Yangiliklar
Hukumatimiz qarori bilan xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vaqtinchalik tartib joriy qilingan boʻlib, unga koʻra, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar toifalari hamda ularga yordam koʻrsatish tartibi va muddatlari belgilangan.
Yangiobod tuman “Ayollar daftari”ga jami 289 nafar xotin-qiz kiritilgan boʻlib, shundan 19 nafari huquqiy yordam olishga muhtoj.
Tuman doirasida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni kundalik hayotda qiynab kelayotgan turli sohalardagi muammolarni aniqlash va ularga huquqiy yechim topish maqsadida adliya boʻlimining sayyor qabullari tashkil etilmoqda.
Yaqinda oʻtkazilgan ana shunday sayyor uchrashuvlarning birida “Ayollar daftari”ga kirgan fuqarolarning muammosi hal etildi. Tumandagi Xoʻjamushkent qishloq fuqarolar yigʻini “Obi-hayot” koʻchasi, 13-uyda yashovchi fuqaro Jamila Ahmedova ham oilaviy ahvolini yaxshilash maqsadida “Har bir oila — tadbirkor” dasturi asosida kredit olish tartibi yuzasidan huquqiy maslahat soʻrab, tuman adliya boʻlimiga ogʻzaki murojaat qilgan edi. Tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqaro J.Ahmedovaga huquqiy maslahat berilib, 15 kun ichida Xalq banki Zomin tuman filialidan 24 million soʻm kredit ajratilishida amaliy yordam koʻrsatildi.
Jahongir ABDUXOLIQOV,
Yangiobod tuman adliya boʻlimi bosh maslahatchisi
Jizzax viloyat Adliya boshqarmasining navbatdagi kengaytirilgan Hayʼat majlisi boʻlib oʻtdi. Unda 2021-yil I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi hisobot davrining ustuvor vazifalari muhokama qilindi.
Video onlayn tartibida tashkil etilgan Hayʼat majlisida boshqarma boshligʻining oʻrinbosari, Jizzax shahri va tumanlardagi Adliya boʻlim boshliqlari va masʼul xodimlar ishtirok etdi.
Hayʼat majlisini ochib bergan Adliya boshqarmasi boshligʻi Sh.Saidov oʻz soʻzida tizim oldida turgan vazifalar koʻlami hamda pandemiya sharoitida xavfsiz hamda samarali ish yuritishning oʻziga xos jihatlariga atroflicha toʻxtaldi. eʼtiborli jihati, tuman (shahar) boʻlimlarining ijtimoiy tarmoqlardagi faolligini oshirish, aholiga qiziqarli boʻlishi uchun yangicha yoʻnalishlardan foydalanish, onlayn platformalarda ishni yoʻlga qoʻyish borasida masʼul hodimlarni bu borada oʻz ustida doimiy ishlashi - hozirgi zamon talabi ekanligini boshqarma boshligʻi alohida taʼkidlab oʻtdi. Shundan soʻng, adliya boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari A.Ergashev boshqarma tomonidan 2021-yilning I yarmida qonunchilik targʻibotini tashkil etish bilan kompleks bogʻliq tarzda amalga oshirilgan ishlar xususida Hisobotni taqdim etdi.
Qayd etildiki, hisobot davrida boshqarma tarkibiy boʻlinmalari, Jizzax shahar hamda tumanlardagi adliya boʻlimlari tomonidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilgan. Xususan, amaldagi qonunchilik meʼyorlarini takomillashtirishga qaratilgan 286 ta taklif ishlab chiqilishiga erishilgan. Oʻz navbatida, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan kiritilgan 39 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilib, xulosa berilgan.
Qonunchilik normalarini tatbiq etish faoliyatiga doir aniqlangan 14 316 ta qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarga 689 ta taqdimnoma, 2973 ta ogohnoma hamda aybdor shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan 153 ta takliflar kiritilgan. Koʻrilgan taʼsir choralari natijasida 2423 ta noqonuniy qarorlar bekor qilinib, 113 nafar shaxslarning maʼmuriy javobgarligi taʼminlangan. 322 nafar shaxslar esa intizomiy javobgarlikka tortilgan. Bunda 12 nafar xodimga u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilish chorasi koʻrilgan. Aniqlangan qonunbuzilish holatlari bilan bogʻliq tarzda sudlarga 6 mlrd 531 mln soʻmlik 533 ta daʼvo arizalari kiritildi.
