Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

09
Respublikamiz bo'ylab "Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda

Aksiya doirasida boshqarmaning Inson huquqlarini himoya qilish sho'basi bosh maslahatchisi Mahliyo Abdunazarova tomonidan Jizzax shahridagi 10-sonli umumta'lim maktabi o'quvchi yoshlari ishtirokida bolalar va yoshlarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquqlariga oid davra suhbati tashkil etildi.

Aksiyaning maqsadi quyidagilardan iborat:

Aksiyaning maqsadi quyidagilardan iborat:
– bolalar va yoshlar huquqlari davlat himoyasida ekanligini singdirish;
– bolalar va yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini
oʻrganish, tahlil qilish va ularning buzilgan huquqlarini tiklash;
– bolalar zo‘ravonligini oldini olish;
– bolalar bullingini aniqlash va uni oldini olish yuzasidan huquqiy bilimlarni
oshirish;
– uyushmagan yoshlar bilan manzilli ishlash...

08
Konstitusiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!

Yangi O‘zbekistonning Konstitutsiyasi xalqimizning hohish-irodasi, takliflari asosida yaratildi. Bu yilgi Konstitutsiya bayramining 33 yilligi shu jihatlari bilan ham xalqimiz uchun ahamiyatlidir.

Bayramda “Konstitutsiya ko‘chasi” tashkil etildi. Xalqimizning erki, huquqini o‘zida ifoda etgan ko‘rgazmalar namoyishi o‘tkazildi. Adliya boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar huquqiy maslahat burchaklarini tashkil qilib, yoshlar hamda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishda faollik ko‘rsatishdi.

Shu bilan birga huquqiy viktorina o'yinlari o'tkazilib, bilimdon yoshlarga sovg'alar ulashildi.

06
Jizzax viloyat adliya boshqarmasida Konstitutsiya qabul qilinganining 33 yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda boshqarma rahbariyati hamda adliya tizimi xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbirda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Ergashev Akmal Mamarasulovich ochib, barcha xodimlarni qutlug‘ sana bilan samimiy tabrikladi hamda Konstitutsiyaning mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat barpo etish, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini kafolatlashdagi beqiyos ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Bayram doirasida xizmat vazifalarini namunali bajarib, yuqori natijalarga erishgan bir guruh soha xodimlari Adliya vaziri hamda boshqarma boshlig'ining faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Ushbu qutlug‘ sana barcha yurtdoshlarimizga farovonlik, tinchlik va yangi marralarni zabt etishda kuch-g‘ayrat tilab, yurtimizda huquqiy madaniyatni yuksaltirish yo‘lida yana-da mas’uliyat bilan xizmat qilishga chorlaydi.

05
#Men_donorman

Har kuni dunyo boʻyicha yuz minglab odam donor qoniga ehtiyoj sezadi. Ayniqsa, onkologik, gematologik kasalliklarga chalingan insonlar, baxtsiz hodisa tufayli ogʻir tan jarohati olgan va murakkab operatsiyalarga muhtoj bemorlar hayotini saqlab qolishda qon muhim vosita sanaladi.

Donorlik esa qon va uning komponentlariga muhtoj insonlar uchun begʻaraz koʻmakdir.

2005-yil may oyida Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Xalqaro Assambleyasida dunyo davlatlari sogʻliqni saqlash vazirlari yakdillik bilan begʻaraz qon donorligini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi taklifni maʼqullagan. Shundan buyon butun jahon miqyosida har yili anʼanaviy tarzda “Men donorman” aksiyasi oʻtkazib kelinadi.

Doʻstlik tuman adliya bo'limi DXM xodimlari joriy yilning 4-dekabr kuni ushbu aksiyada faol ishtirok etdilar.

Donorlik — bu hurmatga sazovor ish, donor esa, juda ham oliyjanob insondir.

04
Adliya_xabari

Konstitutsiya xalqimiz farovonligini yuksaltirish hamda inson, jamiyat va davlatni jadal rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratadi.

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi sho'ba boshlig'i Sh.Sulaymonov tomonidan Jizzax viloyati bojxona boshqarmasida tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati tadbir ishtirokchilarga tushuntirildi.

Xususan, yangi tahrirdahi Konstitutsiyamizning normalarida asosiy eʼtibor inson, jamiyat va davlatning barqaror rivojlanishini taʼminlashga qaratilganligi, inson qadri deganda esa, avvalo, har bir fuqaroning tinch va xavfsiz hayot kechirishi, uning fundamental huquq hamda erkinliklarini taʼminlash nazarda tutilishi, eng muhimi ushbu normalar hayotga qatʼiy tatbiq etilganligi alohida taʼkidlandi.

