Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

12
“Jizzax haqiqati” gazetasining navbatdagi sonida “Adliya brifingi” rukini ostida maqolasi chop etildi.

“Jizzax haqiqati” gazetasining navbatdagi sonida “Adliya brifingi” rukini ostida maqolasi chop etildi.

09
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar qamrovi Adliya nigohida.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PF-5415-sonli “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi farmonida davlat organlari va tashkilotlari tuman (shahar) tuzilmalarining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish boʻyicha faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri sifatida koʻrsatib oʻtilgan.

Shunga koʻra, Forish tuman adliya boʻlimi tomonidan tuman Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimi hamda 2 ta MFYlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-avgustdagi “Keksalar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 237-son qarorining ijrosini tashkil etish yuzasidan faoliyatiga uslubiy rahbarlik amalga oshirildi.

Jumladan, “Mahallabay” va “Xonadonbay” ishlash uslubida Sayyod hamda Osmonsoy MFYlarida uyma uy yurilib, jami 4 nafar yolgʻiz yashaydigan hamda yolgʻiz keksa va nogironligi boʻlgan shaxslar aniqlanib, ularga yuqorida qayd etilgan qaror bilan tasdiqlangan Nizomning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Natijada 3 nafar fuqarolarning oʻz roziligi bilan ularni ijtimoiy xizmatga olish yuzasidan arizalari olinishi taʼminlandi.

Ushbu fuqarolarning arizalari yuzasidan Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimiga hamda MFY raislariga Nizomda belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilishi yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.

Viloyat adliya boshqarmasi targʻibot boʻlimi


08
Jizzax viloyati adliya boshqarmasi xodimlari koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina bilan emlandi.

Yurtimizda kasallik avj olmoqda. Undan himoyalanishda vaksinaning samarasi va ahamiyatini yurtdoshlarimiz kundan-kunga tushunib bormoqda.
Koronavirusga qarshi vaksina olish ayni paytda faqatgina shaxsiy emas, endilikda bu jamoaviy masala hamdir. Sizning salomatligingiz faqatgina oʻzingiz uchun emas, balki atrofingizdagi boshqa insonlar, oila aʼzolaringiz, hamkasblaringiz, yon-atrofdagi boshqa odamlar uchun ham muhim.



“Men vaksina oldim” aksiya qamrovi tobora kengayib bormoqda.   Aksiya doirasi Jizzax viloyatini ham oʻz ichiga oldi. Bugun viloyat Adliya boshqarmasi jamoasi koronavirus infeksiyasiga qarshi emlandi.

Virusga qarshi emlandingiz! 
Demak, ayni damda siz vaksina masalasida nafaqat huquqli insonga, balki boshqalarga xavf tugʻdirmaslik uchun ular oldida burchli, masʼuliyatli va majburiyatli insonga ham aylandingiz!
Karantin qoidalariga amal qiling va emlaning!
Oʻshandagina pandemiyani birgalikda yenga olamiz!


Viloyat adliya boshqarmasi targʻibot boʻlimi

07
Jizzax viloyatidagi ayrim xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notariuslar litsenziyalarining to’xtatilganligi haqida

Jizzax viloyatidagi ayrim xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notariuslar litsenziyalarining to’xtatilganligi haqida

X A B A R

O’zbekiston Respublikasi “Notariat to’grisida”gi Qonunining
15 2-moddasiga asosan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig’ining 2021 yil 6 iyuldagi 91-92-um-son buyruqlariga asosan:

G’allaorol tumanidagi xususiy amaliyot bilan shu’g’ullanuvchi notarius Abdiev Baxtiyor O’ktamovichнинг (litsenziya GZ № 0025 y 09.12.2020 y.) litsenziyasi 2021 yil 7 iyuldan 10 kun muddatga;

Sh.Rashidov tumanidagi xususiy amaliyot bilan shu’g’ullanuvchi notarius Nuriddinov Ilhom Najmiddinovichнинг (litsenziya GZ 0012, 21.04.2020 y) litsenziyasi 2021 yil 7 iyuldan 10 kun muddatga to’xtatildi.

06
Yangiobod tumanida seminar tashkil etildi.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy bilimlarni aholi oʻrtasida keng targʻib qilish borasida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan Yangiobod tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar bunga yorqin misoldir.



Yangiobod tuman adliya boʻlimi tomonidan seminarda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati haqida ishtirokchilarga maʼlumot berildi.

Tadbir soʻngida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar batafsil javob berishdi.

05
“Oyning eng yaxshi xodimi” eʼlon qilindi.

Jizzax viloyati Forish tuman adliya boʻlimi bosh maslahatchisi Yuldashev Oybek Erdoshevich 2021-yil myun oyining eng yaxshi xodimi deb eʼlon qilindi.
O.Yuldashev adliya tizimidagi mehnat faoliyatini 2018-yilda boshladi va bugungi kunga qadar tizimda mehnat qilib kelmoqda.
O.Yuldashev oʻziga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarilishida yuqori natijalarga erishmoqda.
Jizzax viloyati Forish tuman adliya boʻlimi bosh maslahatchisi Yuldashev Oybek Erdoshevichni tabriklab, kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilaydi.

02
Mehnat shartnomasi bekor qilingan hisob-kitob esa “unutilgan”

Mirzachoʻl tumani “Yerjar” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi Begjanov koʻchasi, 22-xonadonda yashovchi fuqaro M.Jumaboyevning ish beruvchi tomonidan soʻnggi hisob-kitob pullari berilmaganligidan norozi boʻlib, mehnat nizosini hal qilinishida amaliy yordam soʻrab, tuman adliya boʻlimiga yoʻllagan murojaati oʻrganib chiqildi.