Eʼtiborli jihati, adliya organlariga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 3429 ta murojaatlarning 2929 tasi oʻz muddatida qonuniy hal etilgan. Bir vaqtning oʻzida hududlar kesimida aholining huquqiy ongi va savodxonligini oshirishga qaratilgan 23922 marotaba targʻibot tadbirlari oʻtkazilgan.
Hayʼat majlisida erishilgan mana shu kabi natijalar bilan bir qatorda, faoliyat davomida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi, xususan aholi murojaatlari bilan ishlash tizimida duch kelinayotgan muammoli masalalar ochiq-oydin muhokama qilindi. Hayʼat majlisida unda ishtirok etgan masʼullar zimmasiga faoliyat davomida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish, kelgusida sohani takomillashtirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni belgilash, takliflar ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish yuzasidan tegishli vazifalar yuklatildi.
Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi
Jizzax haqiqati gazetasining navbatdagi sonida Adliya brifingi chop etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining tegishli buyrugʻiga asosan, Ikromov Bunyod Bahriddinovich Zafarobod tuman adliya boʻlimi boshligʻi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. Bunyod Ikromov 9-mart 1983-yil Jizzax tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 2011-yil Toshkent Davlat yuridik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi yurisprudensiya. B.Ikromov tayinlovga qadar Jizzax viloyat prokuraturasi Ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻlimi katta prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Sh.Saidov joriy yilning 2-avgust kuni mazkur tumanda boʻlib, sektorlar rahbarlari, davlat boshqaruvi idoralari masʼullari ishtirokida tashkil etilgan yigʻilishda B.Ikromovni barchaga tanishtirdi.
Sh.Kamalovich oʻz soʻzida Zafarobod tumani aholisi, hududning imkoniyatlari, mavjud sharoitlar, fuqarolarning huquqiy masalalari, qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazishga qaratilgan tadbirlar mohiyatiga alohida toʻxtalib oʻtdi.
Viloyat adliya boshqarmasi jamoasi adliya sohasining istiqboldagi vazifalari ijrosiga masʼuliyat bilan yondoshishi yoʻlida B.Ikromovga yuksak ishonch bildirib, kelgusi faoliyatida zafarlarlar tilaydi.
Turli millat vakillarini oʻz bagʻrida jamlagan hamda ularning ahil va inoq kun kechirishlarini taʼminlagan Oʻzbekiston uchun ham bu bayram alohida ahamiyat kasb etadi. Shunday ajoyib kunda biz Jizzax viloyat adliya boshqarmasi xodimlari dunyodagi xalqlar doʻstligi mustahkam va abadiy boʻlishini tilaymiz !
Video
Joriy yilning 29-iyul kuni Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Jizzax viloyat yuridik texnikumiga qabul jarayonlari mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.
Keyingi yillarda yoshlarning taʼlim olishi uchun katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Taʼlimni rivojlantirishdan maqsad, uzluksiz taʼlim tizimini takomillashtirish, sifatli taʼlim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash va bu orqali mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishdir. Tashkil etilgan anjumanning shiori aynan shu mazmunda boʻldi.
Matbuot anjumaniga adliya boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, viloyat yuridik texnikum direktori A.Idiboyev hamda qabul komissiyasi masʼullari tashrif buyurdi. Anjumanda soʻzga chiqqanlar oʻquv maskaniga qabul jarayonlari, oʻqish tartibi va ushbu taʼlim muasassasini tamomlagan bitiruvchilarning kelajakdagi imkoniyatlari haqida atroflicha maʼlumot berdilar. Qayd etib oʻtish kerak, yuridik texnikumga qabul jarayonlari joriy yilning 1-avgustidan 20-avgustigacha davom etadi. Texnikumga 240 ta oʻquvchi qabul qilinishi koʻzda tutilmoqda. Shulardan 150 ta oʻquvchi kunduzgi, 90 ta oʻquvchi sirtqi taʼlim yoʻnalishlarida bilim olishi moʻljallanmoqda. Anjuman davomida yuridik texnikumga qabul jarayoni hamda iqtidorli oʻquvchilarning fikrlari aks etgan rolik ishtirokchilarga namoyish etildi.
