Yangiliklar
“Zafar yo'lidan” gazetasining navbatdagi sonida Zafarobod tuman adliya bo‘limi boshlig‘ining “Yoshlarga madad-kelajak ustuni” sarlavhali maqolasi nashr qilindi.
Tasdiqlangan reja grafikka asosan tuman hokimlari bilan adliya boshqarmasi boshlig‘ining hamkorlikdagi sayyor qabullari davom etmoqda. Navbatdagi sayyor qabul Do‘stlik tumanida o‘tkazildi.
Tuman hokimi Sh.Darvishev bilan birgalikda o‘tkazilgan sayyor qabulda murojaat etgan fuqarolarning tuman darajasidagi muammoli masalalari o‘rganilib, joyida hal etilishi ta’minlandi.
Sayyor qabul davomida kam ta’minlangan oilalarga yer ajratish, yer-mulk solig‘i, bankdan kredit olish, uy-joyni rasmiylashtirish, tadbirkorlik faoliyati, ishga joylashish kabi masalalar bo‘yicha qilingan murojaatlarga tegishli qonunchilik hujjatlari bilan asoslangan holda adliya boshqarmasi boshlig‘i Sh.Saidov tomonidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Sayyor qabulda 40 dan ortiq fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar tuman sektorlari bilan birgalikda atroflicha muhokama qilindi. 8 ta fuqaroning murojaati qanoatlantirildi. Fuqarolarning 12 nafariga huquqiy tushuntirishlar berildi. 20 nafar fuqarolarning murojaatlari tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi.
Muddat talab qiladigan masalalar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.
Huquqiy axborot va ma’rifat bo‘limi
O‘zbekistonda prezidentlik saylovlari joriy yil 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda mazkur siyosiy tadbirga tayyorgarlik jarayonlari boshlanib ketgan. Saylovlar huquqiy demokratik davlatning muhim belgilaridan biri bo‘lib, uning halkaro mezonlar, umumetirof etilgan tamoyillar asosida o‘tishi islohotlarning samarasiga, fuqarolar haq-huquqlarini ta’minlanishiga xizmat kiladi. Shu ma’noda, 2021 yil 8 fevraldagi “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Ushbu Qonun mazmun-mohiyati, saylov qonunchiligidagi o‘zgartirishlar haqida suhbat Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi dotsenti Bekzod Narimonov bilan “zoom” programmasida bo‘lib o‘tdi.
Baxmal tuman adliya bo‘limi boshlig‘i N.Qodirov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash borasida “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kirgan ayollar ishtirokida tumandagi O‘rmonchi MFY da joriy yilning 12 avgust kuni sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabulda tuman mutasaddi tashkilotlari vakillari ham qatnashdi.
Jarayonda fuqarolar asosan elektr energiya, tabiiy gaz, moddiy yordam, nafaqa, sog‘liqni saqlash, ish bilan ta’minlash, kadastr hujjatini rasmiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, aliment, mol-mulkni ajratish masalalarida murojaat qilgan 12 nafar ayollarga huquqiy tushuntirishlar berildi, 8 nafar fuqaroning murojaati joyida hal etildi. Shuningdek, muddat talab qiladigan masalalar bo‘yicha 4 ta murojaat nazoratga olindi.
Sayyor qabul yakunida ishtirokchilarga qiziqtirgan savollari yuzasidan qonunchilik hujjatlari asosida huquqiy maslahatlar berildi.
Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi
Joriy yilning 10 avgust kuni Sharof Rashidov tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Uchtepa qo‘rg‘onida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari uchun “Prezidentlik saylovlari - kelajakni tanlash huquqi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
O‘zaro muloqot shaklida o‘tgan tadbirda ishtirokchilarga “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni bo‘yicha atroflicha tushuncha berildi. Suhbatlarda jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan Prezident qarorining mazmun-mohiyati haqida ham so‘z bordi.
Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi
“Ijro.gov.uz” idoralararo yagona elektron tizimining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash yuzasidan adliya organlarining aniq vazifa va mas’uliyati belgilangan. Shu munosabat bilan har haftaning chorshanba kuni adliya xodimlari uchun viloyat va tuman hokimliklariga ushbu tizimda ishlashga ko‘maklashish kuni etib belgilangan.
Bugungi tadbirda adliya boshqarmasi boshlig‘i Sh.Saidov va boshqarmaning mas’ul xodimlari ishtirok etib, viloyat hokimligining rahbar va xodimlariga zarur ko‘rsatma hamda uslubiy ko‘maklar berdi.
Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi
“Jizzax tonggi.uz” gazetasining navbatdagi sonida Sh.Rashidov tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi J.Soipovning “Yer mulkchiligida yangi davr: tenglik va shaffoflik” sarlavhali maqolasi nashr qilindi.
Forish tuman adliya bo‘limi boshlig‘i O.Yo‘ldoshevning “Yangi O‘zbekistonning muhim siyosiy jarayoni” nomli maqolasi “Forish tongi” gazetasining navbatdagi sonida chop etildi.
Joriy yilning 7 avgust kuni Jizzax politexnika instituti majlislar zalida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari A.Mustanov raisligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-son Farmoni, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qarori hamda “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 2021 yil 22 iyuldagi PQ-5189-son qarorlari ijrosi to‘g‘risida seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat adliya boshqarmasining mas’ul xodimlari ishtirok etib, mazkur Farmonni qabul qilish zarurati va maqsadi, shuningdek Prezident Qarorlari va topshiriqlari ijrosi yangi tizim haqida to‘xtalib o‘tishdi.
Seminarda adliya boshqarmasi boshlig‘i Sh.Saidov tahlillar natijasida ijro intizomi samarasiz darajada ekanligidan dalolat beruvchi ko‘plab holatlar aniqlanganligini va shu munosabat bilan qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga qaratilgan mazkur Prezident Farmoni qabul qilinganligini ishtirokchilarga tushuntirib berdilar.
Shuningdek, ishtirokchilarga har haftaning chorshanba kuni adliya xodimlari uchun viloyat va tuman hokimliklariga ushbu tizimda ishlashga ko‘maklashish kuni etib belgilanganligi, har haftaning juma kuni esa hokimlarning birinchi o‘rinbosarlari huzurida ijro holati muhokama qilinishi belgilanganligi tushuntirib o‘tildi.
Farmonga ko‘ra, “Ijro.gov.uz” tizimi orqali qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qilishning mutlaqo yangi tizimi joriy etildi. Ushbu Farmon bilan ijrochilarning qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro etilishidagi mas’uliyatini yanada kuchaytirish maqsadida tizimga zarur ma’lumotlarni o‘z vaqtida kiritmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritish, bu borada adliya boshqarmasi ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida yoki lozim darajada bajarmaslik uchun javobgarlik joriy etilishi belgilandi.
Aytish kerakki, davlat organlari va tashkilotlar tomonidan yuqoridagi talablarning bajarilmasligi qonunchilikka muvofiq intizomiy, ma’muriy va boshqa javobgarlikka sabab bo‘ladi. Seminar so‘nggida ishtirokchilarning yangi tizim bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan to‘liq javoblar berildi.
Xuquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi
Tasdiqlangan reja grafikka asosan tuman hokimlari bilan adliya boshqarmasi boshlig‘ining hamkorlikdagi sayyor qabullari davom etmoqda. Navbatdagi sayyor qabul Zafarobod tumanida o‘tkazildi.
Tuman hokimi N.Rajabov bilan birgalikda o‘tkazilgan sayyor qabulda murojaat etgan fuqarolarning tuman darajasidagi muammoli masalalari o‘rganilib, joyida hal etilishi ta’minlandi.
Sayyor qabulda 20 taga yaqin fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar tuman sektorlari bilan birgalikda atroflicha muhokama qilinib, ularning aksariyati shu vaqtning o‘zida hal etildi. Muddat talab qiladigan masalalar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.
Huquqiy axborot va ma’rifat bo‘limi