Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

10
Mehnat migrantlari uchun huquqiy yordam

USAID moliyaviy ko'magida WINROCK international hamda Jizzax viloyati “Istiqlol Avlodi” ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy qo'llab-qo'vvatlash markazi hamkorligidagi “O'zbekiston Respublikasi, Jizzax viloyatida davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, hususiy soha vakillari va jamoatchilik yetakchilarining benefisiarlar xuquqlarini himoya qilish, mexnat migrantlari va odam savdosi jabrlanuvchilariga xizmat ko'rsatish hamda qo'llab-quvvatlash salohiyatini kuchaytirish” loyihasi doirasida Axborot resurs markazini ochish hamda o'zaro hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo'lib o'tdi.Mazkur tadbirda Sharof Rashidov tumani hokimi M.P.Xolbo'taev, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Terrorizmga qarshi kurash Bosh boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari N. I. Raximov, USAID “SMICA”, Winrock International (AQSH) loyihasi hududiy rahbari Eleanor Judith Valentine, Winrock International O'zbekiston Respublikasidagi filiali rahbari N. Saidkarimova, Jizzax viloyati “Istiqlol Avlodi” ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy qo'llab-qo'vvatlash markazi rahbari N.M.Kamalova, viloyat adliya boshqarmasi xodimlari hamda Jizzax viloyati Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo'yicha hududiy komissiya a'zolari ishtirok etishdi.Tadbir davomida Sh.Rashidov tumani hokimligi viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Winrock International O'zbekiston Respublikasidagi filiali, RIAM “Istiqbolli avlod” Jizzax viloyat bo'limi hamda Jizzax viloyati “Istiqlol Avlodi” ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy qo'llab-qo'vvatlash markazlari o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi izolandi. Memorandumga muvofiq odam savdosi jabrlanuvchilari, mexnat muxojirlari aholining extiyojmand qatlamidagilarni ijtimoiy himoyalash, mexnat muxojirlariga borayotgan mamalakati haqida batafsil ma'lumotlar berish hamda chet davlatda qaltis vaziyatga tushib qolgan O'zbeksiton Respublikasi fuqarolarini vatanga qaytarish borasida o'zaro hamkorlik haqida kelishib olindi.

Shu bilan birga, loyiha doirasida tuman hokimligi binosida Axborot resurs markazi ochildi. Mazkur resurs markazda migrantlar uchun xavfsiz migrasiya yo'llari, boradigan mamlakatlardagi migrantlarning xuquqlari, asosan ko'p boradigan mamlakatlardagi migrasiya qonunchiligi, odam savdosi qurboniga aylanish xavflari hamda milliy yo'naltirish mexanizmlari xaqida ma'lumotlar berib boriladi hamda odam savdosi bilan bog'liq masalalarni muhokama qilish uchun odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo'yicha hududiy komissisi a'zolarining muntazam uchrashuvlari o'tkaziladi.Shu kunnig o'zida Jizzax viloyati Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo'yicha hududiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Ushbu yig'ilishda, odam savdosi jabrlanuvchisi taxmini bilan Baxmal tumanidan (Qozog'iston Respublikasi) 2 nafar, Zomin tumanidan (Rossiya Federasiyasida) 1 nafar va Sh.Rashidov tumanidan (Rossiya Federasiyasida) 1 nafar fuqarolarning arizalari o'rganib chiqildi hamda O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini vatanga qaytarish bo'yicha tezkor choralar belgalandi. Bu borada viloyat adliya boshqarmasi tomonidan huquqiy muammolarni hal etishda doimiy hamkorlik olib borilishi ta'kidlab o'tildi.