Xulosa oʻrnida aytib oʻtish kerakki, oliy taʼlimda oʻqishni davom ettirish imkoniyatidan tashqari texnikumni bitirgan talaba yurist mutaxassisligi boʻyicha belgilangan shakldagi diplomga ega boʻlib, yuridik sohada mehnat qilish imkoniyatiga ega boʻladi. Anjuman erkin muloqot tarzida boʻlib oʻtdi.
Taʼkidlash lozimki, bugungi kunda boshqarmadagi mavjud ish oʻrinlarida ishlab kelayotgan 55 ta xodimdan 18 nafari (32.7%) soʻnggi 3 yildagi oliy maskanni bitirib kelgan yosh huquqshunoslar, shulardan 7 nafari bu yilgi bitiruvchilar boshqarma va tuman adliya boʻlimlarida oʻz ish faoliyatini boshladi. Boshqarma tomonidan yosh kadrlarga qaratib kelinayotgan alohida eʼtibor natijasida ular qisqa muddatlarda adliya sohasining barcha faoliyat yoʻnalishlarini oʻrganib olishmoqda. Shu maqsadda ular bilan doimiy ravishda oʻquv mashgʻulotlari hamda uchrashuvlar oʻtkazib borilmoqda.
Bugun ham soha tizimidagi yosh yuristlar bilan navbatdagi uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda ishtirok etgan har bir yosh yurist kelajak uchun asqotadigan bilim va koʻnikmaga ega boʻldi.
Bugungi uchrashuv yosh yuristlarga katta ruhiy madad, motivatsiya berdi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Eng asosiysi, yangi tashabbuslarni ilgari suruvchi muloqot maydoni boʻldi.
Viloyat boshqarma boshligʻi Shokir Saidov yosh yuristlarga faqatgina oʻz ustida tinimsiz ishlashi va harakatdan toʻxtamaslik lozimligi, oʻz ishining ustasi boʻlgan inson hayotda oʻz oʻrnini topishini qatʼiy taʼkidladi. Erkin muloqot tarzida oʻtgan uchrashuvda bugungi kunda huquqshunos kadrlarni oldiga qoʻyilayotgan talablar, qonunchilik hujjatlari bilan ishlash usullari boʻyicha fikrlar almashildi.
Uchrashuv qizgʻin savol-javob tarzida oʻtdi. Kelgusidagi yosh kadrlar bilan amalga oshiriladigan aniq vazifalar belgilab olindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2021-yil 19-iyuldagi tegishli buyrugʻiga asosan, Oybek Erdoshevich Yuldoshev Forish tuman adliya boʻlimiga, Aziz Salimovich Aminov Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimiga boshliq etib tayinlandi.
Viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Sh.Saidov mazkur tumanlarda boʻlib, sektorlar rahbarlari, davlat boshqaruvi idoralari masʼullari ishtirokida tashkil etilgan yigʻilishlarda O.Yuldoshev va A.Aminovlarni barchaga tanishtirdi.
Viloyat Adliya boshqarmasi boshligʻi oʻz soʻzida global muhit islohotlari jarayonida huquqiy targʻibotni amalga oshirish, huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish va ularning huquqiy ong va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar mohiyatiga alohida toʻxtalib bu borada faol hamkorlik yoʻlga qoʻyilishi zarurligini qayd etdi.
Viloyat adliya boshqarmasi jamoasi hududlar hayotida qonun ustuvorligini taʼminlash va huquqiy targʻibotni faol amalga oshirish borasida adliya sohasining istiqboldagi vazifalari ijrosiga masʼuliyat bilan yondoshishlari yoʻlida O.Yuldashev va A.Aminovga yuksak ishonch bildirib, faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.
2021-yil 24-oktyabrda boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezident saylovlarida mavjud qonunchilik normalariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash saylovlarni oʻtkazishga bevosita masʼul sifatida tanlab olingan 1572 nafar nomzodlarning huquqiy bilim va savodxonligiga bogʻliq. Ular uchun ikki bosqichda oʻtkaziladigan seminarlarning yuqori natijador boʻlishi qonunchilik sohasi uchun masʼul boʻlgan adliya idoralarining targʻibot koʻlami bilan mezonlashadi. Bu borada viloyat hokimining oʻrinbosari boshchiligida shtab tuzilib, shtabga barcha mutasaddi tashkilotlarning masʼullari biriktirilgani eʼtiborga molik.
Seminarlarni yuqori saviyada tashkil etishning moddiy taʼminoti sifatida har bir hududda tanlab olingan zamonaviy auditoriyalar jihozlanib, prokuratura, ichki ishlar, adliya, oliy taʼlim sohasidan jami 52 nafar trenerlar biriktirildi. Ular tomonidan joriy yilning 7-9-iyun kunlari oʻquv seminarning 1-bosqichi tashkil etilgan boʻlsa, endilikda siyosiy oʻquvlarning 2-bosqichi boʻlib oʻtmoqda.
Viloyat adliya boshqarmasining masul xodimlari tinglovchilarga “Saylov qonunchiligi” boʻyicha bilim bermoqda. Darslar karantin qoidalariga amal qilingan holda, keys usulida tashkil etilgan. Hududiy seminarlarni ishchi guruhi bilan birga, viloyat Adliya boshqarmasi boshligʻi Shokir Saidov ham kuzatib, tinglovchilarga tegishli tavsiyalar berdi.
Oʻz navbatida, Adliya boshqarmasi va respublika miqyosidagi trener mutaxassislar bilan suhbatlarda saylovlarni yuqori saviyada oʻtkazish borasida kelishib olindi. Seminarlar davomida tinglovchilar uchun qoʻshimcha treninglar, savol javob, interfaol oʻqishlar rejalashtirilgan.
Viloyat adliya boshqarmasi targʻibot boʻlimi
Hayʼat majlisi videokonferensaloqa shaklida oʻtkazilib, unda adliya organlari va muassasalarining rahbar va masʼul xodimlari ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, Adliya vazirligi tashabbusi bilan 81 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqildi.
1374 ta qonun hujjatlari loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi.
129 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Xususan, mazkur yilda 2020-yil 1-yarim yilligiga nisbatan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish 45 % ga koʻpaydi.
Kelib tushgan jami 60,1 mingta murojaatlarning 49,1 mingtasi yaʼni 82 foizi qonuniy hal etildi.
Qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish boʻyicha 11,6 mingta taqdimnoma kiritildi, 4,8 ming nafar shaxslar maʼmuriy, 7,5 ming nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi, shundan 352 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Sudlarga 125,8 mlrd. soʻmlik 7,8 mingta daʼvolar (arizalar) kiritilib, 120 mlrd. soʻmlik 6,5 mingta daʼvolar (arizalar) qanoatlantirildi.
Aholining huquqiy ongini oshirish boʻyicha 195 mingdan ortiq targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatish markazlari tomonidan 5,4 mln. dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Majlis davomida bugungi kunda adliya organlari faoliyatidagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etishning tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sohaga doir bildirgan fikrlari va koʻrsatmalarini bajarishga oid ishlar muhokama etildi.
Shu oʻrinda aytish joizki, 2021-yildagi Davlat dasturining 15-bandiga asosan, Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga “E-qaror” elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi 2021-yil 22-iyunda 390-son bilan qabul qilingan. Yigilishda “E-qaror” elektron tizimining ishga tushirilishi qogʻoz sarfining oldini oladi hamda hokim qarori, farmoyishi va kengash qarorlarini ishlab chiqishda inson omilining kamayishiga va korrupsiyani oldini olishga yordam beradi, fuqarolarimiz tomonidan hokimliklar qabul qilingan hujjatlari bilan Internet tarmogʻida tanishish imkoniyati yaratilishi aloxida takidlandi.
Barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, Hisob palatasi, Markaziy bank, sud va prokuratura organlari, shuningdek, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalariga taalluqli bulgan
“Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
xamda “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonlari va tegishli Qarori mazmun-moxiyati xakida onlayn ishtirokchilarga kiskacha tushunchalar berib utildi.
Shuningdek, asosiy eʼtibor mavjud xato va kamchiliklar hamda ularning ildizlarini puxta tanqidiy tahlil qilishga, faoliyatdagi muammolarni ochiq-oshkora muhokama qilishga qaratildi. Soha xodimlariga kerakli tavsiyalar berildi va kelgusi rejadagi ishlar belgilab olindi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi targʻibot boʻlimi