Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

13
Har bir murojaat e’tiborda.

Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi - ayollar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuzilgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” ko‘plab oilalarning kambag‘allikdan chiqishlariga xizmat qilmoqda. Bu ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida Arnasoy tumani adliya bo‘limi tomonidan amaliy ishlar qilinmoqda.



Tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tizimli o‘rganishlar davomida ushbu daftarlarga kiritilgan ayollar va yoshlarning muammoli masalalari birma-bir ko‘rib chiqilmoqda.

Bobur mahallasida o‘tkazilgan qabul davomida har bir ayolning, yoshlarning qiyinchiliklari nimalardan iborat ekanligi ularning mutaxassisligi, qiziqishi, imkoniyatlari hisobga olinib, huquqiy maslahatlar, tushuntirishlar berildi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda aholi, shu jumladan, xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va kasb-hunarga ega bo‘lmagan, huquqiy va ma’naviy-psixologik qo‘llab-quvvatlashga zarurati bo‘lgan fuqarolarga davlat tomonidan manzilli ko‘maklashish bo‘yicha mutlaqo yangicha tizim joriy qilindi.

Xususan, koronavirus pandemiyasining aholi turmush darajasiga salbiy ta’sirini yumshatish, aholini ijtimoiy himoya qilish va ko‘makka muhtoj oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu ma’noda, Vazirlar Mahkamasining “Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorning mazmun-mohiyati yuzasidan uyma-uy ayollar murojaatlarni tinglash va ko‘mak berish jarayonida tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tushuntirishlar berildi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda aholi, shu jumladan, xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va kasb-hunarga ega bo‘lmagan, huquqiy va ma’naviy-psixologik qo‘llab-quvvatlashga zarurati bo‘lgan fuqarolarga davlat tomonidan manzilli ko‘maklashish bo‘yicha mutlaqo yangicha tizim joriy qilindi.

Xususan, koronavirus pandemiyasining aholi turmush darajasiga salbiy ta’sirini yumshatish, aholini ijtimoiy himoya qilish va ko‘makka muhtoj oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu ma’noda, Vazirlar Mahkamasining “Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorning mazmun-mohiyati yuzasidan uyma-uy ayollar murojaatlarni tinglash va ko‘mak berish jarayonida tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tushuntirishlar berildi.

Tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Hosilmurod Kushmatov ayollarga nikoh shartnomasi, aliment, uy-joy hujjatlarini rasmiylashtirish, mol-mulk, meros masalalari, pensiya va nafaqalar olish tartibi to‘g‘risida huquqiy maslahatlar berdi. Uyma uy yurish davomida murojaatlarni tinglash, muammolarni tezroq bartaraf qilish va ularning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda. Har bir murojaat e’tiborda. Ularning aksariyati joyida hal qilindi. Vaqt va mablag‘ talab qiladigan masalalar nazoratga olindi. 

Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi

10
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi ( 2021 yil 25 avgust, O‘RQ-711-son) Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan davra suhbati tashkil qili

Жиззах вилоят адлия бошқармаси ташаббуси билан "Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида"ги ( 2021 йил 25 август,
ЎРҚ-711-сон) Қонуни мазмун-моҳияти юзасидан давра суҳбати ташкил қилинди.
Суҳбатда Бахмал туман адлия бўлими бошлиғи Набижон Қодиров ҳамда Жиззах вилоят суди Фуқаролик ишлари бўйича судяси Луиза Халитова иштирок этди.
Суҳбат Жиззах вилоят телерадиокомпаниясининг "Диёр интервью"кўрсатувида, чоршанба куни, соат 19.30да эфирга узатилди.

09
Adliya vazirligi tomonidan sentyabr oyida “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish oyligi” o‘tkazilmoqda.

Mazkur tadbir doirasida ayni damda Jizzax viloyat adliya boshqarmasining Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish maqsadida tanlov bo‘lib o‘tmoqda. Tanlov jarayonini ushbu havola orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 29 iyundagi PQ-5168-son qarori bilan adliya organlari huzurida Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etilgan. Markaz xodimlari adliya organlari xodimlari hisoblanadi.

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi yuridik xizmat ko`rsatish markazlariga ishga qabul qilish tanlovi

08
Bugun xalq deputatlari Arnasoy tuman kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tuman kengashi deputatlari, sektorlar, tashkilot va korxonalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Viloyat adliya boshkarmasi boshlig‘i Shokir Saidov so‘z avvalida, davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar bilan hamoxang holda davlat va jamiyat qurilishi tizimini yanada takomillashtirish borasida ham keng ko‘lamli siyosiy islohotlar amalga oshirilayotganligini alohida e’tirof etdi.

Xususan, milliy saylov qonunchiligimiz umume’tirof etilgan xalqaro prinsip va normalarga to‘la mos holda huquqiy jihatdan yanada rivojlantirildi, liberallashtirildi va saylov amaliyotini modernizatsiyalash yo‘lida yangi bosqich boshlanganligini ta’kidladilar.

Sessiya yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi

07
Yurtimizdagi ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi. Jizzax viloyat yuridik texnikumida ham “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida “Bilimlar kuni” madaniy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.

Navqiron yosh avlod har bir mamlakatning umidi, ertasining ishonchi. Shu bois ham yurtimizda yoshlarning ma’naviyati, ular ta’lim tarbiyasi, kamoloti eng dolzarb masalalardan biri sifatida qaralmoqda. Prezidentimiz  butun mamlakatimiz yoshlariga murojaat qilib, “Hech qachon unutmang, sizlar har tomonlama erkin, ozod va farovon yurtda yashaydigan yangi O‘zbekiston, yangi Renessans bunyodkorisizlar. Sizlarning hayotda o‘z munosib o‘rningizni topishingiz uchun davlatimiz va jamiyatimiz bor kuch va to‘la imkoniyatlarini safarbar etadi”,- degan so‘zlarni qat’iy ishonch bilan ta’kidladilar. Prezident yoshlarga murojaat qilarkan, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning baxtu-saodati, kamoloti yo‘lida qilinishi lozim bo‘lgan ishlarga alohida urg‘u berdi. Yuridik texnikumda o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbirning ham bosh g‘oyasi aynan shu mazmunda bo‘ldi.

Yuridik texnikumda barcha ko‘tarinki kayfiyatda. “Birinchi qo‘ng‘iroq”, “Bilimlar kuni” tadbiriga o‘quvchilar, o‘qituvchilar, o‘quvchilarning ota-onalari hamda ta’lim sohasi fidoyilari  taklif etildi.  Tadbirda so‘zga chiqqan adliya boshqarmasi boshlig‘i Shokir Saidov ta’lim sohasida olib borilayotgan keng miqyosli islohotlar, bu jarayonda yuridik ta’limga qaratilayotgan alohida e’tibor haqida o‘z munosabatini bildirdi.

Ta’kidlandiki, yuridik kadrlar jamiyat tayanchidir. Ular islohotlarning huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi, qonun ustuvorligi, eng avvalo, fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlaydi. Aynan shuning uchun ham yuridik kadrlarni tayyorlash doimo hukumatimiz diqqat markazida.



Yuridik texnikumning 5 nafar eng iqtidorli o‘quvchilari Adliya vazirligi stipendiyasi sohibi bo‘ldi. Shuni qayd etib o‘tish kerakki, adliya vazirligi tomonidan yuridik texnikumlarning iqtidorli o‘quvchilarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida, “Adliya vazirligi stipendiyasi” ta’sis etilgan. Shu munosabat bilan, yangi o‘quv yili boshlanishi oldidan yuridik texnikumning 2-bosqichida o‘qiydigan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lgan 5 nafar iqtidorli o‘quvchilarga adliya boshqarmasi boshlig‘i Shokir Saidov hamda texnikum direktori Abror Idiboyev maxsus guvohnomalar topshirdi.

Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi

06
“Jizzax haqiqati” gazetasining Mustaqilligimizning 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram sonida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Shokir Saidov hamda adliya jamoasining yurtdoshlarimizga yo‘llagan tabrigi chop etildi.

“Jizzax haqiqati” gazetasining Mustaqilligimizning 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram sonida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Shokir Saidov hamda adliya jamoasining yurtdoshlarimizga yo‘llagan tabrigi chop etildi.

31
Mustaqilligimizning 30 yilligi bayramida Adliya sohasi fidoyilari taqdirlandi.

Yangi O‘zbekiston tarixidagi buyuk va shonli sana Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz yillik bayramini xalqimiz katta shodu xurramlik bilan kutib olmoqda. Yurtimizda yangi demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida o‘tgan davrda amalga oshirilgan ulkan ishlar, erishilgan yuksak natijalarda, hech shubhasiz, hayotimizning turli soha va tarmoqlarida fidokorona mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning beqiyos hissasi bor.



Bunday olijanob insonlarning el-yurt oldidagi xizmatlarini e’tirof etish va munosib taqdirlash vatandoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimizni yuksak marralar sari ruhlantirish, ular qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Jizzax viloyat Adliya boshqarmasida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda adliya xodimlari bilan birga, tizimdagi barcha idoralar, jumladan, notarial idoralar, advokatura, ta’lim muassasalari mas’ullari ishtirok etdi.

Tantanada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda faollik ko‘rsatib, o‘zining bilim va iqtidori, intiluvchanligi va tashabbuskorligi, halol va samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar Prezidentimizning 2021 yil 23 avgustdagi Farmoni bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Viloyat adliya boshqarmasi jamoasi hamyurtlarimizni Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan chin dildan tabriklab, ularga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat hamda xonadonlariga tinchlik, fayzu - baraka tilaydi.


Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi

30
Basketbol bo‘yicha “Adliya kubogi” tashkil etildi

“Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida viloyat Adliya boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan kubok musobaqalarida adliya va huquq-tartibot idoralari xodimlaridan iborat tarkibdagi jamoalar o‘zaro kuch sinashdi. Davlat xizmatlari agentligining “Mustaqillik”hamda Bojxona boshqarmasining “Humo” basketbolchilari qarama-qarshiligida “Mustaqillik” jamoasining qo‘li baland keldi.

Ikkinchi o‘yin Adliya boshqarmasining “Odillik” hamda Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyat boshqarmasining “Burgut” jamoalari o‘rtasida kechdi va  adliyachilar majburiy ijro xodimlarining kutilmagan qarshiligiga duch kelishdi.  Yakunda “Burgut” jamoasi ustunlikka erishib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda esa g‘oliblik bojxonachilarga nasib etdi. Shunday qilib, davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan basketbol bo‘yicha “Adliya kubogi” musobaqalarida 3-o‘rin Bojxona boshqarmasining “Humo” jamoasiga,  2-o‘rin DXAning “Mustaqillik” jamoasiga nasib etdi. MIB boshqarmasining “Burgut” jamoasi 1-o‘rinni egallab, musobaqa kubogini qo‘lga kiritdi.



Ғолибларни тақдирлаш маросимида сўзга чиққан вилоят баскетбол Федерацияси раҳбари, Адлия бошқармаси бошлиғи Шокир Саидов сўзга чиқиб, барча ғолибларни ютуқ билан қутлар экан, оммавий спортни, хусусан, баскетболни ривожлантириш борасида Федерация олдида турган келажак тадбирлар хақида атрофлича сўз юритди.

–Bugungi natijalardan shaxsan mening ko‘nglim to‘ldi, Federatsiya faoliyatida kelajak ishlar rejasini kelishib olishga ham ulgurdik, - dedi Adliya boshqarmasi boshlig‘i Sh.Saidov.


Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi

27
Adliya boshqarmasida “UCH AVLOD” uchrashuvi

Hayotning uzluksiz zanjiri kecha, bugun va ertagadan iborat. Bugun yoshmiz, ertaga ulg‘ayamiz, keyin esa keksayamiz. Aynan mana shunday o‘zaro munosabatni “Uch avlod” uchrashuvlarida ko‘rish mumkin. Mana shunday uchrashuv bugun Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etildi.



Ancha yillik hayot tajribasiga ega adliya tizimida, boshqarmaning turli bo‘limlarida faoliyat yuritgan fahriylar, bugun bel bog‘lab, jamiyat rivojiga munosib ulush qo‘shayotgan o‘rta yosh avlod vakillari hamda shijoatli, iqtidorli yosh huquqshunoslarning o‘ziga xos davrasi bo‘lgan bu tadbir Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida ajoyib tuhfa bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.



Adliya boshqarmasi boshlig‘i Shokir Saidov so‘z avvalida, Mustaqilligimizning 30 yillik shodiyonasi bilan fahriylarni tabriklab, ularning hayot yo‘lidagi boy tajribalari doimo yosh avlodga o‘rnak va ibrat bo‘lishini alohida ta’kidlab o‘tdilar. So‘ngra qonunchilikdagi yangiliklar, mustaqillik yillarida adliya tizimidagi o‘zgarishlar va islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdilar.



Qancha sinovlarni boshdan o‘tkazgan, voqeiliklarni ko‘z bilan ko‘rgan fahriylarimiz o‘zlarining yoshlik paytlari, g‘ayrat, shijoatga to‘la talabalik davri, adliya tizimida ish boshlagan ilk yillari haqida xotirladilar. Fahriylarning hayot yo‘llaridagi tajribalari yosh huquqshunoslarga hayotda adashmaslik, tinmay o‘z ustida mehnat qilish, to‘g‘ri yo‘ldan maqsadli yurishga o‘rgatadi.

Uchrashuv yakunida fahriylarga adliya boshqarmasining  esdalik sovg‘alari topshirildi.

Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi

26
“Korrupsiyaga qarshi kurash choralari kuchaytirilmoqda”

Forish tuman adliya bo‘lim boshlig‘i O.Yo‘ldoshevning  “Forish tonggi” gazetasining navbatdagi sonida “Korrupsiyaga qarshi kurash choralari kuchaytirilmoqda” nomli maqolasi chop etildi