Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Янгиликлар

01

Jizzax viloyati adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.




Adliya vazirining buyrug‘i bilan Ergashev Akmal Mamarasulovich Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

A. Ergashev 1989 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 2010 yilda Toshkent davlat yuridik institutini bakalavr, 2012 yilda magistratura bosqichini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

U adliya organlaridagi mehnat faoliyatini 2013 yilda Adliya vazirligi Qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish bosh boshqarmasi Toshkent shahar hududiy bo‘limi Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari, prokuratura organlari faoliyatida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish sektori yetakchi maslahatchisi lavozimidan boshlab, vazirlik tizimida turli lavozimlarda ishlagan.

A. Ergashev shu kunga qadar Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Adliya boshqarmasi jamoasi Ergashev Akmal Mamarasulovichni ushbu tayinlov muborakbod etadi. Uning kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilaydi.