Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

20
Muhim ma'lumot

Hurmatli fuqarolar, ayni paytda  Jizzax shahar elektr ta'minotida uzilishlar kuzatilayotganligi sababli Davlat xizmatlari markazida  vaqtincha xizmat  ko‘rsatilmaydi.

Nosozlikni bartaraf qilish ishlari olib borilmoqda. Bu haqida qo‘shimcha xabar beriladi.

Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

19
YOSHLAR MUAMMOLARI HAL ETIB BORILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-330-sonli qarori asosida Forish tuman adliya bo‘limiga bir qancha yoshlar biriktirilgan.

Forish tuman adliya bo‘limi tomonidan biriktirilgan kambag‘al oilalar hamda otaliqqa biriktirilgan og‘ir toifadagi yoshlar muammolari xonadonbay muntazam o‘rganilib, hal etib borilmoqda.

Ularga har tomonlama ko‘maklashish maqsadida muammolari nazoratga olinmoqda.

Bundan tashqari fuqarolar qonunchilikdagi yangiliklar, imtiyozlar, huquq va majburiyatlardan xabardor qilinadi.

Shu bilan birga huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish maqsadida qonunchilikda belgilangan jazo choralari haqida ham tushuntirishlar berib borilmoqda.

19
Yangi saylangan raislar metodik jihatdan o‘qitilmoqda

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi va O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Jizzax viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda yangi saylangan raislarning huquq va majburiyatlarini, qonunchilikda mavjud vakolatlarini tushuntirishga qaratilgan seminarlar tashkil etilmoqda.

Ushbu seminarda mahalla raislarining qonunchiligimizdagi vakolatlari to‘liq tushuntirilib, huquqiy jihatdan qurollantirildi.

Seminar davomida mahallalarning jamiyatdagi o‘rni va rolini kuchaytirish, mahalla raisi hamda “mahalla yettiligi” a’zolarining asosiy vazifalari haqida batafsil tushuntirishlar va ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Bu kabi tadbirlar yangidan saylangan raislar uchun bosqichma-bosqich o’tkazilishi rejalashtirilgan.

16
“Diyor intervyu” informatsion-dasturida huquqiy yangiliklar

Jizzax shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Muxtarov tomonidan Jizzax MTRK Jizzax televideniyasida O’zbekiston Respublikasining 19.04.2025 yildagi “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O'RQ-1053 sonli Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan suhbat o’tkazildi.

15
“Bepul huquqiy maslahat har bir uyga” aksiyasi doirasida huquqiy targ‘ibot

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan “Bepul huquqiy maslahat har bir uyga” aksiyasi doirasida Jizzax shahar "Sangzor" MFY hududida joylashgan mahalla binosida aholi o'rtasida keng ko‘lamli huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirlar davomida aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida yoshlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar va tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarga ularning qonuniy huquq va erkinliklari, imtiyozlar, subsidiya va kompensatsiyalar, shuningdek davlat tomonidan ko‘rsatiladigan bepul xizmatlardan qanday foydalanish mumkinligi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbir davomida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024-yildagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Davlatimiz rahbarining 01.04.2025-yildagi “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ–133-son va 03.01.2025-yildagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarorlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Tadbirlar jarayonida ishtirokchilarga amaldagi qonunchilikdagi o‘zgarishlar, yangiliklar va ularning hayotdagi ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi. Uchrashuv yakunida fuqarolarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha va asosli javoblar berildi.

14
“Huquqiy darsxona” radio eshittirishida huquqiy yangiliklar

Jizzax shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti M.Yokubjonova tomonidan Jizzax MTRK Jizzax radio kanali FM 105.5 FM 106.2 to'lqinlarida jonli efirda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.03.2025 yildagi “Oila va xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-103 sonli Qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan suhbat o’tkazildi.

Suhbat davomida tinglovchilar tomonidan yo’llangan savollarga javob berildi.

13
Jizzaxda 21 nafar fuqarolarning uy-joylariga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi

Joriy yilning 1-may kuni Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining navbatdagi to'qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada  21 nafar fuqaroning  uy-joylariga bo'lgan huquqlari xalq deputatlari viloyat Kengashida ko‘rib chiqilib, ularning yer maydoni uchun ijara huquqi va unda qurilgan binolar va inshootlar uchun mulk huquqi e'tirof etildi.

Jumladan G'allaorol tumanida 10 nafar, Zomin tumanida 7 nafar, Zarbdorda 4 nafar fuqarolarning o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer-uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshoatlariga bo'lgan mulk huquqlarini e'tirof etish bo‘yicha xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining qarori qabul qilindi.

12
OYNING  ENG  YAXSHI  TEXNIK  XODIMI  ANIQLANDI

Jizzax viloyat adliya boshqarmasining Kadrlar bo'yicha inspektori Qarshiboyeva Sharofat Axat qizi aprel oyining eng yaxshi texnik xodimi deb topildi.

Adliya vazirligi tizimidagi mehnat faoliyatini 2020-yilda Jizzax viloyat yuridik texnikumi Yuridik klinika yetakchi mutaxassisi lavozimidan boshlagan Sharofat Qarshiboyeva 2021-2023 yillar Yuridik klinika rahbari lavozimida ishlagan.

Sh.Qarshiboyeva 2023-yildan hozirgi kunda qadar Jizzax viloyat adliya boshqarmasining kadrlar bo'yicha inspektori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
 
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Sharofat Qarshiboyevani ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

12
OYNING ENG YAXSHI BOSHQARUV XODIMI ANIQLANDI

Jizzax viloyat adliya boshqarmasining Rejalashtirish va samaradorlikni baholash sho‘basi bosh maslahatchisi Ibroximov Ulug‘bek Sharif o‘g‘li aprel oyining eng yaxshi boshqaruv xodimi deb topildi.

O‘z mehnat faoliyatini 2023-yilda Toshkent shahar adliya boshqarmasi, Shayxontoxur tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘limi katta mutaxassisi lavozimidan boshlagan.

U.Ibrohimov 2024-yildan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi Rejalashtirish va samaradorlikni baholash sho‘basi bosh maslahatchisi faoliyat yuritib kelmoqda.
  
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Ibrohimov Ulug‘bekni ushbu e’tirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo’lishini tilaydi.

09
"Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga"shiori ostidagi aksiya doirasida targ'ibot tadbiri tashkil etildi

Zarbdor tuman adliya bo'limi va Madad NNT tomonidan "Adirobod" MFYda mahalla yettiligi o'rtasida va uyma-uy yurilib ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, xotin-qizlar va tarbiyasi og'ir yoshlar hamda probatsiya hisobidagi shaxslar bilan yakka tartibda suhbat o'tkazilgan holda targʻibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 01.04.2025 yildagi PQ 133-sonli va 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan - aholining huquqiy ongi, ijtimoiy faolligi va fuqarolik masuliyatini oshirish,  fuqarolar va yoshlarni turli qonunbuzarliklardan himoya qilish, xususan firibgarlik jinoyatlarini oldini olish, bu borada qonunchilikdagi jazo choralari xususida maʼlumotlar berildi.

Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirishga qaratilgan targ‘ibot materiallari tarqatildi.