Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

08
Notariuslar faoliyatini tashkil etishda qonuniylik tamoyillari

Jizzax viloyatida faoliyat yurituvchi notariuslarga notariat soxasida qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun mohiyati va huquqni qo'llash amaliyoti yuzasidan ZOOM platformasi orqali seminar tashkil etildi. Shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga , terorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg'in qurollarini moliyalashtirishga qarshi kurashish bo'yicha ichki nazorat qoidalariga mas'ul shaxslarga yil yakunlari bo'yicha chora tadbirlar ishlab chiqish bo'yicha tavsiyalar berildi.

07
Taraqqiyot strategiyasi xalq farovonligi yo'lidagi muhim hujjatdir

G‘allaorol tumani yuridik xizimzat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Jo‘shqin Rabbimov ishtirokida tuman Irrigatsiya bo‘limi mehnat jamoasida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvar kuni qabul qilingan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish olib borildi.  

Mazkur huquqiy targ‘ibot jarayonida ushbu Farmon bilan taraqqiyotning 7 ta yo‘nalishi belgilanganligi, ularni amalga oshirishda 100 ta maqsad ko‘zda tutilganligi, shuningdek, “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga doir 398 banddan iborat Davlat dasturi tasdiqlanganligi masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Uchrashuvda Farmonning asosiy tamoyili, undan ko‘zda tutilgan maqsadga batafsil to‘xtalib o‘tildi. SHuningdek, inson qadrini ulug‘lashga yo‘naltirilgan ijtimoiy himoya siyosati, mahallaning “faol” modelini yaratish, ta’lim sifatini oshirish, aholi salomatligini ta’minlash, milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, davlat boshqaruv organlarining “Davlat – inson uchun” tamoyili asosida hududiy masalalarni hal kilishdagi mas’uliyati va javobgarligini oshirish, adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

04
Адлия вазирлиги жамоатчиликка ҳисобот беради

2022 йил 7 феврал куни Адлия вазирлигида очиқ мулоқот ва савол-жавоб тарзида суҳбат ташкил этилади. Суҳбат вазирликнинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларида онлайн трансляция қилинади.

Мақсад — Адлия вазирлиги фаолиятининг очиқлиги ва ошкоралигини таъминлаш, унинг 2021 йилдаги фаолияти ва истиқболли режалари кенг жамоатчиликни хабардор қилиш, аҳоли ва оммавий ахборот воситалари вакиллари билан самарали қайта алоқа ўрнатишдан иборат.

Адлия вазири Русланбек Давлетов иштирокида бўлиб ўтадиган медиа ивентда нафақат вазирлик фаолияти таҳлил қилинади, балки жамиятда ҳуқуқий соҳадаги асосий тенденциялар ҳам кўриб чиқилади. Журналистлар ва блогерлар бевосита ўзларини қизиқтирган маълумотлар ва саволларига жавоб олиш имкониятига эга бўладилар.

Мурожаат учун телефон: 71.207-04-54

03
Yangi soha yoshlari bilan uchrashuv

Jamiyatning eng qaynoq va serharakat nuqtasi hisoblangan yoshlar bugun har bir sohada ilg'or. Ularning maqsadlari va intilishi, eng yuqori marralarni egallashga bo'lgan ishtiyoqi o'z kasbiga bo'lgan mehr bilan hamoxang bo'lsa albatta yuksak tanijalarga erisha oladilar. Jizzax viloyat adliya boshqarmasi va tizim xodimlarining qariyb 80 foizdan ortig'i yoshlarni tashkil etadi. Ularning fikrlari va takliflari doimo rahbariyat tomonidan qo'llab-quvvatlanadi. Yaqindagina o'z ishini boshlagan yuridik markaz yoshlari ham bu an'anani o'z faoliyatlarida yaqqol sezishmoqda. Adliya boshqarmasi boshlig'i Sh.Saidov tomonidan shahar, tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazlari yoshlari bilan davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida vazifa va funksiyadan kelib chiqqan xolda ishlarni tashkil etish, sifat va samaradorlikka e'tibor qaratish, muaamolarni bartaraf etishda qanday yo'l tutish kerakligi, bilim va malaka har qanday to'siqni yengishga qodir kuch ekanligi aytib o'tildi. Yosh kadrlar o'z xududi doirasida qanday ishlarni amalga oshirayotganligi, erishilgan yutuqlar hamda natijalar haqida ma'lumot berib o'tdilar. Samimiylik va do'stona ruhda o'tgan mazkur uchrashuvda yoshlar tajribali ustoz sifatida boshqarma boshlig'idan kerakli tavsiyalarni, faoliyati jarayonida as qotadigan maslahatlarni olishdi.

02
Qonun ustivorligi – jamiyat farovonligi

Baxmal tumani Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsultlari Tuman tibbiyot birlashmasida, birlashma ma’muriyati va xodimlari hamda hududlardagi Oilaviy shifokorlik punkti va Oilaviy poliklinika rahbarlari va xodimlariga quyidagi normativ huquqiy-hujjatlarning mazmun mohiyati, amaliyotda qo‘llash tartibi, mehnat qonunchiligi bo‘yicha hamda ishga qabul qilish bo‘shatish tartib-qoidalari tushuntirildi.
Jumladan: O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori va “Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori. Bundan tashqari, yig‘ilish qatnashchilari tomonidan qiziqtirgan sohaga oid savollariga atroflicha javob berildi.

01
Adliya aralashuvi bilan adolat qaror topdi

Jizzax shahar adliya bo'limi tomonidan fuqaro N.Ahmedjanovaning murojaati qabul qilindi. Unda fuqaro Jizzax shahar "Eski dehqon" bozori hududidagi, unga tegishli bo'lgan savdo do'koni Jizzax shahar hokimligi tomonidan majburiy buzdirilganligi, oqibatda yetkazilgan zarar qoplanmaganligi, bu borada bir necha marotaba og'zaki va yozma murojaat qilinsa ham natija bo'mayotganligi bayon etilgan. Mazkur masala Jizzax shahar adliya bo'limi tomonidan o'rganib chiqilganda quyidagilar ma'lum bo'ldi. Fuqaroga tegishli bo'lgan bino Jizzax shahar hokimining 2014 yil 1-apreldagi 513-sonli qaroriga asosan davlat ehtiyoji uchun buzilganligi, ammo shu paytga qadar 173.170.000 so'm miqdoridagi kompensatsiya puli to'lab berilmaganligi aniqlandi.O'zbekiston Respublikasi Yer Kodeksining 41-moddasi 4-qichmi talabiga ko'ra, jismoniy shaxslarga berilgan yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun mazkur shaxslarning xohishiga ko'ra tuman, shahar, viloyat hokimining qarori bilan avvalgi yer uchastkasi bilan aynan bir xil yer uchastkasi ajratilgach, shu yer uchastkasi olib berilayotgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar olib qo'yilayotgan yer uchastkasining o'rniga yangi joyda uy-joy, ishlab chiqarish binolari va boshqa imoratlarni qurib berganidan keyin hamda ushbu Kodeksning 86-moddasiga muvofiq boshqa barcha zararlar to'la hajmda qoplangandan keyin olib qo'yilishi mumkin. Shunga ko'ra Jizzax shahar adliya bo'limi fuqaro manfaatida sudga da'vo arizasi kiritdi. Fuqarolik ishlari bo'yicha Jizzax tumanlararo sudi tomonidan mazkur da'vo arizasi to'liq qanoatlantirilib, N.Axmedjanovaga kompensatsiya pullari to'liq undirib berilishi haqidagi xal qiluv qarori imzolandi.

31
Mamlakatimizda aholini ro‘yxatga olish har o‘n yilda o‘tkaziladi

Davlatimiz rahbari tomonidan 2020 yilning 16 mart kuni “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni imzolandi. Mazkur Qonun, aholini ro‘yxatga olish sohasidagi munosabatlarni har tomonlama tartibga soluvchi ilk bor qabul qilingan huquqiy hujjat sifatida O‘zbekiston tarixidan o‘rin oldi. Chunki shu vaqtgacha bu sohada qonunchiligimizda hech qanday hujjat yo‘q edi.Qonun,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5655-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqildi.

Qonunni ishlab chiqishda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropa statistiklari konferensiyasining aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tamoyillari va tavsiyalaridan asos sifatida foydalanildi. Shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Osiyo va Yevropa mamlakatlari, jumladan, Rossiya Federatsiyasi, Belarusь, Ukraina, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Janubiy Koreya, Hindiston, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, AQSh, Kanada va boshqa davlatlarning ushbu sohadagi tajribalari o‘rganilib, qonun loyihasini ishlab chiqishda foydalanildi.

Qonun beshta bob va o‘ttiz bir moddadan iborat bo‘lib, unda qonunning maqsadi, asosiy tushunchalar, aholini ro‘yxatga olishning vazifalari va prinsiplari yoritib berilgan. Asosiy prinsiplardan biri sifatida davriylik prinsipi, ya’ni aholini ro‘yxatga olish o‘n yilda kamida bir marta o‘tkazilishi hamda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinishi belgilab qo‘yilgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayonida, shaxsga doir ma’lumotlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga olish varaqlari asosida har bir respondent uchun yakka tartibda to‘ldiriladi, ya’ni ro‘yxatga oluvchi shaxslar tomonidan uyma-uy yurib, har bir respondent uchun alohida to‘ldiriladi.

Yana bir muhim prinsiplardan biri, bu shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi bo‘lib, bunda aholini ro‘yxatga olish jarayonida yig‘ilgan shaxsga doir ma’lumotlar maxfiy hisoblanishi, ular respondentning roziligisiz oshkor etilmasligiva tarqatil-masligi qat’iy belgilab qo‘yilgan.

Qonunda respondent tushunchasiga ham aniqlik kiritib ketilgan, ya’ni respondentlar – aholini ro‘yxatga olish sanasida O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hisoblanadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, lekin aholini ro‘yxatga olish sanasida uning hududidan tashqarida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ham respondent hisoblanishi yoritib o‘tilgan.

