Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

02
3 - dekabr - Xalqaro nogironlar kuni

Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan o'tkaziladigan bugungi tadbirlar nogironlarga ijtimoiy yordam ko'rsatish, moddiy va manaviy qo'llab-quvvatlash, ularning jamiyatda o'z o'rinlarini egallashlariga imkoniyatlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada Muhtaram Prezidentimiz tomonidan nogironlarga ko'rsatilayotgan g'amxo'rlik, keng jamoatchilikning ham bu savobli ishlarda faol ishtirokining yorqin namunasidir.

Sharof Rashidov tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Ilg‘orjon Rashidov hamda tuman DXA, tumandagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xalq qabulxonasi xodimlari hamda mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda "Saraylik" MFY dagi nogironlar holidan xabar olindi. Ularga huquqiy tushuntirishlar, qonunchilikdagi nogironlarga berilgan imtiyozlar haqida atroflicha tushunchalar berildi.

01
"Assalom, Jizzax"da yuristlar

Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining "Assalom, Jizzax" dasturiga Sharof Rashidov tuman yuridik markazi bosh yuriskonsulti, 2- darajali yurist Nargiza Fayzieva taklif etildi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi keng nishonlanayotgan ayni kunlarda, bosh qomusimizning hayotimizdagi, turmush-tarzimizdagi ahamiyati va o'rnini xech bir narsa bilan qiyoslab bo'lmasligini ta'kidlashimiz lozim. Mazkur suhbatda  qomusimizning huquqiy asoslari hamda insonparvarlik tamoyillari bilan yo'g'rilgan moddalari oddiy, xalqchil tilda yoritib berildi. Ko'rsatuv 8-dekabr kuni, soat 7:00 da efirga uzatiladi.                                                                                                          

01
KONSTITUTSIYA -HUQUQLARIMIZ KAFOLATI

Zarbdor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan Jizzax viloyat adliya boshqarmasining 2021-yil 30-noyabr kungi 5-10/09-8//5287-son topshiriq xati ijrosi yuzasidan, tasdiqlangan grafik asosida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan tumandagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Konstitutsiya-huquqlarimiz kafolati” mavzusida dars o‘tildi.
Dars jarayonlarida an'anaviy va interfaol metodlardan foydalanib o‘quvchilarga Konstitutsiyamizning tarixi va huquqiy jihatlari, uning hayotimizdagi, turmush-tarzimizdagi ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.

30
Umummilliy Konstitutsiya imtihonida barcha ishtirok etishi mumkin

Forish tuman yuridik xizmat ko’rsatish markazi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2021 yil 29 oktabrdagi "Umummilliy Konstitutsiya imtihonini tashkil qilish va o'tkazish bo'yicha" chora-tadbirlari rejasi 5-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida, Forish tuman tibbiyot birlashmasida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tashkil qilingan Umummilliy Konstitutsiya imtihonini o'tkazish maqsadi, imtihonni o’tkazish tartibi, imtihonda O'zbekiston Respublikasining 15 yoshga to’lgan fuqarolari, ta]lim muassasalari o’quvchilari, davlat tashkiloti xodimlari va boshqa shaxslar ishtirok etishi mumkinligi, imtihonda ishtirok etish ixtiyoriy, bepul va barcha uchun ochiq xisoblanishi, imtihon topshirish shartlari va qo'lga kiritgan natijalariga asosan g’oliblar pul mukofoti bilan taqdirlanishi haqida targ’ibot tadbiri o’tkazildi. Shuningdek ishtirokchilarga test sinovlari va suhbat jarayoni Adliya vazirligining 8-dekabr.adliya.uz saytida o’tkazilishi tushuntirildi.


30
TV sharx

23-noyabr kuni“Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida dehqon ho'jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining “TV sharx” koʻrsatuvi mazkur qaror mazmun-mohiyatiga bag'ishlanadi. Ko'rsatuv 5-dekabr kuni 19:30 da efirga uzatilishi rejalashtirilgan. (Ayni paytda tasvirga olish ishlari boshlanmoqda)

29
Konstitutsiya bilimdonlari

Jizzax viloyat yuridik texnikumida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya bilimdoni” ko’rik tanlovi bo'lib o'tdi.
Tadbirda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i Shokir Saidov "Qomusimizning qabul qilinganligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan barchani tabriklab, bosh Qomusimizning yaratilish tarixi, unga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, Konstitutsiyaning jamiyatdagi muhim oʻrni va demokratik islohotlarning tayanchi ekanligi haqida atroflicha fikr bildirdi.


