Ilmiy Amaliy tibbiyot markazining narkologiya bo‘limi hamkorligida “Kelajagingni asra – giyohvandlikdan uzoq bo‘l!” mavzusida harbiy xizmatchilar o'rtasida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Tadbir davomida viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy axborot sho‘basi boshlig‘i Sh.Sulaymonov tomonidan qonunchiligimizda harbiylarga, shuningdek, yoshlarga berilayotgan imtiyozlar, xususan, ta’lim, bandlik, tadbirkorlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi, viloyat soliq boshqarmasi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamkorligida Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyida yosh xodimlar hamda litsey o‘quvchi yoshlari ishtirokida “Yoshlarga oid davlat siyosati va yoshlarga berilayotgan imtiyozlar” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim, bandlik, tadbirkorlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Boshqarma boshlig‘i A.Ergashev tomonidan bo‘lajak o‘quvchilar uchun kerakli va aniq tavsiyalar berildi. Jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlash, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish eng ustuvor vazifa ekanligi ta'kidlandi.
Bu kabi ochiq muloqotlar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularni davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishga undashga xizmat qildi.
Jizzax shahar adliya bo'limi xodimlari tomonidan "Obod" MFYda sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda ishtirok etgan 32 nafardan ortiq fuqarolardan 22 nafari muammolari bilan murojaat qilishdi, ushbu murojaatlarning 14 tasiga joyida tushuntirish berilgan bo‘lsa, 8 tasi qonunchilik talablariga muvofiq o‘rganib chiqish uchun ish yurituvga qabul qilindi hamda fuqarolarga qonunchilikdagi yangiliklarga oid tarqatma materiallari tarqatildi.
Shu bilan birga, “mahalla yettiligi”gi a’zolariga Davlatimiz rahbarining 05.01.2026-yildagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son qaroriga asosan mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar va vazifalarning mazmuni haqida ham huquqiy tushuntirish berildi.
Bundan tashqari, “mahalla yettiligi”ga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazish va mahalla fuqarolar yig‘inida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda metodik yordam ko‘rsatilishi ta’minlandi.
Joriy yilning 25-mart kuni Baxmal tumani Mo’g’ol mahallasida viloyat adliya boshqarmasi boshligʻiga biriktirilgan nizoli oilalar salmogʻi yuqori boʻlgan mahallalarda sayyor qabul o’tkazish topshirig’i ijrosi yuzasidan Baxmal tuman adliya bo’lim boshlig’i O.Allayarov tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.
Adliya bo‘limi tomonidan sohaga oid murojaatlar qabul qilinib, ayrim murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi, o‘rganish talab qilingan murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.
Qabul davomida ishtirokchilarga aholining kundalik hayotida ko‘p uchraydigan huquqiy masalalar sodda, xalqchil tilda tushuntirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli Qarorining mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Paxtakor tuman Davlat xizmatlari markazi direktori T.Bektemirov hamda markaz xodimi J.Yaxshilikovlar tomonidan tumanning Buyuk ipak yo'li mahallasida 20 dan ortiq fuqarolarga jami 4 turdagi 30 ga yaqqin davlat xizmatlari sayyor tartibda ko'rsatildi.
Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan tadbirkorlarni davlat ro'yhatidan o'tkazishda "Biznesni 15 daqiqada boshlash" tamoyili doirasida xizmatlar ko'rsatilishi yuzasidan mahallada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga huquqiy tushuntirish berildi.
Fuqarolar qonunchilik tizimidagi yangiliklardan ham xabardor qilindi. Ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan Chuliyev Bekzod Oybek o‘g‘li Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan viloyat adliya boshqarmasida tashkil qilingan tadbirda boshqarma boshligʻi A.Ergashev lavozimga tayinlangan Chuliyev Bekzod Oybek o‘g‘lining tarjimai holi bilan tanishtirdi hamda adliya organlari oldida turgan sharafli va masʼuliyatli vazifani vijdonan bajarib, jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash yoʻlidagi ishlarida omad tiladi.
Adliya boshqarmasi jamoasi Chuliyev Bekzod Oybek o‘g‘lini ushbu tayinlov bilan samimiy tabriklaydi hamda kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.