Shuningdek, muloqotda yangilangan Konstitutsiyamizning siyosiy, yuridik va tarbiyaviy-mafkuraviy funksiyalari hamda uning asosiy prinsiplari xususida xodimlarga huquqiy tushunchalar berildi.

03
Konstitutsiyam_faxrim_iftihorim

O'zbekiston Respublikasi Kostitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yillik bayrami munosabati bilan barcha joylarda bosh Qomusimizning hayotimiz va faoliyatimizdagi yuksak ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan targ'ibot tadbirlari keng miqiyosda amalga oshirilmoqda.

Bayram munosabati bilan tuman, shahar adliya bo'limlari davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY bo'limlari tomonidan fuqarolarga 12 ta holatda tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar hamda 4 ta holatda ID kartalar tantanali ravishda topshirildi.

02
Adliyadan yangi tashabbus!

Taxlillar natijasida hozirgi kunda Arnasoy tuman Davlat xizmatlari markaziga hamda FHDY bo'limiga kuniga 150 dan ortiq fuqarolar tashrifi kuzatildi.        

Adliya bo‘limi tomonidan Davlat xizmatlari markazlari va FHDYga tashrif buyurgan fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida huquqiy viktorinalar o'tkazish amaliyoti yo'lga qo'yildi.                                                                

Navbatdagi o‘tkazilgan viktorinada fuqaro Razzoqova Umida Alisher qizi g'oliblikni qo'lga kiritdi va “Ziyo ulash” aksiyasi doirasida esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.                                                    

Bu kabi tashabbuslardan ko'zlangan asosiy maqsad fuqarolarimizning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish, huquqiy bilimlarini kuchaytirish hisoblanadi.                                                    

01
Adliya aralashgach...

Yangiobod tuman adliya bo’limiga "Shodlik" MFY istiqomat qiluvchi fuqaro Q.To’raqulov murojaat qilib, Z.Djo’rayeva shu kunga qadar sha’riy nikohda yashab kelayotganligi, nikohlarini qonuniy tartibda rasmiylastirib berishda amaliy yordam so’ragan. Mazkur murojaat asosida adliya bo’limi  FHDY bo`limi tomonidan murojaat ko’rib chiqilib fuqarolarning nikoh guvohnomasi rasmiylashtirilib, nikohlari qonuniy qayd etildi.

Fuqarolarning ovoragarchiliklari oldi olinib, murojaat ijobiy yechim topdi.

01
Adliya aralashgach...

Jizzax viloyati Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internatida xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan fuqaro A.B.ga tashkilotning g‘aznachilik (kassir) lavozimi ham yuklatilgan. Biroq, buning uchun unga to‘lovlar to‘lab berilmagan. Fuqaroning bu borada noroziligi bo‘lib qilgan murojaati shahar adliya bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqildi.
 
Aniqlanishicha, fuqaro A.B. maktab-internati direktorining 2018-yil 13-avgustdagi 64-son buyrug‘i bilan xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari vazifasiga ishga qabul qilinib, unga g‘aznachilik (kassir) vazifasi ham qo‘shib yuklatilgan va shu davrdan qo‘shimcha oylik maoshlari to‘langan. Biroq 2023-yildan hozirga qadar fuqaro A.B.ga g‘aznachilik (kassir) vazifasi uchun qo‘shimcha oylik maoshlari to‘lash paysalga solingan.
 
O‘rganish natijasiga ko‘ra, fuqaro A.B. bilan qayta hisob-kitob qilinib, to‘lanmay qolgan pul mablag‘lari to‘lab berilishi ta’minlandi.

28
Manzilli targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda

Adliya bo‘limlari tomonidan aholi gavjum joylar: bozor, hiyobon va boshqa joylarda manzilli targ‘ibot tadbirlarini muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

Zomin tuman adliya bo'limi tomonidan navbatdagi tadbir Zomin istirohat bog'i hududida tashkil etildi. Xodimlar tomonidan O‘RQ-1080-son, O'RQ-1083-son Qonunlari, qonunchilikdagi imtiyozlar hamda firibgarlikdan ogohlantirishga qaratilgan tarqatma materiallar fuqarolarga tarqatildi va huquqiy tushuntirishlar berildi.

Targ'ibot tadbirlarining asosiy maqsadi - fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirish va va noqonuniy faoliyatning oldini olishdan iborat.