Tanlov  tanishtiruv, savol-javob va erkin mavzu kabi shartlar asosida bo’lib o’tdi.

Tanlovning yakuniy natijasiga ko’ra:

1-o’rinni 71 ball bilan 1-bosqich “Yuridik xizmat” yo’nalishining “Lavyers” jamoasi

2-o’rinni 70 ball bilan 1-bosqich “Davlat huquqiy faoliyat” yo’nalishining “Yuristlar” jamoasi

3-o’rinni 66 ball 1-bosqich “Sud-huquqiy faoliyat” yo’nalishining “Adolat” jamoasi egalladi.

Tadbir yakunida “Ommaviy-huquqiy fanlar” kafedrasi tomonidan o’tkazilgan “Konstitutsiya fan oyligi” doirasida faol ishtirok etgan bir guruh o’quvchilar texnikum direktori Abror Idiboyev tomonidan faxriy yorliq va diplom bilan taqdirlandilar.


Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi



26
Korrupsiya islohotlar tanazzuli

Korrupsion vaziyatni tahlil qilishdan oldin eng avvalo “korrupsiya o’zi nima?” “korrupsiyani qanday omillar keltirib chiqaradi?” degan savollarga to’xtalib o’tishimiz maqsadga muvofiq hisoblanadi. Jamiyatdagi aksar hollarda insonlar ongida "korrupsiya" so'zi "pul" va "poraxo'rlik" tushunchalari bilan talqin qilinadi. Yuridik manbalarga nazar tashlaydigan bo'lsak, korrupsiyaga faqat pora olish yoki berish emas, balki xizmat vaqtida tovlamachilik, firibgarlik, mulkni o‘zlashtirish, fitna qilish, xushomadgo‘ylik, qarindoshchilik, sovg‘a olish va berish faoliyatlari ham kiradi. Bu vaziyatni umumiy qilib, mansabdor shaxsning qonunchilik va axloqqa zid ravishda o‘zining boshqaruv vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfaatlar yo'lida foyda olishidir deya izohlasak also mubolag’a qilmaymiz. Korrupsion holatni vaqtida bartaraf etmaslik mamlakatni tanazzul sari yetaklovchi eng katta omillardan biri bo’lib hisoblanadi. Bu haqida mashhur iqtisodchi olim Berdhen o'z fikrini quyidagicha talqin qilgan, xususan, makroiqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichiga eng katta salbiy to‘lqinni olib kiruvchi omil aynan korrupsiya hisoblanadi. 

Korrupsiyaning iqtisodiy jabhalarga kirishi natijasida quyidagi holatlar kelib chiqishi ehtimoldan holi emas:

  • mamlakatda pul mablag‘larini va resurslarini to'g'ri taqsimlanmasligi va noto'g'ri sarflanishi;
  • biznes faoliyatini olib borishda vaqt va xarajatlarning keskin ortib ketishi;
  • iqtisodiyotda narx-navoning o‘sishi;
  • turli sohalarda raqobat muhiti yomonlashuvi va o'rnatilgan qonun-qoidalarga hammaning birdek amal qilmasligi;
  • yashirin iqtisodiyot o‘sishi va soliq to'lovchilardan tushadigan pul tushumlarining kamayishi;
  • mamlakat miqyosida investitsion muhitning yomonlashishi, investitsiyalar oqimining kamayishi va umuman mamlakat iqtisodiyoti samaradorligining pasayishiga olib keladi.

Korrupsiyaning iqtisodiy jabhalarga kirishi natijasida quyidagi holatlar kelib chiqishi ehtimoldan holi emas:
  • mamlakatda pul mablag‘larini va resurslarini to'g'ri taqsimlanmasligi va noto'g'ri sarflanishi;
  • biznes faoliyatini olib borishda vaqt va xarajatlarning keskin ortib ketishi;
  • iqtisodiyotda narx-navoning o‘sishi;
  • turli sohalarda raqobat muhiti yomonlashuvi va o'rnatilgan qonun-qoidalarga hammaning birdek amal qilmasligi;
  • yashirin iqtisodiyot o‘sishi va soliq to'lovchilardan tushadigan pul tushumlarining kamayishi;
  • mamlakat miqyosida investitsion muhitning yomonlashishi, investitsiyalar oqimining kamayishi va umuman mamlakat iqtisodiyoti samaradorligining pasayishiga olib keladi.