"Bugun biz mamlakatimiz taraqqiyotining yangi davrida, inson qadri va manfaatlari har narsadan ustun etib belgilangan jamiyatda yashamoqdamiz. Muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlisga va O'zbekiston xalqiga yo'llagan Murojaatnomalarida belgilangan 6 ta eng muhim ustuvor vazifa barchamizdan yangicha tafakkur va yuksak mas'uliyatni talab etmoqda. Ayniqsa, “Korrupsiya – davlat va jamiyat taraqqiyotiga to'siq” ekani haqidagi qat'iy pozitsiya, bu illatning nafaqat iqtisodiyotimizga, balki millatimiz ma'naviyatiga, kelajagiga bo'lgan jiddiy xavf darajasini yaqqol ko'rsatib berdi",-deya ta'kidladi boshqarma boshlig'i A.Ergashev.
Xabaringiz bor korrupsiyadan holi tashkilot sifatida adliya tizimi ISO sertifikatiga ega tashkilot hisoblanadi. 2026-yil davomida Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada mustahkamlash, sohada shaffoflikni oshirish va "korrupsiyaga murosasizlik" tamoyilini qaror toptirish bo'yicha tizimli ishlar olib borildi. Asosiy e'tibor xizmat ko'rsatish jarayonlarini raqamlashtirish, kadrlar malakasini oshirish va ichki nazoratni kuchaytirishga qaratildi.
Bu borada 2026-yilgi asosiy yo'nalishlarni quyidagilarda ko'rishimiz mumkin.
Raqamlashtirish va shaffoflik: Adliya organlari tomonidan ko'rsatiladigan davlat xizmatlarida inson omilini kamaytirish maqsadida yangi elektron platformalar ishga tushirildi va mavjudlari modernizatsiya qilindi. Notariat va FHDY sohalarida korrupsiya xavfi mavjud jarayonlar to'liq avtomatlashtirildi.
Ichki nazorat va monitoring: vazirlikning "Komplaens-nazorat" bo'linmalari tomonidan xodimlarning faoliyati doimiy ravishda o'rganilib, korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi asosida profilaktik tadbirlar o'tkazildi.
Ochiqlik va jamoatchilik nazorati: Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha hududiy kengashlar faoliyati jonlantirilib, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda jamoatchilik nazorati kuchaytirildi, murojaatlar bilan ishlash tizimi shaffoflashtirildi.
Targ'ibot-tashviqot: Xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaning salbiy oqibatlarini tushuntirishga qaratilgan o'quv seminarlari va treninglar muntazam o'tkazib borildi. Bu ishlar endilikda muntazam davom ettirib boriladi.
Hurmatli hamkasblar! Biz huquqshunos degan sharafli va mas'uliyatli kasbni o'z zimmamizga olib, jamiyatda qonun ustuvorligi, adolat va ochiqlik kabi tamoyillarni qaror toptirish uchun sitqidildan xizmat qilmog'imiz, o'z burchimizni bajarmog'imiz lozim. Korrupsiya har qanday zamonda va har qanday makonda faqat va faqat jaholatga yetaklovchi salbiy illat sifatida qoralangan. Shunday ekan bu illatga doimo qarshi chiqishimiz, murosasiz ruhda bo'lishimiz lozim.
Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining 2026-yil 18-martdagi tegishli qaroriga asosan, 708 nafar fuqaroning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga nisbatan huquqlari qonuniy ravishda e’tirof etildi.
Mazkur qarorga muvofiq, fuqarolarning yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi hamda unda barpo etilgan bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqi belgilangan tartibda tan olindi.
Amalga oshirilayotgan ushbu ishlar natijasida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulklari qonuniylashtirilmoqda. Bu esa mulkiy nizolarni, meros bilan bog‘liq kelishmovchiliklarni kamaytirish, shuningdek, aholining huquqiy ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, bugungi kunga qadar viloyatda jami 4058 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etilgan. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
Jizzax yuridik texnikumi faollar zalida 2026-yilning 19-mart sanasida Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Ergashev bilan "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi.
Boshqarma boshlig‘i bo‘lajak yuristlarning jamiyatda qonunlarga hurmat, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish asosiy vazifamiz ekanligini taʼkidlab o‘tdi. Shuningdek, bugungi kunda taʼlim sifatini oshirish, xorijiy tillarni mukammal egallash, yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, berilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Ochiq muloqot shaklida o'tkazilgan uchrashuvda o‘quvchilar o‘z qiziqishlari, maqsad va kelajak rejalari haqida gapirib berishdi. Ularning har qanday ijobiy tashabbuslari rahbariyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi bildirildi.