Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

05
Sayyor qabullar fuqaro huzurida

Davlat taraqqiyoti va aholi farovonligi uchun avvalo, xalq ichiga kirish, dardu tashvishlariga sherik bo‘lish va shu orqali muammolarga yechim topish kerak. Viloyat adliya boshqarmasi hamda shahar, tuman bo‘limlari tomonidan o‘tkazilayotgan uchrashuv, muloqotlar va sayyor qabullar fuqarolarimizni o‘ylantirayotgan turli masalalarni ijobiy hal etilishida muhim ahamiyatga ega bo‘lyapti.



Bu galgi manzil Zomin tumani Mustaqillik MFYda bo‘ldi. Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Akmal Ergashev mahalla aholisining murojaatlarini tinglab, ularga huquqiy tushuntirish hamda maslahatlar berdi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan sayyor qabulda uy-joy, kadastr, kommunal sohaga doir o‘nga yaqin murojaatlar qabul qilingan bo‘lsa, ularning ba’zilari o‘z joyida bartaraf etildi. Qolgan murojaatlar ijrosi esa nazoratga olindi.

Bu kabi sayyor qabullar fuqarolarning huquq madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.



Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi

04
Tezkor, qulay va samarali targ‘ibot

Adliya boshqarmasi va  viloyat teleradiokompaniyasi o‘rtasida imzolangan Memorandumga ko‘ra, endilikda kun davomida 8 marotaba efirga uzatiladigan  «Diyor yangiliklari»  informatsion dasturlarida  Lex.uz  milliy bazasidagi kunlik qonunchilikdagi  yangiliklar  “Yuguruvchi titr”larda kunlik berib borilishi yo‘lga qo‘yildi.  Normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy targ‘ibot yo‘li bilan tarqatishning ushbu yangi usuli aholining amaldagi qonunchilik normalaridan tezkorlik bilan  xabardor bo‘lishini ta’minlaydi.

Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi

30
Odam savdosiga barcha mas’ul.

Odam savdosiga qarshi kurashish odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilarni jinoiy ta’qib etish, bunday jinoyatdan jabr ko‘rganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bu kabu me’yorlar qat’iy belgilanib qo‘yilgan “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida G‘allaorol tumani adliya bo‘limi hamda tuman sud, IIB, tibbiyot birlashmasi, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi hamda Respublika “Istiqbolli Avlod” ijtimoiy-axborot Markazi Jizzax viloyati bo‘limi hamkorlikda targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Seminarda dunyo bo‘ylab har yili millionlab insonlar odam savdosi qurboniga aylanayotgani qayd etildi. Ular orasida ayollar, keksalar, hatto yosh bolalar ham borligi aytildi. Tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Sh.G‘oziyev “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Tadbir davomida odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalariga oid videorolik tadbir ishtirokchilariga ko‘rsatildi. Tadbir so‘nggida odam savdosi muammosining dolzarbligi mamlakatimizda ushbu jinoyatga qarshi kurashish borasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi

29
Murojaat va yechim.

Bugun xalq bilan muloqot qilish, ularni qiynab kelayotgan turli ijtimoiy muammolarni bartaraf etish barcha darajadagi rahbarlar oldiga muhim vazifalar qo‘ymoqda. Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Akmal Ergashev ham ushbu talablardan kelib chiqib, Zomin tuman adliya bo‘limi boshlig‘i M.Alimqulov hamda tuman mutasaddilari bilan birga tumanda uyma-uy yurib, aholi murojaatlarini tinglab, yuzma-yuz muloqot qilmoqda.

Xalq bilan muloqot bugun davlatimiz siyosatining eng ustuvor vazifalaridan biriga aylangan. Maqsad bitta xalq dardini tinglash, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish va muammolarini o‘z vaqtida va joyida hal etishdan iborat. Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Akmal Ergashev Zomin tumanining Taraqqiyot (Qayirma) QFY da uyma-uy yurib, aholi bilan o‘tkazgan muloqotida ham o‘z ifodasini topdi.

Ushbu hududda yashayotgan aholi o‘zlarini qiynayotgan turli ijtimoiy muammolar yuzasidan murojaat qilishdi: bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash uchun ta’til davrida har oy olinadigan nafaqa, moddiy yordam, banklardan kredit olish, yer uchastkalarini kadastr qilish va boshqa muammolar...

Kun davomida 20 ga yaqin fuqarolar murojaatlari tinglanib, hal etish choralari ko‘rildi. Akmal Mamarasulovich aholiga huquqiy maslahatlar, tushuntirishlar hamda qonunchilikdagi yangiliklarni xayotiy misollar bilan birga tushuntirib berdi. O‘rganishlar davomida hal etilishi katta mablag‘ va vaqt talab etiladigan muammolar bo‘yicha aniq muddat va mas’ullar belgilanib, nazoratga olindi.

Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi

28
Ayni damda Adliya vazirligi ishchi guruhi hamda viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Shokir Saidov Doʻstlik tumanidagi yuridik xizmat koʻrsatish markazida xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, ajratilgan bino, xonalar, kompyuter texnikalari koʻzdan kechi

Ayni damda Adliya vazirligi ishchi guruhi hamda viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Shokir Saidov Doʻstlik tumanidagi yuridik xizmat koʻrsatish markazida xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, ajratilgan bino, xonalar, kompyuter texnikalari koʻzdan kechirib, oʻz fikr-mulohazalarini bildirmoqda.

https://telegra.ph/YUridik-hizmat-k%D1%9Ersatish-faoliyati-yanada-oshadi-09-28

27
Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari joriy yilning 1-oktyabridan ish boshlaydi. Hozirda Jizzax viloyatida markazlar faoliyati boʻyicha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Xabaringiz bor, 2021-yil 29-iyun kuni “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilingan.
Mazkur Qarorda Respublikaning barcha tuman (shahar)larida yuridik xizmat koʻrsatish markazlarini (Markazlar) tashkil etish belgilangan.
Shunga koʻra, yuridik xizmat koʻrsatish markazlari joriy yilning 1-oktyabridan ish boshlaydi. Hozirda Jizzax viloyatida markazlar faoliyati boʻyicha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu oʻrinda, markazlarning asosiy vazifasi davlat idoralarining quyi boʻgʻinida qonuniylik va qonun ustuvorligini taʼminlash orqali fuqarolarning huquqlarini himoya qilish hisoblanadi.
Ayni damda Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan markaz faoliyatini yanada muvofiqlashtirish maqsadida, Jizzax viloyatining eng chekka hududlaridan biri Mirzachoʻl tumanida amaliy yordam koʻrsatilmoqda.



24
“Diyor intervyu”

“Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–6313-son, 14.09.2021-y.) qabul qilindi. 

Ushbu farmon ayrim shartnomalarni tuzishda oʻrnatilgan suniy cheklovlarni olib tashlash va shartnomaviy munosabatlarda axborot tizimlaridan foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishni koʻzda tutadi. 

Farmonning mazmun-mohiyati yuzasidan Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining “Diyor intervyu” koʻrsatuvida viloyat adliya masʼul xodimlari Muhriddin Musurmonov hamda Sherzod Qaynarov oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.

“DIYOR INTERVYU” koʻrsatuvi chorshanba kuni, 22-sentyabr, soat 19.30da efirga uzatildi.

23
Jizzaxda OAV vakillari soʻz erkinligida konstitutsiyaviy normaning ahamiyati tanlovi boʻyicha taqdirlanishdi

Jizzax Politexnika instituti majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondining granti asosida, Jizzax viloyat “Inson manfaatlari” ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy qoʻllab-quvvatlash markazi tomonidan, “Erkinlik inson huquqi, shaffoflik — uning qadri va manfaatidir” loyihasiga koʻra, “Soʻz erkinligida, axborot olish va tarqatishga oid konstitutsiyaviy normaning ahamiyati” mavzusida ijtimoiy tanlovi gʻoliblari taqdirlandi.
Tanlovda viloyatda huquq sohasini yoritib, ijod qilayotgan jurnalistlar, bosma va elektron ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar “Soʻz erkinligida, axborot olish va tarqatishga oid konstitutsiyaviy normaning ahamiyati” mavzusiga doir tanqidiy-tahliliy maqolalari, videorolik, koʻrsatuv, radioeshittirishlari, ijtimoiy hikoyalar kabi targʻibot materiallari bilan qatnashdi.
“Soʻz erkinligida, axborot olish va tarqatishga oid konstitutsiyaviy normaning ahamiyati” mavzusidagi tanlov gʻoliblari quyidagi nominatsiyalarda taqdirlandi:



“Eng faol huquqiy ijtimoiy targʻibotchi” - viloyat teleradiokompaniyasi radio bosh muharriri Sayyora Boʻronova
“Huquqshunos jurnalist”- viloyat adliya boshqarmasi masʼul xodimi Qizlarxon Saidova
“Tezkor va asosli xabarlar qiroli”- viloyat teleradiokompaniyasi yetakchi mutaxassisi Olimjon Qosimov
“Zukko bloger”-Umida Navroʻzova gʻolib boʻldi.

Tadbirda viloyat hokimi oʻrinbosari Latibjon Axmadjonov  tanlov gʻoliblarini qutlar ekan, butun dunyoda yuz berayotgan keskin globallashuv sharoitida, axborot olish vositalari va manbalari tobora rivojlanib, zamonaviy qiyofa kasb etayotgan, “axborot asri” deb yuritilayotgan ayni davrda jurnalist kasbining masʼuliyati ayniqsa, huquq sohasidagi islohotlarni hamda yangi qabul qilingan qonun hujjatlarini targʻib etish, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda jurnalistlarning oʻrni, mashaqqati, kerak boʻlsa, javobgarligi ham tobora oshib borayotganini eʼtirof etdi.
“Ozgina qilgan mehnatim, tez kunda shunchalik samarasini berganidan judayam xursandman! Huquq tartibot organlarining eng soʻnggi yangiliklaridan xalqimizni xabardor qilishda davom etaman. Sababi, har kim oʻz haq-huquqini bilsagina jamiyat rivojlanadi, taraqqiyot yuksaladi, insonlar baxtli boʻladi, eʼtibor va eʼtirof uchun tashakkur!”,-deydi viloyat adliya boshqarmasi huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi yetakchi maslahatchisi Qizlarxon Saidova.

Koʻtarinki kayfiyatda oʻtgan tadbir barcha ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirgani shubhasizdir.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati

22
Bugun, 22-sentyabr – xalqaro avtomobilsiz kun.

Adliya vazirligi, hududiy adliya organlari va muassasalari xodimlari ham Xalqaro avtomobilsiz kun munosabati bilan ish joylariga piyoda va velosipedda kelishmoqda.



Siz ham bir kun avtomobilingizdan voz kechib, sogʻlom turmush sari qadam bosing!!!

21
Huquqiy targʻibot tadbirlari davom etmoqda.

Gʻallaorol tuman adliya boʻlimi tomonidan tuman ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlari ishtirokida huquqiy targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Tadbir davomida yangi qabul qilingan bir qator qonun hujjatlari mazmun-mohiyatiga ham toʻxtalib oʻtildi. Xususan, “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi ( 2021-yil 25-avgust, OʻRQ-711-son) Qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyati toʻgʻrisida keng maʼlumotlar berildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi, “Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi (OʻRQ-691-son)Qonuni mazmun-mohiyati xususida atroflicha soʻz bordi.

Gʻallaorol tuman adliya boʻlimi boshligʻi Shukrullo Gʻoziyev “Huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatining eng muhim belgilaridan biri bu — erkin, ochiq saylov tizimining mavjudligi hisoblanadi. Saylovlar orqali fuqarolar bevosita davlat va jamiyat boshqaruvida ishtirok etadi. Shu bois, saylash va saylanish huquqi fuqaroning eng muhim siyosiy huquqlari sirasiga kiradi”-deb oʻz fikr-mulohazalarini yakunladi. Tadbir soʻnggida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.



Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi