Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

13
Davlat xizmatlari markazi xalq xizmatida!

Paxtakor tuman Davlat xizmatlari markazi direktori T.Bektemirov tomonidan tuman markazidan 27 km uzoqlikda joylashgan Mingchinor mahallasida 10 ga yaqin fuqarolarga jami 2 turdagi 10 dan ortiq davlat xizmatlari sayyor tartibda ko'rsatildi.

Shuningdek, firibgarlikni oldini olish va unga qarshi kurashish, mahallada xavfsiz muhitni yaratish borasidan e'tibor berish kerak bo'lgan PQ 1-son qarorining mazmun mohiyati fuqarolarga tushuntirildi.

Fuqarolar qonunchilik tizimidagi yangiliklardan ham xabardor qilindi. Ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

10
#Markaziy_harbiy_okrug

Bugun Jizzax garnizoni harbiy qism harbiy xizmatchilari, SCHR batalyoni va adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda "Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni" doirasida "Mudofaa vazirligi delegatsiyasining chet el xizmat safarida boʻlishi xa chet el vakillarining vazirlik qoʻshinlariga tashrifi chogʻida maxfiylik rejimini taʼminlash" mavzusida profilaktik tadbir oʻtkazildi

Erkin muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda so‘zga chiqqanlar jahonning ba’zi davlatlarida sodir bo‘layotgan siyosiy notinchliklar, ularning asl mohiyati, shuningdek, yurtimizdagi tinchlikning qadriga yetish, fuqarolarni xavfsizligini ta’minlash, sodir etilayotgan huquqbuzarliklarga va maxfiylik rejiminiga alohida to‘xtalib, ularning oldini olish choralari  haqida zarur ma’lumotlar berishdi.

09
#Yoshlar_kuni

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hamda O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi tomonidan “Yoshlar o'rtasida vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirish kuni” doirasida bir guruh uyushmagan yoshlar bilan birgalikda vatanparvarlik ruhidagi “Buyuk Amir Temur” filmi tomosha qilindi. Mazkur filmning g'oyasi tarixchilar va psixologlar ishtirokida o'qituvchilar bilan birgalikda muhokama qilindi.

Shundan so'ng, o‘quvchilar viloyat adliya boshqarmasidagi bo‘limlar faoliyati va ulardagi ish jarayonlari, xodimlarga yaratib berilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Adliya boshqarmasining tarkibiy bo'limlari xodimlari tomonidan o'z yo'nalish faoliyatlari doirasida tushunchalar berildi. Har bir yo'nalish huquqiy sohaga qiziqadigan talabalarning e'tiboridan chetda qolmadi. Shu bilan birga yoshlar qonunchilikdagi yangiliklar va o'zgarishlar bilan ham yaqindan tanishishdi.

08
"Yashil makon"

Ko‘chat ekish shunchaki tashabbus yoki bir kunlik aksiya emas. Uning tag zamirida inson va tabiat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni anglash, kelajak avlod oldidagi mas’uliyatni his etish kabi yuksak qadriyatlar, har bir ekilgan ko‘chat ortida yashil makon yaratish, tabiatni asrab-avaylash va inson salomatligini muhofaza qilishga bo‘lgan ezgu intilish mujassam.

Muhtaram Prezidentimizning 25.03.2026-yildagi “Yashil makon” umummilliy loyihasi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-47-son Farmoniga ko‘ra, amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi ezgu maqsadlarni o‘zida jam qilgan holda, bugungi kunda butun mamlakat miqyosida keng quloch yozmoqda.

Jumladan, Doʻstlik tuman adliya bo‘limi tomonidan "Saritepa" MFYda joylashgan otaliqqa olingan  3-sonli umumta’lim maktabi hovlisida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

07
Forish tuman adliya bo'limi tomonidan biriktirilgan maktab o'quvchilari ishtirokida Forish tuman o'lkashunoslik muzeyiga sayohat tashkil etildi.

Forish tuman o'lkashunoslik muzeyi Jizzax viloyatining boy tarixi, madaniyati va tabiatini o'zida aks ettiruvchi madaniy-ma'rifiy maskandir. Muzeyda hududning arxeologik topilmalari, etnografiyasi, qadimgi an'analar va tumanning rivojlanish tarixiga oid eksponatlar saqlanadi.

Mana shunday tarixiy topilmalar bilan yoshlarni tanishtirish ular qalbida o'tmishimizga bo'lgan xurmat tuyg'ularini shakllantirish, ota-bobolarimizning turmush tarzi va yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. Bunday madaniy-ma'rifiy tadbirlar o'quvchilarni yot g'oyalar ta'siriga tushmasligi, Vataniga sadoqati va yurtga bo'lgan mehrini yanada oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

06
“Yashil makon bilan yangi nafas”

Ko‘chat ekish shunchaki tashabbus yoki bir kunlik aksiya emas. Uning tag zamirida inson va tabiat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni anglash, kelajak avlod oldidagi mas’uliyatni his etish kabi yuksak qadriyatlar, har bir ekilgan ko‘chat ortida yashil makon yaratish, tabiatni asrab-avaylash va inson salomatligini muhofaza qilishga bo‘lgan ezgu intilish mujassam.

O‘tgan 2025-yilda Jizzax shahar adliya bo‘limi tashabbusi bilan Adliya vazirligi tomonidan otaliqqa olingan shahrimizdagi 2-son umumta’lim maktabi hovlisida “Adliya bog‘i” tashkil qilinib, 50 tupga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgan edi.

Muhtaram Prezidentimizning 25.03.2026-yildagi “Yashil makon” umummilliy loyihasi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-47-son Farmoniga ko‘ra, amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi ezgu maqsadlarni o‘zida jam qilgan holda, bugungi kunda butun mamlakat miqyosida keng quloch yozmoqda.

Shu sababli, shahar adliya bo‘limi tashabbusi bilan joriy yilda ham otaliqqa olingan 2-son umumta’lim maktabi hovlisiga 45 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

03
Eng yaxshi xodimlar aniqlandi

Adliya organlari xodimlari o‘rtasida 2025-yil yakunlariga ko‘ra tashkil etilgan kasbiy tanlov yakunlandi. Mazkur tanlov adliya tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini baholash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda eng munosib nomzodlarni aniqlashga qaratildi.  

Tanlov yuqori saviyada tashkil etilib, unda respublikaning barcha hududlaridan saralab olingan ishtirokchilar qatnashdi. Ishtirokchilar 4 ta nominatsiya — eng yaxshi adliya bo‘limi xodimi, davlat xizmatlari markazi xodimi, FHDY organi xodimi hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimi yo‘nalishlarida bellashdilar.

Mazkur tadbir orqali tizimda fidokorona mehnat qilayotgan xodimlar e’tirof etilib, ularning faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

02
Adliya tizimi xodimlari uchun tibbiy ko'rik tashkil etildi

Adliya tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarning sog'lom, ham ruhan ham jismonan tetik bo'lishlari juda muhim. Sababi ular fuqarolar bilan ishlashda, kun davomida o'zlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishda ko'p energiya va resursdan foydalanishadi. SHu bois sohada xodimlarning turli yo'nalishlarda tibbiy ko'riklarini tashkil etish muntazam ravishda amalga oshirib boriladi.

Bu galgi tibbiy ko'rik viloyat ko'z kasalliklari shifoxonasida tashkil etildi. Axborot texnologiyalari asrida kun davomida kompyuter, android va gajetlardan muntazam foydalanish ko'z bilan bog'liq ba'zi muammolarni yuzaga olib chiqmoqda. Har bir kasallikni davolagandan ko'ra uni oldini olgan yaxshi. Tibbiy ko'rikda ishtirok etgan xodimlar malakali mutaxassislar tomonidan zamonaviy tibbiy uskunalar orqali tekshirilib kerakli xulosalarga ega bo'lishdi. Davo muolajalari va optik anjomlar zarur xodimlarga aniq tashxislar qo'yildi.

01
“Kelajagingni asra – giyohvandlikdan uzoq bo‘l!” mavzusida harbiy xizmatchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi!

Markaziy harbiy okrugiga qarashli Jizzax garnizonidagi ma’naviyat va ma’rifat markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi mas’ul xodimlari, Jizzax viloyat adliya boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Jizzax garnizonidagi harbiy qismlar,  Respublika Ixtisoslashtirilgan Ruxiy Salomatlik Ilmiy Amaliy tibbiyot markazining narkologiya bo‘limi hamkorligida “Kelajagingni asra – giyohvandlikdan uzoq bo‘l!” mavzusida harbiy xizmatchilar o'rtasida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Tadbir davomida viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy axborot sho‘basi boshlig‘i Sh.Sulaymonov tomonidan qonunchiligimizda harbiylarga, shuningdek, yoshlarga berilayotgan imtiyozlar, xususan, ta’lim, bandlik, tadbirkorlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

31
"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi!

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi, viloyat soliq boshqarmasi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamkorligida Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyida yosh xodimlar hamda litsey o‘quvchi yoshlari ishtirokida “Yoshlarga oid davlat siyosati va yoshlarga berilayotgan imtiyozlar” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida yoshlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim, bandlik, tadbirkorlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Boshqarma boshlig‘i A.Ergashev tomonidan bo‘lajak o‘quvchilar uchun kerakli va aniq tavsiyalar berildi. Jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlash, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish eng ustuvor vazifa ekanligi ta'kidlandi.

Bu kabi ochiq muloqotlar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularni davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishga undashga xizmat qildi.