Korrupsiyani ko'pincha gidra bilan solishtirilishiga qaramay, ushbu hodisaga qarshi kurashishning juda samarali usullari mavjud, bu jahon amaliyotida muvaffaqiyatli isbotlangan. Korrupsiyaga qarshi kurashmaslik uni qo'llab-quvvatlash demakdir va bunday harakatsizlikning halokatli oqibatlari jamiyatning barcha jabhalarida yuzaga kelishini hisobga olsak, bu “ichki dushman”ga qarshi kurashish muammosi har qanday davlatda mavjud. Shuning uchun korrupsiya sabablarini o'rganish juda muhim - axir, nafaqat korrupsiyaning o'zi, balki korrupsiyaga sabab bo'luvchi omillar bilan ham kurashish kerak. Korrupsiya nima ekanligini tushunib, ushbu hodisani va boshqa mamlakatlarning unga qarshi turish tajribasini o'rganib, bilimga ega bo'lishimiz lozim. Asosiysi, insonlar ongida huquqiy madaniyatni rivojlantirish orqali jamiyatdagi korrupsion holatni yuzaga kelishini qaysidir ma'noda oldi olinishiga xizmat qilgan bo'lamiz.


Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti

Yoqubjonova M.V

25
Jizzax viloyati yuridik texnikumida "Yuksalish" umummilliy harakati va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Tadbirni texnikum direktori A.Idiboyev ochib berdi. 

Shuningdek tadbirda Harakatning Jizzax viloyati hududiy bo'linmasi rahbari X.Abduniyazov ishtirok etib "Yuksalish" umummilliy harakati yoshlarning sa'y-harakatlari va kuchlarini safarbar etish borasida BMTning Bolalar jamg'armasi (UNICEF) bilan "U-Report " hukumat va yoshlar o'rtasidagi muloqot o'rnatishga ko'mak beradigan innovatsion platforma haqida ma'lumotlar berib o'tdi. Tadbir davomida o'quvchilar e'tiboriga "Yuksalish" umummilliy harakati haqida tayyorlangan videorolik namoyish etildi. 

Tadbir so'nggida o'quvchilar o'rtasida viktorina o'tkazildi. G'olib bo'lgan o'quvchilar tadbir tashkilotchilari tomonidan esdalik sovg'a bilan taqdirlandi.

24
Qonun hujjatlari targ‘iboti radio orqali yetkazilmoqda

Joriy yilning 22-oktyabr kuni “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora - tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori qabul qilindi. Qarorning mazmun-mohiyati, ahamiyati hamda mamlakatimizda normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish borasida olib borilayotgan ishlar hususida suhbatlashish uchun Gʻallaorol tuman adliya boʻlimi boshligʻi Farruh Mirzayev “Jizzax” radiosining “Intervyu” eshittirishiga taklif etildi.

23
Huquqiy bilim muvaffaqiyat kaliti

Huquqiy savodxonlik mehnat faoliyatidagi har qanday to'siqlarga qarshi tura oladigan kuchli quroldir. Shu sabab o'z huquqlarimizni yaxshi bilishimiz foydadan holi emas. Bugunda yuridik markazlar o'zlari xizmat ko'rsatadigan tashkilotlarning xodimlari o'rtasida mana shunday targ'ibot tadbirlari olib bormoqdaki, natijada ular orasida ish faoliyatida yuzaga kelayotgan turli muammoli vaziyatlar, savollarga shu yerda javob topilmoqda.

Zomin tuman tibbiyot birlashmasida tuman yuridik xizmat ko'rsatish bosh yuriskonsulti S.Ummatqulov tomonidan targ'ibot tadbiri o'tkazildi? Unda amaldagi sohaviy qonunchilik talablari bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, yaqinda qabul qilingan “Aholiga tibbiy xizmatlar koʻrsatish sifatini yaxshilash va sogʻliqni saqlash sohasida kadrlar salohiyatini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori mazmun-mohiyati haqida ham atroflicha tushuncha berildi.