Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

15
Korrupsiya – bu jamiyatni turli yo‘llar bilan tanazzulga olib keladigan salbiy kuchdir.

Ushbu illat demokratiya va inson huquqlari ustuvorligiga putur yetkazadi, jamiyatda inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozor munosabatlarini izdan chiqaradi, odamlar hayot sifatini yomonlashtiradi va jamiyat xavfsizligiga tahdid soladi.

Jizzax viloyati elektromagnit moslashuv markazida "Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda boshqarmaning Huquqiy axborot sho''basi boshlig'i Shuxrat Sulaymonov ishtirok etib, mazkur mavzuning bugungi kun uchun dolzarb ahamiyat kasb etishi yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Suhbat davomida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi qonunchilik normalari hamda ularni amalga oshirish mexanizmlari tushuntirildi.

12
HUQUQIY TARG‘IBOT

Doʻstlik tumani adliya bo‘limi xodimlari tomonidan  tumandagi Qahramon MFY hudida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining  2025-yil
3-yanvardagi PQ 1-sonli Qarorining mazmun-mohiyati ishtirokchilarga batafsil tushuntirildi.

Tadbir davomida firibgarlik jinoyati qurboniga aylanishini oldini olish maqsadida bu kabi jinoyatlarning yangi turlari haqida tushunchalar berilib, bu borada tayyorlangan bukletlar ishtirokchilarga tarqatildi.

Shuningdek, Mahallalar uyushmasi, Majburiy ijro byurosi va  Adliya boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan Chora-tadbirlar rejasiga koʻra "Mahalla yettiligi" a'zolari bilan hamkorlikda fuqarolarni eng koʻp qiziqtirayotgan ish bilan ta'minlash, ish haqi toʻlab berish, mehnat qonunchiligi bilan tartibga solinadigan bir qator  masalalar  boʻyicha ishtirokchilarga qonunchilikning mazmun-mohiyati oddiy va xalqchil tilda  tushuntirildi.

Bir vaqtning oʻzida DXM xodimlari tomonidan sayyor davlat xizmatlar koʻrsarildi.

11
#ogoh_bo'ling!

Adliya vazirligiga shu kabi mazmunda tadbirkorlar va fuqarolar elektron pochtasiga xabarlar yuborilayotganligi haqidagi murojaatlar kelib tushmoqda.  

Bunday ko'rinish va mazmundagi xatlar Adliya vazirligiga umuman tegishli emas va feyk xabarlar hisoblanadi.

Mazkur xatdagi havolalar va QR-kod sizning ma’lumotlaringizni o’g’irlaydigan soxta saytlarga ham yo‘naltirishi mumkin.

Tadbirkorlardan va fuqarolardan firibgarlarga aldanib qolmaslikni va feyk xabarlarga ishonmaslikni so'raymiz.

10
Madhiyamiz – orzularimizning ohangi, g‘ururimizning ovozi, o‘zligimizning timsoli.

O‘zbekiston madhiyasi — bu faqat qo‘shiq emas, bu xalqning bosib o‘tgan yo‘li, orzusi va ruhi mujassam bo‘lgan muqaddas ohangdir.

Madhiyani tinglagan har bir inson yuragida ikki tuyg‘u uyg‘onadi: iftixor va mas’uliyat. Chunki u nafaqat bugungi kunning tinchligi va mustaqilligini, balki ajdodlarimizning kurashi, sabr-toqati va or-nomusini eslatadi.

Madhiyaning har bir satrida bir g‘oya yashiringan:
“Bu yurtning kelajagi sening qo‘lingda.”
Shu bois, uni tinglagan odam befarq bo‘lolmaydi — qalbida yurtga muhabbat kuchayadi, el uchun foydali inson bo‘lish istagi uyg‘onadi.

Madhiyaga bo‘lgan hurmat — bu bayroq, til, Vatan va tarixga bo‘lgan hurmatdir. U bizni birlashtiradi, har birimizni yagona xalq, yagona qalb, yagona maqsad atrofida jamlaydi.

10
"9-dekabr - xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni"!

Korrupsiyaviy holatlarga duch kelsangiz qayerga murojaat qilishingiz mumkinligini bilib oling!

