Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

11
“Jizzax tonggi.uz” gazetasining navbatdagi sonida Sh.Rashidov tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi J.Soipovning “Yer mulkchiligida yangi davr: tenglik va shaffoflik” sarlavhali maqolasi nashr qilindi.

“Jizzax tonggi.uz” gazetasining navbatdagi sonida Sh.Rashidov tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi J.Soipovning “Yer mulkchiligida yangi davr: tenglik va shaffoflik” sarlavhali maqolasi nashr qilindi.

10
Forish tuman adliya bo‘limi boshlig‘i O.Yo‘ldoshevning “Yangi O‘zbekistonning muhim siyosiy jarayoni” nomli maqolasi “Forish tongi” gazetasining navbatdagi sonida chop etildi.

Forish tuman adliya bo‘limi boshlig‘i O.Yo‘ldoshevning “Yangi O‘zbekistonning muhim siyosiy jarayoni” nomli maqolasi “Forish tongi” gazetasining navbatdagi sonida chop etildi.

09
Ijro va javobgarlik

Joriy yilning 7 avgust kuni Jizzax politexnika instituti majlislar zalida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari A.Mustanov raisligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-son Farmoni, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qarori hamda “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 2021 yil 22 iyuldagi PQ-5189-son qarorlari ijrosi to‘g‘risida seminar bo‘lib o‘tdi.




Tadbirda viloyat adliya boshqarmasining mas’ul xodimlari ishtirok etib, mazkur Farmonni qabul qilish zarurati va maqsadi, shuningdek Prezident Qarorlari va topshiriqlari ijrosi yangi tizim haqida to‘xtalib o‘tishdi.

Seminarda adliya boshqarmasi boshlig‘i Sh.Saidov tahlillar natijasida ijro intizomi samarasiz darajada ekanligidan dalolat beruvchi ko‘plab holatlar aniqlanganligini va shu munosabat bilan qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga qaratilgan mazkur Prezident Farmoni qabul qilinganligini ishtirokchilarga tushuntirib berdilar.

Shuningdek, ishtirokchilarga har haftaning chorshanba kuni adliya xodimlari uchun  viloyat va tuman hokimliklariga ushbu tizimda ishlashga ko‘maklashish kuni etib belgilanganligi, har haftaning juma kuni esa hokimlarning birinchi o‘rinbosarlari huzurida ijro holati muhokama qilinishi belgilanganligi tushuntirib o‘tildi.




Farmonga ko‘ra, “Ijro.gov.uz” tizimi orqali qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qilishning mutlaqo yangi tizimi joriy etildi. Ushbu Farmon bilan ijrochilarning qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro etilishidagi mas’uliyatini yanada kuchaytirish maqsadida tizimga zarur ma’lumotlarni o‘z vaqtida kiritmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritish, bu borada adliya boshqarmasi ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida yoki lozim darajada bajarmaslik uchun javobgarlik joriy etilishi belgilandi.




Aytish kerakki, davlat organlari va tashkilotlar tomonidan yuqoridagi talablarning bajarilmasligi qonunchilikka muvofiq intizomiy, ma’muriy va boshqa javobgarlikka sabab bo‘ladi. Seminar so‘nggida ishtirokchilarning yangi tizim bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan to‘liq javoblar berildi.



Xuquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi



06
Samarali sayyor qabul.

Tasdiqlangan reja grafikka asosan tuman hokimlari bilan adliya boshqarmasi boshlig‘ining hamkorlikdagi sayyor qabullari davom etmoqda. Navbatdagi sayyor qabul Zafarobod tumanida o‘tkazildi.
Tuman hokimi N.Rajabov bilan birgalikda o‘tkazilgan sayyor qabulda murojaat etgan fuqarolarning tuman darajasidagi muammoli masalalari o‘rganilib, joyida hal etilishi ta’minlandi.




Sayyor qabulda 20 taga yaqin fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar tuman sektorlari bilan birgalikda atroflicha muhokama qilinib, ularning aksariyati shu vaqtning o‘zida hal etildi. Muddat talab qiladigan masalalar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

Huquqiy axborot va ma’rifat bo‘limi

05
“Ayollar daftari”ga kirib kredit oldi.

Hukumatimiz qarori bilan xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vaqtinchalik tartib joriy qilingan boʻlib, unga koʻra, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar toifalari hamda ularga yordam koʻrsatish tartibi va muddatlari belgilangan.

Yangiobod tuman “Ayollar daftari”ga jami 289 nafar xotin-qiz kiritilgan boʻlib, shundan 19 nafari huquqiy yordam olishga muhtoj.

Tuman doirasida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni kundalik hayotda qiynab kelayotgan turli sohalardagi muammolarni aniqlash va ularga huquqiy yechim topish maqsadida  adliya boʻlimining sayyor qabullari tashkil etilmoqda.

Yaqinda oʻtkazilgan ana shunday sayyor uchrashuvlarning birida “Ayollar daftari”ga kirgan fuqarolarning muammosi hal etildi. Tumandagi Xoʻjamushkent qishloq fuqarolar yigʻini “Obi-hayot” koʻchasi, 13-uyda yashovchi fuqaro  Jamila Ahmedova  ham oilaviy ahvolini yaxshilash maqsadida “Har bir oila — tadbirkor” dasturi asosida kredit olish tartibi yuzasidan huquqiy maslahat soʻrab, tuman adliya boʻlimiga ogʻzaki murojaat qilgan edi. Tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqaro J.Ahmedovaga huquqiy maslahat berilib, 15 kun ichida Xalq banki Zomin tuman filialidan 24 million soʻm kredit ajratilishida amaliy yordam koʻrsatildi.

Jahongir ABDUXOLIQOV,
Yangiobod tuman adliya boʻlimi bosh maslahatchisi

04
Jizzax viloyat Adliya boshqarmasining 2021-yilning I yarim yillik yakunlariga bagʻishlangan Hayʼat majlisi boʻlib oʻtdi.

Jizzax viloyat Adliya boshqarmasining navbatdagi kengaytirilgan Hayʼat majlisi boʻlib oʻtdi. Unda 2021-yil I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi hisobot davrining ustuvor vazifalari muhokama qilindi.



Video onlayn tartibida tashkil etilgan Hayʼat majlisida boshqarma boshligʻining  oʻrinbosari, Jizzax shahri va tumanlardagi Adliya boʻlim boshliqlari va masʼul xodimlar ishtirok etdi.



Hayʼat majlisini ochib bergan Adliya boshqarmasi boshligʻi Sh.Saidov oʻz soʻzida tizim oldida turgan vazifalar koʻlami hamda pandemiya sharoitida xavfsiz hamda samarali ish yuritishning oʻziga xos jihatlariga atroflicha toʻxtaldi. eʼtiborli jihati, tuman (shahar) boʻlimlarining ijtimoiy tarmoqlardagi faolligini oshirish, aholiga qiziqarli boʻlishi uchun yangicha yoʻnalishlardan foydalanish, onlayn platformalarda ishni yoʻlga qoʻyish borasida masʼul hodimlarni bu borada oʻz ustida doimiy ishlashi - hozirgi zamon talabi ekanligini boshqarma boshligʻi alohida taʼkidlab oʻtdi. Shundan soʻng, adliya boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari A.Ergashev boshqarma tomonidan 2021-yilning I yarmida qonunchilik targʻibotini tashkil etish bilan kompleks bogʻliq tarzda amalga oshirilgan ishlar xususida Hisobotni taqdim etdi.



Qayd etildiki, hisobot davrida boshqarma tarkibiy boʻlinmalari, Jizzax shahar hamda tumanlardagi adliya boʻlimlari tomonidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilgan. Xususan, amaldagi qonunchilik meʼyorlarini takomillashtirishga qaratilgan 286 ta taklif ishlab chiqilishiga erishilgan. Oʻz navbatida, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan kiritilgan 39 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilib, xulosa berilgan. 

Qonunchilik normalarini tatbiq etish faoliyatiga doir aniqlangan 14 316 ta qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarga 689 ta taqdimnoma, 2973 ta ogohnoma hamda aybdor shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan 153 ta takliflar kiritilgan. Koʻrilgan taʼsir choralari natijasida 2423 ta noqonuniy qarorlar bekor qilinib, 113 nafar shaxslarning maʼmuriy javobgarligi taʼminlangan. 322 nafar shaxslar esa intizomiy javobgarlikka tortilgan. Bunda 12 nafar xodimga u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilish chorasi koʻrilgan. Aniqlangan qonunbuzilish holatlari bilan bogʻliq tarzda sudlarga 6 mlrd 531 mln soʻmlik 533 ta daʼvo arizalari kiritildi.

Eʼtiborli jihati, adliya organlariga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 3429 ta murojaatlarning 2929 tasi oʻz muddatida qonuniy hal etilgan. Bir vaqtning oʻzida hududlar kesimida aholining huquqiy ongi va savodxonligini oshirishga qaratilgan 23922 marotaba targʻibot tadbirlari oʻtkazilgan.

Hayʼat majlisida erishilgan mana shu kabi natijalar bilan bir qatorda, faoliyat davomida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi, xususan aholi murojaatlari bilan ishlash tizimida duch kelinayotgan muammoli masalalar ochiq-oydin muhokama qilindi. Hayʼat majlisida unda ishtirok etgan masʼullar zimmasiga faoliyat davomida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish, kelgusida sohani takomillashtirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni belgilash, takliflar ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish yuzasidan tegishli vazifalar yuklatildi.

Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi

03
Jizzax haqiqati gazetasining navbatdagi sonida Adliya brifingi chop etildi.

Jizzax haqiqati gazetasining navbatdagi sonida Adliya brifingi chop etildi.

02
Zafarobod tuman adliya boʻlimi boshliqligiga yangi rahbar tayinlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining tegishli buyrugʻiga asosan, Ikromov Bunyod Bahriddinovich Zafarobod tuman adliya boʻlimi boshligʻi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. Bunyod Ikromov 9-mart 1983-yil Jizzax tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 2011-yil Toshkent Davlat yuridik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi yurisprudensiya. B.Ikromov tayinlovga qadar Jizzax viloyat prokuraturasi Ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻlimi katta prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Sh.Saidov joriy yilning 2-avgust kuni mazkur tumanda boʻlib, sektorlar rahbarlari, davlat boshqaruvi idoralari masʼullari ishtirokida tashkil etilgan yigʻilishda B.Ikromovni barchaga tanishtirdi.

Sh.Kamalovich oʻz soʻzida Zafarobod tumani aholisi, hududning imkoniyatlari, mavjud sharoitlar, fuqarolarning huquqiy masalalari, qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazishga qaratilgan tadbirlar mohiyatiga alohida toʻxtalib oʻtdi.

 Viloyat adliya boshqarmasi jamoasi adliya sohasining istiqboldagi vazifalari ijrosiga masʼuliyat bilan yondoshishi yoʻlida B.Ikromovga yuksak ishonch bildirib, kelgusi faoliyatida zafarlarlar tilaydi.

30
30 iyul - Xalklar doʻstligi kuni!

Turli millat vakillarini oʻz bagʻrida jamlagan hamda ularning ahil va inoq kun kechirishlarini taʼminlagan Oʻzbekiston uchun ham bu bayram alohida ahamiyat kasb etadi. Shunday ajoyib kunda biz Jizzax viloyat adliya boshqarmasi xodimlari dunyodagi xalqlar doʻstligi mustahkam va abadiy boʻlishini tilaymiz !

Video



29
Matbuot anjumani boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 29-iyul kuni Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Jizzax viloyat yuridik texnikumiga qabul jarayonlari mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Keyingi yillarda yoshlarning taʼlim olishi uchun katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Taʼlimni rivojlantirishdan maqsad, uzluksiz taʼlim tizimini takomillashtirish, sifatli taʼlim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash va bu orqali mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishdir. Tashkil etilgan anjumanning shiori aynan shu mazmunda boʻldi.

Matbuot anjumaniga adliya boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, viloyat yuridik texnikum direktori A.Idiboyev hamda qabul komissiyasi masʼullari tashrif buyurdi. Anjumanda soʻzga chiqqanlar oʻquv maskaniga qabul jarayonlari, oʻqish tartibi va ushbu taʼlim muasassasini tamomlagan bitiruvchilarning kelajakdagi imkoniyatlari haqida atroflicha maʼlumot berdilar. Qayd etib oʻtish kerak, yuridik texnikumga  qabul jarayonlari joriy yilning 1-avgustidan 20-avgustigacha davom etadi. Texnikumga 240 ta oʻquvchi qabul qilinishi koʻzda tutilmoqda. Shulardan  150 ta oʻquvchi  kunduzgi,  90 ta oʻquvchi sirtqi taʼlim yoʻnalishlarida bilim olishi moʻljallanmoqda. Anjuman davomida yuridik texnikumga qabul jarayoni hamda iqtidorli oʻquvchilarning fikrlari aks etgan rolik ishtirokchilarga namoyish etildi.

Xulosa oʻrnida aytib oʻtish kerakki, oliy taʼlimda oʻqishni davom ettirish imkoniyatidan tashqari texnikumni bitirgan talaba yurist mutaxassisligi boʻyicha belgilangan shakldagi diplomga ega boʻlib, yuridik sohada mehnat qilish imkoniyatiga ega boʻladi. Anjuman erkin muloqot tarzida boʻlib oʻtdi.