Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

14
BAYRAM MUBORAK

Jizzax viloyati adliya boshqarmasi jamoasi barcha yurtdoshlarimiz va harbiylarni 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

Fursatdan foydalanib, ushbu bayram munosabati bilan barchangizga tingchlik, oilaviy xotirjamlik, honadoningizga fayzu baraka, mas'uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan mavaffaqiyatlar tilaymiz. El xizmatidan, yurt koriga yarashdek sharafli vazifani bajarishdan aslo charchamang!

13
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Xususiy tartibda faoliyat yurituvchi psixologlarga malaka sertifikati berish tartibi tasdiqlandi!

Malaka sertifikati olish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

Malaka sertifikati psixologlarning jamoat birlashmalari tomonidan beriladi.

Davlat xizmati ko'rsatilganligi uchun BHMning 2 baravari miqdorida yig'im undiriladi.

Malaka sertifikati 5 yil davomida amal qiladi.

Unutmang, psixologik yordam ko'rsatish tartibini buzish ma'muriy javobgarlikka sabab bo'ladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori (https://lex.uz/uz/docs/-7942485#-7942832).

12
#Adliya_imtiyoz

Mehnat qonunchiligida yoshlarga qisqartirilgan ish soatlari qo‘llaniladi!

Mehnat kodeksining 415-moddasiga muvofiq ish vaqtining davomiyligi:

16-18 yosh bo‘lgan xodimlar uchun haftasiga 36 soatdan oshmasligi, 15-16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun haftasiga 24 soatdan oshmaydi.

09
#Adliya_imtiyoz

Ta’lim krediti axborot tizimi yaratilgan, xotin-qizlarga 0 % qiymatda, o‘g‘il bolalar uchun 14% (hozirda);

Qaytarish muddati: o‘qish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga.

Ariza bankka taqdim etiladi, shartnoma, ariza boshqa hujjatlar ilova qilinadi, 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

08
OYNING ENG YAXSHI TEXNIK XODIMI ANIQLANDI

“Oyning eng yaxshi texnik xodimi”ni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan adliya organlarining tegishli Komissiyalari xulosasiga koʻra 2025-yil dekabr oyining eng yaxshi texnik xodimi aniqlandi:

Xidirov Baxodir Xayitboy o‘g‘li – Boshqarmaning rahbar kotibi.

Ma’lumot uchun: “Oyning eng yaxshi xodimi” ragʻbatlantirish tariqasida bir oylik ish haqi fondi miqdorida pul bilan (bir martalik) mukofotlanadi.

Jizzax viloyat adliya  boshqarmasi ushbu xodimni muborakbod etib, kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaydi.

08
OYNING ENG YAXSHI BOSHQARUV XODIMI ANIQLANDI

“Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi”ni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan adliya organlarining tegishli komissiyalari xulosasiga koʻra 2025-yil dekabr oyining eng yaxshi boshqaruv xodimi aniqlandi:

Baynazarov Dilshod Suvanqulovich – Do‘stlik tuman adliya bo‘limi boshlig‘i.

Ma’lumot uchun: “Oyning eng yaxshi xodimi” ragʻbatlantirish tariqasida bir oylik ish haqi fondi miqdorida pul mukofoti bilan (bir martalik) taqdirlanadi.

Jizzax viloyat adliya  boshqarmasi ushbu xodimni muborakbod etib, kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaydi!

07
Fuqarolarga uchun yangi imkoniyat

2026-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston mahallalari uyushmasining “Raqamli mahalla” yagona platformasi Adliya vazirligining smartoffice.adliya.uz axborot tizimi bilan integratsiya qilindi.

Ushbu yangi platforma orqali mahalla raislariga fuqarolarning murojaatlarini elektron tarzda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tegishli adliya organlariga yuborish imkoniyati yaratildi. Bu esa murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonini tezlashtirish, shaffoflikni oshirish va aholiga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

06
#Bu_muhim

Nodavlat notijorat tashkilotlari diqqatiga!

Qonunchilikka ko‘ra, nodavlat notijorat tashkilotlari (shu jumladan, diniy tashkilotlar) har yili 1-fevralga qadar o‘tgan yildagi faoliyati yuzasidan adliya organiga hisobot taqdim etadi.

Hisobot shakllari bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:

???? Nodavlat notijorat tashkilotlari uchun — havola. (https://lex.uz/uz/docs/3796969)
???? Diniy tashkilotlar uchun — havola. (https://lex.uz/docs/4089832)

Hisobotni www.e-ngo.uz portali orqali elektron shaklda, o‘z vaqtida va to‘liq taqdim etish so‘raladi.

Eslatma: MJtKning 239-moddasiga asosan, nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etmasligi, o‘z vaqtida taqdim etmasligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etishi, o‘z faoliyati to‘g‘risida bila turib noto‘g‘ri ma'lumotlar taqdim etishi BHMning 10 baravaridan 25 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun telefon raqamlari:
● O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi – (71)207-04-39, (77)210-00-08, (91)797-33-00, (94)658-52-94, (90)908-11-18, (94)368-99-44;
● Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi – (91)392-77-72, (55)101-10-08;
● Andijon viloyat adliya boshqarmasi – (91)486-07-06, (55)202-10-08;
● Buxoro viloyat adliya boshqarmasi – (91)164-04-54, (65)223-18-27;
● Jizzax viloyat adliya boshqarmasi – (91)304-69-64, (90)492-74-72, (72)221-50-50;
● Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi – (90)607-26-60, (93)423-34-60, (75)230-01-76;
● Navoiy viloyat adliya boshqarmasi – (91)249-01-02, (79)222-11-08;
● Namangan viloyat adliya boshqarmasi – (91)367-59-00, (69)226-11-00;
● Samarqand viloyat adliya boshqarmasi – (97)615-70-20, (90)502-22-99, (55)701-00-55;
● Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi – (91)622-22-99, (67)236-11-48;
● Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi – (90)969-93-94, (55)451-11-48;
● Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi – (90)807-90-29, (93)270-19-00, (73)249-05-25;
● Xorazm viloyat adliya boshqarmasi – (99)967-65-64, (62)227-77-22;
● Toshkent viloyat adliya boshqarmasi – (97)420-33-00, (71)501-02-50;
● Toshkent shahar adliya boshqarmasi – (94)695-44-44, (93)567-32-22, (71)203-60-03.

05
#Mulk_huquqi

Jizzax viloyatida o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlari e'tirof etilgan fuqarolar soni jami 2 305 nafarga yetdi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida qabul qilingan qarorga muvofiq, viloyatning bir qator tuman va shaharlarida istiqomat qiluvchi yana 639 nafar fuqaroning mulk huquqlari qonuniy tartibda e’tirof etildi.

30
#Muhokama_2030

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mamlakatning 2030-yilgacha mo‘ljallangan taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni loyihasi regulation.adliya.uz portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.

❗️Ushbu muhokamada faol ishtirok etishingizni so'rab qolamiz.

Havola orqali o'tib, Farmon loyihasi matni bilan tanishishingiz mumkin! (https://regulation.adliya.uz/project/8712/22983?contentLang=oz)