Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

01
OCHIQ DAVRA SUHBATI

Yangiobod tumani adliya boʻlimi hamda Fuqarolik ishlari boʻyicha Zomin tumanlararo sudi bilan hamkorlikda, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida ochiq davra suhbati tashkil etildi.
Ochiq davra suhbati davomida, adliya boʻlimi boshligʻi J.Abduxoliqov tomonidan xodimlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 484-sonli Qarori va boshqa normativ- huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga Fuqarolik ishlari boʻyicha Zomin tumanlararo sudi sudyasi A.Poʻlatov tomonidan, FHDY organlarida va Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda nikohdan sud tartibida ajratish hamda sudlarga daʼvo kiritish tartibi boʻyicha huquqiy tavsiya va tushuntirishlar berildi.

31
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar holati muhokama qilindi

Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati majlislar zalida Korrupsiyaga qarshi kurashish viloyat Hududiy kengashining navbatdagi muhokama yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari B.Ikromov adliya organlarini korrupsiyadan holi tizim sifatida shakllantirishdagi yangicha yondashuv va tashabbuslar, natijador targ'ibot tadbirlari, aholining bu boradagi huquqiy savodxonligini oshirish borasidagi sa'yi harakatlar yuzasidan ma'lumot berar ekan, bugungi kunda nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoatchilik institutlari ham o'z faoliyatlari davomida korrupsion omillarning oldini olish va jamiyatda bu illatga qarshi beparvolik emas aksincha daxldorlik tuyg'ularini shakllantirishda ijobiy natijalarga erishayotganini alohida ta'kidlab o'tdi.

30
“Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati” huquqiy aksiyasi qizg'in pallada

Joriy yilning 10-iyundan 31-iyulgacha “Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati” huquqiy aksiyasi o`tkazilayotganligi munosabati bilan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyat tashkilotlarining kadrlar bo'limi xodimlari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-trening davomida xodimlarning mehnat huquqlari yuzasidan bilimlari yanada oshirildi. Bundan tashqari, tashkilotlarga ish yuritish hujjatlarini tayyorlashda yordam berish maqsadida namunaviy metodik qo'llanmalar tarqatildi. 

Tadbir so'ngida, seminar ishtirokchilarining sohaga oid savollariga batafsil javob berildi.

Shu kabi seminar-treninglar viloyatdagi barcha shahar va tumanlarda tashkil etilmoqda.

29
Jizzax viloyatida 69 nafar fuqaroning yer va bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari tan olindi

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining qaroriga ko'ra "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonun (https://lex.uz/uz/docs/-7049383)ga asosan, Jizzax viloyatining turli hududlarida yashovchi 69 nafar fuqaroning yer va inshootlarga bo‘lgan huquqlari qonuniy ravishda e’tirof etildi.

Tumanlar kesimida:

✔️ G‘allaorol tumani – 27 nafar
✔️ Arnasoy tumani – 3 nafar
✔️ Baxmal tumani – 15 nafar
✔️ Forish tumani – 1 nafar
✔️ Zomin tumani – 5 nafar
✔️ Sharof Rashidov tumani – 9 nafar
✔️ Jizzax shahri – 3 nafar
✔️Zarbdor tumani – 3 nafar
✔️Paxtakor tumani – 2 nafar

➡️ Xatlov natijalari bilan shaffof tarzda etirof.kadastr.uz saytiga kirib dasturdagi barcha jarayonlar bilan tanishishingiz mumkin.

28
adliya_dolzarb_90_kun

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi A. Raxmatov tomonidan Sh. Rashidov tumani Ravot mahallasida joylashgan "Energy" bolalar sog'lomlashtirish oromgohida, bolalarning huquqiy savodxonligini oshirish, har qanday huquqbuzarliklarga murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida, bolalarning huquqlari tushuntirilishi bilan bir qatorda huquqiy viktorina savollari orqali ularning bilimlari baholandi. Viktorina g'oliblariga adliya boshqarmasining maxsus esdalik sovg'alari topshirildi.

25
Huquqiy madaniyat – barqaror jamiyat poydevori

Zarbdor tuman Adliya bo‘limi FHDYO bo‘limi tomonidan Navbahor  MFYda “uyma-uy” yurish shaklida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar hamda xotin-qizlar bilan yakka tartibda suhbatlar asosida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-son Farmoni, PQ–133-son hamda PQ-1-son qarorlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida fuqarolarga aniq tavsiyalar berildi.

Aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, qonun hujjatlarini xalqchil tilda tushuntirish borasida amaliy ishlar olib borilmoqd a

Bunday uchrashuvlar aholining davlat huquqiy tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

24
"Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati" aksiyasi doirasida huquqiy targ'ibot!

Jizzax shahar adliya bo’limi xodimlari tomonidan shahrimizning “Madaniyat” MFY binosida sayyor qabul tashkil qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Jizzax shahar “Madaniyat” MFY “Huquqiy mahalla” deb etirof etilganligi hamda Adliay vazirining 2025-yil 9-iyundagi buyrug'iga asosan 2025-yil 10-iyundan 31-iyulgacha "Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati" huquqiy aksiyasi doirasida ish beruvchi va xodimlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini o‘rganish, tahlil qilish va hal etish, vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish beruvchi va xodimlarni qiynab kelayotgan huquqiy muammolarga yechim topish, ish beruvchilar, xodimlar hamda fuqarolarning mehnat sohasidagi qonunchilikka oid huquqiy ongi va huquqiy bilimlarini yanada oshirish, ularda qonunlarga hurmat va rioya qilish ruhini shakllantirish maqsadida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Sayyor qabulda tegishli tashkilotlar jalb qilinib, 10 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etdi, shundan 5 tasi qonunchilik talablariga muvofiq o‘rganib chiqish uchun ish yurituvga qabul qilindi hamda fuqarolarga qonunchilikdagi yangiliklarga oid tarqatma materiallari tarqatildi.

Bundan tashqari, “mahalla yettiligi”ga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazish va mahalla fuqarolar yig‘inida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda metodik yordam ko‘rsatilishi ta’minlandi.

22
HUQUQIY TARG'IBOT

Jizzax shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi, "Madad" NNT va idoraviy notarial arxiv mas'ul xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1 son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan boshqarma boshlig'i tomonidan tasdiqlangan Chora-tadbirlar dasturi asosida 16.06.2025-yilda shahrimizdagi “A.Navoiy” MFY da huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida, Davlatimiz rahbarining 03.01.2025-yildagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son va 01.04.2025-yildagi “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ–133-son qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 16.04.2024-yildagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarorining mazmun-mohiyati, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan hamda fuqarolar tomonidan notarial arxiv hujjatlarini olish tartiblari to'g'risida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, MFYda adliya burchagi tashkil etilganligi, biriktirilgan adliya bo'limi hamda "Madad" NNT mas'ul xodimlari haqidagi ma'lumotlarning mavjudligi, kutubxona bilan ta'minlanganligi o'rganildi. Tadbir davomida, fuqarolar qonunchilikdagi yangiliklardan ham xabardor qilinib, tarqatma materiallari tarqatildi.

21
HUQUQIY TARG'IBOT

Forish tuman Adliya boʻlimi  tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi PQ-1-sonli Qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan manzilli huquqiy targʻibot tadbirlari boʻyicha Dastur doirasida “Ozbekiston” MFYda Davlat xizmatlari markaziga kelgan fuqarolar o‘rtasida huquqiy targʻibot oʻtkazildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-133-sonli Qarorlarining mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Ishtirokchilar firibgarlik jinoyati qurboniga aylanishini oldini olish maqsadida bu kabi jinoyatlarning yangi turlari va sodir etish usullari haqida ogohlantirildi.

Hozirda targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda

18
Zakovat_2025

Xodimlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish shuningdek, mantiqiy fikrlash salohiyatini yuksaltirish maqsadida Jizzax viloyat adliya tizimida muntazam ravishda "Zakovat" intellektual o'yinlari o'tkazib kelinmoqda.

Jizzax shahridagi "Yoshlar innovatsion markazi"da o'yinning final bosqichi bo'lib o'tdi. Qizg'in va murosasiz kechgan bahsda jamoalar bor bilim va salohiyatini ishga soldilar. 8 ta jamoa ishtirokida o'tkazilgan o'yin yorqin lahzalarga boy bo'ldi.

1-o'rin SMART (Arnasoy-Mirzasho'l)
2-o'rin ISHONCH (Adliya boshqarmasi)
3-o'rin BURGUTLAR (Sharof Rashidov-Zafarobod) jamoasiga nasib etdi.