Yangiliklar
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy axborot sho‘basi boshlig‘i Sh.Sulaymonov Jizzax viloyat televideniyasining “Munozara maydoni” dasturida qatnashdi.
Dastur davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 03.11.2025-yildagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-207-sonli Farmoni mazmun-mohiyati yoritildi.
Xususan, Farmonga muvofiq uyushgan narkojinoyatchilikka jinoiy-huquqiy mexanizmlar orqali qarshi kurashish faoliyatini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Jinoyat kodeksiga “Aholi salomatligi va millat genofondiga qarshi jinoyatlar” nomli alohida yangi boʻlim kiritish nazarda tutilgan.
"Bir Vatan, bir el, bir bayroq” shiori ostida Yangiobod tuman hokimligi, tuman adliya bo‘limi, tuman davlat va jamoat tashkilotlar bilan hamkorlikda mamlakatimiz boʻylab keng targʻib etilayotgan sogʻlom turmush tarzi gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” aksiyasi oʻtkazildi.
Mazkur yurish marafonida davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, oʻquvchi yoshlar hamda keng jamoatchilik faol ishtirok etdi. Tadbir nafaqat jismoniy faollikni oshirish, balki yoshlar oʻrtasida bayrogʻimizga, milliy qadriyatlarimizga hurmat tuygʻusini mustahkamlashga xizmat qildi.
Milliy bayrogʻimiz — Vatanimiz timsoli, yagonalik va birdamligimiz ramzidir.
18-noyabr – O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kun munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan o'tkazilayotgan test sinovida faol ishtirok eting.
???? 10 ta test savoliga javob toping! Uni ishlash uchun bir necha daqiqa kifoya. O'z bilimingizni sinovdan o'tkazing.
➡️ Test savollarini ishlash uchun: havola (https://t.me/QuizBot?start=vnkqk8rG)
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2025 yil 14 oktabrdagi 25/6-son qarori bilan banklar tomonidan qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.
Nizom banklar tomonidan qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish mexanizmlarini belgilaydi. Unda o‘lchovli oltin quymalarini sotish va qayta sotib olish, shuningdek, elektron (naqdsiz) shakldagi operatsiyalarni amalga oshirish tartibi belgilangan.
Nizomga muvofiq, banklar hamda mikromoliya tashkilotlariga Markaziy bank tomonidan ishlab chiqarilgan o‘lchovli oltin kuymalarini sotish va qayta sotib olish operatsiyalarini amalga oshirish huquqi berildi. Kuymalarni sotish va qayta sotib olish operatsiyalari Markaziy bankning hududiy boshqarmalari, shuningdek, tijorat banklarining mobil ilovalari orqali amalga oshiriladi.
Mijozlar raqamli identifikatsiyadan o‘tgandan so‘ng, masofadan turib kuymalarni xarid qilish yoki sotishlari mumkin. To‘lov operatsiyalari bank kartasi yoki elektron hamyon orqali amalga oshiriladi. Xarid amalga oshirilgandan keyin mijozga kuymaning unikal kodi taqdim etiladi va u besh ish kuni ichida kuymani shaxsan qabul qilib olish yoki bankda mas’ul saqlashga joylashtirish huquqiga ega bo‘ladi.
Banklar kuymalarni sotish va qayta sotib olish narxlarini mustaqil ravishda belgilaydi, bu borada London qimmatbaho metallar bozori assotsiatsiyasi (LBMA) kotirovkalari va bozor talabidan kelib chiqadi.
Metallar qoldiqlari bo‘yicha hisob va kunlik qayta baholash Markaziy bankning rasmiy kursi hamda LBMA kotirovkalari asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, buxgalteriya hisobi, korrespondentlik metall hisobvaraqlarini yuritish hamda mijoz hisoblarini yopish bo‘yicha yagona qoidalar o‘rnatilgan.
Hujjat mamlakatda qimmatbaho metallar ichki bozorini rivojlantirish, aholi uchun oltin va kumushga investitsiya kiritish imkoniyatlarini oshirish, shuningdek, bank tizimida zamonaviy raqamli vositalarni joriy etishga qaratilgan.
Jizzax tumanlararo ma’muriy
sudi sudyasi A.S.Aminov
Jizzax shahar adliya bo'limiga biriktirilgan 2-sonli umumta'lim maktabida “Rahbar va yoshlar” loyihasi doirasida “Yoshlar yurt kelajagi” mavzusida ochiq muloqot oʻtkazildi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasiga 13 ta mumta'lim maktablari biriktirilgan bo'lib, bugunda o'quvchi yoshlar bilan samarali hamkorlik yo'lga qo'yilgan. Mazkur tadbirga tuman adliya bo'limlariga biriktirilgan maktablarning yuqori sinf o'quvchilari ham zoom platformasi orqali bog'landilar.
Uchrashuvda adliya boshqarmasi boshlig'i Akmal Ergashev hamda mehmon sifatida adliya vazirligining Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig'i Bekzod Yusupov ishtirok etib mamlakatimizda yoshlarning huquq va erkinliklarini taʼminlash, orzu-umidlarini roʻyobga chiqarish masalasiga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilayotgani, oʻz iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilganligini alohida ta'kidladilar. Shu bilan birga, boshqarma boshlig'i tomonidan huquqshunos mas'uliyati, adliya organlari va muassasalari faoliyat turi va maqsadlari hamda tizimdagi raqamlashtirish jarayonlari bo'yicha batafsil ma'lumot berib o'tildi.
Shuningdek, tadbirga yoshlarning ta'lim-tarbiyasida mas'ul bo'lgan hamkor tashkilot vakillari ham taklif etilib, o'z sohalari bo'yicha kerakli va qiziqarli ma'lumotlar bilan o'rtoqlashdilar. Rasmiyatchilikdan xoli, erkin muloqot shaklida oʻtgan uchrashuvda yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga boshqarma boshlig'idan aniq javoblar olishdi. Qonunchilikda yoshlarga berilgan imtiyozlar haqida batafsil tushunchalarga ega bo'lishdi.
Ochiq muloqot davomida yoshlarning fikrlari, taklif va mulohazalari tinglandi. Tadbir so'ngida viktorina o'yini tashkil etilib, huquq fani doirasida o'quvchilarning bilimlari sinovdan o'tkazildi. Faol ishtirokchilarga esdalik sovg'alari ulashildi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi hamda viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida tadbirkorlar uchun seminar-trening tashkil etildi.
Bugungi kunda Jizzax viloyati bo'yicha 150 mingdan ortiq tadbirkorlar faoliyat olib bormoqda. Ularning erkin va qulay sharoitlarda ishlashi, qonunchilikdagi imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanishlari uchun mutasaddi tashkilotlar doimo ko'makka tayyor. Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish borasida ham soha mutaxassislari tomonidan samarali ishlar olib borilmoqda. Mazkur yo'nalishda amalga oshirilayotgan o'zgarishlar, yangiliklar, raqamlashtirish jarayonlari sabab bugunda tadbirkorlarning vaqti tejalishiga, ovoragarchiliklarga uchramasligiga imkon yaratilmoqda.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning intellektual mulk sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, bu jarayonda “Intellektual mulk markazi”ning o‘rni va mas’uliyatiga to‘xtalib o‘tildi.
Tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, sohaga aloqador masalalar bo'yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Adliya vazirligi huzuridagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazida 2025-yil 25-noyabr kuni “Sun’iy intellekt davrida huquq: imkoniyatlar va muammolar” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.
Konferensiya quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:
▪️1. Sun’iy intellekt va huquqiy mas’uliyat;
▪️2. Sun’iy intellektni tartibga soluvchi xalqaro huquqiy normalar;
▪️3. Sud tizimida sun’iy intellekt: adolatni ta’minlash yoki xavf ostiga qo‘yish?;
▪️4. Sun’iy intellekt asosida ishlovchi huquqiy xizmatlar: yuridik sohaning kelajagi;
▪️5. Sun’iy intellekt va mehnat huquqi: avtomatlashtirishning ishchi huquqlariga ta’siri;
▪️6. Sun’iy intellekt mualliflik huquqi va intellektual mulk masalalari;
▪️7. Sun’iy intellektdan foydalanishda etik va huquqiy muvozanat.
Axborot xati (https://t.me/law_ai_conference/6)
Информационное письмо (https://t.me/law_ai_conference/7)
Information letter (https://t.me/law_ai_conference/8)
Anjumanda ishtirok etishni xohlovchilar maqolalarni 2025-yil 20-noyabr kuniga qadar ushbu manzilga (https://adolatmarkazi.uz/conferences/pending/8) yuborishingiz so‘raladi.
Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 19-uy
Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro A.Aning Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Sharof Rashidov tuman bo‘limi tomonidan pensiya tayinlashda mehnat daftarchasida qayd etilgan 2005—2009-yillarda ishlagan davri uchun jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga mablag‘lar o‘tkazilmaganligi sababli hisobga olinmayotganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqildi.
Aniqlanishicha, fuqaroning mehnat daftarchasida qayd etilgan “Matluba-NK” MChJga 1989-yil 15-mayda ishga qabul qilinib, 2009-yil 24-dekabrga qadar ushbu vazifada ishlab kelgan, biroq, Pensiya jamg‘armasi tomonidan mehnat daftarchasida qayd qilingan “Matluba-NK” MChJda 2005—2009-yillarda ishlagan ish stajlari jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga mablag‘lar o‘tkazilmaganligi sababli inobatga olinmagan.
Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 125-moddasida va “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunining 42-moddasida mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanishi ta’kidlangan.
Yuqoridagilarga ko‘ra, aniqlangan qonunbuzilishi holati yuzasidan fuqaro manfaatida Jizzax tumanlararo ma’muriy sudiga shikoyat arizasi kiritildi hamda sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra fuqaroning 01.01.2005-yildan 24.12.2009-yilgacha “Matluba-NK” MChJda ishlagan davrlarini ish staji hisobiga olib javobgarga pensiyani tayinlashni ko‘rib chiqish majburiyati yuklatildi.
Jizzax shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti M.Yokubjonova tomonidan Jizzax MTRK Jizzax radio kanali FM 105.5 FM 106.2 to'lqinlarida jonli efirda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.11.2025-yildagi “Oliy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko'maklashish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ–61 son qaroriga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi 328-son Qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan suhbat o’tkazildi.
Suhbat davomida tinglovchilar tomonidan yo’llangan savollarga javob berildi.
Hozirda eng ko‘p fuqarolar tashrif buyuradigan davlat organlari va tashkilotlari tahlil qilinganda davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari yetakchi o‘rinlarda qayd etiladi. Zomin tuman adliya bo'limiga bir kunda o‘rtacha 500 nafardan ortiq fuqarolar tashrifi kuzatiladi.
Adliya bo‘limi tomonidan Davlat xizmatlari markazlari va FHDYga tashrif buyurgan fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida huquqiy viktorinalar o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Navbatdagi o‘tkazilgan viktorinada fuqaro Qaraboyeva Muhabbat g‘oliblikni qo‘lgan kiritdi va “Ziyo ulash” aksiyasi doirasida esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.
Bu kabi tashabbuslardan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarimizning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish, huquqiy bilimlarini kuchaytirish hisoblanadi.