09
"Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" tadbiri doirasida

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan "Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" tadbiri munosabati bilan Arnasoy tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatiladigan Arnasoy tuman tibbiyot birlashmasi hamda Arnasoy tuman 1-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar uchun seminar-trening tashkil etildi.Tadbir Arnasoy tuman tibbiyot birlashmasi vrachlari hamda hamshiralari bilan birlashma majlislar zalida seminar o‘tkazildi. Seminarda 2019 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rniga qaratilgan huquqiy himoya, huquqiy kafolat siaftida qabul qilinganligi va sohaga oid boshqa qonun hujjatlarining mazmun mohiyati tushuntirildi.Seminarni Arnasoy tuman 1-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari hamda Arnasoy taman Maktabgacha ta’lim bo‘limining mas’ul xodimlari N.Jumanazarova hamda I.Qo‘ldoshevalar ishtirokida davom ettirib xotin-qizlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi. O‘zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligida belgilangan imtiyozlar, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni qisqacha tushuntirilib o‘zlarini qiziqtirgan, hamda amaliyotda duch kelayotgan muammolari yuzasidan savollariga atroflicha javob berildi.

08
"Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" tadbiri doirasida

Tadbir doirasida Mirzacho'l tuman tibbiyot birlashmasi hamshiralari bilan ko'p tarmoqli markaziy poliklinikasi majlislar zalida seminar-trening o‘tkazildi.

Seminarda 2019 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida” O'zbekiston Respublikasining qonuni xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rniga qaratilgan huquqiy himoya, huquqiy kafolat siaftida qabul qilinganligi va sohaga oid boshqa qonun hujjatlarining mazmun mohiyati tushuntirildi.Seminar jarayonida, ishtirokchi xotin-qizlarga Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylari “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” deb e’lon qilinganligi, ushbu tadbirlar doirasida bir qator amaliy ishlar qilinishi, jumladan Xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida umummilliy imtihon o‘tkazilishi va uning tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi. Seminarni Mirzacho'l tuman Maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda Davlat xususiy sherikchiligi asosidagi xonadon bog'chalarining mudiralari bilan davom ettirib xotin-qizlarga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Xususan,  - O‘zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligida belgilangan imtiyozlar;

- O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonuni;

- O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni;

- O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni qisqacha tushuntirilib o'zlarini qiziqtirgan savollar bo'lsa istalgan vaqtda tuman adliya bo'limiga yoki telegram kanallari orqali savol bilan muorjaat qilishlari mumkinligi tushuntirildi. Seminar ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berilib, boshqa masalalarda huquqiy maslahatlar berildi.


07
Hech bir xotin-qiz o'z muammosi bilan o'zi yolg'iz qolmaydi

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan fevral va mart oylari "Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha dolzarb ikki oy" etib belgilangan. Shu munosabat bilan viloyat adliya boshqarmasi, sudlar, davlat xizmatlari markazi, sog'liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda Zomin tumanining "Pishog'or" MFYda xotin-qizlar uchun sayyor qabul hamda tibbiy ko'rik tashkil etildi. Ayollarning ijtimoiy muammolarini o'rganish va unga yechim topish maqsadida o'tkazilgan mazkur tadbirlarda 200 ga yaqin xotin-qizlar ishtirok etdi. 50 dan ziyod ayollar va qizlarning muammolari tinglanib, ularga huquqiy tushuntirishlar berildi. Amaliy yordam berilishi kerak bo'lgan masalalar nazoratga olindi. Endilikda mutasaddi idoralar bilan birgalikda yechimini topish choralari ko'riladi. Bugunda ayollar orasida kup uchrayotgan kasalliklar sababini aniqlash va uning oldini olishga qaratilgan samarali tadbirlardan biri tibbiy ko'riklarni tashkil etishdir. Shu maqsadda gnekolog, terapevt, endokrenolog, nevropotolog kabi mutaxassislarni o'zida jamlagan tibbiy guruh tomonidan mahalladagi xotin-qizlar uchun tibbiy ko'rik o'tkazildi. UZD va kardiogramma apparatlari orqali shikoyatlarning tashhislari aniqlandi. Davlat xizmatlari markazi tomonidan ko'chma xizmat ko'rsatish avtobusi orqali bir nechta ayollarga tushunchalar berildi va kerakli xizmatlar ko'rsatildi. Xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida qo'llanmalar tarqatildi. Zomin tumanining 50 dan ortiq umumta'lim maktablari o'qituvchilari ishtirokida "O'z huquqingizni bilasizmi" deb nomlangan viktorina tashkil etildi. Unda xayotimizda va faoliyatimizda uchraydigan xolatlarga eng to'g'ri huquqiy baho bergan ishtirokchilar g'olib bo'lishdi va viloyat adliya boshqarmasining estalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. Mazkur tadbirlardan tayyorlangan videolavhalar Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining "Maxsus reportaj" ko'rsatuvi orqali efirga uzatiladi.

04
"Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" tadbiri doirasida

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan "Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" tadbiri munosabati bilan Jizzax viloyati Adliya boshqarmasi Paxtakor tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi  G.Urakbaev tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan tibbiyot va ta’lim muassasalarida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar uchun seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 4-mart kuni, tadbir doirasida Paxtakor tuman xalq ta’limi boʻlimi tassarufidagi muassasa,31-son umumiy oʻrta ta’lim maktab majlislar zalida, 2-son maktabda, 2-son MTTda faoliyat yurituvchi hamda “Toshkent” MFYda yashovchi xotin-qizlar uchun seminar-trening o‘tkazildi. Tadbir jarayonida, ishtirokchi xotin-qizlarga Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylari “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” deb e’lon qilinganligi, ushbu tadbirlar doirasida bir qator amaliy ishlar qilinishi, jumladan Xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida umummilliy imtihon o‘tkazilishi va uning tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.Bundan tashqari, xotin-qizlarga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar bo‘yicha, ya’ni:

- O‘zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligida belgilangan imtiyozlar bo‘yicha;

- O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonuni boʻyicha;

    - O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni boʻyicha;

    - O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni boʻyicha;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori boʻyicha;

Jumladan, Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga beriladigan arzon uy-joylar to‘lovining 10 foizi Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi, talabgor ishlayotgan tashkilot va boshqa manbalar hisobiga boshlang‘ich badal sifatida hamda 90 foizi banklarning imtiyozli kreditlari hisobiga qoplanishi, mazkur masaladagi arizalar tuman hokimi boshchiligidagi hududiy komissiyaga berilishi;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  qarori boʻyicha;

Jumladan, "Ayollar daftari"ga kiritilgan va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan xotin-qizlarga BHMning 150 baravarigacha (40 500 000 so‘m) miqdorda, 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga kredit ajratilishi va ushbu kreditlar Mikrokreditbank, Agrobank va Xalq bankining tuman (shahar) filiallari orqali berilishi;

- ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy ta’lim muassasalari kirishda davlat granti asosidagi qabul doirasidagi tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berilishi;

-  viloyat hokimligi tomonidan belgilangan mezonlar asosida har yili o‘zining hududidan o‘qishga kirgan 25 nafardan hamda 2-4-kurslarda o‘qiyotgan 75 nafar, jami 100 nafar xotin-qizlar uchun to‘lov-kontrakt summasini to‘rt o‘quv yilining yakunlanishiga qadar to‘lab berishligi yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

03
"Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha dolzarb ikki oy"

Sharof Rashidov tuman adliya bo'limi tomonidan  tumandagi XTB ga qarashli 13-umumta'lim maktabida “Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha dolzarb ikki oy” tadbiri munosabati bilan xotin-qizlarning muammolarini aniqlash hamda ularning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida huquqiy targ'ibot tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirda, soha vakillari ham ishtirok etib, qabul qilingan qonun hujjatlarining mohiyati, ijrosi va axamiyati to'g'risida tushuntirishlar berildi.

02
TAYINLOV

Pirxalov Bekzod Tursunovich  - Adliya vazirining buyrug‘i bilan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

Pirxalov Bekzod Tursunovich 1983-yilda Jizzax viloyati G'allaorol tumanida tug‘ilgan, millati o'zbek, ma'lumoti oliy, 2013-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

Ma'lumot uchun, B.Pirxalov 2021-yildan buyon Jizzax viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Jizzax viloyati adliya boshqarmasi jamoasi Bekzod Tursunovichni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi!                                                                                                    

01
Yuridik xizmat sifatini yuqori bosqichga ko'tarish davr talabi

Jizzax viloyat adliya boshqarmasida hokimlik tizimi xodimlarining kasb malakasini oshirish bo'yicha seminar tashkil etildi. Mazkur tadbirda "E-qaror" elektron tizimiga kiritilgan qaror va farmoyishlarning qonun talablariga mosligi bo'yicha hududiy adliya bo'limlarida o'tkazilgan o'rganishlar muhokama etildi. Xolatni yaxshilash bo'yicha alohida tavsiyalar berildi. Mana shunday ochiq muloqotlar jarayonida fikr-mulohazalar o'rtaga tashlanadi, shundan kelib chiqib esa ishlarni samarali tashkil etish borasida vzifalar belgilanadi. Hokimliklar yuridik xizmati xodimlarining adliya boshqarmasi bilan hamkorligi faoliyatida kamchiliklarga yo'l qo'ymaslik uchun kafolatdir. Shu bilan birga Adliya vazirligi tomonidan “Eng yaxshi yuridik xizmat” respublika tanlovini e'lon qilinganligi, mazkur tanlovda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar barcha tashkilotlarning yuridik xizmatlari ishtirok etishlari mumkinligi, hujjatlar 15 fevraldan 15 martgacha qabul qilinishi haqida ma'lumot berildi.

28
"Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha dolzarb ikki oy"

Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda o'z huquqlarini tiklash uchun murojaat qilgan xotin-qizlarning muammolarini hal etish maqsadida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tok-shou tashkil etildi. Maqsad bir ayolning muammolariga yechim topish orqali uni baxtiyor etish. Mazkur ko'rsatuv 1-mart kuni efirga uzatiladi.                                                                      

25
"Xotin-qizlar huquqlari bo’yicha dolzarb ikki oy" doirasida sayyor qabul tashkil etildi

Bu galgi sayyor qabul aynan xotin-qizlar murojaatlarini qabul qilish maqsadida tashkil etildi. Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i Sh.Saidov boshchiligida ishchi guruhi tomonidan 10 nafar ayollarning muammolari tinglandi. Har bir ayol bu dunyoda baxtli bo'lishga haqli. Bu jihat aynan qonun bilan ham mustahkamlangan. Sababi ayol baxtli bo'lsagini jamiyat, davlat rivojlanadi. U atrofga mehr ko'zlari bilan qarasagina, komil insonlar tarbiyalay oladi. Har bir murojaatchining muammolari turfa xil. Ammo ularni birgina jihat huquqiy bilimning yetishmasligi, qonun hujjatlaridan bexabarligi birlashtirib turibdi. Muammolar diqqat bilan tinglanib, ularga qonuniy yechim topish maqsadida batafsil tanishish uchun barcha hujjatlar bilan tanishib chiqildi. Qizig'i ba'zi bir tashkilotlar tomonidan hal etilgan ayrim murojaatlarning ijrosi xali ta'minlanmagan. Masalan, D.N.turmush o'rtog'i bilan ajrashgandan so'ng bolalari uchun taminot pulini to'lash masalasidagi ishi xal etilib, ijroga qaratilgan bo'lsada xali umuman pul to'lanmagan. Barcha masalalar adliya boshqarmasining Inson huquqlari bo'limi tomonidan ish yurituviga qabul qilinib, ijobiy hal etilishi yuzasidan harakat boshlab yuborildi.