Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008
16.05.2022

Jizzax viloyati adliya boshqarmasi tizimidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot

ADLIYA ORGANLARI VA MUASSASALARI XODIMLARI
DIQQATIGA

Jizzax viloyati adliya boshqarmasida ichki tanlov o‘tkazish to‘g‘risida

E’LON

Ichki tanlov o‘tkazilayotgan lavozimlar:

Hudud nomi

Lavozim

Adliya bo‘limi boshlig‘i

Davlat xizmatlari markazi boshlig‘i

1.

Jizzax shahar

1

2.

Arnasoy tumani

1

3.

Zomin tumani

1

4.

Zarbdor tumani

1

1

5.

Yangiobod tumani

1

1

Ichki tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlarga qoʻyiladigan lavozim boʻyicha talablar;

·                         adliya boʻlimi boshligʻi lavozimiga – oliy yuridik maʼlumotga ega, ushbu mutaxassislik boʻyicha adliya organlari va muassasalarida kamida 3 yildan buyon ishlab kelayotgan, mehnat unumdorligi va samaradorlik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan xodimlar;

·                        davlat xizmatlari markazi direktori lavozimiga – oliy maʼlumotga ega, adliya organlari va muassasalarida kamida 3 yildan buyon ishlab kelayotgan, mehnat unumdorligi va samaradorlik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan xodimlari.

 

Mazkur talablar amalda ushbu lavozimda ishlayotgan xodimlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.

Murojaat muddati va manzil:

      Nomzodlar quyidagi hujjatlarni Jizzax viloyati adliya boshqarmasi Inson resurslari bo‘limiga taqdim etishlari so‘raladi:

Ariza - ichki tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar eʼlonda koʻrsatilgan muddatda komissiya kotibiga murojaat qiladi va komissiya kotibi ularni elektron reestrga kiritib qoʻyadi.

Nomzod tomonidan bir yil davomida amalga oshirgan ishlari qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha berilgan takliflari va tashabbuskorlik ishlari, statistik koʻrsatkichlari aks etgan ma’lumotlar.

 

Nomzod bo‘sh (vakant) lavozimlarga tanlov o‘tkazish haqidagi e’londa ko‘rsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish mumkin.

 

Ma’lumot uchun telefon, 90-296-19-94, e-pochta Jizzax@adliya.uz

·     Tanlov Jizzax viloyati adliya boshqarmasi yoki Jizzax viloyat yuridik texnikumi binosida o‘tkaziladi.

·  Ichki tanlov jarayonlarini audio  va  videoyozuvlarda qayd etib boriladi.

Ichki tanlov o‘tkazish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.

Рўйҳатга қайтиш