Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

09
"Zukko kitobxon" tanlovi o‘tkazildi

Baxmal tuman Adliya bo‘limi va Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida  “Mening mahallamda jinoyat bo‘lmaydi” dasturi doirasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Axborot-resurs markazida tashkil etilgan “Zukko kitobxon” tanlovida tumanning 11 ta mahallasidan yosh kitobxonlar ishtirok etdi.
Tanlov davomida ishtirokchilar badiiy, tarixiy va ma’naviy adabiyotlar bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bu kabi tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga, ularni kitobga, bilimga oshno qilishga xizmat qilmoqda.

06
Kitob ulashing – bilim ko‘payadi!

Zomin tumani adliya bo‘limi binosida "Ziyo ulash" kutubxona burchagi tashkil etilgan!

Ushbu loyiha katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib, undagi kitoblar boshqalarga bilim va ma’rifat ulashish imkonini yaratadi.

Ushbu loyihadan maqsad fuqarolar hamda adliya bo‘limi xodimlariga kitob mutolaa qilish imkoniyatini yaratish va ularning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iborat.

05
Adliya munosabat

O‘zbekiston Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati MK a’zosi X.Qilichevning fuqaro T.Bobobekov manfaatida yo'llagan Jizzax viloyati adliya boshqarmasiga murojaat.gov.uz orqali kelib tushgan 136112-r/25-sonli murojaatiga asosan Jizzax shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar U.Abdujalilov, S.Abduraxmanov, Z.Habibullayeva va Sh.Shernazarovning xatti-harakatlari xizmat tekshiruvi o‘tkazish yo‘li bilan o‘rganib chiqilgan.

O‘rganish davomida, 2025 yilning 12-13 may kunlari fuqaro T.Bobobekov Jizzax shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar S.Abduraxmonov va Z.Habibullayevalarning qabuliga kelib fuqaro X.Qilichevga o‘zining nomidan tegishli tashkilot va muassasalarda hamda sud organlarida vakil sifatida qatnashish uchun ishonchnoma rasmiylashtirib berishni so‘rab murojaat qilganligi, notariuslar tomonidan vakil sifatida qatnashish huquqi berilayotgan fuqaroning kimligi va ishonchnoma berish uchun qonun hujjatlarida vakil sifatida ishtirok etishi mumkin yoki mumkin emasligi holatiga aniqlik kiritish maqsadida qanday hujjatlari borligi so‘ralganda fuqaro T.Bobobekov tomonidan hech qanday hujjatlar taqdim qilinmaganligi, shuningdek fuqaro T.Bobobekovni notariuslar Sh.Shernazarov va U.Abdujalilovlar qabuliga kirmasdan faqatgina notarius yordamchilariga uchrashib qaytib ketganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasida notariuslar S.Abduraxmanov, Z.Habibullayeva, Sh.Shernazarov va U.Abdujalilovlar xatti-harakatlarida Ma’muriy reglament talablari buzilmagan va fuqaro T.Bobobekovning ishonchnoma berish bilan bog‘liq murojaatini ko‘rib chiqishda qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilmagan deb topilgan.

03
“O’zimiz keldik" loyihasi davom etmoqda

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman adliya bo‘limi xodimlari, intellektual mulk yo'nalishi xodimlaridan tarkib topgan jamoa Do'stlik dehqon bozorida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar bilan uchrashib, ular o'rtasida tushuntirish ishlarini olib borishdi.

Ushbu tadbirdan ko'zlangan maqsad tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni o'rganish va yechimi yuzasidan huquqiy ko'mak berishdan iboratdir. O’zaro muloqot jarayonida mavjud muammolar yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari tadbir davomida tadbirkorlarga firibgarlik va boshqa huquqbuzarlikdan ogoh bo'lish, kontrafakt maxsulotlar haqida tushunchalar berilib, bir vaqtning o'zida davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan fuqarolar va tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida 10 dan ortiq sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

02
“Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida targ'ibot tadbiri

Jizzax shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi va davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan “Madaniyat” MFY hududida joylashgan xonadonlarda uyma-uy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyalarini o‘tkazish orqali fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Jizzax shahar “Madaniyat” MFY “Huquqiy mahalla” deb etirof etilganligi hamda iyun oyi davomida ushbu mahallada istiqomat qiluvchi aholining huquq va manfaatlarini ta‘minlashga qaratilgan normalar va standartlarning ishlashini monitoring qilish hamda aholining huquqiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan  uyma-uy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyalarini o‘tkazish orqali “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilishini ta’minlash, yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik subyektlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi haqida tushuntirishlar berildi.

29
“Huquqiy mahalla” loyihasi doirasidagi targ'ibot tadbirlari


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadidaJizzax shahar "Madaniyat" MFY “Huquqiy mahalla” deb e'tirof etilganligi sababli, mahalla hududida joylashgan 13-sonli DMTTda shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari A.Arakulov va M.Yokubjonova  tomonidan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning mehnat munosabatlariga oid hujjatlari, ya’ni jamoa shartnomasi, mehnat shartnomalari, buyruqlari va boshqa lokal hujjatlari monitoring qilinib, yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda metodik huquqiy yordam ko‘rsatildi.

20
Muhim ma'lumot

Hurmatli fuqarolar, ayni paytda  Jizzax shahar elektr ta'minotida uzilishlar kuzatilayotganligi sababli Davlat xizmatlari markazida  vaqtincha xizmat  ko‘rsatilmaydi.

Nosozlikni bartaraf qilish ishlari olib borilmoqda. Bu haqida qo‘shimcha xabar beriladi.

Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

19
YOSHLAR MUAMMOLARI HAL ETIB BORILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-330-sonli qarori asosida Forish tuman adliya bo‘limiga bir qancha yoshlar biriktirilgan.

Forish tuman adliya bo‘limi tomonidan biriktirilgan kambag‘al oilalar hamda otaliqqa biriktirilgan og‘ir toifadagi yoshlar muammolari xonadonbay muntazam o‘rganilib, hal etib borilmoqda.

Ularga har tomonlama ko‘maklashish maqsadida muammolari nazoratga olinmoqda.

Bundan tashqari fuqarolar qonunchilikdagi yangiliklar, imtiyozlar, huquq va majburiyatlardan xabardor qilinadi.

Shu bilan birga huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish maqsadida qonunchilikda belgilangan jazo choralari haqida ham tushuntirishlar berib borilmoqda.

19
Yangi saylangan raislar metodik jihatdan o‘qitilmoqda

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi va O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Jizzax viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda yangi saylangan raislarning huquq va majburiyatlarini, qonunchilikda mavjud vakolatlarini tushuntirishga qaratilgan seminarlar tashkil etilmoqda.

Ushbu seminarda mahalla raislarining qonunchiligimizdagi vakolatlari to‘liq tushuntirilib, huquqiy jihatdan qurollantirildi.

Seminar davomida mahallalarning jamiyatdagi o‘rni va rolini kuchaytirish, mahalla raisi hamda “mahalla yettiligi” a’zolarining asosiy vazifalari haqida batafsil tushuntirishlar va ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Bu kabi tadbirlar yangidan saylangan raislar uchun bosqichma-bosqich o’tkazilishi rejalashtirilgan.