Shuningdek, Qonunda,aholini ro‘yxatga olishni tartibga solish sohasida davlat boshqaruvi, maxsus vakolatli davlat organi, ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha Respublika komissiyasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari, aholini ro‘yxatga olishda ishtirok etuvchi respondentlarva ro‘yxatga oluvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari, aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish tartibi,tadbirlarni moliyaviy ta’minlash asoslari belgilab berilgan.

28
Har bir murojaat ortida insonlar taqdiri bor

Jizzax viloyati adliya boshqarmasi huzuridagi Baxmal tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari O‘zbekiston Respublikasining Baxmal tuman Xalq qabulxonasi, Baxmal tuman Bosh vazir qabulxonasi, tuman prokuraturasi, tuman adliya bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tumandagi tashkilot va muassasalarda huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi.O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahriri) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi 341-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Baxmal tumanidagi davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi. Shu bilfn birga ishtirokchilarning fikr-mulohazalari ham tinglanib, qonunchilikni amaliyotga bir hilda qo‘llash bo‘yicha tajribalar o'rtaga tashlandi.
Jumladan: Namunaviy nizom «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning, shuningdek ularning mansabdor shaxslarining murojaatlari bilan ishlash tartibi belgilanganligi, ushbu Nizom ko‘rib chiqish tartibi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi, fuqarolik prosessual, jinoyat-prosessual, jinoyat-ijroiya, iqtisodiy prosessual qonun hujjatlari va boshqa qonunlar bilan belgilangan murojaatlarga hamda davlat organlarining, tashkilotlarining, shuningdek ular tarkibiy bo‘linmalarining o‘zaro yozishmalariga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilangan.
Bundan tashqari, Nizomdagi asosiy tushunchilar ya’ni, ariza, taklif, shikoyat, anonim murojaat, murojaatning dublikati, takroriy murojaat, elektron murojaat, ommaviy qabul, video-konferens-aloqa va davlat ishtirokidagi tashkilot hamda sayyor qabullar murojaatlar og‘zaki, yozma yoxud elektron shaklda ariza, taklif va shikoyat shaklida berilishi mumkinligi hamda murojaatlar, ularning shakli va turidan qat’i nazar, bir xil ahamiyatga ega ekanligi, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat etish huquqlari kafolatlari, murojaatlarni berish va ularni ko‘rib chiqish tartibi, davlat organlarida, tashkilotlarida murojaatlar bilan ishlashni tashkillashtirish, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari, murojaatlarni ko‘rmay qoldirish va ko‘rib chiqishni tugatish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni tashkil etish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarinivideo-konferens-aloqa vositasida qabul qilishni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, murojaatlarni ko‘rib chiqishda davlat organlari, tashkilotlari va ularning mansabdor shaxslarining huquq va erkinliklari, murojaatlarning ko‘rib chiqilishini monitoring va nazorat qilish, umumlashtirish va tahlil qilish, yakunlovchi qoidalar yuzasidan alohida tushuntirishlar berildi.


28
Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam aksiyasi Jizzaxda

Sharof Rashidov tumanida aholini ommaviy sportga jalb qilish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida "Sportni sev, sport bilan yasha" shiori ostida " Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam" piyoda yurish marafoni o‘tkazildi.
Marafonda tumandagi barcha davlat organlari va tashkilotlari xodimlari ishtirok etishdi. Tuman adliya bo‘limi xodimlari ham marafon doirasida tashkil etilgan mashg‘ulotlarini uddaburonlik bilan bajarishdi. Marafon davomida Sharof Rashidov tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Ilg‘orjon Rashidov "Ochiq havoda piyoda yurish kayfiyatni koʻtaradi, tushkunlikni yengishga yordam beradi. Shuningdek, yurish jarayoni kreativ gʻoyalar tugʻilishiga ham turtki boʻladi", - dedi.Yurtimizda tashkil qilinayotgan mana shunday sog’lom turmush tarzi qoidalarini targ‘ib qiluvchi tadbirlar insonlar sog’ligini, immun tizimini mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasizdir.

27
Huquqiy madaniyatni yuksaltirish yo'lida

Zarbdor tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan tumandagi bir nechta davlat tashkilotlarida huquqiy targ'ibot tadbirlari tashkil etildi. Dastlab, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabrdagi “2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo'shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko'chirish to'g'risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati va ahamiyati to'g'risida ma'lumot berib o'tildi.Xodimlar tomonidan mehnat, ijtimoiy himoya, bank va moliya sohalari bo'yicha ko'shimcha savollarga ham huquqiy tushuntirish berib o'tildi.Davlat tashkilotlarida mehnat qilib kelayotgan xodimlarning huquqiy bilimi va savodxonligi oshsa yuristlar uchun ular bilan birga ishlash, muammolarni hal etish va faoliyatini to'g'ri yo'lga qo'yish ham bir muncha oson kechadi.