Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

11
#Shonli_30yil

Sana munosabati bilan Jizzax viloyati adliya tizimida mehnat qilayotgan soha xodimlari, faxriylar Adliya vazirligining 30 yilligi esdalik nishoni bilan taqdirlandi. Davlat xizmatlari agentligi Jizzax viloyati boshqarmasining majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining shonli 30 yilligi munosabatini bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.Marosimda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Shokir Saidov o‘tgan shonli 30 yil mobaynida Adliya tizimidagi muhim islohotlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, soha fidoiylarini muborakbod etdi.Shundan so‘ng, DXA Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig‘i Akmal Ergashev hamda Zomin tuman hokim yordamchisi Bobur Umrzoqovlar viloyatdagi tizimda mehnat qilayotgan adliya boshqarmasidagi huquqshunoslar, davlat xizmatlati agentligi xodimlari, FHDYO organlari xodimlari, notariuslar hamda faxriylarga Adliya vazirligining 30 yilligi esdalik nishoni hamda pul mukofotlarini tantanali topshirishdi.Tantanali tadbir davomida Zomin tumani hokim yordamchisi Bobur Umrzoqov bugungi kun bilan barchani tabriklab, Adliya vazirligiga o‘z minnatdorchiligini aytib o‘tdi.Marosimda faxriylar so‘zga chiqib, Adliya vazirligi tomonidan tizim faxriylariga berilayotgan eʼtibor, turli bayramlar arafasida va ularning qutlugʻ tavallud ayyomlarida tabriklash hamda taqdirlash, moddiy yordam koʻrsatishni anʼanaga aylangangini mamnuniyat bilan e‘tirof etdi.Tadbir yakunida adliya tizimida huquqiy demoktartik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini qurish, inson huquq va erkinliklarini samarali himoya qilish yo‘lidagi  fidokorona xizmatlari uchun boshqarmaning ilg‘or xodimlari viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining  faxriy yorliq hamda estalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

10
Adliya_shonli 30 yil

Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi “Jizzax” radiosida “Soʻrang, javob beramiz!”, “Intervyu” eshittirishlari, “Huquqiy darsxona” radiooʻyini tashkil etilgani adliya xodimlari bilan bizni yanada yaqinlashtirdi. Yuzlab fuqarolarimiz oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi. Minglab tinglovchilarimiz radiooʻyin ishtirokchisiga aylanib, oʻz haq- huquqlarini oʻrganishga astoydil kirishdilar! Bu barchamizning yutugʻimiz! 30 yil ozmuncha vaqt emas. Bu davr mobaynida ne-ne oʻzgarishlar roʻy bermadi, deysiz! Adliya vazirligi tashkil topganda bor kuchini, bilimi va mahoratini shu sohaga bagʻishlagan qonun himoyachilari bugun ustoz darajasiga erishdilar! Shogirdlar ardogʻida hurmat ehtiromda tizimda yoshlar bilan barobar mehnat qilmoqdalar. Qonunni himoya qilish sharafli va masuliyatli. “Qilni qirq yoradigan” huquqshunoslar adolat yoʻlidan ogʻishmay, haqiqat manzili tomon shahdam qadam tashlamoqdalar! Qadamlaringiz doim dadil boʻlsin adolat himoyachilari!

30 yillik bayramingiz bilan butun ijodiy jamoamiz nomidan muborakbod etaman!

07
Taraqqiyot strategiyasi umumxalq muhokamasida

G‘allaorol tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi F.Suvonov, etakchi maslahatchisi M.Haydarov va tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti I.Haydarovlar tomonidan tumandagi Maktabgacha ta’lim bo‘limida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Targ‘ibot tadbirida bo‘lim va Markaz xodimlari tomonidan tashkilot xodimlariga Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi mazmun mohiyati tushuntirib berildi.

Shuningdek, tashkilot xodimlariga Strategiyaning asosiy yo‘nalishlari va mazkur strategik tadbirlarning izchillik bilan amalga oshirilishi natijasida xalqparvar davlat barpo etish, adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash, milliy iqtisodiyotni zamon talablari darajasida rivojlantirish, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, sifatli ta’lim va ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi islohotlar, yurtimizning harbiy qudratini oshirish kabi o‘ta dolzarb masalalarning hal etilishi ko‘zda tutilganligi hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi mamlakatimiz rivojining muhim asoslarini o‘zida mujassam etganligi, davlat boshqaruv organi, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish tizimi, qolaversa barcha-barcha faoliyatning ustuvor vazifalarini belgilab berishi  ma’lum qilindi.

Tadbirda davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga adliya bo‘limi va Markaz xodimlari tomonidan javoblar berildi.


06
"Mirzacho'l ovozi" gazetasining bugungi sonida

"Mirzacho'l ovozi" gazetasining 30-dekabr sonida Mirzacho'l tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti U.Siddiqovning "Jamiyatimizda oila instituti tuzilishining huquqiy asoslari" deb nomlangan maqolasi chop etildi.                                                                                                                                                                                                                                                                                        

05
Jizzax haqiqati gazetasi huquqiy axborotni etkazishda hamkorimiz

"Jizzax haqiqati" gazetasining 22-dekabr sonida Mirzacho'l tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti Najmiddin Mamadalievning "Huquqiy immunitet muhim" sarlavhali maqolasi chop etildi.                                                                                                                                                                                                                                                                                        

30
Bayramlar munosabati bilan beriladigan qo'shimcha dam olish kunlaridan xodimlar xabardormi?

So'ngi yillarda bayramlar munosabati bilan beriladigan qo'shimcha dam olish kunlari sonining oshganligini, xodimlarning mehnatga bo'lgan rag'batini yuksaltirish, ish sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan tadbirlardan biri desak xato bo'lmaydi.

G‘allaorol tumani yuridik xizmat markazi xodimi I.Haydarov tomonidan tumandagi tibbiyot birlashmasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.12.2021 yildagi “2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-35-son Farmonining mazmun mohiyati tushuntirib berildi.

Shuningdek 2022 yilda belgilangan dam olish kunlari hisobidan byudjet tashkilotlari xodimlarning mehnat ta’tili qanday qisqartirilishi yuzasidan tavsiyalar berildi.

Xodimlarning har yillik mehnat ta’tili davomiyligini tegishli ish kunlariga qisqartirish masalasida kadrlar bo‘limi xodimlariga yanada tushunarliroq bo‘lishi uchun bir nechta misollar orqali tushuntirish berildi.

29
Huquqbuzarliklar profilaktikasi yanada takomillashtirilmoqda

Mustaqillik yillarida respublikamizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilib, mamlakatimizda huquq-tartibotni taʼminlashda ijobiy natijalarga hamda kriminogen vaziyatni sezilarli darajada yaxshilashga erishildi. Jizzax harbiy gornizonida tashkil qilingan tadbirda so‘zga chiqqanlar aynan shular hususida alohida ta‘kidlab o‘tdi.Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma‘rifat bo‘limi boshlig‘i Jahongir Ishonqulov huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari, yangiliklar, davlat organlarining, huquqni muhofaza qiluvchi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi amalga oshirayotgan ishlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.Yurtimizda huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha tashkil etilayotgan bu kabi tadbirlar, hukumatimizda olib borilayotgan tizimli islohotlar xalqimizning tinch va osoyishtaligini taʼminlashga xizmat qiladi.

28
Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam aksiyasi Jizzaxda

Sharof Rashidov tumanida aholini ommaviy sportga jalb qilish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida "Sportni sev, sport bilan yasha" shiori ostida " Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam" piyoda yurish marafoni o‘tkazildi.Marafonda tumandagi barcha davlat organlari va tashkilotlari xodimlari ishtirok etishdi. Tuman adliya bo‘limi xodimlari ham marafon doirasida tashkil etilgan mashg‘ulotlarini uddaburonlik bilan bajarishdi.Marafon davomida Sharof Rashidov tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Ilg‘orjon Rashidov "Ochiq havoda piyoda yurish kayfiyatni koʻtaradi, tushkunlikni yengishga yordam beradi. Shuningdek, yurish jarayoni kreativ gʻoyalar tugʻilishiga ham turtki boʻladi", - dedi.Yurtimizda tashkil qilinayotgan mana shunday sog’lom turmush tarzi qoidalarini targ‘ib qiluvchi tadbirlar insonlar sog’ligini, immun tizimini mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasizdir.

27
Hokim yordamchilari uchun o'quv mashg'ulotlari tashkil etilmoqda

Jizzax viloyati bo'ylab mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish bo'yicha hokim yordamchilari, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi xodimlari uchun yangi joriy etilgan tizimning tub mohiyati hamda samarali faoliyatni tashkil etish bo'yicha o'quv seminarlari tashkil etilmoqda. Unda adliya bo'limlari va yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari faol ishtirok etmoqda.Jizzax shahrida bo'lib o'tgan o'quv mashg'ulotlari jarayonida shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i F.Ataboev xududdagi 34 ta mahallalarda ish olib boruvchi mas'ullar bilan uchrashib, bu boradagi ishlarni samarali tashkil etish avvalo qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo'lish, sohada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni yaxshi bilishga bog'liq ekanligini ta'kidlab o'tdi. O'quv mashg'ulotlari bir qator hamkor tashkilotlar bilan o'tkazilishi rejalashtirilgan bo'lib, maqsad - yangi tizimni aholi orasiga yanada yaqinroq kirib borishini ta'minlash, tadbirkorlarga ham huquqiy ham amaliy yordam berishdan iboratdir.O'quv mashg'ulotlari davomida "Mahallalarda tadbirkorlar va aholi o'rtasida iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish" mavzusi keng o'rganilmoqda. Ko'rgazmali qurollar, slayd va videoroliklar orqali bilimlar mustahkamlanmoqda. O'quv mashg'ulotlari so'ngida ishtirokchilar test sinovlari orqali imtihon qilinadi.Mana shundan seminarlar davomida oshirilgan nazariy bilimlar, amaliyotda o'z natijasini albatta namoyon etadi. Jizzax viloyati bo'ylab mana shunday o'quv mashg'ulotlari reja-grafik asosida har bir tumanda tashkil etilmoqda.

24
Prokuratura organlari xodimlari uchun audio muloqot tashkil etildi

Jizzax viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan tizim xodimlari uchun audio muloqot shaklida suhbat tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori mazmun-mohiyati yuzasidan adliya boshqarmasining Huquqiy ekspertiza va yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish bo'limi boshlig'i A.Shermatov ishtirok etdi. Savol-javob shaklida tashkil etilgan suhbat jarayonida mazkur tizimning asosiy vazifa va funksiyalari, davlat tashkilotlarining xujjatilarini huquqiy ekpertizadan o'tkazishda ahamiyat qaratish kerak bo'lgan asosiy jihatlarga to'xtalib o'tildi.
Yuridik xizmat ko'rsatish markazlarining prokuratura idoralari bilan samarali hamkorligi natijasida aniqlangan qonunbuzilish holatlari tumanlar kesimida tahlil qilindi. Muloqot davomida mazkur yo'nalishda amalga oshirilayotgan turli masalalar yuzasidan berilgan savollarga batafsil javob qaytarildi.