10
#Kun_tarixi

10-dekabr (1992-yil)

“O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to'g'risida”gi Qonun (https://lex.uz/docs/-38608) qabul qilingan.

Qonunga ko'ra, Davlat madhiyasi O'zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir.

Davlat madhiyasiga zo'r ehtirom bilan qarash O'zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.

09
Respublikamiz bo'ylab "Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda

Aksiya doirasida boshqarmaning Inson huquqlarini himoya qilish sho'basi bosh maslahatchisi Mahliyo Abdunazarova tomonidan Jizzax shahridagi 10-sonli umumta'lim maktabi o'quvchi yoshlari ishtirokida bolalar va yoshlarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquqlariga oid davra suhbati tashkil etildi.

Aksiyaning maqsadi quyidagilardan iborat:

Aksiyaning maqsadi quyidagilardan iborat:
– bolalar va yoshlar huquqlari davlat himoyasida ekanligini singdirish;
– bolalar va yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini
oʻrganish, tahlil qilish va ularning buzilgan huquqlarini tiklash;
– bolalar zo‘ravonligini oldini olish;
– bolalar bullingini aniqlash va uni oldini olish yuzasidan huquqiy bilimlarni
oshirish;
– uyushmagan yoshlar bilan manzilli ishlash...

08
Konstitusiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!

Yangi O‘zbekistonning Konstitutsiyasi xalqimizning hohish-irodasi, takliflari asosida yaratildi. Bu yilgi Konstitutsiya bayramining 33 yilligi shu jihatlari bilan ham xalqimiz uchun ahamiyatlidir.

Bayramda “Konstitutsiya ko‘chasi” tashkil etildi. Xalqimizning erki, huquqini o‘zida ifoda etgan ko‘rgazmalar namoyishi o‘tkazildi. Adliya boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar huquqiy maslahat burchaklarini tashkil qilib, yoshlar hamda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishda faollik ko‘rsatishdi.

Shu bilan birga huquqiy viktorina o'yinlari o'tkazilib, bilimdon yoshlarga sovg'alar ulashildi.

06
Jizzax viloyat adliya boshqarmasida Konstitutsiya qabul qilinganining 33 yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda boshqarma rahbariyati hamda adliya tizimi xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbirda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Ergashev Akmal Mamarasulovich ochib, barcha xodimlarni qutlug‘ sana bilan samimiy tabrikladi hamda Konstitutsiyaning mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat barpo etish, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini kafolatlashdagi beqiyos ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Bayram doirasida xizmat vazifalarini namunali bajarib, yuqori natijalarga erishgan bir guruh soha xodimlari Adliya vaziri hamda boshqarma boshlig'ining faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Ushbu qutlug‘ sana barcha yurtdoshlarimizga farovonlik, tinchlik va yangi marralarni zabt etishda kuch-g‘ayrat tilab, yurtimizda huquqiy madaniyatni yuksaltirish yo‘lida yana-da mas’uliyat bilan xizmat qilishga chorlaydi.

05
#Men_donorman

Har kuni dunyo boʻyicha yuz minglab odam donor qoniga ehtiyoj sezadi. Ayniqsa, onkologik, gematologik kasalliklarga chalingan insonlar, baxtsiz hodisa tufayli ogʻir tan jarohati olgan va murakkab operatsiyalarga muhtoj bemorlar hayotini saqlab qolishda qon muhim vosita sanaladi.

Donorlik esa qon va uning komponentlariga muhtoj insonlar uchun begʻaraz koʻmakdir.

2005-yil may oyida Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Xalqaro Assambleyasida dunyo davlatlari sogʻliqni saqlash vazirlari yakdillik bilan begʻaraz qon donorligini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi taklifni maʼqullagan. Shundan buyon butun jahon miqyosida har yili anʼanaviy tarzda “Men donorman” aksiyasi oʻtkazib kelinadi.

Doʻstlik tuman adliya bo'limi DXM xodimlari joriy yilning 4-dekabr kuni ushbu aksiyada faol ishtirok etdilar.

Donorlik — bu hurmatga sazovor ish, donor esa, juda ham oliyjanob insondir.