Oʻrganish davomida haqiqatan ham, fuqaro M.Jumaboyev 2019-yilda Jizzax viloyati “Toza hudud” DUK Mirzachoʻl tuman filialiga yuklovchi vazifasiga qabul qilinganligi, u ushbu vazifada 2021-yil 19-may kuniga qadar ishlab kelganligi, 2021-yil 19-may kuni esa oʻz arizasiga asosan egallab turgan lavozimidan ozod etilib, ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor boʻlganligi, ammo ish beruvchi tomonidan fuqaro M.Jumaboyevga oxirgi hisob-kitob pullari hozirga qadar toʻlab berilmaganligi aniqlandi.

Tuman adliya boʻlimi tomonidan aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, fuqaro M.Jumaboyevning ishlagan kunlari uchun qonunda belgilangan tartibda toʻlovlarni toʻlab berish yuzasidan ish beruvchiga taqdimnoma kiritildi.

2021-yilning 17-iyunida “Toza hudud” DUK Mirzachoʻl tuman filiali tomonidan fuqaroga 1 million 596 ming 736 soʻm haqdorligi toʻliq toʻlab berilishi taʼminlandi.

Bobur ESANOV,
Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimi bosh maslahatchis

01
Huquqiy savodxon yoshlargina mustaqil fikrga ega boʻladi.

Yon-atrofda roʻy berayotgan oʻzgarishlar yoshlar uchun qanchalar qiziqarli bulsa jamiyat hayotidagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohatlar ham shu darajada ular uchun ahamiyat kasb etadi. Mana shu jarayonlarda faol ishtirok etish uchun esa har bir yigit-qiz huquqiy jihatdan yetuk boʻlmogʻi lozim. Aks xolda oila va jamiyat, halq va davlat munosabatlarida muammolar yuzaga kelaveradi. Shu sabab davlatimiz rahbari oʻz eʼtiborini birinchi galda yoshlar siyosatiga qaratgani bejiz emas.




30 -iyun Yoshlar kuni munosabati bilan davlatimiz raxbarining yoshlar va talabalar forumidagi nutki Jizzax yoshlari tomonidan katta hayajon va zoʻr ishtiyoq bilan qarshi olindi.

Prezidentimiz Sh.Mirziyovning yoshlarga boʻlgan eʼtibori, ishonchi har bir oʻzbek yigit-qizlari uchun katta gʻurur va iftihordir. Jizzax viloyati adliya boshkarmasining yosh yuristlaridan biri Muxriddin Musurmonov ham bunday eʼtibordan juda mamnun. 




Uning Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning nutqiga yosh yurist sifatida bildirgan munosabatini ushbu manzillar orqali koʻrishingiz mumkin

30
Giyohvandlik – asr vabosi

Sharof Rashidov tumani Adliya boʻlimi tomonidan “26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzusida ijodkor oʻquvchilar va ularning ota-onalari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.

Joriy yilning 26-iyun kuni Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Adliya boʻlimi tomonidan tumanning 13- umumiy oʻrta taʼlim maktabida “26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzusida ijodkor oʻquvchilar va ularning ota-onalari ishtirokida davra suhbati shaklidagi uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvga tuman Yoshlar ittifoqi va Tibbiyot birlashmasi vakillari xam qatnashdi. Suhbat davomida Adliya boʻlimi xodimlari va tibbiyot xodimlari tomonidan quyidagi mavzular qatnashchilarga yoritib berildi. Jumladan:

1.“Giyoxvandlik – asr vabosi”, “Giyohvandlikning inson salomatligiga taʼsiri va muolaja usullari” mavzularida maʼruzalar;

2.“Psixatriya toʻgʻrisida”gi OʻRQ-690-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni mazmun va mohiyat;

3.“Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5116-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori mazmuni va mohiyati.

Tadbir soʻngida ijodkor yoshlarning tadbir mavzusi boʻyicha tayyorlagan ijod naʼmunalari namoyish qilindi va faol qatnashchilarga estalik sovgʻalari tarqatildi.



29
Jizzax viloyat adliya boshqarmasida 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan viloyat teleradiokompaniyasi jurnalistlari ishtirokida tadbir oʻtkazildi.

Avvalo boshqarma boshligʻi  Shokir Kamalovich soha fidoiylarini Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etdi. Shu oʻrinda, mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, jurnalistlar mexnatini ragʻbatlantirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotgani xaqida soʻzladi. Soʻngi yillarda yurtimizda ommaviy axborot soxasida koʻplab qonunchilik xujjatdari qabul qilinganligi, bir qancha qonun xujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi buning ifodasi ekanligilini boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Akmal Mamarasulovich alohida takidlab oʻtdi.




Shuningdek, adliya boshqarmasi va uning tizimidagi xodimlar bilan oʻzaro hamkorligi, adliya organlari faoliyatini jamiyat va xalq oldida yoritishda qoʻshayotgan hissasi, shuningdek, qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini, ijrosining borishini, ularga nisbatan aholi  munosabatini muvaffaqiyatli yoritib berayotganligi uchun ommaviy axborot vositalari xodimlariga minnatdorlik bildirildi.




Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilari tomonidan ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishga qaratilayotgan islohotlar va jurnalist kasbining ijtimoiy maqomi va nufuzi yuksalib borayotganligi, soha xodimlarining mehnatini moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan isloxotlar hozirgi kunda oʻz samarasini berayotganligi haqida taʼkidlab adliya boshqarmasi tomonidan olib borilayotgan keng kulamli huquqiy targʻibotlar, qonunlar targʻibotidagi hamkorlik yanada mustahkam va bardavom boʻlishini tilab oʻz fikrlarini bildirishdi.

Tadbir soʻngida soha jurnalistlariga adliya boshqarmasining tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi.