Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

13
Huquqiy targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadigan saylov jarayonlari har birimizdan siyosiy faollikni, tashabuskorlikni talab etadi. Ayniqsa, bugungi zamon yoshlarining oldida turgan muhim vazifalardan biri ushbu siyosiy jarayonda faol ishtirok etishdan iboratdir. G‘allaorol tuman adliya bo‘limi tomonidan “Saylovda yoshlarning o‘rni” mavzusida tadbir tashkil etildi. Unda tumandagi barcha yoshlar ishtirok etishdi. Yoshlarning huquqiy va siyosiy bilimlarini oshirish, saylov qonunchiligi bo‘yicha keng ma’lumotlar berishga qaratilgan mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining mazmun-mohiyati, saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar xususida so‘z bordi.

Tadbirda G‘allaorol tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Shukrullo G‘oziyev saylovda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, ularning siyosiy savodxonligini oshirish borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Tadbir davomida bu yilgi saylovda ilk marotaba ovoz beradigan yigit-qizlarning ushbu muhim siyosiy jarayon haqidagi tasavvur va qarashlari bilan o‘zaro fikr almashildi.


Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi

12
TV-SHARH

4-oktyabr kuni Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Unga koʻra, Kodeksning bir qator moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs, agar u oʻz aybiga iqror boʻlsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, maʼmuriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
Viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan ushbu Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan Jizzax teleradiokompaniyasining “TV Sharh” koʻrsatuvida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbatda Arnasoy tuman adliya boʻlimi boshligʻi Hosilmurod Kushmatov va jinoyat ishlari boʻyicha Jizzax shahar sudi sudyasi Ergash Qarshiyev.

11
Huquqiy targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Viloyat adliya boshqarmasi, shahar va barcha tuman adliya bo‘limlari tomonidan saylov qonunchiligi targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra suhbatlari, tadbirlari o‘tkazilmoqda. Tadbirlarda asosiy e’tibor, muhim siyosiy jarayon Prezident sayloviga ko‘rilayotgan tayyorgarlik, Saylov kodeksi, saylov qonunchiligi bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borishdan iborat. Tadbirda Milliy gvardiya Jizzax viloyati qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari ishtirok etdi.

Ana shunday targ‘ibot tadbirlaridan biri Jizzax shahar adliya bo‘limi tomonidan o‘tkazildi. Tadbirda so‘zga chiqqan Jizzax shahar adliya bo‘limi boshlig‘i Sherzod Ermatov bu yilgi Prezident saylovi, yangilangan milliy saylov qonunchiligi, umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga mos, demokratik tamoyillar asosida ochiq va oshkora o‘tkazilishi haqida ma’lumotlar berdi.

Tadbir erkin savol-javob shaklida yakunlandi.



Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi

09
Saylovoldi targ‘ibot tadbirlari

Bo‘lajak saylov jarayonini yuqori saviyada tashkil etish, umume’tirof etilgan xalqaro tamoyillar, ilg‘or milliy va xorijiy tajriba asosida o‘tkazishda uchastka saylov komissiya a’zolarining bilimi va saviyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan, Forish va Yangiobod tuman adliya bo‘limlari tomonidan uchastka saylov komissiya a’zolarining milliy saylov qonunchiligi va amaliyoti xalqaro saylov standartlari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan saylovoldi targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Mahalla raisi va xodimlari saylov kuniga qadar aholi o‘rtasida nimalarni tushuntirishi va targ‘ib etishi lozim? Covid-19 bilan kasallangan bemor saylov kuni qay tartibda ishtirok etadi? Tadbir davomida shu kabi savollarga Yangiobod tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida saylovning tashkiliy huquqqiy asoslari barobarida mazkur ijtimoiy-siyosiy tadbirga tayyorgarlik bosqichi bilan bog‘liq dolzarb vazifalar xususida ham atroflicha tushunchalar berildi. Tadbir davomida saylovni o‘tkazish jarayonlarida mahalla raislari va xodimlarining O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksida belgilangan huquq va majburiyatlari haqida so‘z bordi.

Bu kabi saylov oldi targ‘ibot tadbirlari barcha tuman adliya bo‘limlari tomonidan o‘tkazilmoqda.


Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi

08
“TV Sharh”

Hukumat qarori (605-son, 24.09.2021 y.) bilan Davlat oliy ta’lim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 
Ushbu Qarorning mazmun-mohiyati yuzasidan Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining “TV Sharh” ko‘rsatuvida viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari Sherzod Ermatov va Ilg‘orjon Rashidov o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

07
NNT sohasida hamkorlik va tajriba-yuksak natija

Bugun mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida tobora o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotgan NNT sohasi jamiyat rivoji yo‘lida samarali tizim sifatida tan olinmoqda. Shu sabab ularning ishlash tizimi, faoliyatida yuzaga kelayotgan muammo va tusiqlarni bartaraf etishga ko‘maklashish adliya organlari oldida turgan asosiy fazifalardan biri sanaladi. Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan tuzilgan ishchi guruhi tomonidan tasdiqlangan reja-grafikka asosan 2021 yilning 25 sentyabr kuni Jizzax viloyat “Istiqlol avlodi” ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazida Sharof Rashidov tumani va Jizzax shahrida faoliyat olib boruvchi nodavlat notijorat tashkilotlari sayyor qabul qilindi.



Qabul qilish vaqtida murojaat qiluvchilarni qiziqtirgan masalalarga to‘liq javob qaytarish uchun sharoit yaratilib, muammolarni xal qilish choralari ko‘rildi. Shuningdek, 3 ta NNT tomonidan yo‘llangan shikoyat arizalari qabul qilinib, har tomonlama holisona ko‘rib chiqilishi nazoratga olindi.



05
Sayyor qabullar fuqaro huzurida

Davlat taraqqiyoti va aholi farovonligi uchun avvalo, xalq ichiga kirish, dardu tashvishlariga sherik bo‘lish va shu orqali muammolarga yechim topish kerak. Viloyat adliya boshqarmasi hamda shahar, tuman bo‘limlari tomonidan o‘tkazilayotgan uchrashuv, muloqotlar va sayyor qabullar fuqarolarimizni o‘ylantirayotgan turli masalalarni ijobiy hal etilishida muhim ahamiyatga ega bo‘lyapti.



Bu galgi manzil Zomin tumani Mustaqillik MFYda bo‘ldi. Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Akmal Ergashev mahalla aholisining murojaatlarini tinglab, ularga huquqiy tushuntirish hamda maslahatlar berdi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan sayyor qabulda uy-joy, kadastr, kommunal sohaga doir o‘nga yaqin murojaatlar qabul qilingan bo‘lsa, ularning ba’zilari o‘z joyida bartaraf etildi. Qolgan murojaatlar ijrosi esa nazoratga olindi.

Bu kabi sayyor qabullar fuqarolarning huquq madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.



Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi

04
Tezkor, qulay va samarali targ‘ibot

Adliya boshqarmasi va  viloyat teleradiokompaniyasi o‘rtasida imzolangan Memorandumga ko‘ra, endilikda kun davomida 8 marotaba efirga uzatiladigan  «Diyor yangiliklari»  informatsion dasturlarida  Lex.uz  milliy bazasidagi kunlik qonunchilikdagi  yangiliklar  “Yuguruvchi titr”larda kunlik berib borilishi yo‘lga qo‘yildi.  Normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy targ‘ibot yo‘li bilan tarqatishning ushbu yangi usuli aholining amaldagi qonunchilik normalaridan tezkorlik bilan  xabardor bo‘lishini ta’minlaydi.

Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi

30
Odam savdosiga barcha mas’ul.

Odam savdosiga qarshi kurashish odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilarni jinoiy ta’qib etish, bunday jinoyatdan jabr ko‘rganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bu kabu me’yorlar qat’iy belgilanib qo‘yilgan “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida G‘allaorol tumani adliya bo‘limi hamda tuman sud, IIB, tibbiyot birlashmasi, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi hamda Respublika “Istiqbolli Avlod” ijtimoiy-axborot Markazi Jizzax viloyati bo‘limi hamkorlikda targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Seminarda dunyo bo‘ylab har yili millionlab insonlar odam savdosi qurboniga aylanayotgani qayd etildi. Ular orasida ayollar, keksalar, hatto yosh bolalar ham borligi aytildi. Tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Sh.G‘oziyev “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Tadbir davomida odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalariga oid videorolik tadbir ishtirokchilariga ko‘rsatildi. Tadbir so‘nggida odam savdosi muammosining dolzarbligi mamlakatimizda ushbu jinoyatga qarshi kurashish borasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi