Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

09
Tv sharx koʻrsatuvi orqali yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati aholiga yetkazib borilmoqda

Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi orqali efirga uzatiladigan Tv sharx koʻrsatuvinining bu galgi soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida”gi Qarori  mazmun-mohiyatiga bagʻishlandi. Ushbu koʻrsatuv 7-noyabr kuni soat 19:30 da namoyish etildi.

08
Korruptsiyaga qarshi kurashishning eng asosiy yo'li – davlat organlari faoliyati va ish jarayonlarini shaffof qilishdir.

Ma'lumki, hozirgi zamon milliy va xalqaro huquqida tobora ko‘p qo‘llanilayotgan atamalardan biri bu korrupsiyadir.

Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq korrupsiya illatiga qarshi kurashish masalasiga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda.    Chunki poraxo‘rlik - hokimiyat va boshqaruv asoslarini yemiradigan, uning aholi oldidagi obro‘siga putur yetkazadigan, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlariga daxl qiladigan havfli jinoiy hodisalardan biridir.

Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitusiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi.

Korrupsiya fuqaroning davlat vakili bilan ma'muriy munosabatlari ma'no-mohiyatini o‘zgartiradi va jamiyat uchun ham, davlat uchun ham salbiy oqibatlarga sabab bo‘ladi. “Korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir. Lekin faqat davlat xizmatchilari korrupsiya faoliyatining sub'ektlari hisoblanadi, chunki korrupsiya munosabatlari yuzaga kelishiga sabab bo‘ladigan qarorlar qabul qilish yoki harakatlar sodir etish uchun hokimiyat vakolatiga faqat ular ega bo‘ladi”.

Umuman olganda, korrupsiya hodisasiga so‘zning keng ma'nosida yondashadigan bo‘lsak, bu shunchaki jinoyat yoki huquqbuzarlik emas, balki ma'naviy buzilish holatidir. Mazkur illatga qarshi kurashda nafaqat davlat organlari, balki, jamiyat va umuman barcha fuqarolarimiz mas'uldirlar.

Korrupsiyaga qarshi kurashishning eng asosiy yo‘li – davlat organlari faoliyati va ish jarayonlarini shaffof qilishdir. Bunda eng asosiy e'tiborni ishga olish, davlat xaridlari, ruxsatnoma va lisenziyalar berish kabi jarayonlarda ochiq-oshkoralikni ta'minlashga qaratish lozim.

Abdug‘ani Israilov
G‘allaorol tumani yuridik xizmat 
ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

05
“Bizning jamoa korrupsiyadan holi”

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xuzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorlikda “Bizning jamoa korrupsiyadan holi” mavzusida o‘quv seminari tashkil qilindi. Yurtimizda qisqa vaqt ichida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga oid qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Seminarda huquqiy targ‘ibot va ma‘rifat bo‘limi boshlig‘i J.Ishonqulov korrupsiyaga oid yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati, jumladan, Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash toʻgʻrisidagi buyruq Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi, bunga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining vazifalari belgilanligini seminar ishtirokchilariga tushuntirib o‘tdi.

O‘quv seminar erkin savol javoblar bilan yakunlandi.


Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi

04
Intellektual mulk himoyasi tadbirkorlar huquqlari kafolatidir

Doʻstlik tumanida viloyat adliya boshqarmasi hamda  viloyat intelektual mulk himoyasi markazi hamkorligida seminar boʻlib oʻtdi. 

Butun dunyoda intellektual mulk qimmatli narsa, deb eʼtirof etiladi. Mashhur brend egalari, bestseller asar mualliflari, ixtirochilarning milliarder ekani haqida koʻp oʻqiganmiz. Intellektual mulk insonning ijodiy tafakkuri bilan yaratiladigan narsa hisoblanadi. Ular turli sanoat mulki obyektlari yoki mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan asarlar boʻlishi mumkin. Intellektual mulkning ahamiyati yildan yilga oshib bormoqda.
Boʻlib oʻtgan yigʻilishda ishtirok etgan hududdagi tadbirkorlarga intelektual mulk, uning ahamiyati, mohiyati haqida tushuncha berildi.

Tadbirkorlarga mahalliy brendlarni yaratib, xalqaro roʻyxatdan oʻtish, xalqaro bozorga chiqish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Doʻstlik tuman adliya boʻlimi  bilan hamkorlikda tadbirkorlar uchun intellektual mulkni yaratish va himoya qilish boʻyicha amaliy koʻmak va huquqiy maslahatlar  berishga kelishib olindi.

03
Bir murojaat izidan

Berdinazar Abirqulov Samarqand veterinariya instituti talabasi edi. Ammo bir oylik safarbarlik rezerviga harbiy xizmatga uni institutda oʻqib yurgan vaqtida olib ketishdi. Ketishdan oldin Baxmal tuman mudofaa boʻlimini talaba ekanligi, institut rahbariyatini esa harbiy xizmatga chaqiruv kelgani haqida xabardor qildi. Ammo harbiy xizmatdan qaytishi bilan unga talabalar safidan chiqarilgani haqida maʼlum qilishdi. Ikki oʻrtada qolib ketgan Berdinazar oʻqishini tiklash maqsadida murojaat qilmagan joyi, taqillatmagan masʼul tashkilot eshigi qolmadi. Ammo masala hal boʻlmadi, chunki Oliy taʼlim vazirligi va Mudofaa vazirligi vakillari ham qonuniy yoʻl tutishgani dalillarini keltirishdi. Oʻrtada esa bir yosh taqdir hech kimni qiziqtirmadi. Oʻqishdan umidini uzgan Berdinazar Prezident maslahatchisi sayyor qabul oʻtkazayotganini eshitgach, u yerga ham murojaat qilib koʻrish istagi paydo boʻldi. Murojaatdan soʻng ushbu holatni Jizzax viloyat adliya boshqarmasi oʻz nazoratiga oldi va masala koʻp oʻtmay oʻz yechimni topdi.  Adliya boshqarmasi Inson huqulari boʻlimi yordamida sudga davo arizasi kiritildi va ish fuqaro foydasiga hal qilindi. U yana talabalar safidan joy oldi.

02
Tv sharx ko'rsatuvi orqali qonun xujjatlari targ'iboti davom etmoqda

Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi orqali efirga uzatiladigan "TV sharx" ko'rsatuvining bu galgi sani O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ta'lim darajasi yuqori bo'lmagan maktablarga malakali o'qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora tadbirlari to'g'risida"gi Qarori  mazmun-mohiyatiga bag'ishlandi. Ushbu ko'rsatuv 31 oktyabrь kuni soat 19:30 da efirga uzatildi.

01
Targ'ibot tadbirlari davom etmoqda

"Forish tongi" gazetasining 23 oktyabrь kungi sonida tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi yuristkonsulьtlari Qodir Shaharov va O'tkir Mahammatovlarning "Qoror va ijro" rukni ostida "Byudjet tashkilotlariga yuridik xizmat ko'rsatiladi" deb nomlangan maqolasi chop etildi.

29
Jizzax shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan targ'ibot tadbirlari davom etmoqda

Jizzax shahar Yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari 2021 yil 28 oktyabrь kuni Jizzax shaxar hokimligi xuzuridagi Obodonlashtirish boshqarmasida targ'ibot ishlarini olib bordilar.

Tadbir jarayonida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyunь kunidagi PQ-5168-son Qarori bilan tasdiqlangan "Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari to'g'risida"gi Nizom va "Е-huquqshunos" elektron tizimidan foydalanish tartibi va Mehnat qonunchiligi normalari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Жиззах шахар ҳокимлиги хузуридаги Ободонлаштириш бошқармаси  ходимлари семинар давомида фаолиятлари билан боғлиқ хуқиқий холатларга доир саволларга Марказ ходимлари томонидан батафсил жавоблар берилди ва семинар иштирокчилари ўзларига керакли бўлган маълумотларга эга бўлишди.

28
Yuridik markazlar o`z faoliyatini boshladi.

Yuridik markazlar qanday vazifalarni amalga oshiradi? 
Ular qaysi tashkilotlarga xizmat ko'rsatadi?
Markazlarning tashkil etilishidan maqsad nima?                                                     

Mazkur savollar bugunda axoli orasida ko'p bora uchramoqda. Shu kabi savollarga Paxtakor tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i Dildora Juraboeva "Assalom, Jizzax" dasturi orqali javob beradi.

27
Yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan targ'ibot tadbirlari davom etmaqda

Sharof Rashidov tuman Yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari 2021 yil 27 oktyabrь kuni tuman tibbiyot bo'limida  targ'ibot ishlarini olib bordilar.

Tadbir jarayonida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyunь kunidagi PQ-5168-son Qarori bilan tasdiqlangan "Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari to'g'risida"gi Nizom va "Е-huquqshunos" elektron tizimidan foydalanish tartibi, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida Konun va Mehnat qonunchiligi normalari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Tuman tibbiyot  xodimlari o'zlariga kerakli bo'lgan ma'lumotlarga ega bo'lib,  seminar ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga markaz xodimlari tomonidan batafsil javoblar berildi.