Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

29
“Mening mahallamda jinoyat boʻlmaydi” dasturi doirasida targʻibot tadbirlari amalga oshirilmoqda

Do‘stlik tumani adliya boʻlimi va “Madat” NNT tomonidan “Manas” mahalla hududidagi 12-sonli umumiy oʻrta ta’lim maktabida targʻibot tadbiri tashkil etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli hamda 2025-yil 1-apreldagi PQ-133-sonli Qarorlarining mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Ishtirokchilarga firibgarlik jinoyati qurboniga aylanishini oldini olish maqsadida ularni bu kabi jinoyatlarning yangi turlari va ularni sodir etish usullari haqida ogoh qilish hamda ulardan himoyalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida, ishtirokchilari qonunchilikdagi yangiliklardan ham xabardor qilinib, tadbir so‘ngida ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha huquqiy tushuntirish berildi.

28
“Mening mahallamda jinoyat boʻlmaydi” dasturi doirasida targʻibot tadbirlari amalga oshirildi

Xususan, Baxmal tuman adliya bo'limi tomonidan “Temirqadam" MFYda mahalla yettiligi o'rtasida va uyma-uy yurilib ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, xotin-qizlar va tarbiyasi og'ir yoshlar hamda probatsiya hisobidagi shaxslar bilan yakka tartibda suhbat o'tkazilgan holda targʻibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan - aholining huquqiy ongi, ijtimoiy faolligi va fuqarolik masuliyatini oshirish, xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilikni kamaytirish, fuqarolar va yoshlarni turli qonunbuzarliklardan himoya qilish, xususan firibgarlik jinoyatlarini oldini olish, bu borada qonunchilikdagi jazo choralari xususida maʼlumotlar berildi.

Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirishga qaratilgan targ‘ibot materiallari tarqatildi.

28
Kitob ulashing – bilim ko‘payadi!

Do‘stlik tumani adliya bo‘limi binosida "Ziyo ulash" kutubxona burchagi tashkil etilgan!

Ushbu loyiha katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib, undagi kitoblar boshqalarga bilim va ma’rifat ulashish imkonini yaratadi.

Ushbu loyihadan maqsad fuqarolar hamda adliya bo‘limi xodimlariga kitob mutolaa qilish imkoniyatini yaratish va ularning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iborat.

28
Sayyor qabullar aholi muammolariga echim topishning samarali usuli

Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Ikromov tomonidan o'tkazilgan sayyor qabul viloyatning chekka hududlaridan biri Forish tumanining "Nurak" mahallasida tashkil etildi.

Qabul vaqtida Jizzax viloyati adliya boshqarmasi, tuman adliya bo‘limi, mahalla ettiligi va boshqa hamkor tashkilotlarning ishtiroki ta’minlanib, murojaat qiluvchilarning savollariga huquqiy rushuntirishlar berilib, muammoni hal etishda to'g'ri yo'l ko'rsatildi. Mutasaddilar ishtirokida murojaatlarni hal qilib berish choralari ko‘rildi.

Shu bilan birga fuqarolarga sayyor tartibda davlat xizmatlari ham ko'rsatildi.

26
#adliya_timbualding

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tanlov xodimlarda ajoyib taassurotlar qoldirgani bilan ahamiyatlidir.

14 xil tam va 14 xil mahorat. Ularni baholash va eng yaxshilarini aniqlash oson bo'lmadi. Sababi barcha ishtirokchilar a'lo darajada tajribaga ega va taom uchun o'z e'tibor va mehrini berib pishirdilar.

Mutaxassislar tomonidan g'oliblar aniqlandi.
1-o'rin Jizzax shahar adliya bo'limi xodimi Xurshida İsmoilovaga,
2-o'rin Arnasoy tumani adliya bo'limi xodimi Dildora Soipovaga,
3-o'rin esa adliya boshqarmasi jamoasi nomidan ishtirok etgan Tursunboy Suyarovlarga nasib etdi.

Adliya tizimi xodimlari o'rtasida o'tkaziladigan bunday madaniy-ma'rifiy tadbirlar turli yo'nalishlarda yil davomida katta jamoani birlashtirishda davom etadi.

25
HUQUQIY TARG'IBOT

Forish tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Boshqarmasi boshlig‘i tomonidan 21.04.2025-yilda tasdiqlangan “Jizzax viloyatining shahar va tumanlaridan tanlangan chegara va olis hududlardagi, ishsizlik va kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan hamda “og‘ir toifa”dagi va murojaatlar oshgan mahallalarda aholining huquqiy madaniyatini hamda ijtimoiy faolliklarini oshirish bo‘yicha adliya organlari tomonidan huquqiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish yuzasidan Reja-grafik”ka asosan 23.04.2025-yilda tumandagi "Qorabdol ota"va "Mustaqillik" MFYlarda huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024-yildagi PF-80-son Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, tadbir ishtirokchilariga Davlatimiz rahbarining 01.04.2025-yildagi PQ–133-son va 03.01.2025-yildagi PQ-1-son qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 16.04.2024-yildagi 204-sonli energiya tejamkorligi sohasi boʻyicha tushuntirish berildi

24
“Mening mahallamda jinoyat boʻlmaydi” dasturi doirasida targʻibot tadbirlari amalga oshirildi.

Xususan, Baxmal tuman adliya bo'limi tomonidan “Madaniyat" MFYda mahalla yettiligi o'rtasida va uyma-uy yurilib ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, xotin-qizlar va tarbiyasi og'ir yoshlar hamda probatsiya hisobidagi shaxslar bilan yakka tartibda suhbat o'tkazilgan holda targʻibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan - aholining huquqiy ongi, ijtimoiy faolligi va fuqarolik masuliyatini oshirish, xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilikni kamaytirish, fuqarolar va yoshlarni turli qonunbuzarliklardan himoya qilish, xususan firibgarlik jinoyatlarini oldini olish, bu borada qonunchilikdagi jazo choralari xususida maʼlumotlar berildi.

Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirishga qaratilgan targ‘ibot materiallari tarqatildi.

23
ENERGORESURSLAR BILAN BOG'LIQ YANGILIKLAR TO'G'RISDA

Energiya resurslari behuda sarflanishining oldini olish tizimi takomillashtiriladi.

Ushbu tartib “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida” gi Prezident qarori bilan mustahkamlandi.

Shuningdek, Prezidentning “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishda ehtiyojmand aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori bilan kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz to‘lovlarining bir qismi kompensatsiya qilib beriladigan bo‘ldi.

Arnasoy tuman Inson ijtimoiy xizmatlar markazida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida mazkur qarorlar mazmun-mohiyati xususida so‘z bordi. Tadbirda adliya bo‘limi mas’ullari tomonidan qarorlarning ahamiyati batafsil tushuntirildi.

22
“Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan”

Jizzax shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi xodimi Z.Shamsiyeva tomonidan “H.Olimjon” MFY hududida joylashgan maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 22-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida o’quvchi yoshlarga “Siz huquqni bilasizmi?” mavzusida o’quv seminar o’tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida yoshlarning huquqiy bilimlarini yuksaltirishga qaratilgan “Siz huquqni bilasizmi?” mavzusida o’quv seminar tashkil qilindi. Tadbir davomida maktab o’quvchilari qonunchilik tizimidagi so'nggi o'zgarishlardan xabardor qilindi.

Shu bilan birga, ochiq muloqot davomida maktab o‘quvchilari uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, shuningdek ularning yuridik ta'limni davom ettirish hamda kelajakda adliya organlarida ishlashga qiziqishini orttirish maqsadida xodimlar tomonidan taqdimotlar ham qilindi.

21
Adliya aralashgach...

Arnasoy tuman adliya boʻlimiga fuqaro A.Mahkamov murojaat qilib, fuqarolik pasporti olishda amaliy yordam soʻragan. Boʻlim tomonidan mazkur murojaat oʻrganib chiqilganda fuqaroga dastlab yashaganlik fakti belgilanishi aniqlandi. Shunga koʻra, fuqaroning tugʻilgan joyi, tahsil olgan taʼlim muassasalari, yashagan mahallasi, oilasi, ota-onasi haqida maʼlumotlar toʻplandi va Fuqarolik ishlari boʻyicha Doʻstlik tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritildi.

Keltirilgan dalillar va yigʻilgan hujjatlar inobatga olingan holda sudning hal qiliu qarori eʼlon qilindi. Unga koʻra, sud tomonidan fuqaroning Oʻzbekistonda 1992-yildan yashaganlik fakti belgilanib, murojaat ijobiy qanoatlantirildi.

Bir insonning hujjatlar bilan bogʻliq muammosi sabab turli toʻsiqlar va qiyinchiliklarga uchrab kelayotganligi uning yaqinlari uchun ham koʻplab noqulayliklar tugʻdirgan. Shu sabab, yashaganlik faktini aniqlash bilan endilikda fuqarolik pasporti olish bilan bogʻliq muammolar ham oʻz yechimini topadi.